Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 105 (Paul arrives in Jerusalem; Paul’s Acceptance of Circumcision According to the Law)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

1. Pavlus Quddusga yetib kelishi va o'zining hizmati haqida birodarlarga gapirib berishi (Havoriylar 21:15-20)


HAVORIYLAR 21:15-20
15 Ana shu kunlardan keyin anjomlarimizni yig'ishtirib, Quddusga bordik. 16 Kesariyadan ba'zi bir Iso shogirdlari bizga yo'ldosh bo'lishdi. Ular bizlarni yashab turish uchun Isoning eski shogirdlaridan bo'lgan Kiprlik Minasonning uyiga boshlab kelishdi. 17 Quddusga kelganimizda, imonli birodarlarimiz bizni ochiq chehra bilan qabul qilishdi. 18 Ertasi kuni Pavlus bilan birga Yoqubni ko'rgani bordik. Butun oqsoqollar jamoati ham hozir bo'ldi. 19 Ulardan hol-ahvol so'ragandan keyin Pavlus o'z xizmati tufayli Xudoning majusiylar orasida qilgan ishini birma-bir tushuntira boshladi. 20 Bularnini eshitgach Xudoga hamdusano aytib, Pavlusga: “Ey birodarimiz, - deyishdi. - Yahudiylar orasida imon keltirgan necha ming odam borligini ko'ryapsan. Ularning hammasi Musoning Qonuni uchun fidoyidirlar.

Safardagi sheriklar Quddus tog'ining tepaliklariga Mediterriyaning qirg'og'idan shoshilib kelishdi va Barnaboning do'sti bo'lgan va azizlarning yig'inining ilk a'zosi va Rabbiysining kelishini kutgan Minason ismli Kiprlik bilan tunni o'tkazdilar. Shubhasiz Luqo bu odamdan jamoatni barpo qilinishini Muqaddas Ruhning mo'jizalari haqida ko'p narsalarni eshitgan.

Oxirida Masihning zafarli yurishi butun dunyo bo'ylab tirik Rabbiyning ishlari haqida eshitishni xohlagan birodar va do'stlar bilan ular tunni o'tkazgan Quddus shahrining ulug'vorligida yetib keldi. Ular Isoning jamoatida ko'plab halqlarni a'zolikka olib kelish uchun uni ko'tardilar. G'ayriyahudiylarga voizlik qilish uchun taminlangan bu a'zolar Quddus jamoatidan ketmadilar. Lekin bu kishilar qonun uchun g'ayratni boshqarmaganlik bilan to'lgan qonunchilik bobi bilan o'xshatishda bir necha edilar.

Keingi kuni Pavlus va uning sheriklari Isoning ukasi Yoqubni va jamoat oqsaqollarini ko'rish uchun bordilar. Biz Butrus va Yuhanno Quddusda o'sha vaqtda bo'lgan yo'qmi bilmaymiz. Luqo hamma Osiyo va Yevropa jamoatlariga vakil bo'lgan bu guruh bilan birga Pavlusga sherik bo'ldi. Ular Quddusning qiynalgan jamoatiga sovg'a sifatida jamoatlaridan to'plagan umumiy hissalarni topshirishdi. Ajoyibligisi shundaki, Luqo bu hissaning topshirilishi haqida bir so'z ham yozmagan. U pulni eslatib o'tishga noloyiq va ikkinchi muhim narsa deb hisoblagan. Odamlar pulga qaraganda muhimroqdir. Muqaddas Ruh ichlarida yashagan G'ayriyahudiy imonlilar judayam ajablangan edilar. Ularning sevgilaridan oqyotgan qurbonlik ularda Masihning zafarining kafolotidek namoyon bo'ldi.

