Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 047 (Saul Baptized at the Hand of Ananias)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

5. Shoul Hananiyaning Qo'lida Suvga Cho'madi (Havoriylar 9:6-19a)


HAVORIYLAR 9:6-18
6 Shoul vahimalanib, titroq bilan:-Yo Rabbiy, nima qilishimni buyurasan? - dedi. Iso Unga: - Qani, o'rningdan turib shaharga kir, unda nima qilishing kerakligi senga aytiladi, - dedi. 7 Shoulning hamrohlari ovozini eshitib, lekin hech kimni ko'rmasdan qotib qolgandilar. 8 Shoul yerdan turib ko'zlarini ochganda, hech narsa ko'rinmas edi. Uni qo'lidan tutib, Damashq shahriga keltirdilar. 9 Uch kungacha ko'zlari ko'rmay qoldi, na yedi va na ichdi. 10 Damashq shahrida Hananiya degan Isoning shogirdi bor edi. Rabbimiz Iso vahiyda unga ko'rinib: -Ey Hananiya!-dedi. -Labbay, Rabbim!-dedi u. 11 Rab unga dedi: -O'rningdan tur va To'g'ri degan ko'chaga borib, Yahudoning uyidagi Tars shaharlik Shoul ismli odamni so'ragin. Shu mahalda u ibodat qilyapdi. 12 Vahiyda Hananiya ismli bir odam uning yoniga kelganini va ko'zlari ochilish uchun qo'llarini uning boshiga qo'ydi. 13 Hananiya javob berdi: -Yo Rabbiy, bu odam Quddusda Sening azizlaringa qancha yomonlik qilgani haqida ko'p odamlardan eshitdim. 14 Bu yerda ham Sening ismingni aytganlarning hammasini tutqunga solish uchun oliy ruhoniylardan ijozat olibdi-ku, - dedi. 15 Rabbimiz Iso unga shunday dedi: - Sen boraver, mana bu odam Mening ismimni turli halqlar, podshohlar va Isroil o'g'illari oldida ulug'lash uchun tanlangan qurolimdir. 16 Mening ismim uchun qanchalar azob chekishi kerak ekanini O'zim unga ko'rsataman. 17 Hananiya borib o'sha uyga kirdi. Shoulning boshiga qo'llarini qo'yib: - Birodarim Shoul! Kelayotgan yo'lingda senga ko'ringan Rabbimiz Iso, ko'zlaring yana ko'rishi va Muqaddas Ruhga to'lishing uchun meni yubordi, - dedi. 18 O'sha zahoti Shoulning ko'zlarida parda tushganday bo'lib, ko'ra boshladi. O'rnidan turiboq, suvga cho'mib imon keltirdi. So'ng ovqat yeb, quvvatga kirdi.

Shoul faqat qo'rqmagan, o'lish holatida ham edi. Uning hayotidagi hamma narsa muhim uning imoni, qadr-qimmati, solihligi, g'ayrati, va irodasi o'sha onda o'limdan tirilgan Masihning ko'rinishi orqali hammasi sinib ketdi. Shoul tushundi: Men ayibdorman. Men Xudoning dushmaniman, va Shaytonning ayg'oqchisiman. Mening hamma talimotim va xudojo'yligim menga yordam bermadi. Men g'alayonchi, ko'rnamak, va uyatsizman. Unda xudojoylikka davo qiladigan uning yiqilishidan ko'ra buyukroq yiqilish yo'q, chunki yiqilish bilan har bir kishi tabiat tomonidan Xudoning dushmani degan bilim keladi.

Hanuz Iso jamoatining quvg'inchisini yo'q qilmasdan, unga tavba qilish uchun imkoniyat berdi. Shoul shunday deb ming'irladi: Rabbiy, nima qilishimni xohlaysan? Keyingi bu vaqt Shoul hech qachon yana ozod emas edi. U ozodligi bilan tayyorlandi va Isoning xizmatkori bo'ldi. U Rabbiysini topdi va abadiy va mutloqo Unga o'zini topshirdi. Uning Rabbiysi uning ruhiy ko'rligidan va harakatsiz bitta Xudoga ishonishdan uni shifoladi. Shoul, Iso tirik Rabbiyligini, va yagonaligini, Ota bilan haqiqiy Xudoligini va Muqaddas Ruhligini sezdi.

Rabbiy Damashqqa borishi uchun unga buyruq berib, majag'langan Shoulning imonini tekshirdi. Ozgina minutlar oldin, Shoul kuchli, g'ayratli islohatchidek, otiga minib poytaxt darvozalariga kirish uchun tayinlangan edi. Endi u shahar darvozalari tomon sodiq sheriklari tomonidan boshqarilib, gandiraklab Damashiqqa kiradi. U cho'lning yo'lida ularga namoyon bo'lgan ulug'vor nurning yangiliklarini eshitib hayron bo'lgan bir necha do'stlarining uylarida to'xtaydi.

