Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 088 (Founding of the Church in Corinth)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

8. Korinf shaharida Jamoatning Shakillanishi (Havoriylar 18:1-17)


HAVORIYLAR 18:1-4
1Bu hodisalardan keyin Pavlus Afinani tark etib, Korinf shahariga keldi. 2 Bu shaharda asli pontlik bo'lgan Akil ismli bir yahudiyni topdi. Qaysar Klavdiy butun yahudiylarga Rimdan chiqib ketishlari haqida farmon chiqargani tufayli, Akil bilan hotini Priskilla yaqinda Italiyadan kelishgan edi. Pavlus ularning oldiga bordi. 3 Hamkasb bo'lganlari uchun ularning yonida qolib ishladi. Ularning hunari esa chodir tikuvchilik edi. 4 Pavlus har shanba kuni yahudiylar ibodatxonasida bahslashib, yahudiy bilan yunonlarni ishontirishga harakat qilardi.

Afinada Masihni voizlik qilish uchun o'zining boshlanish nuqtasidek undan foydalanib, odamlarning xudojoyliklarini hisobga oladigan voizlikning dono uslubi Pavlusga juda ko'p yordam bermadi. Yunon falsafachilar Yahudiy oliy kengashi Masihni va Uning najotini mazax qilgandagi bir ruh bilan Masihning tirilishini ham mazax qildilar. Shunda Pavlus (Matto 10:14) Rabbiysining yo'l-yo'riqlariga ko'ra bu mag'rur shaharni tark etdi. Yahudiy huquqshunoslari va Yunon falsafachilari birgalikda bitta shifoxonada kasal bo'lib yotishdi. Birinchi ular o'zlarining kuchlari bilan Xudoning qonunini bajarishni xohladilar, ikkinchi o'zlarining hayollarining yo'li bilan Xudoni bilishni maqsad qildilar. Ikkalasi ham mumkin emas. Huquqshunoslar tekinga berilgan najotni xohlashmadi va falsafachilar fikrlarini jonlantirilgan vahiy ostiga olib kelishni xohlamadilar. Ular ziqna va mag'rur edilar, va o'zboshimchalik bilan o'zlarini Xudoning mehridan saqladilar.

Tanaviy inson agar u Xudoning Ruhi orqali ruhlanmagan bo'lsa, haqiqi Xudoni bila olmaydi. U bu Ruhga bo'ysunish va Uni sevishdan tashqari Xudoning qonunini bajara olmaydi. Huquqshunos o'zining ichki borlig'ida qotib qolganligicha qoladi, va falsafachi hayoliy fikrlaridan qat'iy nazar, nodon va ahmoqligicha qoladi. Mazxara qilingan Pavlus butlarning va chuqur ta'sir qilgan fikrlovchilarning shaharini tark etdi. U oldin bu xudosiz ruhlarning to'lqinlari jamoat tarixining yo'li bo'ylab buyuk zararga va buzg'inchilikka asos bo'lishini sezgan. Bu Xudoga bo'ysunmaydigan ruhlar edi.

Tirik Rabbiy ko'p gapirmasdan o'zining qo'llari bilan mehnat qilgan, ishongan va ibodat qilgan Yahudiy er-xotinning oldiga Pavlusni boshlaganda, u solihlik topdi. Ular Rimda Masihiy bo'lgan bo'lishlari mumkin.Qaysar Klavdiy davri mobaynida (O'.K 41-54), poytaxt shaharida hukumat quvg'ini Yahudiylarga qarshi boshlanganda o'zining boyliklari bilan dong'i chiqqan va ahloqsizligi bilan uyatga qolgan badavlat savdo porti bo'lgan bu chodir qiluvchilar Korinf shahariga qochdilar. Uning fuqorolari dunyoning barcha qismlaridan kelishdi. Pavlus bu sodiq er-xotinga yondashib u yerda ish topdi, chunki u sadaqani qabul qilmasdan o'zini va ishchilarini taminlash uchun qo'llari bilan mehnat qildi.

