Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 043 (First Persecution of the Christian Church at Jerusalem)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

1. Quddusda Masihiy Jamoatning Birinchi Quvg'in bo'lishi va Imonlilarning Samariya bo'ylab tarqalishi (Havoriylar 8:1-8)


HAVORIYLAR 8:4-8
4 Shu orada tarqalib ketganlar Injil Xushxabarini tarqatib yurishdi. 5 Filip Samariya shahriga kelib, uning ahliga Masihni targ'ib qildi. 6 Filipning so'zini tinglashib va qilayotgan mo'jizalarini ko'rishib, butun xalq unga quloq soldi. 7 Chunki yomon ruhlarga girifdor bo'lgan ko'p kishilardan ruhlar baland ovoz bilan baqirib chiqar, anchagina sholu cho'loqlar esa shifo topardi. 8 Shunday qilib, u shaharga katta xursandchilik keldi.

Iblis har doim Masihiy jamoatni barbod qilishga harakat qiladi. Masihning izdoshlarining buyuk quvg'ini Stefanning jafokashligidan keyinoq boshlandi. Iblisning azobi jamoatni barbod qilmaydi, lekin uning ruhiy hayotini mustahkamlaydi. Erkak kishilar va ayollar ishonib Quddusning qamoqxonasida azoblanayotganlarga dalda berishni boshladilar, va hatto Shoul o'zining dimog'dorligida iblisning quli bo'ldi.

Jamoatning ko'p a'zolari oliy kengashning hokimligi ostida bo'lmagan tumanlarga tarqab ketishdi. Bu qochoqlar o'sha zahotiyoq yangi uy topmadilar. Balki ular iloji boricha Quddusdagi uylariga qaytib borishga umid qilishgan bo'lsa kerak. Xuddi o'sha vaqtda, ular sadaqa so'rashmadi, balki Xudoning shohligini voizlik qilib, azoblanishda Masihning hursandchiligiga dalolat keltirishdi. Ularning imonlari sinmasdan qoldi, va umidlari olovga qo'yildi. Ular Yoqubning shunday deb aytgan so'zining chuqur ma'nosini tushundilar: Ey birodarlarim, turli sinovlarga duchor bo'lganingizda, uni katta sevinch bilan qabul qilinglar. Shuni bilinglarki imoningiz sinalishidan sabr-toqat hosil bo'ladi. Sabr – toqat to'la samarasini ko'rsatsin, toki sizlar hech bir narsadan kamchiliksiz, komil va nuqsonsiz odamlar bo'linglar'' (Yoqub 1:4).

Yetti xizmatkorlarning biri bo'lgan Filip Samarya xududiga qochib ketib, Nablusga yaqin bo'lgan Shehemda panoh topdi. U o'zining tinglovchilariga o'limni yengib gunohdan qutqargan, Shaytonni yengan va Xudo bilan bizlarni yarashtirib, osmonga ko'tarilgan va hozir biz uchun shafoat qilib, Qudratlining o'ng tomonida o'tirib U bilan hukm surayotgan ilohiy Insonni tasvirlab berdi. Masih Uni qidirganlarda va Muqaddas Ruhiga o'zini ochganlarda barcha yovuz kuchlarning ustidan g'alaba qozonadi. Filip Masihning qo'lida asbob bo'lganida Muqaddas Ruhning mo'l kuchi undan quyilishni boshladi. Nopok ruhlar qattiq baqiriq bilan yomon ruhga chalingan ko'plardan chiqib ketdi. Umidsiz bo'lganlar tasalli topdilar va cho'loqlar yurib ketdi. Hamma odamlar shodlanib, yakdillik bilan va'zhon tomon shoshilishdi. Masihning najodi namoyon bo'ldi va shahar hursandchilik bilan to'lgan edi.

SAVOL 43: Masihdagi imon va Uning xizmatkorlarining so'zlaridagi ishonchning o'rtasida qanday farq bor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)