Shoul hech kim bilan gaplashmadi, buning o'rniga o'zini ayirib, ibodat qilib ro'za tutdi. U o'zini Xudoga kelishi uchun tiriklikdan ajiratdi. U faqat Xudoga so'zsiz bo'ysunish uchun, Xudo bilan tinchlik uchun, Taologa itoatkorlik uchun och edi. Shoul Rabbiy Iso tirik ekanligini bildi, va Iso uni rad etmadi. Shoul Xudoning g'azabidan Uning kechirimini va najodini so'rab, ibodat qildi. U xochning sirini va o'limdan tirilishning ma'nosiga chuqur kirib bordi. U o'zini Yangi Ahdning haqiqatlariga qurdi.

Iso uning barcha tavba ibodatlariga javob berdi. Iso o'sha zahotiyoq Hananiya ismli imonliga Shoulning oldiga borishini va bu yangi hayotga kirishi uchun unga yordam berishi yuklatildi. Rabbiy bu topshiriqni buyuk xabarchiga yoki shavkatli farishtaga ishonmadi balki arang tanilgan Xudoning yordami bor kishiga ishondi. Xuddi o'sha vaqtda Rabbiy ibodat qilyotgan Shoulga Hananiya uning oldiga borib, Iso nomi bilan uning boshiga qo'llarini qo'yishini oshkor qildi. Hananiya shunday tayyorlanib, uning oldiga borishdan bosh tortmadi.

Hananiya Rabbiydan bu topshiriqni qabul qilish haqida hursand emas edi. U Shouldan qo'rqdi va uning vakolatidan qaltiradi. Hamma imonlilar bu yosh va kitobiy bilimga ega bo'lgan Shoul g'alayonchi, yovuz iblis, va Quddusdagi azizlarning quvg'inchisi ekanligini bilishardi. Bu Hananiyaga qo'lini uning boshiga qo'yish uchun aqlbovar qilmaydigan bo'lib namoyon bo'ldi. Muqaddas Ruh Isoni bilmagan va samimiy tavba qilmagan unda yashaydi. Lekin Rabbiy bezovtalangan Hananiyaning ko'chishi orqali sindirdi va unga buyrug' berdi: Bor! Seni Iso qachon chaqirsa va biror narsa qilishga buyrug' bersa, borishgami, gapirishgami, biror narsa qilishgami, yoki ibodat qilishgami, shuni qil. Rabbiyning buyrug'ini to'la va o'shazahotiyoq bajar. Sening Shohing uzoq kutib turmaydi. U sendan tezda bo'ysunishni kutadi.''

Iso Hananiyaga Shoulga bo'lgan O'zining ko'rinishini va Shoulning o'zgarishi uchun sababni aniqlab bermadi. Biroq U ibodatchi kamtar kishiga Shoulning oldiga uni jo'natish maqsadini aytdi. Hananiya Rabbiyning tanlangan vakilidek Shoulning oldiga jo'natilib, topshiriqni bajarmoqchi edi. Xudo uni Muqaddas Ruhning kuchi bilan to'lgan inoyat idishi bo'lish uchun tanladi.

Siz bu inoyatning ishini tushundingizmi? Xudo Uning dushmanini havoriy qildi va Unga qarshi qasd qilganni Masihning sevuvchisi qildi. Rabbiy chidamsiz ko'rlik va manmanligi orqali chulg'ab olingan Shoulni saqladi. Rabbiy millionlab odamlarining ruhiy ko'zlarini ochish uchun undan foydalandi. Muqaddas Ruh yovuz ruhga chalingan bu tavba qilgan kishida yashadi. Rabbiy uni yerli poydevorlardagi barcha uning bog'liqliklaridan ozod qildi, va uni Masihning umidida va tirik inoyatda tasdiqladi. Shoul o'zining ichki borlig'ida Isoning ismini bajarish uchun keldi. Shoul Isoni og'zi bilan, yuragi bilan va ongi bilan tan oldi; uning ongi Isoning nomi bilan to'lgan edi. Shoul bu yagona ism bilan to'la bo'ldi.

