Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 057 (Beginning of Preaching to the Gentiles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

9. Yuzboshi Korniliyning suhbati orqali G'ayriyahudiylarga Voizlik qilishning Boshlanishi. (Havoriylar 10:1 - 11:18)


HAVORIYLAR 11:1-18
1 G'ayriyahudiylar ham Xudoning so'zini qabul qilibdi, degan xabar havoriylarning va Yahudiyadagi imonlilarning qulog'iga yetib keldi. 2 Shu sababdan Butrus Quddus shahriga borganda, sunnatchilar unga ta'na qilib: 3 Sen sunnat qilinmagan odamlarning oldiga kirib, ular bilan yeb -ichibsan-ku! - deyishdi. 4 Butrus esa bo'lib o'tgan voqealarni bir boshdan ularga naql qilishga tushdi: 5 Men Yaffa shahrida ibodat qilar ekanman, o'zimni yo'qotib vahiy ko'rdim: mana, katta ro'molga o'xshash bir idish to'rt burchagidan osilgan holda osmondan tushib, to oldimga kelayotgan ekan. 6 Uning ichiga nazar solsam, yer yuzining to'rt oyoqli, vahshiy va sudraluvshi hayvonlarini hamda ko'kda uchuvchi qushlarni ko'rdim. 7 O'shanda: - Butrus, tur va so'yib yegin! - degan bir ovozni eshitdim. 8 Men esa: - Aslo, yo Rabbim! Mening og'zimga mutloqo iflos yoki horom narsa kirgan emas, - dedim. 9 Ovoz ikkinchi marta osmondan eshitilib: - Xudo halol deganini sen harom dema, - dedi menga. 10 Bu manzara uch marta takrorlandi. Keyin hammasi yana osmonga ko'tarildi. 11 Mana, o'sha zahoti Kesariyadan menga yuborilgan uch odam men turgan uyning ro'parasida to'xtab qoldi. 12 Muqaddas Ruh esa hech shubhalanmay ular bilan birga borishimni aytdi. Shunday qilib, bu olti birodar ham menga hamroh bo'lishdi, ular bilan birga o'sha odamning uyiga birga kirdik. 13 U esa uyida paydo bo'lgan farishtani qanday ko'rganini bizlarga aytib berdi. Farishta unga: Yaffaga odamlar yubor, Butrus laqabli Simunni chaqirtir. 14 U senga aytadigan so'zlaridan o'zing bilan butun xonadoning najot topasizlar, - deb aytibdi. 15 Men gapira boshlaganimdayoq, dastavval bizning ustimizga tushgan Muqaddas Ruh ularning ustiga ham tushib keldi. 16 Shunda men Rabbimiz Isoning: Yahyo payg'ambar odamlarni suvga cho'mdirib tavba qildirgan, sizlar esa Muqaddas Ruhga cho'mdirasizlar, - degan so'zini esga oldim. 17 Agar Xudo bizga bergan hadyani Rabbimiz Iso Masihga xuddi bizday inongan mana bularga ham bergan bo'lsa, unda men kim bo'ldimki, Xudoga qarshilik qila olsam? 18 Bu so'zlarni eshitib, ular tinchlandi. Xudo g'ayriyahudiylarni ham tavba qildirib, abadiy hayot nasib qilar ekan, - deb Xudoni olqishlashdi.

Xudoning Ruhi Lo'ddadagi shol kishini birinchi shifolayotgan Butrus orqali ajoyib mo'jizalarni ko'rsatdi. Ikkinchisi Yoffadagi o'lgan qizni tiriltirishi edi. Yana bormi? Ha, chunki buyuk va mo'jaz faqat inoyat orqali nafratlanilgan G'ayriyahudiylarning najoti edi. Bu Xudoning kuchining dolzarbligini ifodalab berdi, chunki U inoyatida Kesariyadagi bu mo'jiza orqali G'ayriyahudiylar uchun eshikni ochdi. U Xudoning shohligiga sunnat qilishsiz, qonun haqida o'rgatishsiz, boshqa qabilalar bilan aloqa qilishsiz yoki ma'bad marosimlariga bo'lgan ustaliksiz kirishga ruhsat berdi. Masihning Ruhi xochning najotini ularda to'ldirib, odamlarni ozod qilib saqlab qoldi. Kesariyadagi bu hodisa dunyoga voizlikning boshlanishi edi. Bu ham Eski Ahd va Yangi Ahdning tarixining oxirgi bo'linishini belgiladi.

Bu asl Yahudiylarning ko'p Masihiylarini silkitdi. Ularning yuraklari Butrus bu kasb a'zolariga Isroilning imtiyozini sotishga shoshildi deb o'ylab, qotib ketib yallig'langan edi. Ularning Xudo bilan qilgan ahdlarining ramzidek bo'lgan sunnat qayerda edi? Xudo faqat o'n ikki qabila urug'ini tanlagan degan tasdiq qayerda edi? Xudo tomon qonunning bir necha talablari qayerda edi? Agar bosh ruhoniylar va Farziylar Xudo bilan birlikka va ahdga ular qonunsiz butparastlarga kirishga ruxsat berganliklarini eshitishganda, ular yana bir bor ularni la'natlab quvg'in qilgan bo'lardilar. Mana birodarlar tezda o'sishdi va Quddusda dastlabgi Jamoatda tutatqi bo'ldilar.

