Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 091 (Spiritual Revival in Ephesus)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

2. Efes shaharida Ruhiy O'sish (Havoriylar 19:1-20)


HAVORIYLAR 19:1-7
Apollos Korinf shaharida bo'lganida, Pavlus tog'li viloyatlarni kezib o'tib, Efes shahariga keldi. Y yerda bir necha Iso shogirdlarini topib, ulardan so'radi: 2 – Sizlar imon keltirganingizda Muqaddas Ruhni qabul qildingizlarmi? - Muqaddas Ruh borligini biz hech qachon eshitmaganmiz, - deb javob berdi ular. 3 – Bunday bo'lsa, sizlar qay asosda suvga cho'mib imon keltirgansizlar? - deb so'radi Pavlus. - Biz Yahyo Payg'ambarning ta'limoti asosida suvga cho'mib imon keltirganmiz, - deb javob berdilar. 4 Pavlus dedi: - Yahyo payg'ambar xalqni daryoga cho'mdirib, tavba qildirgan edi, xolos. U xalqqa Mendan keyin keladigan Zotga, y'aniy Iso Masihga ishoninglar, deb aytgan edi. 5 Ular buni eshitgach, Rabbimiz Iso nomidan ham suvga cho'mib imon keltirdilar. 6 Pavlus qo'llarini ularning boshiga qo'yishi bilan Muqaddas Ruh ularning ustiga tushib keldi. Ular yangi tillarda gapirib, karomat qila boshladilar. 7 Ular jami bo'lib, o'n ikki kishiga yaqin edilar.

Bu har bir yerda xushxabar tezda porlaydigan joylardan buni bilib, aloqa va savdo markazlari va markaziy shaharlarda chaqirish uchun o'zining xizmat safarlari davomidagi Pavlusning odati edi. Mana u Antioxiyada, Ikoniyada, Filippida, Salonikada va Korinf shaharida jamoatlarni barpo qildi. Quddus va Rim o'rtasidagi tortishish shahar va markazlarning bu uzun zanjirida Efes shahri rishta bog'lovchi bo'lish uchun keldi. Biroq voizlik qilish uchun keng ochiq bo'lmagan, unda kuchli jamoat ham bo'lmagan

Pavlus Anatoliyaning tekisliklaridan tushganda, u 25,000 odam sig'ib joylashgan tiatr dengizdagi bu chiroyli markazga yetib keldi. Rim vakolati orqali Efes shahri o'zi nazorat qilingan edi. Uning xalqi mohir savdogar edi. Efesning o'rtasida dunyoning har qismidan guruhlarda bu shaharga bepayon ziyorat qiluvchilarni olib kelgan bu shaharning diniy markazi xudojo'y Artemisning Ma'badi turar edi.

Pavlus bu poytaxtga kelganida, u Yahyoning ta'limotini qabul qilgan o'n ikki kishini topdi. Bu shaharda irqlarning soni uchun yashaydigan joy bilan birga har turli dinlar uchun markaz bo'lib xalqaro va madaniy salmoq bor ekanligini ko'rsatadi. Cho'mdiruvchinikiga o'xshagan kichkina ta'limotlar ham unga quyilgan. Suvga cho'mdiruvchining izdoshlari Masihning kelishi uchun o'zlarini tayyorlaganlar. Ular tavba va kamtarlikni amalda qilganlar. Ular balki o'lgan, ko'milgan, tirilgan va oxiri osmonga ko'tarilgan Nasroniylik Iso Xudoning Masihi ekanligini Apollosdan eshitishgandir. Endi ular tunu kun Isoning ko'rinishini kutib, Uning ikkinchi kelishini kutishyotgan edi.

Pavlus tezda Isoga ruhiy ishonish va Muqaddas Kitobga chuqur kirish tavba qilish yetarli emasligini nazorat qildi. Bu shogirdlar Muqaddas Ruhni xohlashdi. Ular o'zlarining solihliklari orqali Masihning kelishi uchun o'zlarini tayyorlashni xohladilar. Ular inoyat sirini va imonimizning mohiyatini bilmas edilar. Shunga o'xshab, biz uyalmasdan ko'p Masiyihlar xushxabari o'rganishini, Muqaddas Kitobni o'qishini, jamoatlarga qo'shilishini, samimiy tavba qilishini, imon haqida ko'p o'rganishini, balki najotning ozodligi uchun qonun bog'liqligini hali ham qoldirmaganini tan olishimizga to'g'ri keladi. Ular Masihning kuchini xohlayapdilar.

Sizning najot haqiqatlarining bilimi va suvga cho'mishingiz sizni qutqarmaydi. Ota va O'g'ildan keladigan Muqaddas Ruh sizni saqlaydi. Imonning maqsadi faqat diniy bilim emas, balki ikinchi tug'ilish bo'lgan yurakning yangilanishidir. Masihning o'limining oxiri yuraklarimizga Muqaddas Ruhning quyilishi orqali bugunlik kunda abadiy hayotni qabul qilishimiz uchun gunohdan bizni poklash uchundir. Aziz birodar, ishoning Yangi Ahdning maqsadi fikr yuritish, bilim, tavba, xudojo'ylik, dindorlik yoki Isoning hayotini o'rganish emas. Najotning natijasi mo'min Ruh, kamtar va yumshoq Masih bo'lgan Muqaddas Ruh bilan bizning to'lishimizdir.

