Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 103 (Sailing From Anatolia to Lebanon)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

10. Anatoliyadan Lebonga suzib ketish (Havoriylar 21:1-6)


HAVORIYLAR: 21:1-6
1 Ulardan ayrilib, kemada suzib to'g'ri Kos oroliga keldik. Ertasi kuni Rodos oroliga tushib, u yerdan esa Patara shahriga suzib bordik. 2 U joydan Finikiyaga ketadigan bir kemani topib, suzib ketdik. 3 Kipr ko'ringanda, orolning janubiy yonidan o'tib, Suriyaga qarab yo'l oldik. Tir shahrida kemadan yuk tushiradigan bo'lishgani uchun, u yerda quriqlikka chiqdik. 4 Iso shogirdlarini axtarib topib, ularning yonida yetti kun qoldik. Ular Muqaddas Ruh ilhomi bilan Pavlusga: Quddusga borma, deyishardi. 5 Bir necha kun o'tgandan keyin yo'lga chiqdik. Barcha imonlilar bola-chaqalari bilan birga bizni shaharning tashqarisigacha kuzatib borishdi. Sohilda tiz cho'kib ibodat qildik. 6 Biz bir-nirimiz bilan hayirlashib bo'lib, kemaga tushdik, ular esa uylariga qaytib ketishdi.

Kimki bugunlik kunda samolyotda Rodos orolida sayohat qilib Afina tomon Kos orolini kesib o'tadi va Ko'k Mediteriyan Dengizidagi quruqlikni bosib o'tadi. Bugun sayyoh bir necha minutda bepayon masofani juda shovqin bilan va buyuk tezlik bilan kesib o'tadi. Pavlus shamol va to'lqinlar bilan birlikda va hamkorlikda tekisliklarni, chuqurliklarni ikki ming yil oldin qayiqda sayohat qildi.

Pavlusda bu uzoq safar mobaynida Iso haqida hamrohlariga gapirish uchun, ularni Qonunning tushunchasida va to'laligida chuqurlashtirish va Xushxabarning ozodligi bilan ularni ruhlantirish uchun yetarli vaqti bor edi. Bu safarning mohiyati ibodatning doimiylik birligi va jamoatning kelajak yo'l boshlovchilarining ruhiy ta'limida yotadi. Birga safar qilganlar Yunonistonda va Anatoliyadagi jamoatlari haqida o'ylashdi va ular Masihning izdoshlarida Uning sevgisining barcha hosillari nomoyon bo'lishi uchun, ularning uylarida yangi imonlilarga Muqaddas Ruh tushishini so'rab, dengiz o'rtasida bo'lishganda ibodat qilishdi.

Bu havoriy va uning safar qiladigan hamrohlari Suriya uchun to'g'ridan to'g'ri bog'langan kemani ko'rdilar va ular hursandchilik bilan kirishdi. Shunday ajoyib holatlar jo'shqin sayohat qilish uchun ularga imkoniyat berdi va ular o'zlarini ko'plab qiyinchiliklardan saqlab qolishdi.

Ular Tarshishda yoki Antioxiyada qolishlari kerak emas edi, yoki turli hil joyda va qirg'oqlarda kurashmasliklari kerak edi. Ular Kipr oroli Pafosda to'xtashmadi. Biroq Pavlus ularga Barnobo bilan u bu chiroyli orolda o'zlarining xizmat safarlarini bir necha yil oldin boshlashganini va iblisni ustidan Masih qanday qilib g'alaba qozonganini ularga aytib berishi kerak edi. Ularning xizmat harakatlarining birinchi maqsadi ajoyib orol bo'lmagan, balki Rabbiy xizmatkorlarini yo'naltirgandek, bu xushxabarni voizlik qilish uchun harakat qilib, odam bor bo'lgan poytahtlar tomon cho'llarni bosib o'tib, qiyin dasht yo'llaridan o'tish edi.

Bundan keyin, Masihning zafarli yurishi E.O.300 da materik bilan bog'langan Aleksandr boy orol shahri bo'lgan Tirga yetib keldi. U yerda kema o'zining yukini tushirdi va Pavlus imondagi birodarlarini qidirib, sotuv joylariga o'zining hamrohlari bilan bordi. Tirda baliq tutishda va savdo-sotiq qilishda faol a'zolar bo'lgan Masihiylar kam edi. Bu havoriy ularni uylaridan topdi, va u sodiq tinglovchilarni ruhlantirib va Xudoning shohligini ularga aytib, bu shaharda to'la bir hafta qoldi.

Bu havoriy o'zining oxirgi safaridan keyin buyuk poytaxt shahri bo'lgan Efesga tashrif buyurmadi va u Muqaddas Ruhning kuchi bilan va Xudoning yordami bilan tomir otib, ko'kargan sog'lom jamoatga chaqiruv qilmadi. Endi u Tirda shogirdlar bilan qolishni tanladi, chunki u kuchsizlikdagi jamoatni kuchaytirishni va Xudoning Ruhi bilan bu jamoat to'lganini ko'rishni istadi.

Biz Tir shahrida imonlilarning yuraklarida aniq Isoning ismi chuqur tomir otganini bilmaymiz. Lekin shubhasiz Xudoning Ruhi aniq payg'om orqali ularning yuraklariga va miyyalariga gapirgan. Efesda Muqaddas Ruh ochib bergan mavzu Tir shahrida ham yuzaga kelgan: Pavlus azoblanadi va Quddusda yomon munosabatda bo'lishadi va xizmatining oxiri yaqin edi. Muqaddas Ruh bu haqiqatni Pavlus Quddusga borishidan halal berish uchun gapirmadi. Holbuki, jamoat odamlari muammoga borishiga e'tiroz bildirishgan.

Bu u uchun sevgilaridan o'sib chiqqan va uning havfsizligi uchun ularning g'amho'rliklaridan insoniy ta'sir edi. Lekin bu Masihning xizmatkori hatto Rabbiysining oxirgi qadamlarida ham ergashish uchun tayyor edi. Shunday qilib Pavlusning Korinfdan Quddusga bo'lgan safari faqat Masihning zafarli yurushi emas edi, balki azoblanishlar va qiyinchiliklarga kirish edi. Pavlus bajonidil Quddus tomon ketdi va o'zini qurbonlik qilish orqali Rabbiysini ulug'lashga tayyorlandi. Haqiqiy imonli qiyinchilikdan qochib ketmaydi, chunki u uchun o'lish yutug'dir – izdoshlaridagi Masihning ulug'vorligining belgisi.

Tirdagi hamma jamoatlar Pavlus va uning hamrohlariga dengiz bo'yigacha sherik bo'ldilar. Asiya va Yevropa jamoatlarining oqsaqollari, erkaklari, ayollari va qullari bu havoriy bilan tiz cho'kishdi. Ular atrofdagilar nima deb o'ylashlari haqida qayg'urmadilar, balki birga ibodat qildilar va ular endi bu havoriy va uning hamrohlarini yana ko'rmasliklarini bilib, ular bilan hayirlashdilar.

IBODAT: Ey Rabbim, Sening yo'llaring muqaddas va sevging cheksizdir. Senga ishonishni bizga o'rgat va Sening rahbarligingda kelajagimizni qurishni o'rgatgin. Bizlar qiyinchilikdan qo'rqmasligimizga va Sen uchun azobdan qochmasligimiz uchun bizga yordam ber. Gunohlarimizni kechir, bizni muqaddasla va dunyodagi jamoatingning har bir a'zolarini poklagin. Omin.

SAVOL 103: Tirda Pavlusning boshidan kechirganlari nimalar edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)