Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 063 (Separation of Barnabas and Saul)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

1. Barnabo va Shoulning Ish uchun bo'linishi (Havoriylar 13:1-3)


HAVORIYLAR 13:1-3
Antioxiya shahridagi imonlilar jamoatida ba'zi bir payg'ambarlar va muallimlar, chunonchi Barnabo, Qoracha laqabli Simun, kirineyalik Lutsi, viloyat hokimi Hirod bilan birga tarbiyalangan Manohim va Shoul bor edilar. 2 Bular diniy xizmatini o'tab, ro'za tutib turgan mahalda, Muqaddas Ruh gapirib: Barnabo bilan Shoulni Men saylagan ish uchun Menga ajratib beringlar! - dedi. 3 Shu tariqa, ular yana ro'za tutib va ibodat qilib bo'lgach, Barnabo bilan Shoulning boshiga qo'llarini qo'ygancha duo o'qib, ularni jo'natishdi.

O'sha vaqtda Antioxiya Sharqda eng buyuk poytaxt edi. U Sharq Rimi deb nomlangan. Bu savdoning asosiy markazida va dunyo aloqalarida Ilk Jamoat shakillandi. U yetuklikda va harakatda yaxshi o'rnatildi. Havoriylarning ishlari orqali emas balki oddiy imonlilarning guvohliklari orqali Masihga ishonganlar uning a'zolarining eng ko'pi bilimsiz edilar.

Quddusdagi ona jamoat Barnaboni yangi imonlilarni quvvatlantirish uchun otalik do'st va mehmondek jo'natishdi. Bu vakil juda faol teologik bo'lgan Shoulni o'zining hamkori qilib oldi. Ular birgalikda Antioxiya jamoatida to'la bir yil xizmat qildilar. Bujamoat kuchda ko'payib o'sib bordi va Quddusning yonida ikkinchi Masihiy markazi bo'ldi. U G'ayriyahudiylarga voizlik qilish uchun boshlanish joyi bo'ldi.

Ruhning in'omlari ko'plab bashorat va talim orqali bu jamoatda to'la namoyon bo'ldi. Yangi Ahdagi payg'ambarlar odamlardan ajiralishmagan, lekin boshqa imonlilarga o'xshab jamoat ichida yashashgan. Biroq ular boshqalar oldida Xudoning irodasini tushunib yetishdi. Ular onglarida aniq sirlarni tushunib, kelajak haqida ravnaqni oldindan ko'rishdi va ular Muqaddas Ruhning rahbarligiga bo'ysunishga shoshilishdi. Shuning uchun Pavlus keyinchalik o'zining maktublarida imonlilarni ogohlantirib bashoratning in'omidan nafratlanmasliklari uchun ularni ruhlantirdi. Bu xamir uchun xamirturush kerak bo'lganidek, jamoatning qo'shilmasi uchun zarur edi.

Bu ustozlar Xudoning so'zining kamolotiga chuqur kirib bordilar. Ular jamoat a'zolarini tartib bilan betinimlik bilan Qonunning ma'nolarini, Isoning so'zlarini va havoriylarning e'tiqodlarini o'rgatishdi. Ustozlar tinglovchilarining hotirasi va irodasi tomon asos bilan o'zlarining ta'limlarini yo'naltirdilar, holbuki payg'ambarlar tinglovchining yuragida fikrida va kayfiyatida ilg'orlikni maqsad qilishgan. Xudo sizdan ulug'lash uchun, voizlik qilish uchun, va hushyor imonga ega bo'lish uchun serharakat qilish uchun to'la tana, qalb va ruh sizda bo'lishini xohlaydi.

Jamoatdagi barcha turli-tuman in'omlar komil zanjir bo'lgan sevgi belgisi ostiga o'rnatildi. Ularning oralarida hech qanday bosh yo'lboshlovchi yoki ruhoniy yo'q edi. Ular bir bo'lib birodarlar va oqsaqollar doirasida ishlarini muhokama qilishar edi. Shoshilmaydigan va yetuk Kiprlik Barnabo hatto uni tekshirish uchun jo'natishgan bo'lsa ham bu jamoatni nazorat qilmadi. U kamtarlik bilan o'zi birodarlarga mustahkam bo'lib qo'shilib ularni birodarlik hamrohlikka va hamkorlikka yetakladi. Finikiya va Kiprlik birodarlarning ko'pi Antioxiya jamoatining asoschilari bo'lishgan (11:20). Ularning oralarida suvga cho'mdiruvchi Yahyoning boshini judo qilgan Hirodning asrandi ukasi Manohim ham bor edi. Bu ikkovlari ham bir ko'krakdan sut ichishgan lekin bir hil ruhni qabul qilishmagan. Manohim Muqaddas Ruhning kamolotida imonlilarga o'rnak bo'lib, o'zini kamtar tutganda, o'lim ruhidan qo'rqqan bu shoh zinokor bo'lgan.

