Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 001 (Introduction)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles

KIRISH


Qanday qilib Masihning Zafarli Yurishi Boshlandi:
Havoriylar Kitobiga Kirish

Rabbiy Iso Masih tirik, chunki Uning tanasi qabrda chirib ketmagan. U haqiqatdan ham o'limdan tirildi va qiriq kundan ko'proq O'zining shogirdlariga ko'rindi. Bundan keyin, Iso abadiylikdan abadiylikka bo'lgan bitta Xudo – Muqaddas Ruhning birligida U bilan hukm suradigan va yashaydigan Otasining o'ng tomonida o'tirish uchun osmonga ko'tarildi.

Xudoga qarshi bo'lgan yovuzlikning kurashining barcha kuchlaridan qat'iy nazar O'zining osmonga ko'tarilishidan beri Masih buni tasdiqlab, O'zining jamoatini jimgina va ehtiyotkorlik bilan quryapdi. Uning jamoati xochdagi zafarining natijasi va hosilidir. Havoriylarning harakatlarining barchasi Xudo bilan insonning to'liq yarashishining daliliga qo'yilgan. Masihning hamma a'zolari Uning zafarli yurushidagi qatnashuvchilardir. Xoch Masihning butun jamoatidagilar bilan qurilgan barcha havoriylarning harakatlaridagi poydevor bo'lib qoladi.

Osmonga ko'tarilishidan oldin, Iso shogirdlariga Quddusda Otaning Va'dasini kutishlari uchun amr berdi. Uning istagi dunyo madanyatining poytaxti Quddusdan Rimga xushxabarni yoyish uchun ularga imkoniyat beradigan Muqaddas Ruhning kuchi bilan ularni to'ldirish edi. Shu tarzda Masihning dunyoga voizlik qilish uchun havoriylarga bo'lgan buyrug'i Uning havoriylarga jo'natishi va topshiriq berishini ham anglatgan. Boshqa kuch jamoatda ishlashda va voizlik qilishda ularning kuchi bo'lmasligi uchun, Muqaddas Ruh ularda yashadi.

Havoriylar Kitobining Mavzusi

Kimki bu yagona kitobni o'qisa tezda uning maqsadi havoriylar tomonidan qilingan harakatlarining yozuvi oddiy berilmasligini bilib oladi, chunki haqiqatdan ham Masihing harakatlari hatto Uning osmonga ko'tarilishidan keyin ham, Ruhi orqali shogirdlarida davom etdi. Bu kitob havoriylar tomonidan qilingan qudratli harakatlar haqida ozgina eslatib o'tadi, va u eslatib o'tganda u birinchi Pavlus va Butrusning ishlarini zikr qiladi. Biz 13 bobdan Butrus haqida ozgina o'qiymiz, va bu kitobda uning o'limi haqida hech narsa bilib olmaymiz. Hatto tafsilotda eslatib o'tiladigan Pavlusning xizmatlari Rimdagi hibsga olinishining bo'sag'asida uziladi. Muallifning rejasi havoriylarning aynan vaqtli va daqiqali harakatlarini tasvirlash emas edi. Balki u o'zining kitobxonlariga Quddusdan Rimga bo'lgan jamoatlarning o'sishi va topilishi haqida xabar berish va Masihning xushxabarni tarqatish haqida xabar berishni xohlagan edi.

Bu xushxabar poytaxtga yetib borguncha, Rabbiyning xizmatchilari boshqalarga xushxabarning mash'alini bir-birlari bilan o'tkazib ko'rsatish guruhidek ishladilar. Shu tarzda Havoriylar Kitobining mavzusi Quddusdan Rimga tirik Masih orqali yetaklangan najot xushxabarining zafarli yurishi va haqiqatidir.