Pavlus ochiqchasiga bu o'n ikki kishidan so'radi: “Siz Masihga ishonganingizda Muqaddas Ruhni qabul qildingizmi?” Shunga o'xshab biz sizdan shaxsan so'raymiz: “Siz haqiqatdan ham Muqaddas Ruhni qabul qilganmisiz yoki siz hali ham gunohingizda o'likmisiz?” Bu savoldan qochishga harakat qilmang. To'xtang, o'zingizga qarang, va muhtojligingizni tan oling. Tizza cho'kib to'la o'zingizni tirik Isoga topshiring va Uning va'dalaridagi imon orqali U bilan birlashing. Sizga Muqaddas Ruh kelganida siz kuchni qabul qilasiz, va Unga guvohlik keltirasiz, o'zingizga emas, balki O'zining qoni bilan O'ziniki bo'lish uchun siznzi sotib Olganga guvohlik keltirasiz.

Efes shahridagi o'n ikki kishi Isoning nomidan suvga cho'mib va Pavlusning qo'llarini qo'yishi orqali imonning to'liqligiga keldilar. Xudoning kuchi tavba qilganlarga oqib chiqdi va ular Rabbiyning Ruhi bilan to'ldilar. Biz sizga aytamiz, agar siz allaqachon cuvga cho'mgan bo'lsangiz, yana suvga cho'mish shart emas, balki suvga cho'mganingizni mahkam uchlang va Tirik Rabbiy Muqaddas Ruhi orqali shaxsan sizga va'da berganiga ishoning. U sizning imoningizga, samimiyligingizga va betinim talablaringizga ko'ra beradi.

Masihning O'zi siz abadiy yashashingiz uchun solihligi bilan sizni to'ldirishni xohlaydi. Iso aniq aytgan:”So'rang, beriladi; izlang, topasizlar; taqillating, ochiladi.” Shunday qilib sizga Muqaddas Ruh tushishi uchun Rabbingizdan so'rang. Xudo sizning yuragingizda yashaydi va tanangiz pok sevgi bilan to'ladi, tilingiz ravon bo'ladi va bu yerning quruqliklari uzra tarqatilgan topinuvchi qo'shiqchilarning guruhiga qo'shilasiz. Ruh bilan tekkan yuraklardan oqib chiqayotgan Xudoni ulug'lash qutqarilganning aniq belgisidir.

Sizning do'stlaringiz va qarindoshlaringiz najot uchun minnatdorchiligingizni eshitishadimi? Siz Rabbingizni sevasizmi? Siz doimo Unga rahmat aytasizmi? Agar Ruh sizda davom etmasa, sizning hamma so'zingiz o'zgarmaydi. Keyin siz o'zingizni emas Xudoni ulug'laysiz, va siz kuchingiz haqida dalil keltirmaysiz, balki Najotkoringiz Masihni ulug'laysiz. Hamma yomon so'zlar yo'qoladi va yolg'on o'tib ketadi, chunki Rabbiyning Ruhi sizda yangi yurakni yaratadi, sizga yangi tilni beradi va sizni yangi ijod qiladi.

Ulug'lash va maqtashdan tashqari, yuragingizdagi Muqaddas Ruhning quyilishining ikkinchi mevasi Xudoning sirlarining bilimi bo'ladi. Siz Xudo sizning Otangiz ekanini to'satdan bilasiz. Hech kim abadiy Yaratguvchi va Qudratlini Otam deb ayta olmaydi. Xudoda tanaviy bolalar bor deb o'ylash mumkin emas. Lekin Muqaddas Ruhdan tug'ilganlar faqat qon va etdan bo'lgan odam emasliklarini o'ylamasdan bilishadi.

Masihning o'limi tufayli Xudoning o'g'illaridek, asrandilikni qabul qilganlarini ham bilishadi. Xudoning mohiyati ularga inoyat orqali kelgan. Muqaddas Ruh ularning hayotlariga kirib kelganida ular hamma insonlardagi yovuzlikni va yuraklarini tushunish uchun kelganlar. Masihning zafari oqlanishning ishonchini berib, ulardagi hamma zulmatlik orqali porladi. Holbuki bizga berilgan kuch abadiylikning, o'lmaslikning va kelish uchun ulug'vor zafarning garovi bo'ladi, biz Xudoning shohligi aniqlik bilan yetib kelishini va to'la zafar qozonishini payg'om qila olamiz.

Biz yana bir bor sizdan so'raymiz: “Siz Muqaddas Ruhni qabul qilganmisiz? Siz butun yuragingiz bilan va yurush-turishingiz bilan Otangiz Xudoni ulug'laysizmi va Najotkoringiz Masihni ulug'laysizmi? Siz haqiqatdan ham Xudo sining Otangizmi? Siz Masihning ikkinchi kelishini kutyapsizmi?” Agar shunday bo'lsa, biz yurakning, sevgining va hursandchilikning sinishi orqali siz Muqaddas Ruhdan tug'ilganligingizga va biz bilan bir ekanligingizga sizni ishontiramiz.

IBODAT: Ey samoviy Ota, biz hursandchilik bilan Senga sajda qilamiz, chunki Sen bizning yovuzliklarimizdan suyukli O'g'ling orqali bizni qutqarding, bizning hamma gunohlarimizni kechirding, Masihning qoni bilan vijdonlarimizni poklading, va O'zingning pok va yumshoq Muqaddas Ruhing bilan bizlarni to'ldirding. Seni butun yuragi bilan qidiradigan yosh kishilarni va qizlarni moylagin va kuching bilan ularni to'ldirgin. Hech kim Sening Ruhingni ulardan ololmaydi. Biz inoyatinga, ishinga va najotingning oqib chiqishiga ishonamiz. Omin. Rabbiy Iso kelgin. Omin.

SAVOL 91: Efes shaharidagi kishilar qanday qilib Muqaddas Ruhni qabul qildilar? Siz qanday qilib bu muborak Ruhni qabul qila olasiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)