Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 007 (Matthias Chosen)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

4. Gunohkor Yahudoning O'rniga Mattiyaning Tanlanishi (Havoriylar 1:15-26)


HAVORIYLAR 1:15-20
15 O'sha kunlarda yuz yigirmaga yaqin imonli birodarlar yig'ini oldida Butrus oyoqqa turdi-da, so'zga chiqib: 16 “Erlar, birodarlar! - dedi. - Isoning tutib berganlarning sarvari bo'lmish Yahudo haqida Muqaddas Ruhning Dovud payg'ambarga bergan oyati bojo kelishi kerak edi. 17 Bu kishi safimizga qo'shilib, o'sha xizmatidan qismatiga yarashasini olgan edi. 18 U horom yo'l bilan qo'lga kiritgan puliga bir yerni sotib olib, gup etib qulab tushdi-yu qorni yorildi, butun ichak-chovoqlari chiqib ketdi. 19 Bu hodisa butun Quddus ahliga ma'lum bo'ldi va u yer mahaliy tilda Haqaldama , ya'ni “Qon Yeri” deb atalib qoldi. 20 Zabur kitobida yozilganiday: “Uning maskani huvillab qolsin, Unda istiqomat qiluvchi qolmasin”. Va shuningdek: “Uning o'rnini boshqasi olsin”.

Iso Masihning shogirdlarining jonli aloqasi bir necha kundan beri ikki qo'rqinchli hodisalar orqali silkindi. Shogirdlar barcha insonlarni qutqarish uchun o'lgan xochdagi ustozlarining o'limi orqali siljishdi. Isoning o'limi ular uchun juda og'riqli edi. O'shanda ular Yahudo Isoni sotgandan keyin uning nochor ahvolga tushib joniga qasd qilganidan dovdirab qoldilar. Birinchi Unda tanaviy yashayotgan Ilohiy Zotning barcha kamoloti bor edi; ikkinchi unga kirgan iblis orqali egallangan edi. Aziz birodar, siz o'zingizni yo'lingizni tanlang. Siz Xudoning Ruhi uchun ko'plab gunohkorlarning xizmatida hayotingizni qurbon qilishni xohlaysizmi yoki siz Xudoning jahilli hukmining daxshatidan, umitsizlikdan va gunohkor bo'lib o'lishni xohlaysizmi?

Yahudoning gunohi havoriylarning doirasida bir bo'shlikni tark etdi. O'n ikki havoriylar agar ishonmasa Rabbiy oxirgi kunda hukm qiladigan xalqlarining o'n ikki qabilasiga voizlik qilish uchun Rabbiy orqali bu o'n ikki havoriylarga buyrug' berildi. Shunda ular Yahudoning o'rnini olish uchun tirik guvoh bo'lgan Isoning sodiq izdoshlaridan birini tanlash uchun uchrashdilar. Ular tahminan yuzga yaqin bo'lib birga to'plandilar va sodiq o'n ikki kishilar bir birlarini bilishar edi. Ular birga ibodat qilib, Otaning va'dasini kutishdi. Bu ajoyib uchrashuv bo'lgan bo'lsa kerak!

Butrus bu uchrashuvni boshqarish uchun ularning oralaridan turdi. Ularning hammalari to'rt xushxabarda ochiqdan ochiq o'zini ko'rsatgan tonuvchi, Masihning tonuvchisidek uni bilishar edi. Biroq ular Iso o'zining hamma gunohlari ustidan afsuslanish ruhini ko'rsatgan bu shogirdni kechirganini ham bilishar edi. Masih o'limdan tirilgandan keyin Butrusni ularning sardoridek tasdiqladi. Bu ilk jamoatdagi Haqning Ruhini huzurining buyuk isboti edi. Ulardan eng buyuk birining tonishini buyuk qilib yuksaltirmadilar, yoki buni ossonlikcha o'tkazib yubormadilar. O'shanda sevgi ruhi ularda ko'proq va ko'proq ayon bo'ldi. Ular Masih O'zining podalarini boqish uchun Butrusni topshiriq bilan ishontirgan degan dalilni olganlar. Qanday ajablanarli, chunki Butrus hech qanday qiyinchiliksiz katta uchrashuvning o'rtasida turibdi! U shunday degandir: “Aminmanki Masih buyuk gunohkor bo'lgan meni kechirdi, barcha gunohlarimdan meni tozaladi va Unga hizmat qilishim uchun menga topshiriq berdi.” Butrus umuman o'zining nomidan gapirmadi yoki o'zini olg'a surishni istamadi. Hamma u qilgan va gapirgan narsalar barhayot Rabbiysining ulug'vorligi uchun edi.

Butrus ruhoniylarga o'xshab, qolganlarning ustidan hokimdek gapirmadi. Balki u oqsaqol boshqa oqsaqollarga gapiradigan kabi o'rnidan turib gapirdi. Butrus kishilarni birodarlar deb chaqirdi, chunki Xudo ularning Otasidir. Yagona “birodar” nomdan ko'ra osmonda yoki yerda buyukroq nom yo'q, chunki bu Xudoning oilasining ichidagi aloqaning belgisidir.

