Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 095 (Riot of the Silversmiths in Ephesus)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

4. Efes shahridagi qo'zg'alon (Havoriylar 19:23-41)


HAVORIYLAR 19:23-34
23 O'sha kezlarda Rabbimiz Iso yo'liga qarshi deyarli kuchli g'alayon yuz berdi. 24 Dimitriy ismli bir zargar kumishdan Artemis ma'badlarini yasab, san'atkorlarga ko'p foyda keltirar edi. 25 Dimitriy san'atkoru hunarmandlarni yig'ib: “Birodarlar! - dedi, - Sizlarga ma'lumki, bizning farovonligimiz bu hunar orqalidir. 26 Efesdagina emas, balki qariyib butun Asiya viloyatida bu Pavlus: inson qo'li bilan yasalyotgan bu buyumlar xudo emas, deganini o'zlaringiz ko'rib, eshitib turibsizlar. Shu gap bilan u ko'p odamlarni avrab yo'ldan ozdirdi. 27 Shunday qilib, hunarimiz e'tiborsiz bo'lib qolish xavfigina emas, balki butun Asiya va butun dunyo sig'inadigan buyuk ma'buda Artemisning ma'badi ham arzimaydigan narsaga aylanib, ma'buda ulug'vorligidan mahrum bo'lib qolish xavfiga ro'baro' keldik”. 28 xaloyiq buni eshitgach, qattiq g'azablanib: “Efesning Artemisi buyukdir!” - deb baqira ketdi. 29 Butun shahar sarosimaga to'lib ketdi. Hamma birdan Pavlusning yo'ldoshlari – makedoniyalik Gay va Aristarxni ushlagancha, hitob bilan teatr tomon yopirilishdi. 30 Pavlus xalqning orasiga kirmoqchi bo'lganda, shogirdlar unga yo'l qo'yishmadi. 31 Asiya viloyati ma'murlaridan ba'zilari ham uning do'stlari bo'lganlari sababli unga xabar yuborib, teatrda ko'rinmasin, deb iltimos qilishdi. 32 Bu orada odamlardan biri u desa, boshqasi bu deb qichqirishardi. Yig'in tartibsiz edi, ko'plari esa nima uchun yig'ilganlarini bilishmas edi. 33 Yahudiylarning taklifiga ko'ra, xaloyiq ichidan Iskandar degan bir kishini vakil qilib ilgari surdilar. Iskandar qo'li imosi bilan xaloyiq oldida o'zini himoya qilmoqchi bo'ldi. 34 Lekin xaloyiq uning yahudiy ekanini bilgach, hamma bir og'izdan qariyb ikki soat: “Efesning Artemisi buyukdir!” - deb baqirib turishdi.

Imoni sinalishi atrofida bo'lgan Pavlus Quddusga borishga hal qilindi. Lekin u pastlab Asiyada qolishiga to'g'ri keldi. Rabbiy ruhlarga qarshi kurashishda qattiq darsni unga bermoqchi edi.

Efesda Artemisning mashxur ma'badi bor edi, uzunligi 19 meter bo'lgan va 160 marmar ustunlar bilan taminlangan Diyanadek tanilgan ma'buda ham bor edi. Bu ma'budaning haykali kuchli, qora yog'ochdan qilingan edi. Pavlus Efesda qolgan ikki yil mobaynida, u Efesliklarni hamma boshqa xudolar foydasiz ekanini va ularni hurmat qilish uchun bo'lgan ma'badlar bo'sh va foydasiz ekanligini ularga o'rgatdi. Shuning uchun, Masihga ishonganlar Artemis marosimlarida qatnashishdan o'zlarini tutdilar. Ular oltin yog'ochdan va toshdan qilingan bu butlarga ishonganlari uchun afsuslanib boshlarini qimirlatishdi.

Toshdan qilingan butlarga ishonishdan bosh tortish tezda butlarning sotuvchilari orqali payqaldi. Artemisning buyuk ma'badining kichkina kumish butlariga o'xshab yaratgan zargarlar ham tashrif buyurgan ziyoratchilarga ularni sotib, ulardan katta foyda qilishar edi. Bizning kunlarimizda bu kumushlardan ba'zilari Artemisning haykalidan bo'lgan ko'chma andozalar Nil Diyorida va Hindistonda kashf etilgan. Ba'zi sayyohlar ularni sotib olib havfga qarshi tumordek ulardan foydalanishni maqsad qilib, o'zlarining mamlakatlariga olib ketganlar. Lekin Pavlus Masih rabbiylarning Rabbiysi ekanini e'lon qilganida zargarlarning hayoti so'nishni boshladi. Har bir yangi imonli himoya berish uchun o'ylangan barcha tumorlar, munchoqlar va nimadirlar haqiqatdan ham hech narsa emasligi balki tushunarsiz, yolg'on va kuchsiz hayollar ekanligini bilishdi.

Keyin ma'badda amaldor bo'lgan zargar Dimitriy o'zining hamma hunarmandlarini yig'ib, ularning savdolariga halal bergan havfni ularga aniqlab berdi. Dimitriy ularni ochlik kutayotganini tushuntirib berdi, chunki Pavlus hamma butlar va timsollar foydasiz ekaniligini aytib, otalarining imonidan va ularning udumlaridan hamma Asiya bo'ylab va shaharlaridagi odamlarni jalb qilgan edi.

