Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 110 (Paul before the High Council of the Jews)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

5. Pavlus Yahudiylarning Oliy Kengashi oldida (Havoriylar 22:30 - 23:10)


HAVORIYLAR 22:30-23:5
22:30 Ertasi kuni ming boshi yahudiylar Pavlusni nimada ayiblashganlarini aniq bilish maqsadida, uni kishanlardan bo'shatdi. Yahudiy oliy ruhoniylari va barcha Oliy Kengash a'zolariga yig'ilishlarini buyurdi. Pavlusni keltirib, ularning qarshisiga qo'ydi. 1 Pavlus Oliy Kengash a'zolariga tikilib qarab: - Ey birodarlar! Men bu kunga qadar Xudo oldida pok vijdon bilan yashab kelaman – dedi. 2 Buni aytishi bilanoq oliy ruhoniy Hananiya Pavlusning yonida turganlarga uning og'ziga urushlarini buyurdi. 3 Pavlus unga: - Ey oqlangan devor, Xudo seni uradi! Sen qonun asosida hukm chiqarish uchun o'tiribsan, ammo qonunga zid o'laroq meni urushga amr beryapsan! - dedi. 4 Oldinda turganlar: - Xudoning oliyruhoniysini haqorat qilyapsanmi? - dedilar. 5 Pavlus dedi: - Birodarlar! Uning oliy ruhoniy ekanini bilmas edim; chunki Tavrotda: “Xalqing orasida boshliq bo'lganni yomonlama”, - deb yozilgan.

Iso Pavlusni Yahudiylarning oliy kengashi (Sanhedrin) ning oldida o'zining Rabbiysi, Butrus, barcha havoriylar va Stefan qilganidek haqiqatga dalolat berish uchun yetakladi. Bu daf'a Pavlus Masihiy imonni Sanhedrin, Hananiya oliy kengashning uchrashuvining oldida e'lon qilganida raislik qildi. Pavlus bu yangi ayyor boshqaruvchini bilmagan, chunki Isoning va Gamalielning davrida Kayafa, Hananiya va boshqa Yahudiy oqsoqollarining hammasi o'lgan edi. Bu kengashning bir necha a'zolari Pavlus bir nech yil oldinroq ular bilan hamkor bo'lganida va Damashqdagi Masihiylarni quvg'in qilish uchun unga topshiriq berishganida uni bilishgan.

Biroq Yahudiy kengashidagi yangi avlod Pavlusning ismini yaxshi bilishgan va ular buni yoqtirishmagan. Hatto Rim qo'mondonidan buyrug'ga bo'ysunish uchun oddiy xohish bo'lmasa ham, unda bu kengash butun dunyoda Yahudiylikning buzg'unchisini surishtirish uchun shoshildi. Ular Pavlusni o'ldirishni rejalashtirishyotgan edi. Ular to'liq kiyimlarida kelmasdan, Rimliklarning hukmdorlariga bo'ysunmasdan tasodifdek keldilar. Pavlus oliy ruhoniyni boshqalardan farqlay olmadi, chunki u rasmiy choponini kiymagan edi.

G'ayriyahudiylarga bo'lgan bu havoriy afsuslangandek o'zining xalqining eng oliy sudida ko'rinmasdan, Xudoning irodasiga ko'ra Masihning jasur elchisidek turdi. U qonun emas balki o'zining vijdonini haqiqat uchun poydevor va so'zlari uchun asos qildi. Masih uning yuragini qoni orqali pokladi va Muqaddas Ruh uningqayta tug'ilishi oldida Masihiylikka qarshi xohishining og'rig'idan unga dalda berdi.

O'sha vaqtda Pavlus tinchlik bilan Masihiylarni o'ldirib, qonunga ko'ra barcha yaxshi ong bilan Xudoga xizmat qilyapman deb taxmin qilar edi. Lekin u Barhayot Xudo bilan uchrashgandan keyin, u atrofiga o'girildida xushxabaridan abadiy hayotni qabul qilgan millionlab kishilarning onglarini tiriltirish uchun ishlatildi.

Hatto bugunlik kunda ham biz Pavlusning shahodatidan yupanch topamiz. Uning hayotining siri boshidan o'zi uchun emas balki faqat Xudo uchun yashagan edi. Bu uning haqiqiy hurmat-e'tibori edi. Pavlus o'zining nomini ulug'lamagan, lekin har doim Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhni ulug'lab, Barhayot Xudo bilan birlikda yashagan.

