Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 080 (Founding of the Church at Philippi)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

4. Filippiyada Jamoatning Shakillanishi (Havoriylar 16:11-34)


HAVORIYLAR 16:16-18
16 Bir kuni ibodatgohga ketayotganimizda, ichida folchilik ruhi bo'lgan bir cho'ri bizga duch keldi. U folchilik mahorati bilan ho'jayinlariga ko'p daromat keltirar edi. 17 Pavlusning va hammamizning orqamizdan yurib: - Bu odamlar Xudoyi Taoloning qullaridir, bizga najot yo'lini e'lon qilmoqdalar, - deb baqirardi. 18 Ancha kun buni takrorladi. Axir, Pavlusning joniga tegib, u cho'riga burildi-da, ichidagi ruhga: - Iso Masih nomidan senga buyuraman: cho'ridan chiqib ket! - dedi. Ruh esa o'sha zahoti cho'rining tanidan chiqib ketdi.

Bu dunyo shunchalik yovuz ruhlar bilan to'lib toshgan, havoriy Yuhanno aytgan: “Butun dunyo yovuz shaytonning qo'l ostidadir.” Hatto bugun ham biz ba'zan ochiqchasiga Isoning vaqtida ayyor iblislarning huquqini va ishlayotganini ko'ramiz va barcha nurning manbayi bo'lgan Isoga yovuz ruhga chalinganlar shoshilib, baqirishgan: “Biz Sen bilan nima qilishimiz kerak? Sen Xudoning muqaddas O'g'lisan! Nima uchun bizni barbod qilish uchun kelding?” Shunga o'xshash tarzda folbin Pavlusning ruhi bilan va uning hamrohlarining sevgisi bilan hayron qoldi. U shunday deb baqirdi: “Ehtiyot bo'ling odamlar! Bu havoriylar Taolo Xudoning kishilaridir! Siz yovuz ruhdan va o'limdan saqlanib qolishingiz uchun ular sizni boshqaradi.”

Bu folbinni shahar atrofidagi hamma tanir edi. Odamlar unga kulib undan qo'rqishar edi. Ko'plar diqqat bilan uning e'lonlarini tinglab, o'zlarining kelajaklarini ochib berishini undan so'rab Shaytonning qo'liga yiqilar edilar. Aziz birodar, biz sizga mullaga folbinga sizga shifo berish fikri bilan bormasligingizga maslahat beramiz. Ularga bo'lgan sizning imoningiz sizni ularning ruhiga bog'lab qo'yadi. Pavlus bu ruhga chalingan ayolning gaplaridan hafa bo'ldi.

Nimaga? Bu ayolning ichki borlig'idan chiqayotgan g'alati ovozidan Pavlus jirkandi. Pavlus o'zining xushxabari uchun bu ayolning so'zlarini yaxshi targ'ibot bo'ladi deb hisoblamadi, yoki u bu yolg'onchi ruh orqali o'zining voizligiga chaqirilgan butun shaharni e'tiboriga ega bo'lishni xohlamadi.

Pavlus ham nayrang va yolg'onlarning otasi bo'lgan Shaytonning ruhi Masihning Ruhi emasligini bilar edi. Hatto bu ayol o'zining yolg'onining yo'lida ko'p haqiqatlarni e'lon qilgan bo'lsa ham, Pavlusda bu folbinning ruhi bilan o'zining voizligiga suyanish maqsadi yo'q edi.

Bizning Xudoyimiz xudolar, ruhlar va iblislar ichida Taolo Xudodir. U bitta, yolg'iz va yagona Xudodir, va Undan boshqa Xudo yo'q. Bu mahsus vaqtda Yunon dunyosi ko'p xudolarga va ruhlarga ishongandi. Qul bo'lgan qizning targ'iboti xushxabarning bitta va yagona Xudodagi imon buzilishini anglatdi.

Ayniqsa Shaytonning ruhi Yagona bo'lgan Xudoni bilmasdi. Shayton Xudo muqaddas Otaligini va Uning O'g'li Iso Masih Muqaddas Ruhning birligida U bilan hukm surib Xudoning o'ng tomonida o'tirishini bilmas edi. Qutqarishning negizi faqat xoch orqalidir. Yovuz ruh Pavlusni va uning hamrohlarini Xudoning bolalari yoki Uning xizmatkorlari deb tan olmadi. Biroq haqiqiy najot bizni gunohdan, o'limdan va Shaytondan saqlamaydi, balki U Taoloning farzandlaridek ikkinchi tug'ilishni va asralib qolishlikni bizga beradi.

