Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 044 (Simon the Sorcerer and the Work of Peter and John)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

2. Sehrgar Simun va Samariyadagi Yuhanno va Butrusning Ishi (Havoriylar 8:9-25)


HAVORIYLAR 8:9-13
9 Samariya shahrida sehirgarlik qilgan, o'zini buyuk bir odam qilib ko'rsatib, shahar aholisini hayratda qoldirib kelayotgan Simun ismli bir kishi bor edi. 10 Kattayu kichik hamma unga quloq ocib: Bu Xudoning buyuk qudrati! - deb aytar edi. 11 Simun ancha vaqtdan beri o'zining sehr-jodu ishlari bilan xalqni hayratda qoldirib kelgani uchun, hamma unga quloq berishar edi. 12 Lekin Xudoning Shohligi va Iso Masih to'g'risidagi Xushxabarni keltirgan Filipni tinglashib, ko'p erkak va xotin uning so'ziga ishondi va suvga cho'mib imon keltirdi. 13 Simunning o'zi ham ishonib, suvda imon keltirdi. U Filipning qilayotgan ajoyib va qudratli mo'jizalarini ko'rgan sayin hayratga tushib, Filipdan ajralmaydigan bo'lib qoldi.

Bu vaqtda, Nablus atrofidagi tuman nohaq ruh bilan to'sib qo'yilgan edi. Har hil aralash dinlardan bo'lgan Samariyaliklar Qonunning haqiqatidan og'ishlaridan tashqari, ko'p yovuz ruhlar ularni egallab olgan edi. Ularning uylari fikrlarini jilovlashga harakat qilgan bu ruhlar bilan to'lgan edi. Alohida yaxshi tanilgan Simunning ustidan izdoshlari bilan nazorat qilgan yovuz ruh bo'lgan joyda Samariya bu iblislar tomonidan nazorat qilindi. Lekin xushxabar kelganida zulmatning zanjirlari ko'plardan tushib ketdi, chunki Masihning so'zi zanjirband qilinganlarni qutqaradi. Jannatning nuri iblisning zulmatini haydaydi; Masih G'olib, hatto bugun ham.

O'zining kuchlari orqali ko'p odamlar ustidan hokimlik qilgan bu sehrgar buyuk kishiligiga davo qildi. Uning orqasidan ergashganlar, uni buyuk Xudoning kuchi deb atashdi. Yana bir marta bundan kelib chiqadiki, Shayton ruhining zamiri mag'rurlik, takabburlik va hukmronlikdir. Boshqa tarafdan, Masih muloyim va yuragi kamtardir. Masih barcha shon-shuhrat va hurmatni Otasiga berdi va bizning o'rnimizga jinoyatchi bo'lib o'ldi.

Filip Masihning kuchida kamtar havoriydek bo'lib bu qorong'u shaharga kirganida xushxabar nuri porlashni boshladi. Ko'p odamlar ruhlanishdi va sehrgar Simunga yaqin ergashganlar Filipning so'ziga ishonib, u tomon shoshildilar. Ular birinchi gunohlaridan najodni qidirishmadi, va u yerda buyuk tavba qilish yo'q edi. Buning o'rniga ular Masihning kuchida va himoyasida qatnashishni istab, Uning nomi bilan bo'lyotgan mo'jizalarda taajjublanishdi. Ular suvga cho'mishdi. Biroq haqiqatda Masihga bo'lgan ularning imonlari bo'ysunadigan imon emas, balki Filip aytib ko'rsatgan hukumatiga bo'lgan ishonch edi.

Shunday imon haqiqiy ruhiy imon emas. Olomon kuchli xushxabarchi bo'lgan Filipning oldiga chopishdi, lekin ular o'zgarishmadi. Bu yuzaki ta'sirlanish Filipdagi Xudoning buyuk kuchini sezgan sehirgar Simunda ham o'zini ko'rsatdi. U aftidan Masihning xabarchisiga bo'ysundi va u ruhiy qabulning belgisidek suvga cho'mdirildi. Hanuz uning yuragi qattiqligicha qoldi va uning ruhi toshligicha qoldi, chunki u hali ham pastkash ruh bilan to'lgan edi. U Isoga emas balki Filipga ishonib sodiq bo'lib ikkiyuzlamachilik rolini o'ynadi. U Xudoning bu kishisidan uning kuchi va hursandchiligining sirini o'rganib olishni istab Filipni qabul qildi. U Filipdan jo'shib chiqayotgan Masihning kuchini ko'rganida juda hayron qoldi. Hanuz u buni tushunish holatida emas edi.

Nablusdagi Filipning qo'li orqali kelgan bu uyg'onishdan biz na omma orqali Xudoning so'zining qabulini o'rganamiz va na Xudoning kuchining chiqishi samiymiy tavba qilishga, haqiyqiy imonga, suhbatga va najodga boshlashini o'rganamiz. Hamma odamlar umuman tabiat orqali xudojo'ydir. Ular ruhiy ajoyibotlarga ishonishga, nutqlarni jonlantirish qo'llab-quvvatlashga, jozibaga bo'ysunishga va yangilikni so'rashga tayyordirlar. Balki ular xochga mixlanib keyin tirilgan Masihga o'zlarini topshirishmaydi, yoki ular xohlab o'zlaridan voz kechishmaydi. Aziz birodar, siz Masihda ekildingizmi yoki siz Uning jamoatining ichidagi sotqinmisiz?

IBODAT: Ey Tangrim, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sening xushxabaring iblislarni quvib chiqaradigan va ko'plarni ishonish uchun ozod qiladigan marhamat kuchidir. Biz tug'ilgan mamlakatimizda harakatchan bo'lib, atrofimizga borib Sening nomingni aytishimiz uchun bizga yordam ber, shunda Iso nomidan yovuz ruhlar chiqib ketsin va odamlar tavba qilib Muqaddas Ruhing orqali yangilansin. Omin.

SAVOL 44: Simonning gunohi nima edi? Butrus qanday qilib buni yengishini unga aytdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)