Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 056 (Beginning of Preaching to the Gentiles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

9. Yuzboshi Korniliyning suhbati orqali G'ayriyahudiylarga Voizlik qilishning Boshlanishi. (Havoriylar 10:1 - 11:18)


HAVORIYLAR 10:44-48
44 Butrus hali gapirib turganda, kalomni eshitayotganlarning barchasi ustiga Muqaddas Ruh tushdi. 45 Butrus bilan birga kelganlar Isoga ishongan yahudiylar edi. Muqaddas Ruh g'ayriyahudiylarga ham nasib bo'lganini ular ko'rib, hayratda qoldilar. 46 Chunki u kishilarning yangi tillarda so'zlashib, Xudoni ulug'layotganlarini eshitib turishardi. Shunda Butrus so'z oldi: 47 Xuddi bizlar kabi Muqaddas Ruhni qabul qilganlar bu odamlarning suvga cho'mib imon keltirishiga kim mone bo'la olar ekan? - dedi-yu, 48 ularni Iso Masih nomi bilan cho'mdirishni buyurdi. Shundan keyin ular Butrusdan bir necha kun qolishini iltimos qilishdi.

Xudo Butrusning Masih hayotining haqiqatlari haqidagi oddiy va'zini tasdiqladi. U bu so'zlarni eshitganlarning hammasiga najotini va Muqaddas Ruhini yog'dirdi. Bu hodisa barcha qiyin va dabdaba so'zlarni yo'qotib tashladi, chunki bunga ravon va rangli nutqda niqob qiydirilmagan edi. Xudo boshqalardan o'zini yuksak tutgan barchadan bosh tortadi. Xudo mag'rur ruhni yoqtirmaydi, balki Uning O'g'lining hayoti, xochga mixlanishi va tirilishi haqidagi oddiy va'zni marhamatlash uchun tanlaydi. Siz do'stingizning ruhlanishini va najot topishini istaysizmi? Shunday bo'lsa Korniliyning uyidagi Butrusning va'zini o'rganing. Siz Xudo masih haqidagi shahodatni qanday marhamatlaganini va U samoviy kuch bilan oddiy baliqchini qanday ruhlantirganini ko'rasiz.

Imon tinglovchilarning yuraklarini ochdi. Xudoning Ruhi to'sqinliksiz ularga kira oldi. Tirik Rabbiy Yahudiylarga hatna qilish, qonunning bilimi va amrlarni saqlash Xudodan inoyat olish uchun shart emasligini G'ayriyahudiylarga Ruhini berishi orqali tasdiqladi. Faqat imon oqlaydi. Xudoning oldida hech kimda xizmat yoki tabiatan to'g'rilik yo'q. Masihni qabul qilgan kishi va Uning qonining solihligi ostiga o'zini qo'ygan kishi Taologa ma'quldir.

Elliginchi Kundan bugungacha Isoga ishonganlarda Muqaddas Ruh keng daryodek oqib kelyapdi. Isoga ishonmasdan Muqaddas Ruh yurakka kirmaydi, chunki Ruh O'g'ilni ulug'laydi. Xudoni qidiryotgan kishi o'zini Masihning xushxabariga ochsa ulug' Ruh shu kishini ruhlantiradi. Uning Inson O'g'liga bo'lgan ishonchi o'rnatiladi va Xudoning O'g'li uni taniydi. Hozir Masihning hayoti imonlida yashayapdi. Muqaddas Ruh bizning yuragimizda yashashni boshlashi orqali Masihga bo'lgan imonni taniydi. Xudoning Ruhi o'tadigan tuyg'u yoki vijdonsizligimizning xosili bo'lgan hayoliy fikr emas. U imonlida yashaydigan ilohiy mohiyatdir.

