Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 058 (Establishment of a Gentile Church)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

10. Antioxiya shahridagi G'ayriyahudiy Jamoatining o'rnatilishi (Havoriylar 11:19-30)


HAVORIYLAR 11:19-24
19 Stefanning o'ldirilishi bilan boshlangan quvg'in oqibatida tarqalib ketgan imonlilar shu orada Xudoning kalomini yahudiylardan boshqa hech kimga bildirmay, Finikiya, Kipr va Antioxiyagacha yetib borgan edilar. 20 Antioxiya shahriga kelgan ba'zi bir kiprlik va kirineyalik kishilar esa Rabbimiz Isoning Xushxabarini u yerdagi yunonlarga ham yetkazdilar. 21 Rabbimizning kuchi ular orqali amal qilayotgani uchun ham ko'pchilik Isoni Rabbim deb imon keltirdi. 22 Bu haqda Quddusdagi imonlilar jamoatining qulog'iga xabar yetib kelgach, Barnaboga Antioxiyaga borishni topshirdilar. 23 barnabo u yerga kelganida, Xudo inoyatining samarasini ko'rib quvondi. Rabbimiz Isoga chin ko'ngildan berilinglar, deb hammaga dalda berdi. 24 U Muqaddas Ruh va imonga to'lgan, xushfe'l odam bo'lgani uchun, halqning talay qismi, Isoni Rabbim deb qabul qildi.

Xudoning Butrusga bo'lgan buyuk vahiysidan keyin jamoat tarixi va voizlik qilishning yo'li qanday o'sdi? Dunyo bo'ylab xushxabarini voizlik qilish uchun Kesariyadagi ko'plab imonlilar tirik jamoat va faol markaz bo'lishdimi? Xushxabarining kuchi ular orqali xalqlarga porladimi? Biz endi ular haqida eshitmaymiz.

Masihga ishongan ba'zi qochoqlar Suriyaning bosh shahri bo'lgan Antioxiyadagi Falastindan uzoqda yashashmadi. U keyinchalik yuzaki va buzuqligi bilan tanilgan, imperiyaning uchinchi ahamiyatli shahri bo'ldi. Stefaning o'limi vaqtida ilgari quvg'indan qochganlar Lebanon, Kipr va Osiyo shaharlariga tarqaldilar. Ular har bir shaharu qishloqlarda abadiy hayotning favvorasi bo'lgan Iso haqida guvohlik berdilar. Biroq ular Yunon Yahudiy xalqlaridan o'zlarini guvohliklarini berkitdilar.

Antioxiyada ba'zi imonli qochoqlar Yunonlarga va G'ayriyahudiylarga to'g'ridan-to'g'ri gapirishgan joyda ziddiyatlik sodir bo'ldi. Ular teologikani o'rganmasdan, oliy diplomlarga ega bo'lmasdan va missionerlardan mablag' olmasdan voizlik qilishdi. Ular o'limdan tirilgan Rabbiy Iso haqida savdodagi Yunon bo'lgan yaqin ishchilariga gapirishdi. Kesariyadagidek, Muqaddas Ruh Yahudiy bo'lmagan imonlilarda yashadi.

Antioxiyadagi buyuk yangilanish Yahudiylar ibodatxonasida inqilobga sabab bo'lmadi, chunki bu poytaxt shahridagi Yahudiylar Yahudiylikka o'zgargan va keyin Masihga ishongan butparast G'ayriyahudiy bo'lgan Nikolosning voizligiga allaqachon fosh bo'lishgan edi. Keyin Quddusdagi jamoat uni yettita ruhoniylar orasidan tanladi. Shu payitdan Antioxiyadagi ozodlik Quddusdagidan buyukroq ekanligi aniq bo'ldi. Tezda voizlik qilish sodir bo'lishni boshladi.

Qochoqlarning voizlik qilishlarining shahodatining mohiyati va qanoati nima edi? Ular Qonun oyatlaridan Masihni va'z qila olmadilar, chunki odamlar Eski Ahdni, Qonunni va Payg'ambarlarni mensimas edilar. Ular Isoni osmonda ham yerda ham butun hokimyat berilgan, hamma narsa U orqali vujudga kelgan, biz ham U orqali yashaymiz (Birinchi Korinfliklar 8:6) deb Uni Rabbiy deb chaqirishdi. Bu Rabbiy bizdan to'la bag'ishlanishimizni, itoatkorligimizni va bo'ysunishimizni talab qiladi. Biz Unga havotirsiz va qo'rquvsiz itoat qila olamiz chunki biz Taoloning oldida maq'bul bo'lishimiz uchun biz uchun o'lib, gunohlarimizni yuvdi. Bizning Rabbimiz diktator emas, Uning O'zi kuch bilan qamrab olingan sevgidir. U o'limni va buzuqlikni yengadigan Uning abadiy hayotiga qo'shilishimiz uchun bizlarni oqlaydi.