Biz Shoulning ismini Antioxiya jamoatining a'zolarining va xizmatchilarining qatorining oxirida o'qiymiz, chunki u eng kichigi bo'lgan va oxirida ularga qo'shilgan. U Eski Ahd huquqshunos bo'lgan o'zining Yahudiya haqida muhim bilimidan qat'iy nazar yana bir bor Antioxiyada talaba bo'ldi. U ham Masihiylarning bu sherikchilikda amalda etilgan sevgini boshidan kechirdi.

Bu imondagi birodarlar Eski Ahd ostidagi ruhoniylar birgalikda qurbon qilish xayr-ehsonida birga Xudoga sajda qilishganiga o'xshab ular ham birga Rabbiyga xizmat qilishdi. Ular hammalari xalqlarining ustiga Xudoning inoyati tushishini istashdi. Shu payitdan Antioxiyadagi asosiy beshta a'zolar ularning atroflaridagi odamlarda va jamoatlaridagi xoshda Uning qurbonlik mevasini sezishlari uchun Rabbiy Masihdan so'rashdi. Bu avliyolar tezlashtirishdi lekin oqlanish uchun tezlashishmadi. Ular allaqachon Masihning qoni orqali bir martada muqaddaslanishgan. Ularning tezlashishi ibodat haqidagi xizmat uchun edi. Ular oziq-ovqat va ichimlik haqida esdan chiqarishgan edi, chunki G'ayriyahudiylarning najoti uchun oddiy ibodatlari barcha qiyinchiliklarga qaraganda ularga juda muhim edi. Ularning ibodatlari atroflaridagi e'lon qilingan Masih haqidagi najotni ko'rish uchun ularning armonlarini ifodalagan.

Rabbiy jamoat payg'ambarlari orqali Muqaddas Ruh bilan ochiq gapirib ularga javob berdi. Bu vahiyni qabul qilishda ularning hech birlari juda pas bo'lishmadi yoki yerga dumalashmadi. Ularning hammalari Xudoning xohish va irodasini havotirlanib eshitishdi. Muqaddas Ruh “Men” deb alohida shaxsdek birinchi shaxs birlik talafuzida bu vahiyda imonlilarga gapirdi. U o'sha zahoti ularga buyuryotgan, ularni boshqaryotgan, sevib va ularga dalda berayotgan edi. U O'zining mehribon xursandchiligiga ko'ra nimadir xohlasa yoki qayergadir xohlasa tezda harakat qiladi. Bu ulug' Ruh bir yo'la Muqaddas Ruhning birligidagi Shaxslarning biridir: Xudodan bo'lgan Xudo, Nurdan bo'lgan Nur, haq Xudodan bo'lgan haq Xudo, Ota bilan bir mohiyatda, segiga to'la, muqaddas va ulug'vordir. Bu sof Ruh Masih “Xudo Ruhdir” deb aytganidek Xudoning O'zidir. Uni doim sevib, ulug'ab haqiqat va ruhda Unga topinuvchilar bu sirni bilishadi.

Xudoning Muqaddas Ruhi oldin bilmagan ishni qilishga Barnabo va Shoulni Xudo uchun ajiratish uchun jamoatning javobgarligida ularga buyrug' berishdi. Shaxsan Muqaddas Ruh ularni chaqirdi va O'zining kuchi bilan ularni to'ldirib, ularni voizlik qilish uchun jo'natdi va ularda ishlab, ularni saqladi.

Bu chaqiruv va tanlab olinganlarni jo'natish yagonalikni, to'liq tanlovni va javobgarlikni anglatgan. Muqaddas Ruh Barnabo va Shoul orqali bajarishni xohlagan ishi haqida oldindan habar bermadi. Ularga jamoat talabida U Muqaddas Uch Birlik yangi ish, va ularning hech birlari tasavur qilmagan ish ekanligini ko'rsatib berdi. Biz ey muqaddas Xudo Sening yo'ling muqaddasligini va Sening avliyolaring ulug'vorlikdan ulug'vorlikka, sarsongarchilikdan sarsongarchilikka va hosildan hosilga yurishlarini itoatgo'ylik bilan tan olamiz. Sen ularning hayotlaridagi avvaliyu oxiridirsan. Ularning ishlari faqat Senikidir; Sening hech bir hizmatkorlaringda o'zlarining behuda ulug'liklari va farqlari yo'qdir.

