Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 089 (Paul’s Return to Jerusalem and Antioch)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

9. Pavlus Quddusga va Antioxiyaga qaytishi (Havoriylar 18:18-22)


HAVORIYLAR 18:18-22
18 Pavlus yana ancha kun Korinf shahrida turganidan keyin, birodarlari bilan xayirlashib, Akil va Priskilla bilan birga Suriyaga borayotgan kemaga tushdi. U nazr-ahd qilgani uchun, Kenxreya shahrida sochlarini qirqtirgan edi. 19 Efes shahriga yetib borganda, Pavlus Akil bilan Priskillani u yerda qoldirdi. O'zi esa yahudiylar ibodatxonasiga kirib, baxs ochdi. 20 Yahudiylar yanada ko'proq unikida qolishini Pavlusdan iltimos qilishgan bo'lishsa-da, u ko'nmadi. 21 Ular bilan xayirlashib: “Yaqinlashib kelayotgan bayramni men albatta Quddusda qutlashim kerak. Ammo Xudo xohlasa, oldingizga yana qaytib kelaman”, - dedi-yu, Efesdan suzib ketdi. [Akil bilan Priskillani esa Efesda qoldirdi.] 22 Kema Kesariya portiga yetib kelib to'xtadi. Pavlus Quddusga borib, imonlilar jamoati bilan ko'rishdi. So'ngra Antioxiya shahriga tushdi.

Rabbiy Iso xizmatkori Pavlus orqali Makidoniya va Gresyada tirik jamoatlarni ekdi. U keyin buni kuchaytirish uchun bu jamoatlarda o'zining ishchilaridan birini qoldiradi. Pavlusning Gresyada xizmati tugagani aniq bo'ldi, chunki Rabbiyning Ruhi uni Quddus va Antioxiyadagi ilgarigi jamoatga qaytishi uchun yo'naltirdi. Yangi jamoatlar mustaqil bo'lmasligi uchun Pavlus u yerda ilgarigilarga yangi jamoatni bog'lashi kerak edi.

Pavlus jamoatning birligi tufayli u orqali Rabbiy buyuk ishlar haqida Quddusdagi birodarlarga xabar berishi uchun qasam olgandir. Ular ham Masihning zafarli yurishining baqir-chaqirida qatnashgan bo'lishlari mumkin. Biz aniq nima uchun Pavlus Quddusga qaytib kelishida boshini qirganini bilmaymiz. Lekin u aniq hayotiga Rabbiyning inoyatini chaqirish uchun sochini qirqmagan. U faqat imon orqali barcha inoyat berilganidan yaxshi xabardor edi. Pavlus bu qasam orqali Masih hamma jamoatlarga va unga bergan hamma inoyatlar uchun tashakkur aytishni xohlagandir.

Akil bilan Priskilla Masihning havoriysi Korinf shaharini tark etishini eshitishganida, ular ham bu shahardan ketishga qaror qildilar. Bu ular Pavlusga ish berilganligi uchun quvilyotgan bo'lishlari mumkin edi. Shunda ular Suriyaga birga ketdilar. Kema er-xotin qolish uchun va korxona ochish uchun qaror qilgan Efes shahri portda ba'zi vaqtlar langar tashlab turgan.

Pavlus ko'p vaqt bu markaziy shaharda voizlik qilishni sog'indi, lekin Muqaddas Ruh Asiya viloyatiga kirib xizmat qilishdan unga xalal berdi. Xuddi shu kun kema dengiz bo'yida langar tashladi va Pavlus shaharga kirdi. U u yerda voizlik qilib, xizmat uchun imkoniyatlarni o'rganib yurdi. U ibodatxonaga borib, keyingi Shanbada undan oldilariga qaytib kelishini so'ragan va uning tushintirib berishida hayron qolgan Yahudiylarga qonunni tushintirib berdi.

Lekin Pavlus ularning talablari bilan qoniqmadi, chunki uning maqsadi Quddus edi. U Quddusga borishni xohladi va hatto Efes shahrida xizmat eshiklari keng ochilgan bo'lsa ham u yerga borish uchun qistaldi. Hozirgi vaqt uchun Rabbiysining ovozi keyinchalik Turkiyadan Gresyaga bo'lgan hamma yo'llarni ekkan jamoatning zanjirida yo'qolgan rishta bo'lishi kerak bo'lgan bu markazdan uni uzoqqa itaryotgan edi. Biroq Pavlus o'zining irodasiga ko'ra voizlik qilmadi, balki havoriy Yoqub yozganidek (Yoqub 4:15), Rabbiyning irodasiga ko'ra qildi. O'zining ikkinchi xizmat safarining oxirida Pavlus kelajakdagi uchunchi safaridagi voizlik qilish uchun yo'l Efes shahrining markazida to'la tayyorlanganini bilar edi. Pavlus u yerda hayotini davom ettirish uchun ishni ham va unga qarshi bo'lgan boshqalarni yoqtirmaydigan ibodatxonani ham topdi. Uning asosiy a'zolari hatto undan ko'proq qolishini so'rashdi.

Shunday qilib, Pavlus minnatdor yurak bilan dengiz bo'ylab Falastinning Kesariyasiga keldi. U Quddusga borib, jamoatdagi birodarlar bilan salomlashdi va sodiq Yahudiydek ma'batda sajda qildi. Pavlus u yerda uzoq qolmadi, balki G'ayriyahudiylar orasida voizlik qilish uchun uni jo'natgan Antioxiya jamoatiga qaytib bordi. Masihning nomi juda ulug'landi va Muqaddas Ruhning bashorati ajoyib yo'l bilan sezildi. O'tmishda u maqsad qilinmagan rejasiz Muqaddas Ruhning yo'nalishi ostida Barnabo bilan tashqariga chiqqan. Endi ko'p jamoatlar har joyda tashkil topdi va sodiq oqsaqollar o'rnatildi. Muqaddas Ruh ko'plarni muqaddaslab saqladi va Masihning najoti o'zining kuchini tasirli va doimiy ravishta tarqatdi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen butun dunyo bo'ylab jamoatlar barpo qilding. Xochdagi o'liming tufayli hammasi mumkin edi. Sen Ruhing orqali havoriylaringni boshqarding va imon orqali tinglovchilarini muqaddaslading. Biz Sening xushxabaringa ishonishni davom ettirishimiz uchun va kelayotgan Rabbiy va Najotkorimizdek Sening ismingni ulug'lashimiz uchun bizni yolg'onchilardan, aqidaparastlardan, falsafachilardan, va ijtimoi ishlardagi o'zini o'ylaydiganlardan saqlagin. Omin.

SAVOL 89: Pavlus o'zining ikkinchi xizmat safarining oxirida tashrif buyurgan to'rta shaharlar qaysilar edi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)