Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 028 (Revival and many Healings)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

15. Shifolar va mo'jizalar (Havoriylar 5:12-16)


HAVORIYLAR 5:12-16
12 Xalq orasida havoriylarning qo'llari bilan ko'p ajoyib va mo'jizali ishlar sodir bo'lar edi. Hamma imonlilar yakdillik bilan Sulaymon ravoqida yig'ilib turdilar. 13 Xalq sharaflayotgan bo'lsa-da, ammo tashqaridan hech kim ular bilan qo'shilishga jur'at etolmas edi. 14 Shunga qaramay, Isoni Rabbim deb tan olib, jamoatga qo'shilgan erkak va ayollarning soni tobora ortib borar edi. 15 Butrus o'tib ketayotganda, hech bo'lmasa uning soyasi ba'zilar ustiga tushsin deb, hastalarni ko'chalarga chiqazib, zambil va karavotlarga yotqizib qo'yishar edi. 16 Tevarakdagi shaharlar aholisi ham Quddusga ko'plashib kelib, o'zlarining kasal va yomon ruhlardan qiynalgan odamlarini keltirar edilar. Qiynalganlarning hammasi esa shifo topar edilar.

Bu azizlar faqat o'zlari uchun yashab, birgalikda o'zlarini o'ylashmagan. Ular ikkiyuzlamchilik bilan qiladigan ulug'lashning tutatqi bilan bir-birlariga shirin hidni taratmadilar. Aksincha, ular mexr-muruvvatga to'la edilar, chunki ular o'zlarining xalqlarining qiyinchiliklari uchun ham azoblandilar. Ular faqat voizlik qilishmadi, balki shifo berib, Xudoning qo'lidan yordam so'radilar. Ular faqat ovozlari bilan Xudoga hizmat qilmadilar, balki qo'llari va muskullari bilan hizmat qildilar.

Bu azizlar o'zlarining kuchlariga ishonishmadi, yoki xayr-ehsonni tashkil qilishmadi va kambag'allar uchun pul yig'ishmadi. Buning o'rniga, ularga sovg'a qilib berilgan Xudoning kuchidan berishdi. Natijada, ularning hizmatlari Isoning ulug'lash uchun ko'zda tutilgan ochiq bayroq bo'ldi. Najodkor 4:24-30 ularning ibodatlariga javob tariqasida, ular orqali ko'p mo'jizalar qildi. Xudo O'zining havoriylari orqali qo'lini cho'zib kasalliklar, jinlar va qiyinchiliklar ustidan zafar qozondi. Uning shohligi aniq kelayotgan edi.

Imonlilar qo'l bilan qilingan jamoatni qurishmadi. Ular Xudo uchun muqaddas uyga muxtoj emasdilar, chunki ularning yuraklari Xudo yashaydigan joy edi. Ular o'zlarining uylarida uchrashishardi yoki Isoning O'zi odamlarga ta'lim bergan jamoatning keng ravoqida birga uchrashishardi. U yerda zaburdan honishlar kuylashardi va gaplashib, birga ibodat qilishardi. Ularning jamoatlarining qarashi hamma odamlarga taniqli bo'ldi. Ularni sevib, hurmat qilishdi, ularning hech birlari hech ham boshqaga qarshi shikoyat qilmadilar. Ular Muqaddas Ruh orqali bir-birlarini bilishdi va har doim birga kelishni xohlashdi.

Voajab, xalq havoriylarda muhtoj a'zolarning orasida bo'lib berish uchun tayyor bo'lgan umumiy pul borligini bilib, ularning orqalaridan kelishmadi. Na Xudoning hizmatchilaridan tekin chiqayotgan Uning kuchini surishtirish uchun xalq ularning oldiga borishmadi. Ular qo'rquvdan tomosha qilib qolishgandi, chunki Xudo bu imonlilarda yashayotganini sezishdi. O'zining o'zligi uchun o'lishga tayyor bo'lmagan kishi azizlarning birligidan uzoqda edi. Faqat qattiq ishongan va o'zgargan kishilar va ayollar Masih jamoatiga kelishgan. Ular yangi ijod bo'ldilar va Xudoda havfsizlik va kuch bilan rag'batlantirilganlar.

Odatda Ibroniylar faqat kishilarni hisoblagan. Xushxabarchi Luqo Muqaddas Ruhning najodiga va kuchiga ega bo'lib Masihning havoriylariga ayollar ergashganliklarini ta'kidlaydi. Ularning imonlari falsafaga hos imon emasdi, balki ularda yashayotgan Xudoning najodi va kuchidagi haqiqi ishtirok edi.

Muqaddas Ruhning kuchining oqimi (Mark 6:56) Iso qishloqlar va shaharlardan o'tayotganda Isoning kiyimiga tegish uchun kasal odamlarni matraslarga va karavatlarga qo'ygan va ko'chalarga olib chiqqan payitdagi Isoning kunlaridagidek o'sha kunlarda Muqaddas Ruhning kuchining oqimi juda ko'p mo'jizalarni ko'rsatdi. Shunday qilib, Isoga bo'lgan ishonchlari orqali shifo topish uchun ko'plar kelishgan. Masihning sevgisi shifo topgan kishilarning qalbida ruhiy havo atmosferadir.

Bu uyg'onish payti, Yahudiyaning shahar va qishloqlariga keng tarqalib ketdi. Odamlar o'zlarining kasallari va yovuz ruhga chalingan odamlari shifo topishilari uchun ularni tumanlardan olib kelishdi. Ularning shunday qilishlari orqali Masihning buyuk topshiriq bo'lgan buyrug'ining ikkinchi qismini tushunib yetishdi. Havoriylar Quddusda bu xushxabarni voizlik qilishlari kerak edi va keyin Yahudiyaga yoyishlari kerak edi. Ular Masihning kuchi orqali hamma kasallarga shifo berishdi. Hamma degan so'z ruhoniy yoki episkop tomonidan berilmagan, balki insondagi tentaklikka sabab bo'lgan buzilgan kuchlarning bilimi, kasalliklar va ruhlarga ega bo'lgan virach orqali berilgan. Tirik jamoatda yashayotgan o'limdan tirilgan Isoning kuchi hamma iblisning buzg'unliklari ustidan g'alaba qozondi. Shogirdlar Tangrilarining zafarli jarayonida U bilan jo'r bo'ldilar. Hatto bugunlik kunda ham ko'plarni Masih gunoh zanjiridan, iblisning tuzog'idan va kasalliklarning azobidan qutqaryapdi. Imonlilar uchun sevgi birligida birga qo'shilish uchun, Xudoning ma'badi bo'lib birga ibodat qilish uchun va haqiqat va sevgidagi Muqaddas Ruhning raxbarligiga bo'ysunish uchun bu qoladi. Aziz birodar sizda Masihiy jamoat sezilyapdimi? Havoriylar Kitobini va uning atroflicha hisoblarini o'rganing, chunki Iso Masih bir hil kecha, bugun va abadiydir.

IBODAT: Ey mening qalbim va vujudim Tangrini ulug'la va Uning muqaddas Ruhini ulug'la! Ey qalbim Xudovandni ulug'la: Sening yoshing burgutnikidek yangilanishi uchun yovuzliklaringni kechiradigan, kasalliklaringa shifo beradigan, hayotingni barbodlikdan qutqaradigan, senga mehr-muhabbat va ajoyib g'amhorlik tojini kiydiradigan va og'izlaringni yaxshi narsalar bilan qondiradigan Xudoning yaxshiliklarini unutma. Omin.

SAVOL 28: Ilk jamoatdagi hayr-ehsonning siri nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)