Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 075 (Apostolic Council at Jerusalem)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)

B - QUDDUSDAGI BUYUK KENGASH (HAVORIYLAR 15:1-35)


HAVORYLAR 15:22-29
22 Buning izidan butun jamoat bilan havoriylar va oqsoqollar o'z oralaridan odamlarni saylab, Pavlus va Barnabo bilan Antioxiyaga yuborishni lozim ko'rdilar. Birodarlar orasida obro' orttirgan Barsabo laqabli Yahudoni va Silani sayladilar. 23 Ular orqali shu maktubni yozib yubordilar: “Havoriylar, oqsoqollar va barcha birodarlardan, turli xalq vakillaridan iborat bo'lib, Antioxiya, Suriya, va Kilikiyada yashayotgan birodarlarimizga salom! 24 Asgitishimcha, bizdan chiqqan ba'zi kishilar o'zlarining gaplari bilan sizlarni dovdiratib, sunnat qilish kerak, Musoning Qonuniga rioya qilish kerak, deb ko'ngillaringizni tashvishga solishibdi. Biz esa buni buyurmagan edik. 25 Shu sababdan o'z oramizdan saylangan ba'zi bir odamlarni azizlarimiz Barnabo va Pavlus bilan birga sizlarning oldingizga yuborish uchun bir fikrga keldik. 26 Bu ikkalasi Rabbimiz Iso Masihning ismi uchun o'z jonlarini ham ayamagan zotlardir. 27 Qarorimiz bo'yicha huzuringizga hozircha Yahudo bilan Silani yo'llayapmiz; ular sizlarga bularni og'zaki ham tushuntiradilar. 28 Shunday qilib, Muqaddas Ruhga va bizga ma'qul ko'ringan quydagi zarur sanalganlardan boshqa sizlarga hech narsa yuklamaslikka qaror qildik, chunonchi: 29 butlarga so'yilgan qurbonlik go'shti, qon, bo'g'ilgan hayvonning go'shti hamda zinodan o'zingizni saqlanglar. [O'zingiz uchun istamagan narsani o'zgaga qilmanglar.] Bu horom narsalardan o'zlaringizni saqlab yursangiz, yaxshi ish qilgan bo'lasiz. Salomat bo'linglar!”

Bu yig'ilishning davom etishi keladigan yig'indisidir va qatnashgan a'zolar orqali belgilangan. Quddusdagi Masihiy Jamoatining birinchi Kengashining vaqtlarni qanoatlanishi nima edi?

Bu faqat havoriylardan tuzilgan tanani jo'natmadi balki oqsoqollardan ham jo'natdi. Ular faqat guruhga javobgar emas edilar, chunki Masihning badanidek bo'lgan butun jamoat rozi-rizolik bilan javobgardir. Ular orqali ma'qullanmagan birorta qarorlar davomiy hafagarchilikka, qiyinchilikka va muammolarga sabab bo'lardi.

Bu xabar oluvchilari faqat Antioxiya shahridagi jamoat a'zolari emas balki Antioxiya atrofidagi kichkina rayon jamoatlarining a'zolari ham ekanligini eslatib o'tadi. Bu Iskandar va Adan tumanlari bilan birga Suriyaning hamma jamoatlarini o'z ichiga oldi. Quddusdagi jamoat a'zolari bu jamoatning bolalarini “birodarlar” deb nomlashdi. Bu nom to'g'rilikdagi tenglikni va samodagi Otalarining shohligidagi birlikni ko'rsatadi. Bir so'z bilan asosiy farq bartaraf qilindi va muammo yengilladi. Asl Yahudiy imonlilari G'ayriyahudiy imonlilarni haqiqiy birodarlar bo'lishlarini o'yladilar.

Bu hatning mohiyati Masihning najotidan oqib chiqadigan hursandchilik va tinchlikda o'rin oldi. Uchta mazmundor fikrlar Quddusdagi birodarlar uzoqdan Masihgagi birodarlari bilan salomlashishga odatlangan bu bir Yunon so'zida o'z ichiga oldi. Bizning voizlik qilishimizning mavzusi tinchlik, hursandchilik va rohat, lekin qonun, tavba va tanbex emas. Biz Masihdagi najotning kamolotini sizga olib kelayotgan hursandchiligingizning xizmatkorlarimiz.