Butrus Quddusga qaytib kelganida, zo'ravon ziddiyat imonlilarning oralarida chiqibdi. Ular ikki qismlarga bo'linishgan: Birinchi, u yerda qonunning so'zma-so'z izohlab berish uchun turib olgan huquqshunostlar bor edi; ikkinchisi, u yerda Butrus va Kesariyaga Yoffadan u bilan hamroh bo'lgan oltita guvohlar bor edi. An'anaviy qonunchilar Butrus G'ayriyahudiylarga voizlik qilishdi deb shikoyat qilishmadi yoki cho'mish ramzi orqali jamoatga kirish uchun ularga ruhsat berilgani haqida achchiqlikni sezishmadi. Ularning unga bo'lgan shikoyatlari sunnat qilinmaslik yoki yangilangan yahudiy qilinganlarga edi. Ular Xudo bilan ahd ostida yashagan sun'at qilinganlarning o'rniga tanlanganlaridek sun'at qilinmaganlar bilan qo'shildi.

Butrus aqidaparast birodarlarga qarshi kurashmadi, chunki u ham ularga o'xshab qattiq va o'jar bo'lgan. U Xudoning buyrug'iga yarim jon bo'lib qarshi bo'lib shunday degan: Aslo, yo Rabbim! Men mutloqo horom va iflos narsa yegan emasman. Lekin uch marta takrorlangan buyrug' shunday edi: Xudo halol deganni sen harom dema Butrusning qonun haqidagi tushuncha yechilmadi, va uning mag'rur qarshiligi pachaqlandi. Oxiri, Butrus harom hayvonlar yerga yoki dengizga tashlanmaganligini ko'rdi.

Ular Xudo ko'plarni nopok deb hisoblab Masihda pok bo'lganidek, hammasi osmonga ko'tarildi. Butrus Korniliy bilan o'zining tajribalari orqali bu vahiyning ma'nosini tushundi. U Xudo faqat Eski Ahdning a'zolarini emas balki hamma insonni tanlaganini, saqlaganini va poklaganini birodarlariga dalolat qilib aniq tushunib yetdi. Muqaddas Xudo har bir insonni Masihning qoni orqali tozaladi. Uning inoyati bizning fikrlarimizdan buyukroqdir, qonunimizdan kengroqdir va yuraklarimizga qaraganda mehrliroqdir.

Butrus harakatlarini bu uchun undan so'ragan har bir kishiga topshirdi. Butrus mutloqo nufuzli emasligini va unda xohlaganidek qilish uchun jamoat tepasidan hokimlik yo'qligini ular bilishlarini xohladi. U kamtarlik bilan berilib javob berdi va u qanday qilib Muqaddas Ruh Korniliyning oldiga borish uchun uni rom etganini va Rabbiyning farishtasi uning uyiga kelish uchun yuzboshiga najod havoriysi bo'lgan Butrusni chaqirishiga amr berganini ularga aytdi

Butrus bajarish uchun berilmagan buyruqni qilmadi. U ularning oldilariga borib, voizlik qilib gapirdi. Bundan keyin ajoyib narsa sodir bo'ldi: Muqaddas Ruh tinglayotgan G'ayriyahudiylarga tushdi, xuddi ilgari ibodatiga va kutgan Yahudiylarga Muqaddas Ruh tushganidek. Butrus himoyasida Kesariyadagidek Xudoning sovg'asi Masihdagi imon uchun berilganligini, xuddi shu yo'l bilan havoriylar bunga ega bo'lishganidek buni ta'kidladi. Mana qonun xatti-harakatlari va sunnat najod olib kelish uchun qadirsiz edi, chunki Muqaddas Ruhning qabuli faqat inoyat orqali keladi.

Butrus agar Xudo Masihga ishonganlarga Muqaddas Ruhini berishni tanlagan bo'lsa, Xudoga qarshi turolmasligini aytib, kuchli yo'l bilan o'zining xizmatini tasdiqladi. Agar Xudoning rejalari mumkin bo'lmaganida edi, Butrus ularni buzib ko'rsatishni xohlagan bo'lar edi. Butrusning tasdig'i ham aqidaparast huquqshunostlar ustidan mazah qilish turini talab qildi. Barcha havoriylarning eng ochig'i bo'lgan Butrus o'zining vazi orqali G'ayriyahudiylarning najoti haqida zafar olib keldi. Shikoyat qilganlar Xudoning buyuk sevgisi oldida bir muncha jim turdilar.

Bundan keyin, havoriylarning ko'plari Xudoni ulug'lashni boshladilar. Oqsoqollar bu yangi o'sish uchun minnatdorchilik bildirishdi. Odamlar Yahudiy qonunining shartlarini saqlamasdan ham hozir saqlab qolinadilar, faqat Najotkorga ishonish orqali saqlanib qolinadilar. Ular faqat xushxabarni eshitish orqali Muqaddas Ruhni qabul qilishadi. Xudo haqida kengayish juda oshib bordi. Chunki Rabbiyning O'zi dunyoga voizlik qilish orqali eshikni ochdi, va havoriylarning eng jasoratlisi bo'lgan Butrus orqali bu bo'ldi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sening Stefan, Pavlus va Butrusga bo'lgan buyuk vahiylaring orqali jamoat tarihining yo'lidagi Sening aralashuving uchun minnatdormiz. Sening inoyating G'ayriyahudiylarga voizlik qilish uchun yo'lni tayyorlab bajardi. Sen buyuk ishingni bajargin. Sen xalqlar orasidan behisob odamlarni chaqirasan, ularni poklab kelishingacha ularni saqlaysan. Rabbiy Iso kelgin va Sening muqaddas ismingni ulug'lash uchun qunt va extiyotkorlik bilan hokimlik bergan Muqaddas Ruhing orqali bu kungacha voizlik qilishni bizlarga o'rgat. Omin.

SAVOL 57: Yahudiy Masihiylarining huquqshunostlari nima uchun Butrus bilan janjallashishdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)