Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 023 (Peter and John Imprisoned)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

11. Butrus bilan Yuhanno qamoqqa olinib birinchi marotaba sud qilinishdi (Havoriylar 4:1-22)


HAVORIYLAR 4:12-18
12 Najot topishimiz uchun, osmonu falak ostida odamzodga berilgan boshqa hech bir ism yo'q. 13 Ruhoniylar Butrus va Yuhannoning bu jasoratini ko'rib va ular o'qimagan, oddiygina odamlar ekanlarini bilib, juda hayron qoldilar. Ularni Iso bilan birga bo'lganliklarini payqab oldilar. 14 Shifo topgan odamning ham ular bilan birga turganini ko'rib, ularga qarshi hech narsa ayta olmadilar. 15 Ularga kengashdan tashqariga chiqib ketishlarini buyurib, so'ngra o'zaro muhokama qilishga tushdilar. 16 Bu odamlarni nima qilishimiz kerak? Ularning qo'li bilan ochiqdan-ochiq bir mo'jiza qilinganini Butun Quddus ahli bilib oldi-ku! Bizlar buni rad qilolmaymiz. 17 Lekin xalq orasida bu gap yana ko'proq yoyilmasligi uchun ularga do'q uramiz, yana tag'in bu ism to'g'risida boshqa hech kimga so'zlamasinlar,-deyishdi. 18 So'ngra ularni chaqirib, Iso nomini tilga olib mutloqo talim bermanglar, deb buyurdilar.

Butrus Isoning nomi bilan bu shol odamga shifo berdi. Bu havoriy bu shol odamning shifo topishi Isoning maqsadi insonni saqlab qolib unga abadiy hayotni berishligini ko'rsatib berganligini biladi. Tangri Unga ishonuvchiga faqat yordam beribgina qolmay, uni tanada, ruhda va qalbda to'la saqlab qoladi. Xudoning sevgisi bizning hamma ishonchimizga va tushunchalarimizga qaraganda buyukroqdir. Havoriylarning eng yoshi o'tgan kishlari: Boshqa hech kimdan najot yo'q degan yaxshi tasdiq bilan o'zining himoyasini yakunladi. Tiberiya Ko'lining oddiy baliqchisi huquqshunostlar Tavrotni bilishlaridan qat'iy nazar ular ko'r ekanliklarini sinovdan o'tkazib ilmli teologlarga dalolat keltirib berdi. Najodga diplom orqali, ko'p o'qish orqali, diniy kitoblar orqali yoki yolg'on imon orqali erishib bo'lmaydi. Muqaddas Ruhning yashashiga o'xshab, xochga mixlanib keyin o'limdan tirilgan Barhayot Isoga bo'lgan ishonch najotni keltirib chiqaradi.

Najot degani nima? Bu Xudoning qaxridan qutqarish va Masihning qoni orqali bizning muqaddas bo'lishimizdir. Najot abadiy hayotga yetaklovchi, o'limning ustidan bo'lgan g'alabadir. Masihning najoti gunohga qulamasdan yaxshi ish qilish uchun ilohiy kuchni qabul qilishni bildiradi. Haqiyqiy najot odamlar bilgan najotga qaraganda yuksakroq, chuqurroq, kengroq va kuchliroqdir. Isoga ishongan kishining ustidan iblisda kuch yo'q. Najotkorga o'zini bag'ishlagan kishi Unda zafar qozonadi.

Haqqoniy bo'lmagan inson uchun haqqoniy va tanaviy bo'lgan inson uchun tanaviy bo'lmagan Iso bizning o'rnimizga xochda qurbon bo'lganda hamma insoniyat uchun najotni tamomladi. Hech kim o'zini saqlay olmasligini bilib, Xudo bizning gunohlarimizni olib, bizlarni oqladi. Xudoning O'g'li inson bolalari Xudoning o'g'illari bo'lishlari uchun Inson O'g'li bo'ldi. Mana, Masih biz o'g'illardek asrab olishligini qabul qilishimiz uchun bizni qutqardi. Muqaddas va Buyuk Hukmdor bizga qarshi emas, balki bizning suyukli Otamizdir. Xudoning sevgisi bizning yuragimizga kelishi uchun Masih o'limi bilan Muqaddas Ruhni sotib oldi.

