Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 041 (Stephen becoming the First Martyr)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)
21. Stefanning himoya nutqi (Havoriylar 7:1-53)

e) Stefanning Ochiq Osmonga qarashi va Tosh bo'ron qilinishi; uning Birinchi Shahidi (Havoriylar 7:54 - 8:1)


HAVORIYLAR 7:54-8:1
7:54 Kengash a'zolari bu so'zlarni eshitgach, quturib jo'shib, Stefanga qarshi tishlarin g'ijirlatdilar. 55 Muqaddas Ruhga to'lgan Stefan esa osmonga tikilib qarab, Xudoning ulug'vorligini va Xudoning o'ng tomonida turgan Isoni ko'rdi. 56 Mana, men osmon ochilib ketganini va Xudoning o'ng tomonida turgan Inson O'g'lini ko'ryapman! - dedi. 57 Ular bo'lsa quloqlarini bekitib, ovozlari boricha qichqirib, hammalari Stefan ustiga yopirildi. 58 Uni shahardan tashqariga sudrab chiqib, toshbo'ron qilishdi. Unga qarshi guvohlikka o'tganlar esa kiyimlarini Shoul degan bir yigitning poyiga qo'yishdi. 59 Stefanni toshbo'ron qilayotganlarida, u ibodat qilib: Yo Rabbim Iso, ruhimni qabul qilgin! - dedi. 60 Oxiri tiz cho'kib, baland ovoz bilan xitob qildi: Yo Rabbiy, bu gunohni ularga qo'yma! Shuni aytib, jon berdi. 8:1 Stefanning o'ldirilishni Shoul ma'qullagan edi.

Oliy kengashning din arboblari Xudoning ovozini eshitishdi, va Muqaddas Ruh ularning yuraklarini parchalab tashladi. Holbuki, ular tavba qilish uchun har bir moyillikka qarshi bo'ldilar va ular Xudoga qarshi kurashishni davom ettirdilar. Do'zax ruhiga to'lib, ular tishlarini g'ichirlatdilar. Ular o'zlarini nazorat qildilar, toki ular Stefanning og'zidan aniq kufr so'zini eshitishni qoldirdilar. U oxirigacha faqat qonunda yozilgan haqiqatlar haqida donolik bilan gapirdi. U yangi nurning alangasida eski imonni tasvirlab berdi. Ular Stefanni yo'q qilish uchun unga qarshi birorta ham qonuniy tortishuv topa olmadilar.

Bu payitdagi Tangrining rejasi noodatiy tarzda O'g'li Isoni ulug'lash edi. G'alaba bilan toj kiygan muqaddas va begunoh bo'lgan Stefan juda och bo'rilarning oldida yuvosh qo'zidek turar edi va ular uni yamlab yutishga tayyor edilar. Stefanning yuzi farishtaning yuzidek porladi. Uning ko'zlari ochiq osmonga tikilgandi va uning quloqlari Xudoning dushmanlaridan hech qanday kufrlikni eshitmadi. Stefan Xudoni ulug'vorlikda ko'ryotganida atrofidagi odamlarni esidan chiqargandi. Payg'ambarlar tez-tez Xudoni Uning ulug'vorligida ko'rishmagan, ular ko'rishganda ham Uni ko'rish uchun muk tushishgan bo'lardilar. Biroq Stefan turganicha qoldi, ajoyibligi shundaki u quvonch va hursandchilikka to'lgandi.

Bu ko'ruvchi osmonda Xudoning O'g'li Otasining o'ng tarafidan O'zining taxtidan birinchi shahidini qabul qilish uchun qo'zg'alganda bu harakatni ko'rdi. Isoni odatda Kalomda Xudoning o'ng tomonida o'tirganini ko'rsatiladi. Bu faqat Iso O'zining taxtidan ko'tarilishi namoyon bo'lishdagi fursatdir. Hatto Stefan yerda yashayotgan paytida Masihni ko'rmagan, u birinchi ko'rishda uning Rabbiysi bo'lgan Isoni nur, ulug'vorlik va farishtalar bilan o'rab turgan, Xudon nurining ulug'vorligidagi haqiqiy Insondek va Inson O'g'lidek Uni tanidi.

Masihning shohidi hursandchilik va minnatdorchilik bilan gapirib, Xudo unga ko'rsatganlariga dalolat berdi. Stefan oliy kengashning oldida hamma ulug'vorlik Uniki: Bundan keyin sizlar Inson O'g'li Qudratlining o'ng tomonida o'tirganini ko'rasizlar deb aytganida Muqaddas Ruhning o'tkir qilichi bilan Masihning so'zlarini tasdiqladi. Biroq xudosiz hukmdorlarning birortasi ham Uni ko'rishmadi, lekin ular quvgin qilgan va nafratlanishgan Stefan ochiq osmonni ko'rdi.

Yahudiylar bu shahodatni kufrlikning eng cho'qqisi bo'lish uchun muqaddas Uch Birlikda Masihning ulug'vorligi davom etishining harakati haqida deb hisobladilar. Ular shunday kufrliklarni eshitishdan ularni bu qonunni man qilganini, toki shunday yovuz fikr yuraklariga kirib, ularni ikkilanishga yoki bid'atga boshlashiga sabab bo'lganini tushinishdi. Shunda ular Xudoning yagonaligiga kufrlik qilgan kishi o'sha zahotiyoq tosh bo'ron qilinishi kerak deb bilib, quloqlarini berkitib oldilar.