Abtioxiya Jamoatiga ketgan qonun voizhonlari Quddusdan jo'natilganligi va bu ishda buyrug'ni olganiligi bu xabardan namoyon bo'ldi. Ular o'zlarining nomlaridan insoniy fikrlarini tarqatish uchun ketishgan edi. Jamoat bu qonunchi birodarlari muammoga va bo'linishga sababchi bo'lib qolishganidan afsuslanishni his qilishdi. Biz bundan hech narsa o'qimaymiz lekin keyinchalik Pavlus ular haqida yozib, ularni sohta birodarlar deb aytgan (Gallatiyaliklar 2:4). Biz faqat ular Quddusda haforiylar orqali o'zlarining xabarlarini va'z qilish uchun vakil bo'lib kelmaganliklarini yoki Quddusdagi birinchi Kengash ularning ajralish ishlariga rozi bo'lmaganini yoki unamaganligini o'qiymiz.

Ajoybotlarning ajoyboti shuki bu guruh ta'limotli hatni yaratmadi yoki batafsil yo'l-yo'riqlarni bermadi. Lekin ular bir ovozdan ikki sergak kishini maslahatli fikrni tushuntirish uchun ularni jo'natishga rozi bo'ldilar. Faqat yozilgan so'zlar yetarli emas edi balki Xudoning xizmatkorlarida vujudga kelgan Uning so'zlarining yordamiga muhtojlik bor edi. Shunday qilib, Quddusdagi guruh o'zlarining izohlari bo'lan yangi yo'l-yo'riqlar bilan birga jo'natildi. Ular uzun sharhlarni e'lon qilmasdan, Muqaddas Ruhga to'lgan birodarlarni jo'natishdi.

Ikki yuklatilgan Yangi Ahdning payg'ambarlari yakka o'zlari ketishmadi. Ular Quddus jamoatidan hurmatli axborotni qabul qilgan Barnabo bilan Pavlus bilan ketishdi. Bu axborot ularni suyukli deb tasvirlab, barcha ayiblardan ularni ko'tardi. Ular bu nomga loyiq edilar, chunki Xudoning sevgisi Muqaddas Ruh orqali yuraklariga quyilgandi. Sevgi, rohat, tinchlik va najot Xudoning jamoatlaridagi kishilari uchun poydevor, kuch va asoslarni tashkil etadi.

Bu yaxshiliklardan ikki havoriylarning muhim shahodatlari pishgan edi. Ular Masih uchun, Uning nomi uchun va Uning jamoati uchun hayotlarini havfga qo'ydilar. Shu yerda biz Masih O'zi haqida gapirgan bir hil so'zni o'qiymiz: “Menga hizmat qilishlari uchun emas, Men hizmat qilish uchun va ko'plar uchun hayotimni berish uchun keldim.” Bu Xudoning sevgisining ma'nodor hosilidir. Bu Masih hayotini jinoyatchi gunohkorlar uchun berganidek, biz ham yo'qolganlar uchun o'zimizni qurbon qilishga boshlaydi. Bu Masihiylikning chuqur, ichki ma'nosidir.

Keyin biz hamma hayolni yaxshilash uchun yetarli bayonni o'qiymiz. Quddusdagi asosan jamoat a'zolari Muqaddas Ruh va ularning o'zlari bu qarorni birga qilishganini yozgan. Muqaddas Ruh ularga qonundan ozod bo'lgan Masihiy Jamoat Xudoning irodasiga ko'ra to'liq ekanligini ochib berdi. Jamoat a'zolari bu yangi rivojlanishda Xudoning halovatiga ko'ra yashaydilar. Xudoning Ruhining kuchidagi va rahbarligidagilar o'zlarida Muqaddas Ruhdek bir hil javobgarlik darajasi bor deb o'zlarini hisoblagan qarorni shakillantirishdi. Ular jon deb bu qaror uchun javobgarlikni oldilar. Bu mustaqil ruh ularning ustidan hokimlik qilmadi, chunki ular Rabbiyning xizmatkorlari edilar va Xudoning sirlarini boshqaruvchisi edilar (1 Korinifliklar 4:1).