Siz kim haqiqiy Masihiy ekanligini bilasizmi? Bu undagi so'zda, hulq-atvorda, o'zini tekshirishda, haqiqatda, solihlikda va kuchda Masih yashasa, bu haqiqiy Masihiydir. Sizning hayotingizda Masih aniq porlaydimi? Pavlus shohlar, shahzodalar, va hukmdorlar oldida soqchilar orqali boshqarilib o'zining Rabbiysidek bog'langan Masih haqida guvohlik berishi kerak edi. Rabbiysi uni Yunon Yahudiylarning oldiga ham jo'natdi. Pavlus sevgisida G'ayriyahudiylar uchun va xalqining bolalari uchun sevgisi bo'lindi. Uning yuragi birinchilarning e'tiborsizliklari ostida va keyingilarning g'azablari ostida azoblandi. Pavlusning maktubini o'qiydigan kishi Pavlus qanchalik Isoning nomi uchun azob chekkanini biladi. Bundan tashqari, u azoblangani uchun maqtanmadi, chunki unda inoyatdan boshqa mukofat va xizmat va boshqa hech narsa yo'q ekanligini bilar edi.

Hananiya Shoulning kelajagi haqida Rabbiyning vahiysini hayron qolarli darajada eshitdi. Balki u yo'lda Shoulga nima bo'lgani haqida so'ragandir, chunki yo'lda unga ko'ringan Rabbiyning ismida ko'r kishi bilan so'zlashdi. Bu Rabbiy Hananiyaning burungi dushmanini uning akasiga aylantirdi. Masihning inoyati odamlarni to'la o'zgartiradi. Bu yovlarning o'rtasiga tinchlik olib keladi, va ularni Xudoning sevgisining oilasida aka-ukalarga aylantiradi.

Ibodat qilayotgan Hananiya Rabbiy Iso uni faqat Shoulning oldiga jo'natmayotganini, balki uning tanaviy ko'zlarini ochish uchun ham jo'natyotgan edi. U qo'l qo'yish udumi tufayli Muqaddas Ruhning to'liqligi bo'lishi kerakligini, kechirim bo'lishini, Xudo bilan tinchlikning tushinish, xizmat qilish uchun topshiriqni, va kamtarlik kuchidagi sevgining kuchlanishini ham bilar edi. Pavlus bu xizmatlarni o'zida yarata olmadi va ular uning madanyatida yoki xalqidagi irqlardan yaratilmadi. Masih hech kim manmanlik qilmasligi kerak deb, Muqaddas Ruhga to'lgan oddiy birodarni uning oldiga jo'natish uchun tanladi.

Bilimsiz Hananiya kelib qonun mutahasisining boshiga qo'llarini qo'ydi. O'sha zahotiyoq Shoul ko'rishni boshladi va Xudoning izlovchisi Rabbiyning Ruhiga to'lgan edi. Shoulning ko'zlaridan nimalardir masshtablarga o'xshab tushganini yozgan doktor Luqodan boshqa Pavlusning hayotidagi bu payitni tushuntirib berolmasdi. U abadiy Hukmdor samoviy Otasiligini ham ekanligini tushundi. Nafratlangan va xochga mixlangan Iso Xudoning yuvosh Qo'zisidir. Muqaddas Ruh Xudoning O'zining sevgisidir va tirilgan Masih yaqinda kelayotgan kutilgan ulug'vorlikning umididir. Bu payitda Masihning najodi tavba qilgan Shoulda sezildi. Uning yuragi qora tunelda elektr lampasi yonishidek yorishib ketdi.

Shoul Muqaddas Ruhga cho'mgandan keyin, suvda ham cho'mdi. U Masihning barcha so'zlariga buysunishni xohlagan edi. U jamoat a'zolarining oldida va butun dunyoning oldida buning hayotsiz e'tiqodi bilan eski hayotini qoldirganligini va Yangi Ahdda tasdiqlangan abadiy hayotga kirganligiga dalolat berdi. Shoul o'tmishini ko'milish deb hisobladi; Pavlus ismli yangi kishi paydo bo'ldi.

Keyingi bu hodisada biz ba'zi ajoyib narsalarni o'qiymiz: Qutqarilgan kishi ruhlanish madhiyalari bilan gapirishni boshlamadi, yoki tillarda gapirib tashlamadi. U ovqat so'radi. Uch kunu uch tun ro'za tutib, u yaxshi ovqatlandi. U Xudo bilan yarashgan zahoti uning tanasi va qalbi Muqaddas Runing oqimining ostida jonlandi. U oddiy odam bo'ldi. Pavlus qattiq qo'llik yurishini davom ettirmadi, balki u yeb ichdi va ulug'vor Rabbiysi uchun yashadi.

IBODAT: Ey Rabbim Iso, Sen Hananiyani Shoulning boshiga qo'lini qo'yishi orqali uni Muqaddas Ruhga to'lishi uchun yuborganingdan minnatdormiz. Bizlarni haqiqiy tavbaga boshla va Sening isming bilan to'lib xizmatlaringni qilishimiz uchun mehribon Ruhing bizlarni to'ldirishi uchun barcha samimiylik bilan Senga qaytishimiz uchun bizlarni boshqar. Omin.

SAVOL 47: Shoulning Muqaddas Ruh bilan to'lishi nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)