Bu asilzoda kishilar baland ovozda baqirishdi va ruhoniylar qiyqirishdi. Ularning hammasi o'ljalariga hayvonlar tushgandek Stefanga yopirilishdi. Ular Stefanni uydan olib chiqib muqaddas shaharning ko'chalaridan u bilan yugirishdi. Ular bu kufr qiluvchining o'limi orqali tinchlik shahri ifloslanmasin deb uni shahar tashqarisiga olib chiqishdi.

Stefan baland baqir-chaqirlar va shovqinning o'rtasida havfsizlikni his qildi. U o'limi uchun tayyorgarlik ko'rib ibodat qildi va uni Rabbiysi va Najodkori qabul qilish uchun tayyor turgan osmonga chiqish uchun uning qalbi tayyorlandi. U oxirigacha dushmanlari uchun sevgi bilan uni to'ldirgan Muqaddas Ruhga itoat qildi. Uning tanasini va boshini toshbo'ron qilishganda, u ko'rgan Inson O'g'lini chaqirib, shunday deb baqirdi: Rabbim Iso, ruhimni qabul qil! Bu shahid Masih bizning ibodatlarimizga javob beradigan va hayot bilan o'limning kaliti Uning qo'llarida turadigan Rabbiyning O'zi ekanligini bildi. Iso xochga mixlanganda O'zining Ruhini Otasining qo'llariga topshirganiga o'xshab, xuddi shunday Muqaddas Ruh Qudratlining kuchiga to'la ishonishi uchun toshbo'ron qilinyotgan Stefanni boshqardi.

Unga qaltirash yoki qo'rqish kerak emasdi. Stefan hatto badani sinib, parcha-parcha bo'lib va toshga ko'milib ketganda ham hursandchilik bilan tinchlikda ibodat qildi. Oxiri, u muk tushib, tiz cho'kib, baland ovozda shunday deb baqirdi: Tangrim! Ularga qarshi bu gunohni eslama! Xudo Stefanni kechirganidek, u ham bu xalqning hukmdorlarini o'shazahotiyoq sevib va mutloqo kechirdi. Xudoning sevgisi uning yuragiga quyildi. Bu Ruh uning o'limida uni saqladi. Stefan uni toshbo'ron qilib badani va bosh suyagi majaqlanganidan qat'iy nazar, qiyinchiliksiz, tinchlikda uxlab yotgandi. Ular Stefanni xuddi u qo'rquv bilan ta'sir qilingan telba itdek qo'rquvdan uni barbod qilishdi.

Uxlab yotgan aziz kishiga yaqin qattiq qo'l va g'ayratli o'quvchi bo'lgan Shoul ismli yosh kishi turgan edi. Unda qonunga ko'ra o'limga bir hukmda birinchi toshni otish uchun yolg'on shohidalrning kiyimlarini qo'riqlab turish sharafi bor edi. Shoul nafrat bilan o'ldirish uchun shakkokni toshbo'ron qilishda yuragi bilan xohlab bu ishda qatnashishni rejalashtirgan edi. Lekin u kiyimlarga qarab turishiga to'g'ri keldi. Shoul aniq shahidning oxirgi so'zini eshitdi, va u Stefandan nafratlanib ketdi. Shoul Stefanning o'limida judayam hursand bo'ldi. Uning hushsizligi ochiq osmonda Muqaddas Ruh haqidagi shahidning shahodati bilan to'lgandi. Hatto toshbo'ron qiluvchilarning o'rtalarida o'layotgan Stefanning sevgi ibodatining ko'rinishi uning fikrini tark etmadi. Keyin Stefan o'zining dushmanlarining qo'liga xushxabarning nurini qo'yib muk tushgan va hech kim qilmagan Eski Ahdning kuchli poydevorini qo'shib qo'ydi. Stefan shunday qilishi bilan Masihiy jamoatni Yahudiy ruhidan to'la ozod qildi. Muqaddas Ruh Xudoning abadiy sevgisiga ko'ra hato qilmasdan va kechikmasdan Xudoning qutqarish rejasidagi rivojini boshqaradi.

IBODAT: Ey muqaddas Uch Birlik, biz Seni sevib, Senga sajda qilamiz, chunki Sen yagonasan, bizni sevasan va bizni rad etmading. Sen o'zining o'limi orqali biz uchun bu shahodatni sotib olgan Stefanga O'zingni ulug'vor ko'rinishing ko'rsatganing uchun biz Sendan minnatdormiz. Biz Sen sevgiga va haqiqatga to'la bo'lgan Uch Birlikda Bitta ekanligingni bilamiz va shahodat beramiz. Biz hatto o'limgacha Senga sodiq qolishimiz uchun va qudratli kuching orqali shahodatimizni aniqlab berishimiz uchun bizlarga yordam ber. Omin.

SAVOL 41: Stefanning oxirgi uchta tasdiqlarini va siz ularni tushinganingizdek ma'nolarini yozing.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)