Kitobning tarkibi

Havoriylar Xudoning shohligini tarqatishda aralashish uchun ruhiy kurashni hisoblab batafsil urush rejasini yozmaganlar. Barhayot Rabbiyning O'zi jamoatining oxirida, birinchi Samariya bilan Antioxiyaga keyin Rimga tarqatish uchun kuchayguncha ilk jamoatning hayotida yana va yana O'zi aralashdi. Rabbiy Rimga O'zining xushxabarining zafarli yurushini aniqlab berish uchun Yunon tilida ham gapirgan haqiqiy Yahudiy bo'lgan Pavlusni oldi. Pavlusni tanlashdan oldin qisqa vaqt hizmatchi Stefan o'zining asl Yahudiylarning Yunon hamkasbdoshlari bilan birgalikda Falastinda o'rnashgan Asl Yahudiyning Masihiylariga juda katta ta'sir qildi. Natijada ikki gruhning o'rtasida ochiq kurash kelib chiqdi. Bu tufayli, Quddusda havoriylarning birinchi havoriylik kengashlarini ushlash uchun sevgi ruhida Rabbiy ularni birga to'pladi (15 bob). Ular faqat inoyat orqali najotni qabul qilishdi va ishlar orqali solihlikning hamma fikridan voz kechishdi. Bu rivojlanish bilan, G'ayriyahudiylarning jamoatlari Yahudiylarning ta'siridan va qonun zanjirlaridan ozod bo'ldilar. Masihning sevgi bilimi dunyo e'tiqodi va yangi hududga ko'chish uchun tayyor bo'ldi.

Xuddi shu vaqtda, barhayot Rabbiyning O'zi Quddusda allaqachon o'rnatilgan birinchi jamoatga qo'shimcha ravishda Masihiylikning ikkinchi markazini Antioxiyada barpo qildi. Xushxabarining tarqalishi Antioxiyadan boshlandi va u Asiya Minorini qoplaguncha kengayib bordi. Xushxabar buyuk kuch bilan u Rimga yetib borguncha Yunon shaharlari va viloyatlariga kirib, Asiyadan Yevropaning qit'asiga o'tdi.

Bu kitob uch qismga bo'linishi mumkin:

Quddusdagi ilk jamoat (1 – 7 boblar)

Xushxabarning Samariyadan Antioxiyagacha tarqalishi (8 – 12 boblar)

Rimda Pavlusning yetib kelishida yakunlab, Asiya Minori va Yunonistonda xushxabarning tarqalishi (13 – 28 boblar)

Muallif kim?

Bu kitobning muallifi ism orqali o'zini ko'rsatib o'tmagan, yoki o'zini muhim emas deb hisoblab, o'zi haqida birorta aniq dalil bilan bizga yetkazib bermagan. Biroq, Antioxiyadan rozilik hamnafasi bo'lgan Yunon vrachi Luqo boshidan bu yagona kitobning muallifi bo'lgan. U Masihiylik markazida vaziyatning aniq bilimiga ega bo'lgan. Luqo ham Yunon tilida mahoratli bo'lgan. U o'zining xabarlarini sevgi va mehr bilan yozgan, va u aniq turkumda va gapdonlikda havoriylarning so'zlarini va nutqlarini yozgan. U bu kitobda G'ayriyahudiylarning orasidagi kishilarni bag'ishlashni zikr etadi, chunki, haqiqatdan ham hatto u bu xushxabarning guvohligi orqali qayta tug'ilishidan oldin, ulardan biri bo'lgan. Luqo Pavlus bilan o'zining ikkinchi xizmat safarida uchrashgan va u Pavlusga Troasdan Filippiga sherik bo'lgan. U Rim mustamlakasida voizlik qilishda qatnashgan, va Pavlus Luqoni jo'nab ketishidan keyin yangi jamoat qurish uchun va parvarish qilish uchun uni qoldirib ketdi. Bu havoriy o'zining Havoriylar kitobini va yozadigan xushxabar uchun xabarni to'plash uchun muallifini qoldirgan Luqo Quddusga qaytishda o'zi bilan uni yana bir bor oldi. Biz Kesariyada o'zining zindonbandligida Pavlusning oldiga tez-tez tashrif buyurib turganini topamiz. Luqo u bilan xizmat qilishni davom ettirdi va bu havoriyning ruhiyati orqali juda ruhlandi. Luqo keyinchalik Rim amaldorlari oldida sudda Pavlusning himoyasini yozib oldi. Luqo Rimga yetib kelgunicha o'zining uzoq, havfli safarlarida Pavlusni qoldirib ketmadi. “biz” qismlar soni Luqo tirik guvoh va birga safarchidek Pavlus bilan birga bo'lganini ko'rsatadi.

