Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 009 (Outpouring of the Holy Spirit at Pentecost)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

5. Muqaddas Ruhning kelishi (Havoriylar 2:1-13)


HAVORIYLAR 2:1-4
Hosil bayrami bo'lganda, shogirdlarning hammasi yakdillik bilan bir joyda yig'ilib turgan edilar. 2 To'satdan osmondan kuchli shamol esayotgandek bir shovqin keldi-yu, ular turgan uyni tamoman to'ldirdi. 3 Olovga o'xshash alangalanib turgan tillar ularga ko'rindi. Bular bo'linib, ularning har biri ustiga bittadan qo'ndi. 4 Hammalari Muqaddas Ruhga to'lib, Uning berayotgan bashorati bilan yangi tillarda gapira boshlashdi.

Agar quyosh yerga qulasa, nimani o'ylagan bo'lardingiz? Agar bu ulkan alanga gaz to'pi bizning kichkina yer sharimizga yaqinroq kelsa u butun yerdagi mavjudotlari bilan yondirib tashlaydi. Qanday erta agar u qulasa? Keyin biz ko'zning miltirashida quriymiz. Biroq bu yaratilgan quyosh bizga tushmadi, balki Yaratguvchining O'zi yer yuziga otashin bo'ron bo'lib keldi. U insonzodni hukm qilmasdan Uni kutayotganlarga muruvvatini ko'rsatdi. Xudo insonga keladi. Bu kishida sajda qilish tushunchasi bor. Ayniqsa Xudo insonda yashaydi. Bu haqiqat inson tushunchasidan buyukroqdir. Iltimos jamoatning tug'ilishi haqidagi bu xabarni so'zma so'z o'qing va bizning yovuz dunyomizga qanday Xudoning sevgisi, sabr-toqati va inoyati kelganini ko'ring.

Hosil Bayramining birinchi kunidan keyin elliginchi kunda Hosil bayram kuni Yahudiylar orqali nishonlangan eski bayram edi. U bug'doy hosili uchun minnatdorchilik kuni bo'lgan. Masih tuproqqa tushib o'lgan bug'doy doniga o'xshagan edi. Iso O'zining tirilishida Xudoga yaxshi manzur keladigan, ma'qul qurbonlik, va Unga taqdim etilgan boshoqning birinchi hosilidek bo'lgan. Shogirdlar ham Rabbiylarini kutganlarida va ibodatlarida ular Xudoning to'liq hosilining birinchi hosillari bo'lganlar. Bu ruhiy hosil hanuz davom etyapdi. Biz Masih bo'lgan bug'doy donining mahsullarimiz va bugunlik kunda Rabbiy sepgan va payg'ambarlar ko'rishni xohlagan donni o'ryapmiz. Chunki Xudoning O'g'li o'ldi, Muqaddas Ruh bu dunyoga keldi.

Inoyat Ruhi hamma insonlarga mehribonlik va nur olib kelmadi. Quddus poytaxt shahri bo'lgan, va biroq Xudoning sevgisining bo'roni faqat Masihni sevganlarning ibodatlariga yetib bordi. Xudoning kuchi jamoatga tegmadi, va Rim askarlari abadiy hayotsiz qolishdi. Faqat bir sovg'a bilan Otaning Va'dasini kutganlar Ruhning kuchiga to'ldilar.