Uning keskin bayoni oliy kengashning oldida himoyasining boshida u haqligini va bosh ruhoniy, mansabdor shaxslar va xalqning vakillari agar ular darhol Isoga bo'ysunishmasa juda nohaq edilar. Pavlus Muqaddas Xudoning O'zi Yahudiylar boshliqlariga ular tavba qilishlari uchun O'zining so'zini ularning vijdonlarida o'yib,, to'g'ridan-to'g'ri gapiryotganidek, u Rabbiysida mustahkam turib, Xudoning kuchi bilan ularga gapirdi.

Darhol ayyor Hananiya hizmatkorlariga hech qanday inson zoti haq emasligini va unda yaxshi vijdon yo'qligini taxmin qilib, Pavlus gapirganida jahlining ishorasidek og'izda Pavlusni urishga buyurdi. U birinchi vaqtdan yolg'onchining mag'rurligini buzishni va muhim odamlarning oldida va Rim hukumat xizmatchilarining oldida uni uyaltirishni xohladi.

Pavlus tutab ketdi, chunki u insoniy maqsadlar uchun u yerda turmagan edi balki Masihning nomi uchun turgan edi. Pavlus Muqaddas Ruhning zakovati orqali u oliy kengashning yolg'on dini tufayli, surishtmasdan uni haqorat qilgan ikkiyuzlamachi oliy ruhoniyga Xudoning la'nati haqida karomat qildi. Pavlus qonunning ikir-chikirigacha bilar edi. Pavlus qoplangan palto bilan niqoblangan va noziklashgan holati yopishgan, va uni tebranyotgan devor deb nomlab, o'zining quroli bilan oliy ruhoniyga javob berdi. Pavlus uni urish uchun buyrug' bergan hananiya va oliy ruhoniy ekanligini o'rganganida shoshilinch bilan gapirgani uchun afsusda edi. Biroq pavlusnig u haqidagi karomati keldi, chunki Hananiya Rim hamkori bo'lishning talablarida mashxur aqidafarastlar orqali o'ldirilib, uyatli o'lim bilan o'ldi.

HAVORIY 23:6-10
6 Ularning bir qismi sadduqiy va boshqa qismi farziy mazhablaridan bo'lganini Pavlus bilgach, Kengashga baland ovoz bilan hitob qilib: - Birodarlar! Men farziyman, ham farziyning o'g'liman. Men o'liklarning tirilishiga qattiq e'tiqod qilganim uchun meni tergayapdilar, - dedi. 7 U buni aytgan mahalda farziylar bilan sadduqiylar orasida janjal chiqib, majlis ikkiga bo'linib ketdi. 8 Chunki sadduqiylar qiyomatni ham, farishtani ham, ruhni ham yo'q deydilar. Farziylar esa bularning hammasini tan oladilar. 9 Shunday qilib, katta shovqin bo'ldi. Farziylar mazhabining ulamolaridan ba'zilari so'zga chiqib, qat'iy e'tiroz bildirishdi: - Bizlar bu odamda hech bir yomonlik topmayapmiz. Agar biron ruh yoki farishta unga aytgan bo'lsa nima bo'pdi, biz Xudoga qarshilik ko'rsatmaylik! - deyishdi. 10 Janjal tobora zo'rayib borgach Pavlusni tilka- pora qilmasinlar deb qo'rqqan ming boshi pastga tushib oralaridan uni chiqazib qal'aga olib kirishni askarlarga buyurdi.

Havoriy yig'ilgan Yahudiy boshliqlari uning xushxabarini tekshirishni maqsad qilmaganliklarini, balki uni hukm qilish uchun uchrashganlikarini tushundi. Sadduqiylar allaqachon Masihiylarga qarshi xizmatkor bo'lib tug'ildilar, chunki bu yangi imon faqat Masihning tirilishiga qurilgan edi. Biroq falsafachi ikkilanuvchilar barcha ko'rinishlarni, vahiylarni, farishtalarni, tushlarni, va o'limdan tirilishni yolg'on deb hisoblashgan.