Shunday qilib Pavlus Korinf shaharida kun davomida chodir tikuvchi bo'lib ishladi va ishdan keyin voizlik qildi. U kechqurun yoki dam olish kunlari mobaynida va Shanba kunlari dam olmadi, balki u Rabbiy uchun o'zining vaqtini va kuchini qurbon qildi. Birinchi kunlarda u Yahudiyaning ibodatxonasiga bo'lgan voizligini cheklab u yerda o'tkazdi. Uning Afinadagi achchiq tajribasi biz Korinifliklarga (1:18 – 2:16) ga bo'lgan Birinchi Maktubida o'qiganimizda uning tuzimini va voizlik tarzini qayta fikrlash uchun, ibodat va hayolga cho'mishi o'sishi uchun uni olg'a surgan. Agar siz bu oyatlarni diqqat bilan o'qisangiz, siz o'sha vaqtdagi Pavlusning holatini sezasiz.

HAVORIYLAR 18:5-8
Sila bilan Timo'tiy Makedoniyadan kelganlaridan keyin, Pavlus o'zini butunlay va'zxonlikka bag'ishlab, Isoning Masihligini yahudiylarga ta'kidlab bayon etardi. 6 Lekin ular qarshi borib, uni haqorat qilgach, Pavlus kiyimidagi changni qoqib: “Sizlar to'kkan qon o'z bo'yningizga! Men tozaman. Bu kundan e'tiboran men majusiylarning oldiga boraman”, - dedi. 7 Pavlus u yerdan ketib, Xudoga sig'inuvchi Yustus ismli bir odamning uyiga keldi. Uning uyi esa yahudiylar ibodatxonasiga devor-darmiyon edi. 8 Shunday qilib, ibodatxonaning jamoaboshisi bo'lgan Krisp butun xonadoni bilan Isoni Rabbim deb imon keltirdi. Buni eshitgan korinfliklardan ko'plari ham ishonib, suvda imon keltirdilar.

Sila va Timo'tiy Pavlusning oldiga kelganlaridan keyin, ruhida oldingiga qaraganda ko'proq bosim bo'ldi. Birodarning birligi unga voizligida qo'shilgan zaruratni berdi. Buni ko'rib ikki birodarlardan biri havoriyda voizlik qilish uchun vaqti ko'p bo'lgan Makedoniyadagi jamoatlardan umumiy sadaqani olib keldi. Yahudiy ibodatxonasida Pavlus qonundan Nasroniylik xochga mixlangan Iso yahudiylar orqali rad etilgan haqiqi Masih ekanligini ko'rsatib berdi. Keyin bu har doim odatdagiga ko'ra sodir bo'lgan: Pavlusni rad etgan va uning xushxabarini qoralagan Yahudiylar Isodan yana va yana nafratlandilar.

Bu Pavlus ulardan o'zini ajiratish uchun kerak bo'lgan, shunday deb: “Sizlar to'kkan qon o'z bo'yningizda! Men tozaman, chunki men najotning hamma so'zlarini sizlarga aytdim.” Bu bayon xochga Mixlanganni rad etadiganlar o'zlarining jonlariga qasd qiladiganlardek Qiyomatda turadilar. Ular Masihni rad etishlari orqali jon deb najot marhamatini rad etdilar. Ular uchun boshqa kechirim yo'q va shuning uchun ular vayron bo'lishlari uchun o'zlarini hukm qildilar.

Biz bu hodisadan Pavlus Korinf shaharida G'ayriyahudiylarga o'zining diqqatini qaratganini ko'ramiz. Biroq u Yahudiy ibodatxonasidan uzoqqa ketmadi, balki Yustus ismli xudojo'y kishi bilan birga uydagi keyingi eshikdagi xonani ijaraga oldi. Pavlus Masih uchun inson ovchisi bo'lishdan qo'rqmadi. U Yahudiy ibodatxonasiga tashrif buyurganlarni ushlab, xonasida bo'layotgan uchrashuvlarga ularni olib keldi. Uning uchrashuvlari hafta mobaynida davom etdi. U Yahudiya ibodatxonasining hukmdorini tashriflar va gaplashishlar bilan hurmat-ehtirom qildi va u imonli bo'lgunicha haqiqat va sevgi bilan uni ruhlantirdi.

