Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 012 (Peter’s Sermon at Pentecost)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

6. Havoriy Butrusning xutbasi (Havoriylar 2:14-36)


HAVORIYLAR 2:22-23
22 Ey Isroil erlari, bu so'zlarni tinglanglar! Nosiralik Iso – qilgan qudratli va ajoyib mo'jizalari asosida Xudo tomonidan tasdiqlangan kishidir. Uning orangizda qilgan ishlarini o'zlaringiz bilasizlar. 23 Xudoning azaliy murod-maqsadi va cheksiz bilimiga ko'ra qo'lingizga topshirilgan o'sha odamni sizlar tutib, qonunsizlar qo'li bilan xochga mixlab o'ldirdingizlar.

Muqaddas Ruh O'zini ta'kidlab o'tmaydi, balki Masihni ulug'laydi. Xudo xudbin emas, chunki U sevgidir. Muqaddas Uch Birlikning har Biri, Ota, O'g'il va Ruh boshqalarni sevadi va boshqalarga bizni yetaklaydi. O'g'il Otani ulug'laydi va Muqaddas Ruh O'g'ilni ulug'laydi. O'g'il Ruhni najotni yo'lga qo'yish uchun yuborgandek, Ota ham O'g'liga osmonu yerdagi butun hokimyatni berdi. Xudoning bilimini istagan kishi Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh o'rtasidagi sevgiga extiyotkorlik bilan qarash kerak, chunki Xudo sevgidir va Uning birligi sevgida davom etadi.

Butrus inoyatli Ruhning quyilishining haqiqati haqida ko'p gapirmadi, chunki u o'zining shahodatini Iso Masihning shaxsiga burdi. O'zini qurbon qilgan va Yakshanba kuni ertalab qabrdan tirilgan Rabbiylarining surati shogirdlarining ichki fikrlarini to'ldirdi. Ular ibodat qilishdi, bu narsalarga ta'sir qilishdi, bashoratga qarashdi va aniq tushunchaga kelishdi. Butrus tinglovchilari Muqaddas Ruhning tushishi uchun sababni tushunish uchun ularga Nasroniylik Isoni tasvir etdi.

So'zlovchi Isoni rad etib o'ldirgan Yahudiylarning gunohiga Muqaddas Ruh qanday qarshi bo'lyotganini yuragining tubida sezdi. Butrus tinglovchilariga chiroyli so'zlar bilan dalda bera olmadi va barakalarni va'da bermadi. Avval, Butrus ular jinoyatchi ekanliklarini ularga bildirishiga to'g'ri keldi. Biroq u bu haqiqatni ularga zo'ravonlik bilan yoki qattiq qo'llik bilan achib bermadi. U gunohlari haqida asta-sekin ularga aniq qilib berdi; u sevgi tilida ularning gunohlarini to'la anglashlari uchun ularni boshqardi. Bu Butrus o'zining nutqining boshida “Masih” yoki “Xudoning O'g'li” degan nomdan foydalanmasdan, Isoni “Xudoning Kishisi” deb nomlagani ayondir. Butrus Yahudiylar uni tinglashda davom etishlarini va o'sha zahoti tutab ketmasliklarini istagan.

Butrus chuqur nafas oldi, chunki uning gapining ikkinchi qismi haqiqiy tushunchani va ziyraklik bilan eshitishni talab qildi. U dedi, “Siz hammangiz Nasroniylik Isoni bilasizlar. Bu Kishi O'zidan oldin va keyin bo'lgan boshqa payg'ambarga qaraganda ko'proq mo'jizalar bilan Xudo orqali qo'llab-quvvatlangan. U o'limdan tirilgan, yovuz ruhlarni quvib chiqargan, gunohlarni kechirgan, va faqat beshta non bilan besh mingta och odamlarni to'ydirgan va kuchli bo'ronni tinchitgan. Bu ajoyib mo'jizalar insonning harakatlari emas balki Xudoning harakatlari edi. Iso Kishi O'zi orqali ishlagan Qudratli Xudoning orodasi bilan sunday to'la birlikda yashadi. Shunday qilib, osmonning kuchi yer yuzida tarqalishni boshladi. Masih Otasi Xudodan ajiralib yoki alohida ishlamadi. Masih Xudo U orqali irodasini to'la bajarishi uchun U bilan bir bo'ldi. Iso shunday degan: “Mening ovqatim Meni Jo'natganning irodasini bajarish va Uning ishini tugatishdir.”

