Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 060 (King Agrippa´s Persecution of the Churches)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

11. Shoh Hirod Quddusdagi Jamoatlarni Quvg'in Qilishi (Havoriylar 12:1-6)


HAVORIYLAR 12:1-6
1 O'sha kunlarda podshoh Hirod imonlilar jamoatidan ba'zilariga ozor berish uchun qo'l ko'tardi. 2 Yuhonnoning akasi Yoqubni qilich bilan chopib o'ldirdi. 3 Bu yahudiylarga yoqqanini ko'rib, uning ortidan Butrusni ham qo'lga oldi. Ana shu voqealar yahudiylar xamirturushsiz non yopadigan Fisih bayramida sodir bo'ldi. 4 Hirod Butrusni zindonga qamab, Fisih bayramidan keyin xalq oldiga chiqarish niyati bor edi. Uni qo'riqlash uchun har biri to'rt askardan iborat to'rt dastaga topshirdi. 5 Butrus shunday zindonda turilarkan, imonlilar jamoati uning uchun ixlos bilan Xudoga ibodat qilar edi. 6 Hirod uni chaqirmoqchi bo'lgan kundan avvalgi kechasi Butrus ikki askar o'rtasida, ikkita zanjir bilan kishanlangan holda uxlayotgan edi. Eshikning yonidagi qorovullar esa zindonni qo'riqlashar edi.

Quddusda va Falastinda bu holat juda katta o'zgardi va E.K 41 da Klavdiy Rimda Qaysar bo'lib keldi. Buyuk Hirodning nevarasi Agrippa u va oliy Rim kengashining o'rtasida qo'shinning qo'mandoni bo'lgan Klavdiyga hukumat jilovini topshirish uchun vositachilik qildi. Uning xizmati uchun mukofot qilib, Qaysar butun Falastin ustidan do'sti hokim Agrippani berdi. Bu daf'da Yahudiya ustidan bo'lgan Rim hukumatining obro'si nihoyasiga yetdi, va sharqiy hokimining hukumronligi boshlandi. Mana Rim buyrug'i va odilligi zo'ravon va zolim Agrippaning zolimligi tartibsizlik orqali almashtirildi.

Bu yangi shoh yetmishta vakillari bilan Yahudiya Oliy Kengashining ishonchini qozonish uchun birinchi harakat qildi. Agrippa Masihiylarning oqsaqollarining va havoriylarining ba'zilarini hibsga olib, ularning bir nechasining maslahatini qabul qildi. U Masihiylarni zindonband qildi va Yahudiy xalqining umum xalq yordami, og'izdagi xizmati va ikkiyuzlamachiligi orqali ega bo'lishiga umid qildi. U xalq buni qo'llab-quvvatlash bilan uning hatti-xarakatiga bo'ysunmaganini payqaganda, u Zabadiy o'g'li Yoqubni o'limga qo'ydi. U shamshir bilan Yoqubning kallasidan judo qilib, u Rimliklarning nazarlarida ularni taqlid qilyotgan edi. U Yoqubni tinglamasdan o'zining xohishiga ko'ra o'zi istaganidek harakat qildi.

Yoqub suvga Cho'mdiruvchi Yahyoning izdoshi bo'lgan. Yoqub Kanada nikoh to'yining hursandchiligiga borish uchun Isoga ergashdan va tavbaga chaqirayotgan va tuyaning junidan kiyingan Yahyoni qoldirdi. U Rabbiysining mo'jizalarini ko'rganidan keyin u shohlik kelishi uchun ishonib keldi. Bundan keyin uning onasi Isodan shohligidagi hukmdordek o'g'illari Yoqub va Yuhanno biri Isoning o'ng tomonida va ikkinchisi esa so'l tomonida o'tirishini so'radi. Iso bu ikkala yosh kishidan Isoning O'zi ichayotgan Xudoning g'azab kosasidan icha oladimi yo'qmi so'radi. Ular jaholatlarida ha deb aytishdi, Iso ularga haqiqatdan ham bu zavqum kosadan ichishlarini tasdiqladi. Lekin Uning o'ng va so'l tomonida o'tirishni U aytmaydi, balki Uning Otasi kimga tayyorlagan bo'lsa o'shalar o'tiradi.

