Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 050 (The Wonderful Works of Christ at the Hand of Peter)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

8. Butrusning Qo'lidagi Masihning Ajoyib Ishlari (Havoriylar 9:31-43)


HAVORIYLAR 9:31-35
31 Shunday qilib, Yahudiya, Jalila va Samariya yurtlari bo'ylab imonlilar jamoati tinchlikka erishdi. Jamoat Xudodan qo'rqib tobora rivoj topar, Muqaddas Ruhdan jasurlanib, son jihatdan ko'payib borardi. 32 Bu orada Butrus hamma aylanib chiqib, Lo'd shahrida turgan imonlilarning oldiga ham bordi. 33 U yerda sakkiz yildan beri to'shagidan turmagan Eney ismli bir shol odamni ko'rdi. 34 Butrus unga: - Eney, Iso Masih senga shifo beryapdi. O'rningdan tur, ko'rpa-to'shagingni yig'ib qo'y! - dedi. Eney o'sha zahoti o'rnidan turib ketdi. 35 Lo'd shahri va Sharon dalasida yashaganlarning hammasi u kishining holini ko'rdi-da Isoni Rabbimiz deb tan olib, imon keltirdilar.

31 oyatda Iso ham yurgan joy Falastindek tanilgan tumanlarda quvg'indan qat'iy nazar Masihiy jamoat tarqalganligini yozgan Luqo uchun buyuk ahamiyat bor. Hatto tog'li Jalilaning tumanlarida ham asoschisilari tanilmay qolgan ibodatxonalar topildi.

Shoul Najodkor Isoga qaytganida, Masihiylarga qarshi quvg'in o'zining ko'p hursandchiligini yo'qotdi. Ko'proq nazariy amalda bo'lgan qonun mutahassislari Stefanning o'limi halqqa qo'rqinchli ogohlantirish bo'lganidan qoniqdilar. Pavlus uch yilni Quddusdan uzoqda o'tkazdi va quvg'in bo'lib turar edi. Nafrat yerning tagida yashiringan alangaga o'xshab qolgan edi. U eplab bo'lmasdan toshib ketmadi yoki imonlilar quvg'inni ochishga sabab bo'lmadi.

Damashqning, Jalilaning va dengiz bo'yining o'rtasidagi ibodatxonalar yana nafas oldi. Ular sevgi orqali Muqaddas Ruhda ta'lim oldilar, Muqaddas Yozuvlarni, sabr-toqatni, qurbonlik berishni va birlikni o'rgandilar. Donlikdan boshlangan Rabbiyning qo'rquvi ularda qoldi. Muqaddas Uch Birlikdagi Masihiylarning hursandchiligi va sevgisi Muqaddas Rabbiyning oldida chuqur hurmat orqali bog'lanadi. Agar biz Otamiz Xudoni ulug'lab va minnatdorshilik bilan chaqirsak, shunda biz Rabbiyning Ibodatidagi: Sening isming ulug'lansin degan birinchi murojatnomasini esingizdan chiqarmasligingiz kerak.

Xudoning oldida sevgida yashaydigan va Muqaddas Ruhga to'lgan ibodatxonalar bo'lsa, o'sha yerda xushxabar juda tez voizlik qilinadi. Bu uyg'onish turiga buni olg'a surish uchun hech mahsus uchrashuvlar kerak bo'lmaydi, holbuki har bir imonli zulmatlikning o'rtasidagi nurdir. Rabbiyda mustahkam bo'lgan har bir kishi najod yo'liga boshlab, tim qora tunda porlayotgan va porloq yulduzdekdir. Muqaddas Ruh dunyoning kuchi bilan o'zgargan hayotning shahodatini birlashtirganda, ilohiy hukmdan qo'rqqan yuraklarga tegadi.