Pavlus g'ayriyahudiy guvohlarining huzurida Filip, Salonika, Beriya, Korinf, Troas, Efes va hokozolarda Masihning ishlari haqida gapirdi. Pavlus o'liklardan tirilgan, gunohkorni azizlar qilgan, va O'zining xalqi bo'lmaganni O'zining xalqi qilgan Isoning kuchini ulug'ladi. Qonunchilar faqat bu dunyodan saqlashni maqsad qilgan qonun udumlariga ko'ra yashay oladilar holos. Biroq, g'ayriyahudiy imonlilari hatto imonsiz xalqlarga abadiy najotni olib kelayotgan Masihning ish kuchi haqida aniq isbot edilar.


2. Pavlusning Qonunga ko'ra Sunnatning Qabuli (Havoriylar 21:20-26)


HAVORIYLAR 21:20b-26
20b Ularning hammasi Musoning Qonuni uchun fidoidirlar. 21 Faqat ular eshitgan gap-so'zlariga ko'ra, sen majusiylar orasida yashayotgan yahudiylarga: o'g'illaringni sunnat qilmang, urf-odatga amal qilmanglar, Musoning Qonunidan chiqinglar, deb ta'lim berib yurayotgan emishsan. 22 Shunday qilib, nima qildik? Sening kelganingni eshitib, xaloyiq albatta to'polon qiladi. 23 Shungn uchun Senga nima desak, bunday qil: bizda nazr atagan to'rt kishi bor. 24 Ularni yoningga olib, birga tahorat qil, sochlaringni oldirishlari uchun qurbonlik xarajatini o'z zimmangga ol. Unda sening to'g'ringda eshitganlari nohaq ekanini, aksincha, Musoning Qonuniga rioya qilib yurganingni hamma bilib oladi. 25 Majusiylardan imon keltirganlarga kelsak, biz kerak bo'lmagan qonun-qoidalarga rioya qilmaslik haqida ularga xat yozib yo'llaganmiz. Qabul qilgan qarorimiz bo'yicha ularga faqatgina butlarga so'yilgan qurbonlik go'shti, qon bo'g'ilgan hayvonning goshti va zinodan o'zlarini saqlashni tayinlaganmiz. 26 Ertasi kuni Pavlus o'sha odamlarni yoniga olib, ular bilan birga tahorat qildi. So'ng ma'badga kirib poklanish kunlari qachon tugashini, har bir uchun qachon qurbonlik keltirilishini ma'lum qildi.

Hursandchilik bilan to'lgan yuraklarning quvonchi muqaddas jamoatda oydin emas edi. Qonun haqidagi havotirlar ko'p bog'liqlikka olib keldi. Hatto ular Pavlusni Masihdagi aka deb atab, uni Ota Xudoning bolasi bo'lishini o'yladilar va ular Masihiy va Yahudiy bo'lgan asl Yahudiy Masihiylarining minglaridan ham deb o'ylashdi. Ular qonundan ozodlikka kelmadilar va ular Yangi Ahddagi Muqaddas Ruhning buyuk vahiysini tushinmasdan Eski Ahdning qonuniy talablari orqali bo'g'liqliklaricha qoldilar.

O'sha vaqtda Quddus buyuk ma'bad va muqaddas shaharni tortib olishda natijaga erishgan E.K. 70 da otashin inqilobiga sabab bo'lgan xalqoro inqilobiy siyosatchilar orqali hukmronlik qilingan. Pavlus qisqa vaqt Yoqub bilan uchrashgandan keyin, qiziqqon inqilobchilar Rabbiyning ukasini o'ldirish uchun tosh bo'ron qildilar. U allaqachon bu havf-hatarni va bu qonuniy rivojlarning oqibatlarini sezgan edi. Bu nima uchun u Pavlusdan ikkilanish va tajavvuzdan uni saqlab qolishga va harakat qilish uchun qonunga itoat qilishni so'raganini tushuntiradi.