Isoning oilasi va shogirdlar bilan birga yuztadan ko'proq erkak va ayollar Isoni olingan osmondan bir sadoni to'satdan eshitganlarida cho'chib, qo'rqib ketdilar. Buning ovozi kuchli shamol esayotgandek edi. Derazalar tiriqlamasdan, eshiklar taraqlamasdan yoki barglar qimirlamasdan kuchli ovoz butun uyni, xonani va hatto uy atrofidagi hovlini to'ldirdi. Ular quloqlarini va ko'zlarini katta, katta ochib ajablanib o'tirishardi. Ular bo'ronni sezishmadi, lekin quloqlari bilan aniq buni eshitdilar. Ular to'satdan kuchli shamol bilan tushayotgan olovga o'xshash alangalanib turgan tillarni ko'rdilar. Biroq bu tillar havoda tepaga va pastga yurmadi yoki uyni, mebelni yoki kiyimlarini yondirib yubormadi, balki ibodatlarining ustiga jimlik bilan qo'ndi. Bu g'alati alangali tillar Iso ular orqali nimani maqsad qilganini ko'rsatdi. Shogirdlarning tillari kuyib yo'q bo'lib ketadigan insoniy donolik, nopoklik, yo'lg'on bilan to'la va tabiy tillar edi. Bu tillarning o'rniga Xudo ularga ilohiy sevgi haqida gapirgan yangi, kuchli alangali tillar beryotgan edi.

Rabbiyning Ruhi bilan to'lgan barcha kishilar buyuk quvonchni va chuqur yengillikni sezdilar. Ularning og'ir gunohlari ulardan tushdi, ularning ko'kraklari nurga to'ldi, hafagarchiliklari o'tib ketdi, uyqisiragan ko'zlari porlab ketdi va boshashgan og'izlari Xudoni ulug'lash uchun ochildi. Ular shunday deb baqirishdi: “Bizning Otamiz, Sen O'g'lingning o'limi orqali Otamiz bo'lding. Uning qoni bizning gunohlarimizni kechirdi, va Muqaddas Ruh eng buyuklikka bizni poklab, bizni noloyiqligimizda yashaydi. Biz Seni ulug'lab Seni ko'taramiz, chunki Sen O'zingning ulug'vorligingdan bizga hayot berding.

Xudoning sevgi bo'roni minnatdorchilik oqimini keltirib chiqardi va ko'plab og'izlardan oqib chiqish uchun tanilmagan samoviy fikrlar va sirli so'zlar keltirib chiqardi. Muqaddas Ruh ularning so'zlarini boshqarib, fikrlarini to'ldirdi va xohishlarini duo qildi. Ular insoniylik bilan ajablanmadilar, balki fikrlarni band qiladigan va qalblarni ham tekshiradigan Muqaddas Ruh bilan to'ldilar. Shunday qilib ular hammalari birga Xudoning Ruhining ma'badi bo'ldilar, chunki Uning kuchi va solihligi namoyon bo'ldi.

Endi iltimos diqqat qiling! Faqat Butrus bilan Yuhanno Muqaddas Ruhga to'lmadi, balki o'sha yerdagi hamma kishilar to'ldi. Ular alangali tillar tushgan ilohiy bo'rondan og'riqni sezmadilar, balki Xudoning olami bilan qamrab olindilar. Ular Otaning Va'dasini tushundilar va ibodat qilyotganlarning hammasi Xudoning bolalari bo'ldilar, asranib olindilar va Uning sevgisining, haqiqatining va rohatining mohiyati bilan to'ldilar. Biz asoslilik bilan bu kunni Elliginchi Kun deb ataymiz, chunki ilohiy, begona yangi unsur bizning o'lik dunyomizga kirib keldi. Shunday qilib umid va ruhiy tirilish Quddusdagi bu uydan oqib chiqishni boshladi va Muqaddas Ruhga minnatdorchilik va ulug'lik jamoa bilan birga bordi.

IBODAT: Ey Ota, Sening sevimli O'g'ling xochda bizning gunohlarimizni olgani uchun va Muqaddas Ruhingning yashashi uchun bizlarni tayyorlaganing uchun Senga rahmat aytamiz. Bizning gunohlarimiz butunlay yo'qolishi uchun va jamoa bilan ulug'lashimiz chuqur hursandchilikni va minnatdorchiligimizni ifodalashi uchun O'zingning huzuring bilan va jamoatimiz bilan birga bizni to'ldir. Omin.

SAVOL 9: Elliginchi kunda qanday qilib Muqaddas Ruh O'zini ko'rsatdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)