Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 008 (Matthias Chosen)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

4. Gunohkor Yahudoning O'rniga Mattiyaning Tanlanishi (Havoriylar 1:15-26)


HAVORIYLAR 1:21-26
21-22 Shunday qilib, endi safimizga qo'shiladigan kishi, xuddi bizlarga o'xshab Rabbimiz Isoning tirilganiga shohid bo'lgan birov bo'lmog'i kerak. Rabbimiz Iso oramizda yashagan butun zamonda, ya'ni Yahyo payg'ambarning odamlarni daryoda tavba qildirish davridan boshlab, to Iso oramizdan yuksaklikka olingan kunga qadar bizlar bilan birga yurgan odamlardan biri bo'lishi lozim, - dedi. 23 Shunga ko'ra ikki kishini: Yustus laqabli va Barsabo deb ham ataluvchi Yusuf hamda Mattiyani olg'a chiqazdilar. 24-25 Keyin ibodat qilib dedilar: “Ey butun insonlarning qalbini biladigan Rabbimiz! Yahudoning o'z joyiga borib, tark etgan havoriylik xizmatini bo'yniga olish uchun bu ikki kishidan qay birini tanlading, uni ko'rsatgin!” 26 Shundan so'ng ular uchun qur'a tashladilar. Qur'a Mattiyaning chekiga tushdi va u o'n bir havoriyga qo'shildi.

Havoriylar nima uchun Yahudo ustozi Isoga hoinlik qilgani haqida falsafa yo'li bilan o'ylamasdan Xudoning odil hukmiga ishondilar. Ular uzoq orqalariga qaramadilar, yoki his-tuyg'ularida siltanib turmadilar, balki olg'a siljib, dunyoga voizlik qilishning burchi haqida o'yladilar. Ular ibodatlarida ularga Muqaddas Ruh tushganida topshiriq berilganlarning soni kamaymasligi uchun havoriylik doiralariga to'liq sonini tiklash uchun Isodan so'rashni istadilar.

Inson boshidan havoriylar Isoning o'zgarmas sherigi bo'lish kerakdek ko'rsatilishini aniqladi. U Isoning hayoti va ishlari haqida guvoh bo'lishi va Iso o'limdan tirilganini shaxsan boshidan kechirish kerak bo'lgan. O'n ikki havoriylar Iso bilan birga shahardan shaharga kezib yurishmagan, chunki u yerda ular bilan Isoning izdoshlarining boshqa ko'plari bor edi. Iso yetmishta shogirdini Jalilaga jo'natib ularga xizmat uchun topshiriq berdi. Shunday qilib ular Xudoning shohligi haqida tushunish uchun kutib, Uning oldida gunohlarini tan olgan, U bilan davom etgan va suvga cho'mdiruvchi Yahyo bilan shogirdlikka qo'shilganlarning kichik soniga chegaralanadigan bu xizmat uchun ko'rsatmada ko'proq qattiq qo'llik bilan havoriylik xizmatining holatlarini ta'kidlab o'tishdi. Haqiqatdan ham Yahyo shogirdlarining yaxshi soni suvga Cho'mdiruvchining chaqirig'ini eshitishdi: “Qaranglar! Xudoning Qo'zisi dunyoning gunohini olib tashlaydi!” va, holbuki ular hursandchilikning Yangi Ahd bayramlarida ularni tasdiqlaydigan va Muqaddas Ruh bilan ularni cho'mdiradigan Isoga ergashish uchun, gunohlarining kechirimi uchun suvga cho'mdiruvchi ustozlarini tark etdilar.

Biz Isoga ergashganlar boshqalarga qaraganda doim donoroq va extiyotkorroq bo'lishlarini taxmin qilamiz. Biroq shogirdlarning hatti-xarakati ziddiyatlikni isbotlaydi. Hech kim Muqaddas Ruh orqali tayyorlangan kishidan boshqa haqiqiy imonga va buyuk sevgiga va yirik umidga loyiq emas. Shogirdlar Isoning so'zlarini eshitishdi, lekin yuraklari mag'rurligicha qoldi. Ular Isoning tirilishidan keyin Uning ulug'vorligini ko'rishdi biroq abadiy hayot haqida bo'shligicha qolishdi, chunki Muqaddas Ruh ularda yo'q edi. Ba'zi sharqlovchilar Yahudoning vorisini tanlash xudosizlik va insoniylik shoshqaloq ish deb o'ylaydilar, chunki Rabbiy G'ayriyahudiylarga voizlik qilish uchun Yahudoning xizmatini va hokimyatini olishga havoriy bo'lish uchun ayni damda Pavlusni tanlaydi deb o'ylashadi.