Xudoning sevgisi ilgarigi o'zini o'ylagan kishida oqishni boshlaydi. Oldin Xudoni bilmaganlar hozir esa hursand bo'lib Uni Otamiz deb chaqirishadi. Ulug'lash qo'shiqlari va g'alaba guvohliklari Muqaddas Uch Birlikning birligida qalqiydi, chunki Rabbiyning Ruhi minnatdorchilikning, kuchning, hayotning, hursandchilikning va tinchlikning Ruhidir. Xudoni bilish qayg'u olib kelmaydi, balki hursandchilik, halovat, va mexribonlikni olib keladi. Siz Muqaddas Ruhdagi hayotni bilasizmi? Butun yuragingiz bilan Uning qutqarishiga va Rabbiy Isoga ishoning. Shunday qilsangiz bugun Xudoning hayoti bilan to'lasiz.

Yahudiylar suvga cho'mmagan, gunohlarini tan olmagan yoki hatto itoat qilish uchun oddiy qadam tashlamagan imonli G'ayriyahudiylarga Muqaddas Ruh tushganini ko'rganlarida qo'rqib ketishdi va balki Butrus ham qo'rqandir. Ular ishlar orqali, ibodatlar orqali yoki ro'za tutishlar orqali emas, balki faqat imon orqali saqlanib qoldilar. Hech qanday hatna qilish, sajda qilish uchun o'zlarini tashlash, yoki sajda qilishning urf marosimlarning hojati yo'q edi. Hatto o'tirishganida ular Xudoning oydinlashgan sevgisi va nuri bilan to'lishdi.

Butrus jasurlik bilan Masihiy jamoatga imonlini qabul qilish uchun tashqi belgi bo'lgan suvga cho'mishdan bosh tortilmasligi kerakligiga qaror qildi, chunki ular Xudoning Ruhining quyilishini qabul qildilar va Uning oilasiga qo'shilishga ruhsat oldilar. Butrusda va asl Yahudiy imonlilarida yashagan Muqaddas Ruh Masihga ishongan G'ayriyahudiylarga kirgan bir hil Ruh edi. Butrus va uning sheriklari G'ayriyahudiylarning yangilanishidan va ularning ustilariga Muqaddas Ruhning quyilishidan gangirab qoldilar. Holbuki ular Rabbiyning rahbarligiga itoat etib, ularni suvga cho'mdirishgan edi va Iso nomidan ularni tasdiqlagan edilar. Yangilanganlarning sonlari buyuk bo'lib ketdi chunki Korniliy uyini qarindosh va do'stlari bilan to'ldirgan edi. Mana bir zumda Falastindagi Rim markaz boshi Kesariyada bitta jamoat topildi.

Yangi imonlilar Butrus va uning do'stlari ular bilan qolishlariga va hursandchilikda, tajribada, Xudoning najotining to'la bilimida qatnashishlariga turib oldilar. O'sha kunlarda Otaga va O'g'ilga bo'lgan juda ko'p ulug'vorlik, shon-shuhrat va minnatdorchilik ko'tarildi. Xudo G'ayriyahudiylarga eshikni keng ochdi, va jamoatning kelajagini G'ayriyahudiylarning havoriysi bo'lgan Pavlus orqali emas balki Butrus orqali ko'rsatdi. Holbuki aziz birodarlar va opa-singillar bu to'rt xushxabar sizga ham kelish kerak. Siz ham Iso Masihga bo'lgan imoningiz orqali Muqaddas Ruhni qabul qilishingiz mumkin.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso, Sen biz uchun inson bo'lganingdan minnatdormiz. Sen bizning gunohlarimizni olish uchun o'lding. Xudo bilan bizni yarashtirding. Sening o'limdan tirilishing bizni oqladi. Sen bizga Muqaddas Ruhingni berganing uchun rahmat aytamiz va Sendan Muqaddas Ruhni do'stlarimizga va dushmanlarimizga ham yog'dirishingni so'raymiz. Omin.

SAVOL 56: Muqaddas Ruh qanday qilib insonzotning yuragida yashaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:30 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)