Bu iloh va mehribon kuch haqidagi xabar yuraklarni chulg'ab oldi va fikrlarni yoritib tashladi, shunda ko'pchilik Rabbiy Iso bilan shaxsan aloqaga keldi va saqlanib qoldi. Antioxiyadagi bu tirik xizmatning sirlaridan biri qanday qilib biridan boshqasiga amalda bog'langanligini talab qilgan. Voizlik qiladigan imonlilar rivojlanishga olg'a surish uchun buyuk uchrashuvlarni tashkil qilishmadi, yoki ular radiodan yoki broshyuralardan foydalanishmadi. Ular shaxsiy aloqalar orqali og'izdan quloqlarga najod kuchini yuborishdi. Bu qo'llanma bugunlik kunda hali ham voizlik qilishning eng kuchli yo'lidir. Siz Najodkor haqida do'stlaringizga aytasizmi? Masih haqida guvohligingiz orqali Muqaddas Ruhni olib yurasizmi? Sizning tilingiz Isoning ismida gapirishi uchun Isoning so'zlari bilan yuragingizni to'ldiring. Siz orqali o'sha zahotiyoq Rabbiyning ishlayotgan qo'lini ko'rasiz.

Quddusdagi dastlabgi jamoatdagi havoriylar va oqsoqollar yovuz Antoixiya bo'lgan uzoqda Masihga ko'pchilik ishonganini eshitishganda Kesariyada Korniliy va uning hamrohlarining yangilanganligi haqida eshitishganda ular hafa bo'lishgandek, bu yangilikdan hafa bo'lishmadi. Jamoat sardorlari va a'zolari agar ular Unga ishonib davom etishsa Xudo Muqaddas Ruh bilan hamma insonlarni to'ldiradi deb Butrus bilan suhbatlashganlaridan keyin tushunib yetdilar. Biroq ko'rish uchun agar bu yangi jamoat haq bo'lganida va adashtirish bid'atiga ergashishmaganida, dastlabgi Masihiylarning guruhini o'sishini nazorat qilib va kuzatib turish uchun Rim-Yunon tumanlari bilan tanish bo'lgan solih kishi Barnobani tayinlagan bo'lardilar.

Biz (4:36) da unga berilgan guvohlikdan Barnobaning hislatini bilamiz, va u otalik sevgisida qanday Shoul va havoriylarning o'rtalarida halqani bog'layotganini ko'ramiz (9:27). Bu matnda Luqo (u balki shaxsan u bilan uchrashgan bo'lishi mumkin) bu kishi odamlar orasidan ibodat qilish uchun turgan va Muqaddas Ruhning komolotida xushxabarini voizlik qilgan solih kishi bo'lgan. Agar tinglovchilar birinchi vaqtda uning va'ziga tushunmagan bo'lsalar ulardan bosh tortmagan, balki ularni buyuk sabr-toqat bilan eshitgan. U sof imonlilarni Xudo barkamol qilishiga va sevgida kamolotga ularni yetaklashiga ishongan.

Barnoba Antioxiyaning jamoatida yangi hayotni ko'rganida juda quvongan. U kuchsizlarni tanqid qilishni boshlamadi, yoki u birodarlarning orasida muammolarga va kelishmovchiliklarga aralashmadi. Barnabo yangi tug'ilganlar bilan quvondi, va u Masihning barkamolligida ular davom etishlari uchun hammaning imonini kuchaytirish uchun qattiq ishladi. Bu ruhiy rivojlanish atmosferada jamoat Antioxiyada gullab yeshnab bordi. Yetuk bo'lganlar yangi umid bu jamoatga porlaganini his qildilar. Haqiqiy ilohiy kuchning huzuri ularning atrofidagi har turli dinlarda topilmagan bu jamoatda namoyon bo'ldi.

IBODAT: Ey Rabbim, Sen har doim sanoqsiz tanilmagan odamlarni O'zingning shohliginga chaqirganing uchun shukur aytamiz. Biz hatto bugun ham bir biriga guvohlik berish imkoniyati uchun minnatdormiz. Biz Sening isming bilan ko'plar saqlanib qolishi uchun va Sening shohliging hatto hozir ham bizning oramizga kelishi uchun oddiy yo'lda, hursandchilik va kuch bilan najod xabarini ma'lum qilish uchun donoligingni qidiramiz. Omin.

SAVOL 58: Antioxiyadagi mashxur jamoat qanday qilib vujudga keldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)