Ko'p yillar oldin Pavlus Asiya va Yunonistondaligida Pavlus Yahudiylarni ilohiy ahddan qulatish uchun va o'g'illarini sunnat qilmaslik uchun gijgijlagan degan yolg'on xabarlar tarqaladi. Shunday xabarlar bo'hton va bemani edi, chunki Pavlus Yahudiylarni mamnun qilish uchun o'z qo'llari bilan Timo'tiyni sunnat qilgan edi. Quddusdagi Yoqub va oqsoqollar pavlus haqidagi bu xabarlar lof talablarini o'z ichiga olganini va ular bularga ishonmaganligini bilishar edi.

Biroq, ular ham asl Yahudiylarning ko'plab Masihiylari Pavlus o'zining maktublaridanimani yozganining ma'nosini tushunishmaganini bilishardi. Shunday qilib Quddusdagi jamoat muammoga uchradi (Rimliklar 5:20; 7:6; Galatiyaliklar 5:4). Imonlilar qonundan ruhiy ozodlikni tushunmadilar. Ular imon solihligini qonun ishlarini buyukroq deb hisobladilar, va Masihning solihligi sevgi ishlarini keltirib chiqaradi deb tushunishmadi.

Yoqub uchrashuvda bu qonuniy ishlarni muhokama qilmadi, chunki ular 15 bobda eslatib o'tilgan havoriylarning kengashi orqali yechilgan edi. Shunda jamoatning jasur boshqaruvchisi Yoqub Quddus amri boshqarilgan aniq na'matlardan tashqari ular qonundan ozod ekanliklarini G'ayriyahudiy jamoatlarining vakillari oldida qayta aytdi. Ular Yahudiy va G'ayriyahudiylar o'rtasidagi birlikning davomiyligini saqlash uchun itoat qilishlariga to'g'ri kelgan. Oxir oqibat inoyat orqali solihlik jamoatning mustahkam poydevori bo'lib qoldi va hali ham Xushxabarning chuqur siri va yuragidir.

Biroq Yoqub Pavlusdan Yahudiylarning oldida unga qarshi ko'p da'volardan qat'iy nazar u haqiqiy va komil Yahudiy ekaniga dalolat berishini so'radi. U o'zining mamlakat kishisi va Xudo bilan ahdi uchun sevgisi tufayli tartib bilan yurib, qonunni saqladi. Bu havoriy odatiy qonun tushunchalarini ichidan g'alaba qozondi. U o'zini oqlash va poklashi kerak emas edi chunki barcha najot Xudodan sovg'adir. Lekin u Yahudiylarni ergashtiray deb, yahudiylarga yahudiy kabi bo'ldi va G'ayriyahudiylarni ergashtiraydeb, g'ayriyahudiy bo'ldi va Masihga Yahudiylarni ergashtirish uchun qonunga bo'ysundi (1 Korn 9:20). Pavlus Rimliklarga bo'lgan maktubida qonun yaxshi va muqaddasligini biroq inson gunohkorligini, lekin insonlar buni o'z kuchlari bilan qilolmasligini aniq yozgan (Rim 3:31; 7:12).

Pavlus tavba belgisidek sochini kestirish uchun va Rabbiysini ulug'lash uchun yetti kun kechayu-kunduz poklanish uchun Yoqubning taklifiga rozi bo'ldi. Bu tayyorlanish uchinchi va yettinchi kunlarda poklanish suvi bilan sachratishni o'z ichiga oldi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Sen Eski Ahdning bir a'zosi eding. Sen qonunni saqlab buni bajarding va ozodlik, kuch va sevgi bilan Yangi Ahdni bizga berding. Sening inoyating uchun rahmat aytamiz va Sendan barcha insonlarni o'rniga qonuniy ruhdan ularni saqlashingni va O'zingning mustahkam solihliging kuchida ularni o'rnatishingni Sendan so'raymiz. Omin.

SAVOL 105: Yoqub Pavlusdan nima uchun ma'badda sajda qilish uchun poklanish kerakligini so'radi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)