Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 068 (Founding of the Church at Iconium)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

4. Ikoniyada jamoatning barpo bo'lishi (havoriylar 14:1-7)


HAVORIYLAR 14:1-7
1 Ikoniya shahrida Pavlus bilan Barnabo odatdagiday yahudiylarning ibodatxonasiga kirib, va'z aytdilar. Natijada yahudiy va yunonlardan juda ko'plari imon keltirdi. 2 Lekin inonmagan yahudiylar majusiylarning yuraklarini zaharlab, ularning imonlariga qarshi qo'zg'atdilar. 3 Pavlus bilan Barnabo bo'lsa, ancha vaqt Rabbimiz Iso uchun jasorat bilan faoliyat ko'rsatardilar. Rabbimiz ham ularning qo'llari orqali ajoyib va mo'jizakor ishlar yaratib, O'zining inoyatli kalomini tasdiqlar edi. Shunday qilib, shahar aholisi ikkiga bo'lindi: ba'zilari yahudiylar va ba'zilari havoriylar tomoniga o'tdilar. 5 Yahudiylar va majusiylar o'z rahnamolari bilan kelishib, havoriylarga ozor berib, ularni toshbo'ron qilmoqchi bo'lishdi. 6 Ular esa buni payqab qolib, Likaoniyaning Listra va Derviya shaharlari va atrofdagi viloyatga qochib ketishdi. 7 U yerda Injil Xushxabarini targ'ib qilishda davom etishdi.

Butrus va Barnabo Anatoliyaning Antioxiyasidan bejiz qochib ketishmadi, lekin Iso Masihning zafarli yurushida Unga jo'r bo'lib, extiyotkorlik bilan yo'llarida davom etishdi. Ular Anatoliyadagi boshqa savdo markazi bo'lgan Ikoniyaga yetib keldilar. Ular birinchi navbatda Yahudiylar ibodatxonasiga kirdilar, chunki Yahudiylar najot xushxabarini birinchi bo'lib eshitishlari kerak, uni qabul qilsalar ham yoki rad etsalar ham deb tasdiqlab, Eski Ahdning payg'omlarini tanib bo'ysunishgan edi.

Kuchli jamoatlar yangilangan G'ayriyahudiylar va Masihga ishongan yahudiylarni tuzib Ikoniyada shakillandi. Luqo bizga (13 bob) Antioxiyadagi Yahudiylarning ibodatxonalarida Pavlusning ibratli va'zini va u Ikoniyada voizlik qilganini ham yozgan. Odamlar Masihning abadiy hayotini qabul qilib, Uning hududiga kirishni boshlaganlarida, ibodatxona hukmdori hasad qilishdi. U qonun haqidagi Pavlusning izohiga qarshi bo'ldi va xochga mixlangan lekin hozir tirik Isoga qarshi kufrlik qildi. Oxir-oqibat Pavlus maqsad qilmagan og'riqli ajralish keldi. Bu ajrashish natog'ri voizlik qilish yoki birorta takabburlik yoki Pavlusning o'zini o'ylaganligi sabab emas edi, balki bu haqiqat xushxabarining vahiysi sababli muqarrar edi. Xudoning so'zi yo saqlaydi yoki yurakni qotiradi, yo ozod qiladi yoki bo'g'laydi. Biz jamoatimizda ruhiy muhtojlikni poklanish deb hisoblashimiz kerak. Gunohdan bizlarni ajratish uchun har bir kerakli qadam buyuk inoyat bo'lgan xushxabar uchun kamtarlikda boshqarilgan.

Yahudiylarning ko'pi osmondan kelgan Rabbiy va xochga mixlangan Masih, Nasroniylik Isoga ishonishmadimi? Luqo ular Xudoning Ruhini olishdan, tanishdan va bilimdan qat'iy nazar ishonishni xohlamadilar. Ularning fikrlari va istaklari Xudoga qarshi edi va ular inoyatni qabul qilishga tayyor emas edilar. Ular o'zlarining imonlarini va solihliklarini ishlariga va insoniy qobilyatlariga qurishgan. Ular shu yo'l bilan tavba qilish majburyatini rad etishdni va Masihga itoat qilmadilar. Ular Men Xudoga boradigan yagona yo'lman deb aytgan Najotkordan nafratlandilar. Hatto bugun ham inson agar jannatga boradigan to'g'ri yo'lni o'ylab, qonunda to'xtasa ham, Masihni qabul qilish uchun tayyor bo'lmaydi. Bechora qonunshunost o'zini-o'zi aldaydi, chunki u gunohga g'arq bo'lyotganini nazorat qilmaydi. Uning taxmin qilgan xudojo'yligiga bo'lgan ishonchi uni tavba qilishdan, tan olishdan va sinishdan oldini oldi. Bu manman ikkiyuzlamachi Najotkor Isoga muhtoj emasman deb o'ylab Isoning u tomon qutqarish uchun cho'zgan qo'lini rad etadi. Siz Isoga muhtojmisiz? Siz kuchsizligingizni va gunohkorligingizni bilasizmi? Siz har kuni, kunu tun Najotkoringizga ishonishni davom ettirasizmi?