Bu Kitob Kimga Yozilgan

Havoriy Luqo havoriylarning hatti-harakatlarida o'zining kitobini aniqlik bilan yozgani muqaddas xushxabariga murojat qilgan xuddi shu inson bo'lgan Teofilga bag'ishlangan. Luqo ikki qismda unga bittasini butun shaklga keltirib, o'zining yozgan ishlarining ikkalasiga murojat qildi. Biz (Luqo 1:1-3) da Teofilning shaxsi haqida nimadir o'rganamiz. Ismi “Xudoning sevgisi” degan ma'noni beradigan Teofil Rim Emperiyasida oliy tabaqaning yetuk kishisi edi. Uning Masihga bo'lgan ishonchi Antioxiyada xizmati davomida boshlangan. U Masihiylikning tarixiy va ruhiy rivoji haqida aniq ko'proq tavsilotlarni olishni xohlagan, va Rim amaldorlari qanday qilib jamoatlar bilan haq yoki nohaq muomala qilyotganini bilishni xohlagan. Qanday darajaga xushxabarning asoslari dunyo turkumi yangi rivojlanishi uchun poydevor bo'la olardi. Muqaddas Ruh orqali boshqarilgan, havoriy Pavlusning jo'rligi davomida, Luqo Rimga Pavlusning kirishi uchun, Baytlahmda Masihning tug'ilishining vaqtidan tafsilotlarni to'plagan. U jamoatda Xudoning kuchi ishlashining yo'lini tasvirlab tarixiy qissani bu tartib bilan yozgan bilan Teofilga taqdim etdi. Luqo Filippida Pavlus mirshabga atganidek: “Rabbiy Iso Masihga ishon va sen va sening honadoning najot topasizlar” u ham o'zining imonida va ishonchining aniqligiga yordam berishda unga ko'rsatishni xohladi.

Sanasi

Pavlusning Rimga yetib kelishi balki E.K.61 da bo'lgan. Bu holat shu payitdan boshlab qiyinchilik bo'lib qoldi, holbuki ko'plab boshqa yolg'on xushxabarlar Luqo o'zining xushxabarini yozgan vaqtda bor edi. Balki Luqo o'zining xushxabarida Masihiylik tufayli davom etish boshlanganidek va ikkinchi qismdek u E.K. 62-70 yillar mobaynida Havoriylar Kitobini yozgan. Luqo u yerda keyingi aniq tergovni, tirishqoqlikni va ibodatni yozgan. U Masihning hayotining tirik guvohlari Masihning onasi Maryam va xizmatchi Filip bilan gaplashgan. U eng muhim matinlar bo'lgan yozilgan manbalardan olgan va u Masihning hatti-xarakatlari bilan birga Uning shaxsini tasvirlab berish uchun bularni kerakli deb hisoblagan. Luqo havoriylar Kitobi uchun axborot ham to'plagan. U keyinchalik hokim Teofilga ikkala ishlarini hadya qilgan.

Biz Rabbimiz Iso Masihga bu Yunon vrachni chaqirib, uning xushxabarining oxirida uni to'xtatmasdan yetaklagani uchun yuraklarimizdan Unga rahmat aytamiz. Balki Xudo, tirik Rabbiy tezda kelmasdan Uning so'zi qaytib kelishidan oldin xalqlarga voizlik qilinishi uchun bilim bilan uni ruhlantirdi. Quddusda o'n ikki havoriylar atroflaridagi Ilk Jamoat bilan birga Masihning kelishini kutishganidek, Antioxiyadagi Masihiylar ham butun dunyo bo'ylab najot xushxabari tarqalishi uchun Muqaddas Ruhdan zakovat olishdi. Ular Rim tomon xushxabarning yurishini jo'natishlari kerak edi. Agar Luqo tirishqoqlik va aniqlik bilan ishlamaganida edi, biz hech qachon Masih qanday qilib Yunon dunyosi bo'ylab O'zining shohligini tarqatishini aynan bilmagan bo'lar edik. Bu vaqtdan beri Rabbiy bizga bu kitobda voizlik qilish uchun va jamoatlarni barpo qilish uchun misol bergan. Shunday qilib biz qanday qilib Muqaddas Ruh imonlilarni yangilashini, ularni xizmat qilish uchun olg'a surishini va kuchsizliklarida zafar qozonishini bilish uchun qobilyatlimiz. Ular uchun Rabbiyning xizmatlarini Havoriylar Kitobini o'rganishdan boshqa yaxshiroq ta'lim yo'q. Ular Rabbiy Isoning chaqirig'iga bo'ysunganlar bilan birga ishda Uning qo'lini ko'rishadi.

SAVOL 1: Havoriylar Kitobini yozish uchun Luqoning maqsadlari nima edi? Siz Teofil haqida nimani bilasiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:23 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)