Tavba imonning solihligi orqali bajariladi. Najod xushxabari xochga mixlangan Isoga boshlaydi. Yangi imonli Muqaddas Ruhning yashashi orqali muhrlanadi; U bizning voizlik qilishimiz uchun sabab bo'ladi. U yangilangan imonlilar orqali odamlarga gapiradi. Ibodxona Isoning kuchining ishlashi orqali faol bo'ladi. Aziz birodarlar, bu sizning ibodatxonalaringiz bilan qanday bo'lyapdi? Siz bir-biringizni sevasizmi? Siz Masihda mustahkamisiz? Masih hayotingizning markazimi? Sizning umum shahodatingiz sizda yashayotgan ilohiy Yupatuvchining kuchi orqali barcha odamlarga e'lon qilinadimi?

Endi esa jamoatlarda ozodlikning taskin nuri va quvg'insiz tinchlik bor, Butrus Masihiylikning markazi bo'lgan Quddusni tark etish uchun ozod edi. U sharqdan g'arbga, shimoldan janubga bo'lgan hamma jamoatlarga tashrif buyurdi. U Yoffa (hozir Yaffa deb nomlangan) yaqin bo'lgan shaharga qaytib kelib, dengiz bo'yiga ham tushdi.

Lo'dda Rabbiy azizlarni O'ziniki qilib, ularni tanlab chaqirib olgan kishilarning jamiyati bor edi. U Masihning qoni orqali ularni pokladi va ularni rahimdil Ruh bilan to'ldirdi. Ular Masihda imonlari orqali inoyat bilan azizlar bo'lishdi. Ular saqlanib qolinishdi, tasdiqlanishdi, muqaddaslanishdi, va Rabbiyning sevgisida asrab qolinishdi.

Bu imtiyozlardan qat'iy nazar, ularning oralarida qiyinchiliklar, kasalliklar va vasvasalar bor edi. Imonlilarning biri sakkiz yildan beri shol bo'lgan edi. Butrus buni eshitib, uning uyini qidirishni boshladi. U sodiq xizmatkordek unikiga tashrif buyurib, Masih haqida unga so'zladi. Muqaddas Ruhning kuchi ular birga ibodat qilib, gunohlarini tan olishganda bu uchrashuvda hozir bo'ldi. Butrus bu shol kishiga uning gunohlari kechirilganligini tasdiqlab, shunday dedi: Birodar, Iso Masih seni shifolaydi. Butrus bu bayon bilan butun xushxabarni jamlab, Nasroniylik Iso haqiqiy Masihligini isbotladi. Unga barcha osmon va yerdagi hokimyatlar berilgan. Undan najod kuchi va shifolanish bir imonlidan boshqalarga oqadi, Masih aytganidek: Muqaddas Bitikda aytganidek, Menga ishonganning vujudida hayotbaxsh suv daryo bo'lib oqadi (Yuhanno 7:38).

Eney ismli shol kishi, eshitib ishondi. U havoriyga ishonib va bo'ysunib, ho'l to'shagini olib o'radi. U boshqalar bilan birga ibodatda o'tirganda, ular hammalari birgalikda Rabbiylarini ulug'lashdi. Bu dengiz qirg'og'idagi sodiq va sabirli birodarni bilgan hamma imonlilar shodlanib juda hursand bo'lishdi. Ular Butrus mo'jiza qildi deb emas balki Masih jamoatda shifolash uchun sodir qildi. Tirik Rabbiy ko'p mo'jizalar bilan O'zining ismini ulug'layotgan edi.

IBODAT: Ey Rabbim Iso, jamoating o'sgani uchun biz Sendan minnatdormiz. Biz xizmatkorlaringda ishlayotgan kuching uchun Seni ulug'laymiz. Biz Sendan kuch kelishi uchun ibodat qilamiz, chunki bizning imonimiz kuchsizdir. Bizning gunohlarimizni kechirib, barcha yomonliklardan bizlarni pokla. Bizning iliqligimizga shifo ber va Sening yo'lingda davom etishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 50: Masih Lo'dda Eneyni qanday shifoladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)