Biroq o'n bir shogirdlar birinchi dunyoga voizlik qilish haqida o'ylashmagan, balki xalqlarining o'n ikki qabilasini yangilash haqida o'ylashgan. Butrus nomzotlarni ko'rsatish uchun ulardan so'rab, Isoning izdoshlarining katta uchrashuv uchun chaqiruvda boshqa havoriylar bilan birlikda harakat qildi. Ular qalblarning maqsadini biladigan yuraklarni qidiruvchisidek Rabbiyning qo'llariga oxirgi imkonni berdilar. Bu Butrus hokimlik qilishda ruhoniydek harakat qilmadi, yoki ko'plarning tanlovini o'zlashtirib, demokratik yo'lda ijro etilgan tanlov ham bo'lmagan takidlashdir. Balki, ularning hammalari Xudoning hukmini va rahbarligini qidirib, Uning oldiga birga keldilar.

Ular Xudoning ovozini sezish uchun Muqaddas Ruhning yog'ilishi oldida qur'adan foydalandilar. Keyinchalik ular yetti vazifadorni tanlaganlarida, havoriylar hamma tanlovni jamoatga berdilar. Bu oqsaqollar Masihning boshqarishini va rahbarligini qidirib, ro'za tutib ibodat qilgan payitlari mobaynida Muqaddas Ruh O'zi Barnabo va Pavlusni tanladi. Haqiqatdan ham Havoriylar Kitobining tarixi Masihning tarixidir. Uning ishlari Xudoning shohligini tarqatishning bajarilishi uchun qilindi. Biz ruhoniylik hokimyati, siyosiy demokratika yoki ijtimoi hokimlik ostidagi jamoatda emas balki Iso Masihning rahbarligi va boshqarishi ostida yashaymiz. Uning kuchi imonlilarning yuragida ishlaydigan Muqaddas Ruhning ishlashi orqali seziladi.

Biz ruhoniylarga, oqsaqollarga va yordamchilarga jamoat javobgarliklarini ishonganimizda yaxshi. Biz o'zimizning fikrlarimizga, irodamizga yoki oilaviy qobilyatlarimizga suyanmaymiz balki ibodatga suyanamiz. Biz birinchi va oxiri Isoning O'zi ularning pullariga, qobilyatlariga yoki ilmiy darajalariga ko'ra xizmatchilarini tanlamaydi, balki faqat O'zining huzuriga ko'ra tanlaydi. Keyin Rabbiyning ishi qilinadi va Rabbiyning xizmatchilari Muqaddas Ruhga to'ladilar. Omad guruhlar bilan birga yoki diniy maktablarga Teologiyada darajalari orqali ruhoniyga, va oqsaqolga berilmaydi, balki Masih bilan birligi va Isoning uni chaqirishi orqali beriladi. Bu chaqiriqsiz Rabbiyga xizmat qiladigan kishi o'sha zahoti do'zaxga qulashning havfiga hukm qilinadi.

O'n bir havoriylar erkinlikda Masihning xizmatlarini va hokimligini taqsimlashni xohlashmadi. Ular hech kim insoning yuragini, achchiqlarini, qobilyatlarini va sodiqligini haqiqatdan bila olmaganligidan xabardor edilar. Bir yuzi yigirma kishi Rabbiy bu inoyat xizmati uchun nomzotlardan birini tanlashi uchun va bu xizmatni bajarish uchun kuch bilan uni aniqlash uchun birga ibodat qildilar. Agar Xudoning O'g'li xushxabarning xizmatining tayinlashda halal bermaganida, barcha bu xizmat foydasiz bo'lar edi.

Ular bu lovozimga ikki kishini ko'rsatishdi, biroq bizda bu ikki teng aniqlangan nomzotlar haqida to'liq xabar yo'q. Bularning o'rtasiga tanlash uchun qanday qur'a tashlanganligini bilmaymiz. Biroq, tanlangan kishi birinchi emas edi, balki havoriylik oliygohining bir a'zosidek javobgarlikni olish uchun chaqirilgan, tanilmagan Mattiya edi. Bir necha kundan keyin Masih Muqaddas Ruhi bilan bu o'rinbosarni to'ldirdi va uning Xudoning shohligiga qo'shilishini tasdiqladi. Bizda tanlangan Mattiya haqida boshqa xabar yo'q.

IBODAT: Ey Rabbimiz, Sen xizmat qilish uchun aniqlanmagan odamlarni chaqirishing uchun Senga rahmat aytamiz. Sen ularni o'rgatasan, ularga vakolat berasan, jihozlaysan, jo'natasan, ular bilan birga borasan va ularni yutuqqa erishtirasan. Agar biz Sening ko'zlaringda inoyat topsak, iltimos bizni rad etma, balki mag'rurliklarimizni buzib tashla va biz Sening kuchingda kuchli bo'lishimiz uchun va Sening ismingning ulug'vorligi uchun Senga xizmat qilishimiz uchun bizni yangila. Omin.

SAVOL 8: Masihning xizmatiga qo'shilishning holatlari qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)