Hamma insonga Masihning najodini qabul qilishni taklif etiladi, chunki boshqa hech kimda najod yo'q. Hamma dinlar, falsafalar, insoniy fikrlar va savob ishlar ilohiy quvonchga ega bo'lish uchun yetishmaydi. Faqat Masihning qoni orqali najotga erishamiz. Busiz biz halok bo'lamiz. Shuning uchun, bu shart va Masihning yarashtirishini qabul qilish va Uning ahdiga qo'shilish ilohiy majburiyatdir. Xudoning sevgisini rad etib, Isoni qabul qilmagan kishi najot topmaydi. Xudoga borish uchun hech qanday yo'l yo'q lekin faqat Iso orqali boriladi.

Inson ovchisi bo'lgan Butrus, bosh ruhoniylarning kengashiga, tiologlarga, yozuvchilarga va qonun mutaxasislariga bu haqiyqatlarni aytdi. U ko'p gapirmasdan bir bayonda xushxabarni tamomladi. Hukmlovchilar unga kesatib kulishdi, chunki u shama qilmasdan oddiy gaplarni ishlatib, hamma tushunadigan tilda gapirgan edi. Ularning hammasi Butrus va uning orqasida turgan kishi ilmsiz ekanligini ko'rishdi. Ular bu ikkala kishidan Xudoning kuchi chiqayotganini rad etisha olmadi. Masihning kuchi yana bir bor Butrus xalqining hukmdorlariga ular qotillar ekanliklariga dalil keltirgan murojatida namoyon bo'ldi. Xuddi shu yo'l bilan Butrus Isoning nomi bilan Xudoning ozod najotini gunoxkorlarga taqdim qildi.

Balki qozilar havoriyning shikoyati haqida yoki ularga najotni taqdim qilishi haqida ko'p qayg'urishmagan. Ular Butrusga e'tibor berishni xohlashmagan. Biroq, Butrusning tilidagi Isoning ismi ularni g'azablantirdi, chunki ular bu ismni hech qachon eshitmasdan uni unutishni xohlashgan edi. Ular Xudoning qahriga loyiq bo'lgan bu bechora tilanchining shifo topishi to'g'risida g'am chekishmagan. Bu ikkiyuzlamachi va nazokatli kishilarda sevgi yo'q edi. Ularning birinchi g'amlari ularning kitoblari, ravon diniy ta'limlari va qadr-qimmatlari edi.

Jazodan qo'rqmagan ikki havoriylarning dovyurakliklari tamosha qilib turganlarga ta'sir qildi. Qo'shimchasiga ularning orqalarida shifo topgan kishining huzuri havoriylarni kufrlikda va yolg'onchilikda ayiblashda hukm qilish uchun qozilarga juda qiyin bo'ldi. Shunda, ayiblanuvchilarni kengashdan chiqarib yuborgandan keyin yashirincha o'zaro kengashdilar.

Oxir oqibat, ular endi Isoning nomi bilan yana voizlik qilmasliklari uchun halal berishdan boshqa qarorga kelisha olmadilar. Ular bu ism xalq va ularning urf-odatlari uchun havfli bo'lgan Isoning izdoshlaridagi kuch sabab ekanligini tushundilar. Shunda ular Isoning ismi mo'jizalar yaratishidan qo'rqib, bu ikki havoriylarga gapirishdan, talim berishdan va bu ismni e'lon qilishni bas qilishlarini buyurdilar. Bu Shaytonning rejasining xulosasini belgilaydi. Xudoning kuchi yuraklarni saqlab qolmasligi uchun Isoning buyuk ismidagi hamma ta'limlarni tugatishni Shayton xohlaydi. Aziz Isoga ishonuvchi, siz Isoning nomini gapirishdan tilingizni tiyasizmi? Yoki U haqida guvohlik berasizmi? Boshqa hech kimda najod yo'q. Boshqalar qutqarilishi uchun siz bu ismni gapirish uchun javobgarsiz. Shahodatning guvohisiz hech qanday najod yo'q.

IBODAT: Rabbimiz Iso, biz halok bo'layotganlarni qutqarib, gunohlarimizni kechirib, va bizni abadiy hayotga olib kelding. Sening o'liming bizning hayotimiz va azoblaring bizning hursandchilikka olib keldi. Biz hukmdor va olimlardan qo'rqmasdan botirlik bilan ularning gunohlari va Sening najoting haqida ularga dalolat keltirib, Sening ismingni aytishimiz uchun bizga botirlik bergin. Omin.

SAVOL 23: Nima uchun faqat Isoning ismida butun dunyoning najoti markaz bo'lib qoldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)