Luqo Pavlus va Barnaboni aka-ukalar deb atadi, chunki ular buyuk sevgida va Muqaddas Ruhning aka-ukachiligida birga kamtarlikda hamkor bo'ldilar. Ularning hech birlari o'zlarining qiziqishlarini xohlashmadi yoki boshqa narsalarni bir-birlaridan ajiralib qilishmadi. Ular birga ibodat qilib Masihning zafarini yoyishda qatnashdilar.

Ularning ikkalasi ham nafrat kuchayyotganini sezib, qochib ketishmadi. Ular Masihning kuchi haqidagi kamolotni yangi jamoatlarga dalolat berishda davom etdilar. Ularning orasida tirik Masihning huzurini ko'rsatib, jamoatning imoni o'sishi orqali ajoyib shifolashlar va mo'jizalar qilindi. Voizlik kuchayib bordi va Masihning inoyati ko'p ko'p namoyish etildi. Hatto bugun ham Iso imonlilarga ularning guvohliklarini kuchlantirish uchun inoyatlarini jo'natishga tayyor. Mana, inoyat va imon havoriylarning va'zlarida asosiy moddalar edi.

Yahudiylarning ibodatxonasidagi bo'linish butun shahar bo'ylab tarqaldi, shunda har bir oila ikki qismga bo'lindi. Birinchi qism shaharda jimlikni saqlash uchun xohish bilan ularning savdoga oid qiziqishlari va Yahudiylar tomon burildi. Ular yangi ta'limotdan nafratlandilar va Pavlusning tashviqot ruhi bilan birga uni quvib chiqarish uchun tayyorlandilar. Ikkinchi qism Masihning kuchini sezishdi, chunki havoriylarning so'zlari va hatti-xarakatlari zulmat ichra porloq nurdek porladi. Ular Isoning g'alabasini bajarishni xohlab Xudoning inoyatining xuzuri uchun ibodat qildilar. Ular shaharlarida ruhiy o'sishni istadilar.

Biroq yangi ta'lim eski marosim bilan taqaldi. O'jar bo'lganlar Xudoning sevgisi ta'sir etishini xohlab, qanday qilib bularning ustidan g'alaba qozonishni bilmasdilar. Yahudiylar ruhan Pavlus va Barnaboni yengisha olmaganida, ular shahardagi xalq bilan va hukmdorlar bilan yashirincha ikki havoriylarni azoblab toshbo'ron qilishlarini rejalashtirishdi. Ular zo'ravon va qotildan foydalanishdi, chunki ularning qonunshunost ruhlari ozod Muqaddas Ruhni engish uchun hech qanday yo'l yo'q edi.

Havoriylar bu yovuz maqsadni oldindan bilib Ikoniyadan boshqa shaharga qochib ketdilar. Masih uchun o'lim faqat Rabbiyning buyrug'i emas. Uning ismi uchun xizmat va Uning so'zi tarqalib davom etish uchun ba'zan U uchun yashash muhimroqdir. Shunday qilib sizning vaziyatingizda sizga Muqaddas Ruh nima aytyotganiga diqqat bilan quluq soling. Agar siz Isoning nomi uchun qiyinchiliklarga, quvg'inlarga, haqoratlarga va og'riqli siquvlarga duch kelsangiz hayron bo'lmang. G'ayriyahudiy havoriysi bir shahardan ikkinchi shaharga, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga qochib o'tgan. U har bir vaqt yana jasoratlik olgan. Shunday qilib aziz birodar, ibodat qilib Muqaddas Ruhning rahbarligiga quloq tuting. Jim turmang, balki Masihning sevgisining buyukligini botirlik bilan ayting. Shunday qilsangiz siz yuqoridan bo'lgan kuch bilan ta'minlanasiz.

IBODAT: Rabbimiz Masih, biz Sendan minnatdormiz, chunki Pavlus bilan Barnabo quvg'in va qiyinchilik bo'lishidan qat'iy nazar noumid bo'lmasliklari uchun ularga kuch berding. Sen muqaddas ismingni ulug'lash uchun ularga kuch berding, ularni boshqarding va ruhlantirding. Iltimos biz hech kimdan qo'rqmasdan, Muqaddas Ruhingda jasurlik va extiyotkorlik bilan ismingni ulug'lashimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 68: Pavlus bilan Barnabo nima uchun bir shahardan ikkinchi shaharga qochib o'tdilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)