Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 046 (Christ’s Appearance to Saul)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

4. Damashiqqa yaqin Masihning Shoulga ko'rinishi (Havoriylar 9:1-5)


HAVORIYLAR 9:1-5
1 Shoul hali ham Iso Masihning shogirdlariga qarshi qatlu qirg'in tahdidlari bilan nafas olib yurar edi. U oliy ruhoniyning huzuriga borib, 2 Damashq shahridagi yahudiy ibodatxonalari uchun maktublar so'radi. Bu ta'limotning izidan borayotgan kimsani topsa, u erkak yoki xotin bo'lishidan qat'iy nazar, kishanlab Quddusga keltirmoq niyyatida edi. 3 Yo'li damashqqa yaqinlashganda, to'satdan osmondan tushgan nur uning atrofini yarqiratib yubordi. 4 U yerga yiqilgan zahoti: - Shoul, Shoul! Nega Meni quvg'in qilyapsan?- degan ovozni eshitdi. 5 Shoul: - Yo Rabbiy, Sen kimsan? - dedi. - Men sen quvg'in qilyotgan Isoman. Nishga qarshi tepishing qiyin, - dedi U.

Shoul Eski Ahd olimi va dono kishisi bo'lgan Gamailning oyoqlarida Quddusda bu Qonunni o'rgangan. U Xudoning yagonaligiga ishongan va doim imoni uchun g'ayrat qilgan. U xalqida bajarilgan Xudoning qonunini ko'rishni va Xudoning yagonaligiga ishonishni muhofaza qilish uchun qiziqish bilan intilgan. Kimki ota-bobolarning imonidan qochsa, yoki bunga itoat qilishdan bosh tortsa, Shoul uni bunga bo'ysunishga majbur qilardi, yoki bahillik bilan o'ldirardi. Stefanning oliy kengashning oldidagi himoya nutqi davomidagi va'zi va Masihning ko'rish haqidagi bayoni yosh Shoulni g'azablantirdi.

Mana u bu e'tiqodning imonlilarining imonini va Masihni tark etishlarini talab qilib, ularni azobladi. Yahudiy oliy kengashi Shoulning botirlik va bu harakati bilan rohatlandilar, va Damashqning keng cho'lli vodisida Masihning izdoshlarini quvg'in qilishga ruhsatnoma uchun u so'ragan hatlarni va kerakli huquq bilan uni taminlashdi. U yerda u Yahudiy jamiyatini yaxshilanishini va Isoning bid'atlarini yo'q qilishni va otalarining imonini tasdiqlashni istagan.

Mag'rur bo'lgan Shoul otga minib, cho'l orqali poytaxt Samariya tomon Masihning Ruhi bor bo'lganlarni yo'q qilish uchun keldi. Bu yangi imon Damashqqa havoriylar yoki xizmatchilari orqali emas balki savdogarlar, qochoqlar va sayohatchilar orqali keldi. Imonlilar buyuk dushmanning istaklarini bilib, u uchun ibodat qilishardi.

Shoul uzoqdan shahar minoralarini va gumbazlarini ko'rganda, shaharga mag'rurlik bilan kirish uchun tayyorlandi. To'satdan Rabbiyning shuhrati bu o'zini Xudoga xizmat qilyapman deb o'ylagan aslida Shaytonga xizmatkori bo'lgan yosh qizg'anchiq kishining atrofida porladi. Shoul otidan yerga yiqildi. Biz hech qachon bundan keyin Shoul yana otiga minganini o'qimaymiz. Endi, u siniqlik bilan va kamtarlik bilan piyoda yuradi.

Bu yosh kishi uning yuragiga sanchilgan ovozni eshitdi, va uning miyyasi muzlashga sabab bo'ldi: Shoul, Shoul, nega Meni quvg'in qilyapsan? So'zlovchi uning ismini, hislatini, o'tmishini va uning rejalari haqida ham bilar edi. Xudo uning hamma hayotini va hafagarchiliklarini oshkor qilib, uni fosh qilib tashladi. Uning niqobi abadiy bo'lgan Hukmdorning oldida yechib tashlandi.

Shoul Sen Meni quvg'in qilyapsan degan ovozni eshitganda qaltirab ketdi. Iso aytmadi: Sen jamoatni quvg'in qilyapsan lekin Shahsan Meni quvg'in qilyapsan deb aytdi, chunki Iso va Uning jamoati birdir. Rabbiy bosh, bizlar esa Uning ruhiy badanining a'zolarimiz. Uning izdoshlarining eng kichkinasiga biror narsa bo'lsa, shahsan Unga ham bo'ladi. Rabbiy O'zining jamoati bilan bunga qarshi qilingan har bir nohaqlik uchun azoblanadi. Bu qisqa bayonda Iso O'zining jamoatining sirini va rejasining natijasini e'lon qiladi. U ilohiylik bilan va mehribonlik bilan Muqaddas Ruhi orqali izdoshlari bilan birlashgan.

Iso chulg'ab olingan Shoulga shunday deb aytmadi: Sen Meni quvg'in qilyapsan, lekin U Nima uchun sen Meni quvg'in qilyapsan? deb aytdi. Odamlar Muqaddas Uch Birlikning haqiqatini tushunishmaganda bu Xudo uchun qiyin va og'riqlidir. Isoga bo'ysunishdan voz kechish uchun birorta kishida sabab yoki huquq yo'q. Asosli gunoh bu Masihda ochib berilgan Yaratguvchining doimiy bo'lgan buyuk sevgisini qabul qilishmaydi. Bosh gunoh xochga mixlangan Iso orqali gunohning kechirimiga ishonmaslikdir. Bu har bir o'jar kishini hukm qiladigan Xudoning maqsadiga shunday deyishi orqali qarshi boradi: Nega Meni quvg'in qilyapsan va Muqaddas Uch Birlikning sevgisiga qarshi boryapsan?