Haqiqatdan ham ular yuzaki, o'zlarining mantiqiy va butlarigaa ko'ra yashab, umidsiz kishilar bo'lganlar. Pavlus ular va o'zining o'rtasida hech narsa topmagan. Ular dindorlarga qaraganda yomonroq bo'lganlar. Ularning qismlari uchun Farziylar hali ham farishtalarning mavjudligiga, qonunni saqlashdan nariga ishonishgan va ular o'limdan tirilish uchun umid qilganlar. Pavlus ular va o'zi o'rtasida bog'lovchi va oddiy maxrajni topish uchun oliy kengash oldida birinchi tinglashida charchagan. Pavlus ularning ishonchlarining qattiq tuyg'usida ularga murojat qilishni xohlagan.

Havoriy asl Farziy va Farziy oilasidan bo'lgan haqiqiy Farziy ekanligiga dalolat berdi. U o'zining dushmanini birodarlarim deb atadi, chunki u ularda Masihning kelishining oddiy kutishlarida o'xshashlikni va Uning kelishida o'limning tirilishini topdi. Pavlus bu muhim haqiqat butun olamning maqsadi va o'zining imonining poydevori ekanligini ta'kidladi. Pavlus atrofdagilarga xoch haqida yoki Masihning tirilishi haqida yoki Muqaddas Ruhning tushishi haqida gapirmadi. Oqsoqollar bu hamma narsalarni tushunishga qobilyatsiz edilar. Biroq Pavlus ular allaqachon Masihning kelishini kutilganini o'ylab kutishga va bilimga o'zining xabarini bog'ladi.

Bu guvohlik tezda ularning boshlariga suqiladi, hatto Pavlus kutgan Masih Farziylar kutgan biridan ko'ra boshqa bo'lgan bo'lsa ham. Ularning hammasi Pavlusga Isoning ko'rinishi haqida u ma'bad hovlisida kunduzni gapirganini bilishar edi. Farziylar hatto Gamaliel ular oldida shunday ilohiy vahiylarga qarshi bo'lganidek, jur'at etmay, bunday ko'rinish mumkinligiga ishonishdi. Ular Pavlusning da'vosidan bosh tortishga yoki ishonish haqida o'zlarining oralarida ikkilanuvchilar bo'lishdi.

Ular Isoga ishonishmasa ham, Pavlusni hukm qilishdan bosh tortdilar. Ular Isoning o'limidan keyin Uning huzurining mumkinligidan bosh tortolmadilar. Tomoshobinlar g'azablanishdi, va Farziylar va Sadduqiylar o'rtasida baqir-chaqir ko'tarildi. Pavlus o'zining himoyasida dinlarning negizi haqida gapirdi: vahiy, ilhomlanish va ko'rinishlar. Bular Yahudiylarning oliy kengashida buzilish va bo'linish uchun juda muhim sabablar edi.

Rim qo'mondoni halal berish uchun majbur bo'lgan edi va u Pavlusni g'azablangan olomon ishidan majburlab olish uchun askarlarga buyrug' berdi. U Pavlusga qarshi shikoyat uchun sababni va nima uchun baqirish boshliqlarning orasida balandroq bo'lganini tushunmadi. U o'zining vazifasini hukumat xizmatchisidek bajardi va Pavlusni kengash a'zolarining qo'lidan saqlab qoldi. Yahudiy kengashi xalqning boshliqlariga bo'lgan Masihning oxirgi chaqiruvini tushinishmadi. Pavlusning o'zi ichki imonini ta'kidlash uchun yoki bu eshitishda Isoning ismini eslatish uchun kelmagan edi. Hamma narsa vijdon va vahiy haqidagi ilk savollar aralashib imoninning o'zining yuragiga yetib bormadi. Shunda Yahudiy boshliqlari tavba qilish uchun oxirgi imkoniyatlarini va ularning oxirlari kelganini yo'qotdilar.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, biz Sening so'zlaringni tushunishimiz uchun va yuraklarimizni begona vahiylarga berkitishimiz uchun Muqaddas Ruhingning ovoziga quloqlarimizni ochgin. O'zingning qimmat baho qoning bilan onglarimizni poklagin va har doim Senga va samoviy Otanga xizmat qilishimiz uchun sodiq itoatkor bo'lish uchun bizlarni boshqar. Omin.

SAVOL 110: Pavlus nima uchun qonunga emas o'zining ongiga suyandi? Nima uchun Farziylar o'limdan tirilishga va kelishi uchun Masihga uning ishonchi tufayli Pavlusni ozod qildilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:20 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)