Keyin ular Antioxiyadagi jamoat a'zolariga ular butlarga qurbonlik qilishganda dinlarni aralashtirishdan o'zlarini tutishlari uchun yozishdi. Ular har bir ifloslikdan o'zlarini saqlashlari kerak edi va bo'g'izlanganlarni va qonni yeyishdan o'zlarini tutishlari kerak edi. Ular shunday qilish orqali asl Yahudiy Masihiylari bilan birgalikda davom etisha olishardi. Bu amr najotni qabul qilishga bog'liq emas, balki azizlarning birligida davom etishgadir.

SAVOL 75: Quddusdagi Havoriylik Kengashi orqali olingan qarordagi bosh mulohazalar nima edi?

HAVORIYLAR 15:30-35
30 Shunday qilib, bu odamlar yo'lga tushib, Antioxiya shahriga kelishdi. U yerdagi jamoatni to'plab, hatni topshirishdi. 31 Ular esa nasihatni o'qib sevindilar. 32 O'zlari ham payg'ambar bo'lgan Yahudo va Sila ma'noli, mo'l so'z bilan birodarlariga donolik berib, jonlariga jon qo'shdilar. 33 Bu yerda bir muddat turishgandan keyin, birodarlari ularni eson-omon kuzatib, yuborganlar qoshiga qaytarishdi. 34 [Lekin Sila Antioxiyada qolishni afzal ko'rdi va Yahudo yakka o'zi Quddusga qaytdi.] 35 Pavlus va Barnabo bo'lsa, Antioxiyada qolishdi. Ular boshqa ko'p kishlar bilan hamjihat bo'lib, ta'lim berishni va Rabbimiz Isoning Xushxabarini targ'ib qilishni davom ettirishdi.

Quddusga Barnabo va Pavlusning safarining natijasi kengash Antioxiyaga ikki birodarni u yerda ular orqali hat o'qilishi uchun ularni jonatishga qaror qilgan edi. Yahudo va Sila o'zlarining tinglovchilarini Muqaddas Ruhdan to'g'ridan-to'g'ri vahiy orqali o'qitgan payg'ambarlar edilar. Ular Yahudiy va G'ayriyahudiy Masihiylar o'rtasida to'la birlikni o'rnatgan bir hil Ruh bilan to'lgan edilar.

Antioxiya Jamoatida hursanchilik va tinchlik davom etdi. Ularning fikrlari dunyoga xushxabar haqida voizlik qilib, o'zlarining muqaddas burchlariga qaytdi. Iblis har doim ta'limotdagi bo'linish orqali jamoatlarni silkitishga harakat qiladi. Iblis imonlilarni dunyoga voizlik qilish maqsadini olib tashlashga ham harakat qiladi. Biroq qayerda guruhlar Muqaddas Ruhning rejasiga itoat qilishsa, ular birlashishadi. Ular ilohiy yo'nalishni va asosni qabul qilishadi, jumladan 1) xalqlarga xushxabarni voizlik qilish, 2) yo'qolganlarning najoti va 3) izlovchilarni Muqaddas Ruhga to'lishi.

Har bir jamoatga savol shunday: Siz bir-biringiz bilan janjallashasizmi yoki siz xushxabarni voizlik qilish uchun birga ishlaysizmi? Tazda o'zingizning muammolaringizni hal qiling, chunki siz kelishmovchilikka chaqirilmaysiz. Sizning Rabbingiz atrofingizdagilarga najot xushxabarini tarqatishga sizni chaqiradi. Siz Masihning zafarli yurishining rivojini o'zingizning o'jarligingiz va mag'rurligingiz tufayli halal berishni xohlaysizmi?

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, viozlik qilishda buni orqaga surishlarimizni kechirgin. Bizning jamoatimizdagi muammolarni yechishdagi yetishmaydigan extiyotsizligimiz uchun bizni kechir. Biz o'zimizning qadr-qimmatimizni qidirish uchun emas va mag'rurlik va o'jarligimizni murosaga keltirish uchun emas, balki birga Sening shohliging xushxabarini tarqatishimiz uchun bizga yordam ber. Bizning atrofimizdagilarning ko'plari saqlanib qolishlari uchun Sening noming ulug'laymiz va zafaringa chaqiramiz.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)