Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 048 (Saul’s Preaching in Damascus and his Persecution)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

6. Shoulning Damashqdagi voizligi va Yahudiylar tomonidan Quvg'in etilishi (Havoriylar 9:19-25)


HAVORIYLAR 9:19-25
19 Shoul bir necha kun Damashqdagi Iso shogirdlari bilan birga bo'ldi. 20 U darhol Iso Xudoning O'g'li ekani haqida yahudiy ibodatxonalarida targ'ubot qila boshladi. 21 Eshitganlar esa hayratda qolib: Quddusda bu ismni aytganlarni qirib tashlagan, kishanlab oliy ruhoniylarga olib borish uchun u yerga kelgan uning o'zi emasmi? - deb aytishardi. 22 Shoul esa tobora nufuzini oshirib borardi. Isoning Masihligiga doir ishonarli dalillarni olg'a surib, Damashqda turgan Yahudiylarni dovdiratib qo'yardi. 23 Oradan necha kunlar o'tib, nihoyat Yahudiylar so'z biriktirib, Shoulni o'ldirishga qaror qilishdi. 24 Uni o'ldirish uchun kechayu kunduz shahar darvozalari oldida poylab turishar edi. Lekin ularning qasdi Shoulga ayon bo'ldi. 25 Kechasi shogirdlar uni savatga solib, devordan tushurib yuborishdi.

Muqaddas Ruh zafar qozongan yerda, jamoatda sevgi hukmronlik qiladi va Isoni bilmaganlarning orasida xushxabar voizlik qilinadi. Shoul Xudoga rahmat aytib, Muqaddas Ruhga chuqur kirib borib, Damashqdagi jamoatda kunlarning aniq soni bo'lib qoldi. Eski Ahdning bashoratlari orqali Yangi Ahdga bo'lgan zakovat unga ayon bo'ldi.

Shoul o'zining tajribasining yashira olmadi va Masih bilan duch keldi. U Quddusda oliy kengashning elchisidek Yahudiylarning ibodatxonasiga tanilgan edi. U ibodatxonaning o'rtasiga kelib, ochiqchasiga Isoni voizlik qildi. U havoriylar o'zlarining voizliklaring boshida qilishganidek faqat Nasroniylik Xudoning kishisi, buyuk payg'ambar, yoki va'da qilingan Masih ekanligini ko'rsatish bilan qoniqmadi. U Isoning ulug'vorligini ko'rdi va Iso haqiqiy Xudodan bo'lgan haqiqiy Xudo eknligiga, yaralmagan va Ota bilan bir ekanligiga dalolat berdi. Bu shahodat ruhiy inqilobga va aqidada Yahudiylarning jonsiz imonini imtixon qildi. Xudoning O'g'li bor degan har bir bayon Yahudiylar dinlariga berilib, ularga bu kufrlik bo'lib ko'rindi.

Biroq Shoul o'zining va'zining boshidan Muqaddas Uch Birlikning haqiqatiga dalolat keltirdi. U Isoning ovozini eshitdi, Uning ulug'vorligini ko'rdi va Iso Kishi Xudoning O'zining O'g'li ekanligini tushundi. U nima bo'lsa ham bu haqiqatga ikkilanmadi, lekin u barcha boshqa an'nalardan, izohlardan va aqidalardan yuqori ekanligini e'lon qildi. Pavlus Xudoning otaligi g'alati fikr emasligini e'lon qildi, chunki Xudo shunaqa, va faqat shunaqadir. Ota, O'g'li va Muqaddas Ruhdan tashqari hech qanday xudo yo'q. Mavhum aqidadagi o'lik imon hayotdan yoki kuchdan chiqadigan chiqadigan g'alati tasvir bo'shlig'idir. Bizning Xudoyimiz Ota, O'g'l va Muqaddas Ruhning birligi orqali seziladigan sevgidir. O'g'ildan bosh tortgan kishi Otani bilmaydi va osmondagi Otaga ishonmagan kishi Muqaddas Ruhni qabul qilmagan.

Muqaddas Ruhga to'lgan bilimli qonun mutahassischisi bo'lgan Shoul Nasroniylik Iso haqiqiy Masih ekanligini itoatsiz Yahudiylarga va boshliqlarga isbotlab berdi. Shuningdek, barcha Yahudiylar gunohkor, chunki ularga jo'natilgan Xudoning O'g'lini o'ldirdilar. Shoul ular bilan ikkinchi masalalarni muhokama qilmadi, balki masalani markaziga to'g'ri bordi. U Masih O'zining tinglovchilariga inoyatlarini noil qilgan va mutloqo ularni duo qilgan suyukli Masihni va'z qilmadi. U shoh bo'lgan Masihga itoatgo'ylik uchun chaqirdi. Uning Rabbiysi muqaddaslikda va porlayotgan nurda u bilan duch kelgan edi va uning solihligi bekorga emas ekanligini unga ko'rsatdi. Inoyatni o'zi uning hayotining poydevori bo'lishi kerak edi.