Muqaddas Ruh to'satdan bu ikkala kishini oddiy xizmat uchun aloqaga tanlab olgani yo'q. Yo'q, U bularni xizmatga ajiratishdan oldin bir birlari bilan ularni tanishtirdi. Ularning bir birlariga bo'lgan o'zaro ishonchlari ularning qo'shilishlari orqali kuchaydi. Muqaddas Ruh Barnaboni alohida jo'natmadi yoki Shoulni yolg'iz jo'natmadi, balki ularni bir birlariga qo'shib qo'ydi. Masih ilgari shogirdlarini iktadan qilib, bir-biriga dalda berishb turishi uchun va biri gapiryotganda ikkinchisi ibodat qilishi uchun iktadan qilib jo'natgan. Bu javobgarlik biri boshqasining ustidan g'alaba qozongan joyda o'zi hokimyat qidirishda va o'ziga hoslikning tuyg'usida boshqarilmadi. Ularning ikkovlari ham o'zaro javobgarlikni bo'lishishdi, va har birlari o'zlaridan boshqalarini yaxshiroq deb hisoblashishdi.

Bir necha yillar oldin Shoul Hananiyadan Ulug'vor Rabbiy uni Isoning ismi haqida shohlar va hukmdorlarga dalolat berish uchun uni jo'natishi haqida eshitgan edi. U ruhiy hosil va g'alaba bilan birga buyuk azob va quvg'in bilan duch kelishini tushunib yetdi. Shoul o'zi bu yagona xizmatni bajarish uchun qobilyatsiz ekanligiga ogoh edi. Shuning uchun, u Tarshishda bir necha yillardan beri barnabo uni o'rgatishi uchun va Antioxiya jamoatida o'qitishi uchun chaqirgunicha jimgina kutgan edi. U yerda Muqaddas Ruh uni poklab, boshqargan va uni ilohiy qilichga o'xshab o'tkirlagan. Shoul voizlikning maqsadi va natijasi barcha odamlar o'zgarishi emas, balki azizlar imonda ta'lim olish uchun, o'rganish va uchrashish joyida tirik jamoat topilishini tushunib yetdi.

Antioxiyada jamoat a'zolari Masihning Ruhi to'satdan ularning ikki eng yosh va eng qari yo'l boshlovchilarini xizmat uchun chaqirganini eshitishganida ular ikkalasini yo'qotishyotganidan achinishlarini ko'rsatishmadi. Buning o'rniga ular birga uchrashib, ibodat qilib ro'za tutishdi. Hammalari Rabbiy endi buyuk sirni va yagona ishni boshlayotganini sezishdi.

Bu ikki tanlangan va topshiriq berilgan kishilar boshqa jamoat a'zolarining qo'llari ularning boshiga qo'yilganda kamtarlik bilan bosh egdilar. U deyarli barcha Muqaddas Ruhning in'omlari bilan Uning istiqomad qilishi va komilligi haqida ularga donolik, kuch va tushuncha kamlik qilganiga o'xshab tuyuldi. Rabbiy xushxabarni voizlik qilish xizmatiga chaqirganlarning xizmatlarini boshqarish va duo qilish orqali bu kamtarlikni tasdiqladi. Hatto shu vaqtgacha Xudoning shohligini tarqatish uchun u yerda o'z yurtlarida yashayotgan havoriylar va qarindoshlar bo'lgan. Ular Masih Ruhining rahbarligiga ergashganlar. Ular o'zlarining oddiy hayotlaridan qat'iy nazar, ular yuqoridan bo'lgan ruhiy kuch bilan taminlandilar.

IBODAT: Ey barhayot Rabbiy, biz Sening mehringa loyiq emasmiz, balki Sen xochda Sening abadiy xizmatinga o'zimizni va bolalarimizni bag'ishlashimiz uchun bizni poklash uchun qoningni to'kding. Biz o'zimizning fikrlarimiz va kuchimiz bilan Senga xizmat qila olmaymiz, balki faqat Sening sevgi Ruhing bilan to'lishimiz orqali, va dunyoning najoti uchun Sening amirlaring yo'lida kamtarlik bilan ishlash orqali xizmat qila olamiz. Bizning o'zbilarmon qadamlarimizdan asra va Sening najotinga och bo'lgan odamlarni ko'rishimiz uchun ko'zlarimizni ochib yubor. Omin.

SAVOL 63: Muqaddas Ruh kim? U qanday qilib Antioxiyada ibodatlarni boshqardi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)