Bu Eski Ahd a'zolari Masihiy bo'ldilar. Pavlusning qo'lida u, hotini, bolalari va xizmatkorlari bilan suvga cho'mdi. U Masihning (1 Korinfliklarga 1:14) hududiga kirdi. Uning Masihiylikka ikkinchi tug'ilishidan keyin, ko'plar unga ergashdi va Korinf shaharidagi jamoat gullab-yashnab, kuchli bo'lib o'sdi.

HAVORIYLAR 18:9-17
9 Bir kechasi Pavlusning tushida Iso ko'rinish berib: “Qo'rqma, lekin tinmay gapiravergin, - dedi. 10 Men sen bilan birgaman, hech kim senga qo'l tekkizib yomonlik qilmaydi; chunki bu shaharda ko'p odamlarim bor”. 11 Pavlus shundan so'ng bir yilu olti oy bu yerda yashab, Xudo kalomidan ta'lim berdi. 12 Gallion Axaya viloyati hokimi bo'lgan davrda, yahudiylarning hammasi bir bo'lib, Pavlusga qarshi bosh ko'tarishdi. Uni mahkamaga sudrab kelib: 13 “Bu odam qonunimizga zid o'laroq Xudoga sig'inishni xalqqa o'rgatmoqda”, - deb aytishdi. 14 Pavlus og'zimni ochay deganda, Gallion yahudiylarga xitob etib: “Hoy yahudiylar! Agar biron haqsizlik yoki og'ir jinoyat masalasi bo'lsa edi, u vaqtda arzingizni eshitish uchun menda bir asos bo'lar edi. 15 Holbuki bahs ta'limot, ismlar va Qonuningiz haqida borayotgan bo'lsa, unda o'zlaringiz hal etinglar. Men bu ishlarning qozisi bo'lishni istamayman”, 16 – dedi-yo, ularni mahkamadan haydab yubordi. 17 Shunda butun yunonlar jamoaboshi Sostenni tutib, mahkama oldida urdilar. Gallion esa bunga parvo qilmadi.

Pavlus ibodatxonaning bosh hokimining qayta tug'ilishidan Yahudiylar g'azablanganligini bilar edi. Savol paydo bo'ldi, u Korinf shahrida qolish kerakmi, yoki qochib ketishi kerakmi? Yosh jamoat uchun nima yaxshiroq bo'lar edi? U ibodatda Rabbiysidan so'radi va Rabbiysi unga javob berdi. Rabbiy unga O'zining vakolatini qaytadan boshladi va xushxabarni to'la, soddalik bilan va dovyuraklik bilan voizlik qilishni talab qildi. Biz bu samoviy so'zlarni o'zingizda saqlashingizga taklif beramiz, chunki shu yerda Xudoning irodasi aniq bo'ldi.

Masih sizni har bir qo'rquvning shaklidan saqlaydi, chunki ilohiy sevgida qo'rquv yo'q. Masih sizga yaqin, shuning uchun kuchli bo'ling va jim turmang. O'limdan tirilgan Iso haqidagi haqiqatni gapirib dalolat bering. Bizning imonimiz din haqida yoki falsafa haqida emas, balki biz qo'shilgan bir Shaxs haqidadir. Masih o'limdan tirildi. U haqiqatdan ham tirildi. U hatto asrning oxirigacha O'zining ko'rinishi bo'lgan hamma xizmatchilariga har kuni javob beradi.

Bu Uning havoriylari, xizmatkorlari va izdoshlari uchun buyuk daldadir. Siz sizni hech qachon qoldirmaydigan, sizni oqlaydigan muqaddas qiladigan, va siz bilan boradigan Rabbingiz uchun ayrilmaysiz. U hatto o'limgacha siz bilan qoladi. Masihning sevgisining oqishidagi Uning irodalaridan tashqari, sizga hech narsa sodir bo'lmaydi. Uning O'zi sizning Boshlovchingizdir. Iblisning hamma ig'volari sizga yetib kelmaydi, chunki sizning Rabbingiz sizni himoya qiladi.