Shogirdlar ibodat qilib va hayolga cho'mib nohaqning qo'llariga solih bo'lgan Masihni ayyorlarcha topshirib, Xudoning dushmanlari uchun yo'l boshlovchi bo'lgan Yahudoning oqibati haqida aniq o'ylashlari kerak edi. Ular Iso bo'lganida Yahudo bilan birgalikda o'tkazgan kunlarini esladilar. Yahudo Xudoning shohligining ichki a'zosi bo'lgan. U Rabbiysidan chaqiriq, lavozim va hokimyatni olgan. U boshqa shogirdlar bilan birga bir muncha vaqt uchun Xudoga xizmat qilgan.

Biroq, bu Yahudo pulni sevgan va Luqoga ko'ra yovuzlik porasini rad etmagan. U o'zining bezovtalangan qalbi uchun hafvsizlikni taminlashni xohlagan va shuning uchun shahar tashqarisidagi ochiq yerni sotib olgan. Lekin unda Xudoning qamchisining zarbalarini vijdonida his qilib, umuman tinim bo'lmadi. U uni ayiblayotgan iblisning takliflari ostida umidsiz o'sdi. Oxir oqibat, u tashqariga yugurib, o'zini osdi. O'zini osgan arqon uzilib ketdi va yarim osilgan tanasi daraxtdan tanasiga kirgan qoyaga tushdi va bu qorni yorilishi uchun sabab bo'ldi. Uning hamma ichaklari oqib chiqdi. Luqo bu qanchalik daxshatli manzara bo'lib ko'rinishini o'zining tajribalaridan tushunib, vrachdek yozadi..

Quddusda yashovchilarning hammasi bu xabarni eshitdilar va bu hiyonatkorga qarshi Xudoning g'azabini his qildilar. Ular bu yerdan uzoqda bo'ldilar, chunki bu yer la'natlanganning qoni bilan nam edi.

Masih allaqachon yovuz kishidagi hoinlikning gunohini bildi, va O'zining va'zlarida uni ko'p marotaba ogohlantirdi, lekin ogohlantirishlar behuda edi, chunki Yahudo barhayot Rabbiysining kuchi ustidan hayotini havfsiz qilish uchun pulning kuchini afzal ko'rdi. Holbuki u o'zining samoviy ulushini ham va yerdagi dalasini ham yo'qotdi. Xudo oldidagi uning lavozimi boshqaga berildi va uning yangi sotib olgan uyi chetlatildi. Uning devorlari yemirilib, unga ko'rshapalaklar uy qurdi.

Shogirdlar juda qo'rqib ketishdi, chunki ular Oxirgi Kechlikda Masih ulardan biri Unga hoinlik qiladigan kishini ularga ochib berganida ular o'zlaridan juda shubhalanganlar. Shogirdlarning har biri bu uchun o'zlarini munosib ko'rganlar. Ayniqsa, ular o'zlarining jamoatchilik ibodatlarida Xudoning Ruhi hoinning yo'lini ko'rganligini tushundilar. Biroq Muqaddas Xudo hoinni gunohiga yetaklamadi, chunki Rabbiy har bir kishini erkin iroda bilan noil qilgan, va hech bir kishi gunoh qilishga majburlanmaydi. Yahudo Masihning sevgisiga yuragini tosh qilib olgan va oxir oqibat u Xudoning la'nati ostida o'ldi. Bu Muqaddas Ruh Dovud orqali bir ming yillarida oldindan aytgan (Zabur 68:26; 108:8).

Aziz birodar, yuragingizni Xudoning Ruhining rejasi tomon tosh qilib olmang, balki Muqadas Ruh sizni pulga bo'lgan sevgidan ozod qilishiga va Unga qurbon keltirish va xizmat qilish uchun sizni boshqarishiga rozi bo'ling. O'zingiz uchun boylikni, hurmat-e'tiborni, shon-shuxratni va nufuzni izlamasdan, balki kamtarlikni, qanoatni, yuvoshlikni va soddalikni qidiring, chunki Isoning O'zi shogirdlari bilan birga pulda kambag'al lekin Xudoning Ruhida boy bo'lib yashagan.

IBODAT: Ey Rabbim, meni pulga bo'lgan sevgim uchun, takabburligim va tamagirligim uchun meni kechir. Sening nominga xizmat qilishim uchun va Sening taminotinga ishonishim uchun meni yangila. Biz Sening sevgingda qolib hech qachon la'nat ostiga kelmasligimiz uchun hamma birodarlarimni va mening qalbimni Sening Ruhing to'ldirsin. Omin.

SAVOL 7: Siz Yahudoning o'limidan nimani o'rgandingiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)