Yoqub Iso uchun jafokash bo'lib, jabrlanib o'ldi. U havoriy bo'lgani uchun va uning xushxabarlashining ruhiga qarshi Yahudiylarning g'azablari tufayli o'ldi. Masihiylarga qarshi bu ikkinchi quvg'inning harakati begunoh qon to'kish bilan boshlandi. Bu azoblanish Shoul bo'lgandek qonun uchun g'ayrat bilan to'lgan bir inson orqali o'chakishmadi, balki odamlarga hushomad qilgan boshqa shoh orqali bo'ldi.

Rabbiy qanday shohligini boshqarsa ba'zan o'zgartiradi. Boshida Quddusda Yahudiy Oliy Kengashi havoriylarni o'ldira olmagan darajagacha odamlar orqali jamoat uchun sevgi va ruhiy o'sish bor edi. Biroq Stefanning vaqtida nafrat kuchayib ketdi, chunki Masihiylar Yahudiy fikridan qaytishyotgani va Eski Ahdni qoldirishi ko'rinishni boshlagan edi. Balki Quddusda Masihiylar sunnatsiz G'ayriyahudiylarga Xudo bilan ahdga kirishga ruhsat beryapdi degan mish-mish yo'li bilan xabarlar bo'lgan. Bu Yahudiylar orqali kufrlik qilish nafratidek hisoblangan.

Odamlar bu yovuz shohning qo'llari bilan to'kilgan qon to'g'risida hursand bo'ldilar. Binobarin, zolim bu Masihiy harakatining boshini olishni istab, jasoratni chetlatdi. U havoriylar orasidan bosh bo'lgan Butrusni hibsga olibdi. Shoh hamirturishsiz Non Bayramida hamma odamlarning oldida Butrusni hukm qilib, uni o'ldirish uchun daf'a topib uning sudi boshlashni istayotgan edi. Undan keyin hamma Masihiylarni yo'q qilish uchun to'g'rilik va kuch bo'lar edi.

Shoh Butrus to'rtta lashkarlar bilan zo'r berib qo'riqlanishini, har biri to'rtadan askarlar tuzishini, har biri uch soatdan tuni bilan qarab turishini buyurdi. Yahudiy Oliy Kengashi unga Xudoning farishtasi o'n ikki havoriylarni zindondan ozod qilganini eslatib qo'ydi. Biroq bu shoh barcha farishtalarni va o'zining nayrangi va zolimligi bilan ruhlarni yengimoqchi edi. Shunda u Butrusni ikki askarlarga bog'lab qo'ydi. U kunning ikkinchi kunida yolg'iz qolmasligi uchun uning so'l qo'li askarlarning birining o'ng qo'liga va boshqa askarning so'l qo'liga o'ng qo'li zanjirband qilingan edi.

Jamoat Butrusning qo'lga olinishi Falastindagi Masihiy jamoatning davom etgan mavjudligi yoki mavjud bo'lmasligi uchun rivojlanishini bilishar edi. Ular kunu tun davomiy ibodat uchun uchrashishdi. Masihning qurol-aslahalari shamshir, pora yoki nayrang emas balki faqat ibodat qilishdir. Xudoning qo'li imonlilarning himoyasi, kuchi va g'alabasidir. Qattiq ibodat tashabbuskorlik, g'alayon imoni emas, balki har bir so'zga Xudoning aniq javobiga ishonishni anglatadi. Yer yuzida Masihiylarning birga ibodatlaridan ko'ra kuchliroq kuch yo'qdir.

Hatto Butrus uni o'lim kutayotganini bilar edi va u tinch uxladi. U Masihda yashadi, va u Xudoda Masih bilan uning hayoti yashiringanini bilar edi. U Muqaddas Ruhni qabul qilganda o'limdan tirildi. U Masihda qolib sodiq bo'lib yashadi. Rabbiysining sevgisi unga hatto o'lim vaqtida ham tinchlik berdi.

IBODAT: Barhayot Rabbimiz, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen bizga abadiy hayot berding va biz hatto o'lim soatlarida ham havfsiz bo'lishimiz uchun qalblarimizni tozalading. Bizlarni barcha zararlardan saqlagin va irodanga ko'ra boshlagin va dushmanlarimiz ham o'zgarib, yangilanib, tavba qilib abadiy hayotni qabul qilishlari uchun ularni duo qilgin. Omin.

SAVOL 60: Nima uchun Shoh Agrippa Masihiylarni quvg'in qildi? Bu quvg'in uchun uning maqsadi nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)