Shunday qilib yovuz ruh hatto u Yaratguvchi va Uning qutqarishi haqida gapirgan bo'lsa ham, Xudoni va najotning yuragini rad etadi. U buni tomosha uchun emas balki inson uchun vositalikni va sokin mulohazani xohlagan Masihning xohishiga qarshi buni yaratib, ba'zi ajoyiblikni buzib ko'rsatdi. Inson faraz qilish orqali tavba qilib, imon orqali ularga aks etadigan va saqlab qoladigan Rabbiysining so'zlarini eshitadi.

Pavlus qiz yovuz ruhga chalinishini bildi. U bu qizning azoblanayotgan qalbini va iblisning nopokligida jirkanchlikni sezganini va uning millionlab nayranglarini ko'rdi. Bu havoriy bechora qizga mexr-shavqat ko'rsatdi va bu qizdan yovuz ruh chiqib ketishi uchun buyrug' berdi. U Masih qilganidek, o'zining ismi bilan yovuz ruhni quvib chiqarolmas edi. Yo'q, chunki G'ayriyahudiylarning havoriysi Iso Masihni yagona Najotkor deb bilib, o'zini hosilsiz va qobilyatsiz deb tan oldi. Shunday qilib u Iso Masih nomidan nopok ruh bu qizni tark etishiga buyruq berdi.

Haqiqatdan ham, Isoning yagona ismi jahannamda tanilgan. Aqilsiz odamlar ko'r, aqidaparast va johilona dindordirlar. Ular Xudoning haqiqatini bilmaydilar. Biroq Pavlusning so'zlari haqiqiy Rabbiy tirik Iso Masih ekanligini ko'rsatdi. Pavlus o'zining voizligini qo'llab-quvvatlashi uchun iblisning targ'ibotidan foydalanmadi, balki bu qizni ichki dunyosida saqlab, xushxabarning kuchi orqali azoblanayotgan qizdan yovuz ruhni quvib chiqardi.

Hatto bugun ham Isoning ismida buyuk kuch bor. Biz bu ismni xohlagan paytimizda ishlata olmaymiz, balki biz Muqaddas Ruhning rahbarligi uchun kamtarlik bilan kutishimiz zarur. Pavlus bu qiz bilan birinchi uchrashganida undan yovuz ruhni quvib chiqarmadi. Faqat ko'p kunlardan keyin va ko'p ibodatlardan keyin Pavlus Isoning O'zi buni xohlaganligini bilgandi.

Butun bir narsa bir keskin bayonda tushunildi: “Isoning ismi bilan.” Hatto bugun Muqaddas Ruhning himoyasida yurganlar ibodat orqali nopok ruhlarni quvib chiqara oladi. Shunday qilib aziz birodar, ogoh bo'ling va o'zingizning nomingiz bilan hech narsa qilmang. O'zingizning rejalaringizni bajarish uchun Isoning ismidan foydalanishga vasvasaga tushmang. Buning o'rniga sizda va siz orqali sezilgan Rabbiyning buyukligini ko'rishingiz uchun xushxabarga va uning Ruhiga bo'ysuning.

IBODAT: Ey Rabbim Iso, biz Sendan minnatdormiz va Sen yovuz ruhdan iblisga chalingan ayolni qutqarib olganing uchun sajda qilamiz. Sen hali ham va hatto bugun ham rabbiylarning Rabbiysisan. Sen iblisning zanjirlaridan va uydurma yolg'onlardan odamlarni ozod qilasan. Millionlab odamlar yolg'onni, diniy yolg'onlarni ko'rishlari uchun va Sening yagona ismingning kuchida saqlanib qolishlari uchun, ularning ko'zlarini ochib yubor. Omin.

SAVOL 80: Yovuz ruhga chalingan folbinning so'zlaridagi yolg'on nima edi? Pavlus gapirgan haqiqat nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)