Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 059 (Establishment of a Gentile Church)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

10. Antioxiya shahridagi G'ayriyahudiy Jamoatining o'rnatilishi (Havoriylar 11:19-30)


HAVORIYLAR 11:25-30
25 Keyin Barnabo Shoulni axtarib, Tarsga bordi va uni topib, Antioxiyaga keltirdi. 26 Bir yil mobaynida ular imonlilar jamoati bilan to'planib, talay odamga ta'lim berishdi. Birinchi marta Antioxiya shahrida Iso shogirdlari Masihchi degan nomni oldilar. 27 O'sha kunlarda Antioxiyaga Quddusdan ba'zi payg'ambarlar keldi. 28 Ulardan Agav degani Muqaddas Ruhdan ruhlanib qad rosladi-da, butun dunyoda og'ir qahatchilik bo'lishini karomat qildi. (Bu voqea Qaysar Klavdiy davrida sodir bo'ldi.) 29 Shunda shogirdlarning har biri qo'lidan kelganicha, Yahudiyada yashovchi imondoshlariga yordam yuborishga ahd qilishdi. 30 Bu ahdni amalga oshirib, yig'ilgan nafaqalarni Barnabo va Shoul orqali jamoatning oqsoqollariga yuborishdi.

Barnabo Quddusdan Antioxiyaga kelganida, u birinchi Tarsisdagi qiziquvchan birodari Shoul haqida o'yladi. Bu Osiyo Minorining janubiy sharq qismidagi Kilisiyaning bosh shahri Antioxiyadan 200 kilometr edi. G'amho'r bo'lgan Barnabo g'ayratli do'stini qidirish birinchi imkoniyat kuchini oldi. U Antioxiyadagi duvillab o'syotgan jamoatga teologiya haqida kimdir gapirgani kerak edi, chunki yangi hayot va ruhiy bilimga Zabur Kitobi va Qonun payg'ambarchiligida mustaxkam qurilish kerak bo'lgan. Barnabo bu vaqtdan Shoul Quddusdagi jamoatni quvg'in qilganini bilar edi. Barnabo Shoulning suhbatiga ishondi, chunki Ulug'vor Rabbiy Damashqqa yaqin unga ko'ringan edi.

Kiprlik Barnabo Shoulni topguncha uni qidirdi. Barnabo Shoulni ko'rib hursand bo'ldi va Shoul yiqilmasdan hali ham Masihda davom etayotganini bilib oldi. U teologiyachidan unga hamroh bo'lishini so'radi va ular birga Antioxiyaga qaytib ketishdi. U yerda ular to'la bir yil ibodat qilib, sodiqlik bilan va zafar qozonish bilan tinglovchilarga dalda berib voizlik qilishda, o'rgatishda va qurishda hamkorlik qilishdi.

Muqaddas Ruh ikkinchi marta Barnaboni Shoul va Masihiy jamoatning o'rtasida halqani bog'lashda ishlatdi. Biz minnatdorchilik bilan jamoatga Shoulni olib kelishda Barnaboning bu xizmatiga dalolat keltiramiz. U u yerda G'ayriyahudiylarning havoriysini tasdiqladi. Bu harakatda jamoatning tarihiga katta ta'sir bor edi. Xudo Antioxiya jamoatining kuch-qudratini butun dunyoga inoyat dengizini olib kelish uchun ishlatdi.

Qonunning olimlari va Eski Ahdning payg'ambarlari tez-tez o'zlarining xalqlaridan ajiralib yashashdi. Ular Xudo va insonning o'rtasida vositachilik qilib tumonat ustida baland ko'tarildilar. Shoul hanuz Antioxiyada Barnabodan yakkalik haqidagi qarama-qarshiligini o'rgandi: jamoatdagi oddiy xizmat, sevgidagi o'zaro itoatgo'ylik va sabr-toqat va kamtar hamkorlik. Barnabo ruhiy do'slikka oid hamma narsada sevgi har narsani ko'tara, har yo'lda ishonch hosil qilar, harsharoitda umid saqlar, har narsaga toqat qilar (1Korinfliklar 13:1-8) da Shoulga otadek muallim bo'ldi. Ularning sevish hamkorligidagi o'zaro xizmatlari orqali jamoatning soni va ruhiy sifati o'sib bordi.

Antioxiyadagi Isoga ishonganlar birinchi Masihiylar deb nomlanishlari ajablanarli emas, chunki Masih ularning fikrlarini va so'zlarini to'ldirdi va Uning sevgisi ularning tamg'alari bo'ldi. Rabbiyning va'dasi Muqaddas Ruh bilan moylash uchun o'limdan tirilgan Isoning izdoshlarida uning amalga oshishini topdi. Siz Masih so'zi moylovchi va moylangan degan ma'noni anglatishini bilasizmi? Eski Ahda shohlar, oliy ruhoniylar, va payg'ambarlar muqaddas moyning ramzi orqali Muqaddas Ruhning moylanishini olishgan. Biz Masih shohlar Shohi, Oliy Ruhoniy va Xudoning mujassamlangan Kalomi ekanligiga ishonamiz.