Zargarlarning sardori Dimitriy Pavlus uchun faqat ma'badning ko'chma andozalari foydasiz emas, balki butun ma'badga butun shahardan havf kelishini va o'zining diniy boshchiligini olib tashlashligini va uning iqtisodiyoti buzilishini tushundi. Shunday qilib u Pavlusni markaz shahari Efesning eng katta dushmani deb hisobladi.

Kumush maqolalarning ishlab chiqaruvchilari hayajonda g'azablanib ketdilar va o'zlarining ta'limotlari uchun yordamni so'rab namoyish uchun yugurishni boshladilar. Ular baqirdilar: “ Efesliklarning Artemisi buyukdir!” G'azablangan namoish etuvchilar Pavlus bilan safar qilayotgan ikki Makedoniyaliklarni topganlarida, ularga changal soldilar. Lekin ularga zarar yetmadi, chunki Rabbiyning qo'li to'polonning o'rtasida ularni himoya qildi. Pavlus qo'rqoq emas edi. U o'zining ishchilarini qo'llab-quvvatashni xohladi, va tezda ular tarafda turish uchun harakatlandi.

Lekin ibodat uchun to'plangan shogirdlar qudratli daryoga o'xshab oqayotgan manmanlik bilan yengadigan va kibr bilan ichgan xalq oldida gapirish va dalil keltirish foydasiz bo'lishini bilib, uni toxtatishdi. Shunday shovqinning o'rtasida shovqin va qahr-g'azab uning kimligini va uning eng muqaddas haqiqatlarini yo'qotadi. Olomon oziq uchun emas, jinoyat uchun birga keldilar. Bu ularning ichida yashagan ruhga ko'ra harakatlanib, yovuz birlik edi.

Jasoratli Pavlus unga bo'lgan sheriklarining bosimidan qat'iy nazar, tiatrga borish uchun qaror qildi. U yerda odamlar hasrat va hursandchilikdan to'planishga o'rganganlar. Bu teatrga 25,000 odam sig'ar edi. To'satdan ma'bad hodimlari Pavlusga uning teatrda bo'lishi odamlarni jahlini chiqargani faqat foydasiz bo'lmasligi, balki zararli ham bo'lishini unga maslahat berib, Pavlusga xabar yubordilar. Ular Pavlus ulardan uzoqda bo'lishiga qattiq turib oldilar. Teatrdagi odamlar bu hovliqishni kuchaytirgan Dimitriy ko'zdan g'oyib bo'lgan payitda baqirishyotgan edi. Bu ko'rsatish viloyat hokimlaridan ruhsat olishmagan edi. Har bir hovliqishning shakli shahar tartibiga ko'ra Rim hokimyatlari tomonidan man etilgan edi. Dimitriy jazodan qo'rqqan va quturgan xalq tiatrdagi bir boshqaruvchisiz urushib qoldirilgan edi.

Pavlusdan nafratlangan bu Yahudiylardan keyin Pavlusni va jamoatni yengishi mumkin bo'lgan balki Masihiy bo'lgan boshqa Yahudiyning oldiga itarish boshlandi. Olomon yosh Iskandarni ushlab o'zlarining o'rtalaridagi minbarga uni ko'tardilar. U jamoat uchun gapirishga harakat qildi, lekin olomon tezda so'zlovchi Pavlus emas balki boshqa Yahudiy ekanini payqab qoldilar. Shunda Iskandarning shaxsidagi Yahudiylarga olomon qahrlarini ifodalab, portladi. Ular birgalikda imonlaridan va ikki soatdan beri ishonganlaridan baqirib yuborishdi: “Efesning Artemisi bukukdir!”

Bugunlik kunda hech kim Artemis mabudasini bilmaydi. Zargar Dimitriy Xushxabarning tarqalishi tufayli uning dong'i yo'qolishini aytganida u haq edi. Biroq o'sha vaqtda va joyda o'n minglab kishilar Iskandarni u uchun bo'laklarga bo'lish uchun tayyor edilar. Jamoat Pavlus bilan birgalikda bu qiynalgan kishi uchun va azoblanayotgan uning ikki sheriklari uchun ibodat qilishdi. Rabbiy yovuz olomonning qo'llari guvohlarining bir sochlarining tolasiga ham tegmasligi uchun qo'llarini ularga cho'zdi. Faqat olomon yovuz ruhlar bilan olishyotgan hayvonga o'xshab o'zini tutib g'azabdan baqirishi orqali harakatlanib o'sgan havo buzilgan edi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, biz Senga rahmat aytamiz, chunki Sening shohligingning lashkari iblisning lashkarlaridan kuchliroqdir. Efes shahrida bolalaringdan hech biri hafa bo'lgan olomonning orasida qulamadi. Biz birorta insondan yoki ruhdan cho'chimasligimiz uchun bizni Senga ishonishga o'rgat, chunki Sen bizni Xudo uchun qimmat baho qoning bilan sotib olding. Omin.

SAVOL 95: Dimitriy nima uchun Pavlusdan g'azablandi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)