Siz bilan Xudoning birligi atrofingizdagi ko'plab odamlarni g'alaba qozonishini maqsad qiladi. Xudo ularni najot uchun tanladi, va siz orqali ularni chaqiryapdi. Ular sizning ovozingizda Uning so'zini eshitishadi va imon orqali qaytadan boshlash uchun Uning oldiga kelishadi. Ular Xudoning do'stligiga kirib, bir jamoatga Muqaddas Ruhning sevgisi orqali birga qo'shilishadi. Xudoning muqaddas odamlarining a'zolari O'zining ajoyib nuriga qorong'ulikdan ularni chaqirib Olganning ulug'vor solihligiga chaqirishni davom ettiradi. Rabbiy shubhasiz shaharingizda Uni ulug'lab qidiryotgan har bir yurakni biladi. Shunday qilib umidsizlikka tushmang, faqat bugunlik kunda Masihning zafari sezilyotganga ishoning. Unga ishonganlar Uning zafarli yurishida U bilan birga boradi.

Rabbiy Iso Pavlusga Korinf shahrida unga zarar yetkaza olmasligini, Anioxiya, Ikoniya, Listra, Filippi, Salonika va Beriyada sodir bo'lganiga qarshi bo'la olmasligini tasdiqladi. Kimki unga zarar berishga harakat qilgan bo'lsa Rabbiyning qo'lidan qulardi. Shunday qilib havoriy qutqarilganning jo'rligida sevinib, Yahudiylarning ibodatxonasini yonida yashab, qiyinchiliksiz xushxabarni voizlik qilib, bu yovuz shaharda bir yarim yil qoldi.

Eramizdan avval 53 da Gallion Korinfning markaziy shahari bo'lgan Ahaya tumanining hokimi qilindi. Barcha Ahaya uchun Gallion Rim hokimi bo'lganida, Yahudiylar Masihiylarga qarshi quvg'inni kuchaytirish uchun harakat g'alayonni boshladi. Ular Qaysarning dushmani bo'lishi bilan yoki ilohiy Shohni targ'ib qilish bilan Pavlusni ayiblamadilar. Ular Yahudiylikka qarshi bo'lgan va shuning uchun Rim qonuniga qarshi yangi dinni targ'ib qilish haqida uni ayibladilar. Keyingisi Yahudiylikni qonun dinidek bildi. Biroq hokim Gallion Yahudiylarga qarshi qoidada edi. U Rimdan Eski Ahdning odamlarini quvgan Qaysar Klavdiyning jamosidan edi. Hokim zo'rlik bilan shikoyatni rad etib, o'zini himoya qilish uchun Pavlusga ruhsat bermadi. Masih Pavlus o'zini himoya qilishi uchun birorta so'z eytishi kerak bo'lmasligi uchun O'zining xizmatkorini himoya qildi.

Pavlusga qarshi ko'tariladigan shikoyatni orqasida bo'lgan Yahudiy ibodatxonasining yangi hokimi omadsiz edi. Ibodatxonadagi mutahasislar uni tashqariga olib uni Gallionning oldida qattiq zarba berishdi, chunki bu yangi Yahudiy hukmdori yangi hokimning oldida ularning birliklarini nomusga o'ldirdi. Bu yahudiy muallimi Pavlusni himoya qilishdan Masihning qo'lini saqlashga harakat qildi. Lekin, bu unga og'ir bo'lib tushdi. Hech kim Xudoning jamoatining barpo bo'lishini to'xtata olmaydi har doim Rabbiy O'zining tanlanganini himoya qiladi. Shuning uchun ishoning va jim turmang. Gapiring va kunu tun birodarlaringizning do'sligi o'rtasida Rabbingizga rahmat ayting.

IBODAT: Ey Rabbiy Masih, Sen xizmatching Pavlusni Korinf shaharida himoya qilib, unga kuch berib va u bilan birga huzuring haqida uni ishontirganing uchun minnatdormiz. Imonimizni kuchaytirgin, sevgimizni ko'paytirgin va bizlarni tirik umidda saqlagin. Sen haqiqatdan ham ularni saqlashni xohlaganing uchun adashib ketyotganlarning oldida botirlik bilan guvohlik berishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 88: Pavlus Korinf shaharida olgan Masihning asosiy va'dasi nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)