Iso sizni Muqaddas Ruhga to'lishingiz uchun Unga ergashadigan barcha insonlar bilan birga chaqiradi. Ammo sizlar- tanlangan bir avlod, Shohanshoh ruhoniylari, muqaddas xalq, Xudoning aziz qavmisizlar. Xudo sizlarni qorong'ulikdan O'zining ajoyib nuriga da'vat etgan (1Butrus 2:9). Otamiz Xudoning hamma boyliklari Masihiy so'zida yashiringan, bularning hammasi uchun U Muqaddas Ruh bilan moylagani Uning bolalaridir. Bir yo'la ular Muqaddas Ruhning ma'badiga birlashtirilgan Masihning ruhiy badanining a'zolaridir. Masihiy so'zining ma'nosiga chuqur kirgan kishi hursandchilik ruhi bilan to'lib, Uch Birlikdagi Xudoni ulug'laydi. Bizni O'zining xochining qatnashchilari va sheriklari qilgan bizning tirik Najotkorimizga guvohlar bo'lishimizga chaqiradi. Siz faqat Uning mo'l-ko'l inoyati tufayli sizni Masihiy qilgani uchun Rabbiyga tashakkur bildirasizmi?

Biroq Masihiylar osmonda yashamaydi balki yerda yashaydi. Rabbiylari ularga dedi: Bularni sizlarga Menda xotirjam bo'lishingiz uchun aytdim. Dunyoda qayg'u-alam chekasizlar; lekin dadil bo'linglar, Men dunyoni yengdim. (Yuhanno 16:33) Muqaddas Ruh Masihiylarni Yangi Ahdning payg'ambari Agav orqali barcha odamlarga ocharchilik kelishi haqida ogohlantirdi va hatto Xudoning g'azabi hamma odamlarga e'lon qildi. Bu ocharchilik Qaysar Klabdiy davrida sodir bo'ldi (E.K. 41-54). Masihiylar bu dunyoga o'xshab ovoragarchiliklardan azoblanadilar. Biroq ular ofat jo'shqinlarida qolishmagan, chunki Xudoning sevgisi Muqaddas Ruh orqali ularning yuraklariga quyilgan.

Bu pag'omdan keyin Antioxiyada mo'jiza sodir bo'ldi. Xudo Masihiylarni keladigan ochlikdan va ularga osmondan yog'iladigan nondan saqlamadi. Lekin Muqaddas Ruh ularning ibodatlariga bo'lgan javobda ular o'zlari uchun boshidan ta'minlashlarini bildirdi. Ular Quddusdagi kambag'al jamoatga qanday amaliy yordam bera olishlarini o'ylashlari kerak edi. Antioxiya jamoati o'zining a'zolariga kelayotgan ovoragarchilik yukini ossonlashtirish uchun oddiy mablag' qo'ymadi. Balki ular Quddusda kambag'al birodarlari uchun imkoniyat qilish uchun kelishdilar. Bu ahmoqlikning foydasiz harakati edimi? Muqaddas Ruh dunyo ocharchiligi haqida oldindan aytadi, va imonlilar muhtojlarga yordam berish uchun o'zlarining mablag'larini jo'natishadi! Muqaddas Ruhning sevgisi bizning o'zligimizdan kuchliroqdir. Agar siz haqiqiy Masihiymisiz yoki yo'qmi shuni bilmoqchi bo'lsangiz, siz o'zingizdan so'rang muhtojlarga yordam berish uchun mablag'ingizdan amaliy qurbonlik qilasizmi?

Bu jamoat ikki va'zhonning qo'liga to'plangan pulni topshirdi, chunki ular Xudoning bu kishilari bir tiyinni o'zlari uchun ishlatmasliklarini bilishar edi. Ular Xudo uchun nimaga ega bo'lgan bo'lsalar jon deb qurbon qilishlarini bilishar edi. Hususan Butrus o'z qo'llari bilan mehnatidan yashaganini va o'zi uchun marhamatlar olmaganini bilishar edi. Antioxiyadagi jamoatning holati haqida so'rab turish uchun unga topshirgan Quddusdagi jamoatga Barnaboning javobi kambag'al imonlilarga yordam berish uchun mablag'ning ahamyatli miqdorini olib kelishda edi. U Quddus Jamoatiga nima hadya qilgan bo'lsa bu Antioxiyada yangi jamoatdagi Muqaddas Ruh ishlayotgani haqidagi sevgining isboti edi.

Biz bu sadaqani Barnabo va Shoul havoriylarga topshirmaganini o'qiymiz, lekin Yahudiy dinidagi jamoatlarning loyhasida oqsaqollarga topshirishgan. Luqo bu jamoatlarning orasidan bu oqsaqollar tanlanib olganiga yoki ularning xizmatlari Quddusdan tashqarida tashkillanganligiga ishora qilmaydi. Jamoatlar o'syotgan edi, xushxabar tarqalyotgan edi va Muqaddas Ruhning kuchi zohir bo'lyotgan edi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sen Muqaddas Ruhing orqali sekingina jamoatingni qurding va Sen O'ziningning sevging bilan izdoshlaringni moylading. Biz muhtojlarga yordam berishda xizmat qilish uchun va kerakli joyda qurbon qilishimiz uchun Muqaddas Ruhing bilan to'lgan haqiqiy Masihiylar bo'lishimiz uchun bizga yordam ber. Butun dunyoga kelayotgan buyuk ocharchilik vaqtida Sening ismingdan bosh tortmasdan har doim qurbonlikni davom ettirish uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 59: Haqiqiy Masihiyning belgilari qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)