Damashqdagi Yahudiylar qo'rqib dovdirab qolishgan edi. Ular oliy kengashning elchisida o'zlarining jamiyatlaridagi Isoning o'sib borayotgan harakatini yo'q qilish uchun ular bilan birga ishlay olgan kuchli ittifoqni topishni kutgandilar. Hozir bu qonun mutahassischi Isoni G'olib bo'lishini va tirik Xudoligini ko'rsatyapdi. Qattiq qo'l qonunchi Yahudiylarning hech biri uni yengisha olmadi. Bir ancha kunlardan keyin Masihga ishongan Yahudiylarning soni oshib bordi. Bular faolligida qiziqishni ko'rsatib uning o'quvchilari bo'lishdi. Shunda ibodatxonaning hukmdorlari Pavlusni o'ldirishga qaror qilishdi. U imonlilarning uyiga kirgan va Yahudiylarning ayg'oqchilari sodiq do'stlardek bo'lib nafratlanganda o'zini yashirishga to'g'ri keldi. Ularda shahar boshliqlariga tasiri bor bo'lganlar Shoul qochib ketmasligi uchun shahar darvozalarini kuzatib turishda soqchilar bilan qatnashdilar.

Tajribali yosh imonli birinchi vaqtda xushxabarni voizlik qilib, ta'sir olib keladi: qabul yoki rad etish, tashakkur yoki la'nat va sevgi yoki nafrat. Shoul Damashqda qolishga qaror qilmadi. U o'ziga shunday demadi: Endi nima bo'lganda ham men shu yerda qolishim kerak, va Masih uchun jafokash bo'lib azob chekishim kerak. Buning o'rniga sodiq birodarlar tunda uni savatga solib devordan tushirishlariga rozi bo'ldi. Bir necha haftalar oldin u mag'rur ot minuvchidek Damashqqa kelgandi. Endi bo'lsa u shahar vodiysidan ketishi kerak bo'lib qochoq bo'lib qoldi. Uning yuragi sovuq, qattiq va qonun uchun g'ayratga to'la bo'lganidek, hozir uning ichki borlig'ida Masih uchun sevgi alangalandi. Muqaddas Ruhning kuchi butun dunyoga havoriy bo'lish uchun Yahudiylikning burungi havoriyni ruhlantirdi.

IBODAT: Ey Xudoning O'g'li, biz Senga sajda qilamiz. Biz Senga yuraklarimizni fikrlarimizni bag'ishlaymiz, va Sen bizning ayiblarimizni yuvib, Muqaddas Ruhing bilan bizni moylab, va osmondagi Otangni bizlarga ochib berganing uchun rahmat aytamiz. Sening noming bilan bizni asra va ko'plar Sening nomingni va mexribon Xudoni tanishga kelishlari uchun bizlarni xushxabaringni voizlik qilish uchun ruhlantir. Omin.

SAVOL 48: Quydagi bayonning ma'nosi nima? Iso Kishi Xudoning haqiqiy O'g'li.

3-SAVOL-JAVOB

Aziz kitobxon,
Endi siz bu kitobchadagi Havoriylardagi bizning izohlarimizni o'qib chiqdingiz va siz quydagi savollarga javob bera olasiz. Agar siz aniq quydagi savollarga 90% javob bersangiz, biz sizning talimotingiz uchun rejalashtirilgan bu kitobning keyingi qismini jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni yozishni va bu javob sahifasidagi aniq manzilni yozishni unutmang.

  1. Nima uchun faqat Stefan shikoyat uchun tanlangan edi? Nima uchun o'n ikki shogirdlar bundan benasib edilar?
  2. Ibrohimning hayotidagi sir nima edi?
  3. Yusuf qanday Iso Masihning turidan edi?
  4. Biz Muso yaxshi bilim orqali o'zgarmaganligini qanday qilib bilamiz?
  5. Cho'lda yetmish yasharli cho'ponga Xudo O'zini namoyon qilishining mohiyati nima?
  6. Stefanning Musoga va qonunga bo'lgan hurmatida oliy kengashga bo'lgan murojatining asosiy uchta fikrlari nima edi?
  7. Stefan nima uchun ulug' oltindan bo'lgan ma'baddan sajdagoh chodirini afzal ko'rdi?
  8. Stefan o'zining oliy kengashining ayiblashidagi muhim tasdiqlari nima edi?
  9. Stefanning oxirgi uchta tasdiqlarini va siz ularni tushunganingizdek yozing?
  10. Quddusdagi Masihiylarning quvg'in davomidagi eng ahamiyatli hodisa nima edi?
  11. Masihdagi imon va Uning xizmatkorlarining so'zlaridagi ishonchning o'rtasida qanday farq bor?
  12. Simunning gunohi nima edi? Butrus qanday qilib buni yengishini unga aytdi?
  13. Filip Habashistonlik hazinachiga tushuntirgan xushxabar nima edi?
  14. Shoulga ulug'vorlikdagi Masihning ko'rinishi oxirgisida qanday ma'no berdi?
  15. Shoulning Muqaddas Ruh bilan to'lishi nimani anglatadi?
  16. Quydagi bayonning ma'nosi nima? ''Iso Kishi Xudoning haqiqiy O'g'li?

Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Havoriylarning imtihonini to'ldirishingiz uchun rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bu bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)