Yahudiylar Xudodan kuch olgan va hokimyat olgan Isoni rad etganlari g'alatidir. Butrus ruhoniyarning boshlig'i yoki Oliy Ruhoniylarning a'zolari Isoni rad etish uchun javobgar edi deb aytmadi, balki uning tinglovchilari ayibdor ekanini aytdi. Ular boshliqlaridan qo'rqqandilar va shuning uchun Nasroniylik Isodan o'zlarini olib qochdilar va Uni himoya qilmadilar. Ulardan ba'zilari shunday baqirishda qatnashdilar: “Uni xochga mixlang, Uni xochga mixlang!” Butrus ularga shunday deb Muqaddas Ruhning jasorati bilan yuraklariga sanchdi: “Siz Isoni tosh bo'ron qilmasdan, xudosiz Rimliklarga Uni topshirish orqali Xudo tomonidan topshirilgan bu Kishini o'zingiz o'ldirdingiz. Siz Ular orqali Isoni xochga mixladingiz. Bu ikki marta uyatni anglatadi”. Butrus tinglovchilariga talonchilikni, yolg'onni yoki nopoklikni gappirmadi, balki ularning Isoga bo'lgan munosabatlari ularni itoatsiz, ko'r, va Xudoning nodon dushmanlari qilganini aniqlab berdi. Bu Butrusning va'zi Muqaddas Ruhning hukmini aniqlab bermadi. Biroq u qonunsiz harakatni va insonning itoatsizligi va dushmanligida ko'ringan Xudo tomon har bir ochiq yovuz munosabatni hukm qildi.

Biroq Xudo Masihning xochga mixlanishidan qat'iy nazar kurashni yo'qotmadi, balki O'zining xabarida taqdim etadigan najotni amalga oshirdi. Xudo zarba berish gunohdan qat'iy nazar U ixtiyoriy sevgisini e'lon qildi. Hech kim Xudoning rejasiga halal bera olmaydi. Muqaddas Iso itoatsiz gunohkorlarning qo'lida O'g'lining qurbonligi orqali qilinishini bilib, bu dunyoni qutqarish uchun tayinlangan. Xoch Xudoning xabarining zafaridir va dunyo uchun Uning ishonib bo'lmaydigan buyuk sevgisining belgisidir. Biroq bu Xudoning chegarasi Yahudiylar tomon Qudratlining kechirimini aniqlab bermadi, chunki Muqaddas Ruh hamma shiddat bilan Butrus orqali dedi: “Sizlar qotil va Xudoning dushmanlarisiz.”

Butrusning birinchi va oxirgi gapining o'rtasidagi farq qanday buyuk edi! Birinchi havoriylar Xudoni ulug'lab va shukrona aytib, Muqaddas Ruhda buyuk hursandchilik bilan turdi. Keyin, Muqaddas Ruh Butrusni tinglovchilarining yuraklarini qattiq qo'l bilan hukm qilish uchun boshqardi. Xudoning sevgisi yumshoq yoki yuzaki emas, balki muqaddas va haqiqatdir.

IBODAT: Ey muqaddas Ota, Sen bizga uyat bilan o'lish uchun O'g'lingni berganingdan Senga rahmat aytamiz. Biz Uni o'jarliklarimiz va yovuzliklarimiz bilan o'ldirdik. Gunohlarimizni kechir va O'zingning buyuk sevgingning Ruhi orqali bizni to'la poklagin. Omin.

SAVOL 12: Butrus nima uchun Yahudiylarga ular Isoning qotillari ekanliklarini aytishiga to'g'ri keldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)