Shoul bir ilojini qilib, hatto u Isoning dushmani bo'lgan bo'lsa ham va hatto Uning izdoshlarini o'ldirgan bo'lsa ham Shuhratli Rabbiy o'shazahoti uni barbod qilmaganini sezdi. U o'zida gapiryotgan ovoz o'ch oluvchi emas sevgi Rabbiysi ekanligini va bu mohiyat hukm emas inoyat ekanligini sezdi. Shoulda qotil va azizlarni quvg'in qilishga qaraganda boshqa Xudoga taqdim qilish uchun yaxshi harakatlar yo'q edi. U qilgan hamma narsa mashaqqatsiz, va hizmatsiz ilohiy inoyatni qabul qilish edi, hatto unga faqat o'lim va jaxannam uchun ruhsat berilgan. Bezovtalangan Shoul shu so'zlarni ming'irlab aytdi: Sen kimsan, Rabbiy? U Isoni Boshliq yoki Buyuk farishta deb chaqirmadi, balki u bu So'zlovchi Xudoning O'zi ekanligini bilar edi, u Isoni Rabbiy'' deb chaqirdi. Shoulning so'zlari qaltirash, kuchsizlik va Xudoning ismining vahiysi uchun kamtar ibodatligini ko'rsatdi. U bu buyuk nurda namoyon bo'lgan So'zlovchini bilishni xohlagandi. Qaqshatgichning o'rtasida hukmlovchi Shoul oshib yotgan inoyatni sezdi, chunki u qo'rquv bilan Xudoga gapirishga jur'at qildi.

Rabbiy dushmaniga javob berdi. Rabbiy uni sindirmasdan uning ibodatiga javob berib, uni duo qildi. Shoulga bo'lgan Masihning so'zlari yovuz kishiga inoyat ko'rsatganligini anglatadi. Rabbiy tushunarli so'zlarda unga O'zining irodasini ochib berish uchun yetarli marhamatli edi. Bu so'zlar Shoulni pokladi va oqladi, va o'zining kelajak hayoti va xizmati uchun poydevor bo'ldi.

Iso Mendegan yagona so'z bilan O'zining mohiyatini ochib berdi. Bechora Shoul, sen kichkina, iblis egallab olgan, va nopok kishisan. Men hozir va barhayotman. Men o'limdan tirilganman. Men sharpa yoki yolg'on emas balki Isoman. Men qabrda barbod bo'lmadim, biroq shaxsan sening oldingda turgan va sening har bir yaxshi istagingni bilgan shon-shuhrat Tangrisiman. Sening miyyang diniy nafrating tufayli chulg'ab olingan. Sen Meni daxshatli aqidaparastliging tufayli tushuna olmaysan. O'zingni Xudoga xizmat qilyapman deb o'ylab, jaxannamning ustidan zafar qozongan va o'limni engan Meni quvg'in qilyapsan. Bu daxshatli haqiqat, hatto bugunlik kunda Iso Masihni quvg'in qiladiganlar haqiqatdan ham Shaytonga sajda qilishyapdi, chunki barhayot Iso Ota Xudoning o'ng tomonida o'tiradi. Osmonda va yerdagagi hamma hokimyat Unga berilgan.

Shubhasiz mag'rur Shoulga bo'lgan Masihning ko'rinishi va so'zlari Firavindek uning o'ziga va solihligiga bo'lgan ishonchini sindirdi. Xochga mixlangan Iso hozir barhayot ekanligi va bu olamning markazi ekanligini unga e'lon qildi. U O'zining dushmanini yo'q qilmaydi, balki U inoyat ustiga inoyat beradi. U Muqaddas Ruh bilan to'lgan jamoati bilan birga to'la birlashgan. Bu shoulga e'lon qilingan uchda asoslar va qisqa vaqt haligacha Yangi Ahddagi bizning imonimizning ustunlaridir: 1) Masihning tirilishi, 2) Xochda Uning inoyati berildi va 3) Uning tirik jamoati Muqaddas Ruh bilan to'lgan. Aziz birodar va aziz singil, siz bu uchta ustunlar bilan to'la birlikdamisiz, yoki siz Ruhga va Masihning haqiqatiga qarshimisiz? Agar shunday bo'lsa, Rabbiy sizga shuni ham aytyapdi: Siz uchun Xudoning maqsadlariga qarshi tepish qiyinmi? Siz hayotga va haqiqatga o'zingizning qarshiligingiz uchun azoblanasiz.

IBODAT: Bizning ulug'vor va mexribon Rabbiymiz, biz Senga sajda qilamiz, chunki Shoulni yo'q qilmasdan, unga mexr ko'rsatding. Sen tiriksan va xozir biz bilansan. Iltimos Seni qidiryotgan barchaga O'zingni och, va o'zlarini ayblarini bilmasdan, o'ylagan yaxshi maqsad bilan Sening jamoatingni quvg'in qiladigan diniy g'ayrat qilgan barchani saqla. Biz Sening ismingni ulug'laymiz, chunki Sen sevgan jamoating bilan birsan. Omin.

SAVOL 46: Shoulga ulug'vorligdagi Masihning ko'rinishi oxirgisida qanday ma'no berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)