Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 130 (The witness of John and his gospel)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)
5. Isoning ko'l bo'yida zohir bo'lishi (Yuhanno 21:1-25)

d) Yuhannoning shahodati va uning Xushxabari (Yuhanno 21:24-25)


YUHANNO 21:24
24 Ana shu shogird bu ishlarning hammasiga guvoh bo'lib, ularni yozib olgan. Uning guvohligi haqiqat ekanligini bilamiz.

Shu yarda biz to'rtta muhim haqiqatlarni ochib beramiz:

Bu Xushxabarchining Xushxabari chop etilganda, u hayot edi, va Yunon jamoatlarining orasida yaxshi tanilgan edi. U Yahyo cho'mdiruvchi yashagan payitdan boshlab Masihning osmonga ko'tarilganigacha Isoning shogirdi bo'lib qolgan.

Yuhanno Iso Masihning tirik guvohi edi. U Isoning so'zlarini eshitgan va u bu so'zlarni va mo'jizalarni ham yozib olgan. Bu yozilgan Xushxabar jamoatlarning a'zosi emas, balki Yuhannoning o'zi sevimli shogird edi.

Balki Yuhanno Yunon tilida ravon edi, shunda u tilshunoslik bilan marhamatlangan shogirdlarining biriga o'zining yuqori fikrlarini bag'ishladi. Bu ma'nolar aniq va haqiqatlar o'zgartirilmagandir. Xushxabarni tarqatganlar bir ovozdan Yuhannoning shahodati to'la haqiqat deb tan olishdi. Bu tan olish ekilgan edi, holbuki Yuhannoning Xushxabari boshqa uchta Xushxabarlardan aslan ajralib turgan. Biz sevimli shogirddan bo'lgan yagona Xushxabar bizning hazinalarimizning biri ekanligidan hursandmiz.

Bu Xushxabarni chop etgan odamlar bir og'izdan Masihni qabul qilib, hayotlarida Masihning haqiqatini ifodalashdi va ularda Xuning ismiga ishonib, Uning bolalari bo'lish uchun vakolat bor edi. Muqaddas Ruh ularga tushib, ularda yashadi va yovuz ruhlarni farqiga borish uchun ularga ruhsat berdi. Ular haqiqatni yolg'ondan ajiratib farqiga bordilar va hamma haqiqatga ularni boshlash uchun Yupatuvchining Ruhiga ega bo'ldilar.

YUHANNO 21:25
25 Iso bajargan boshqa bir talay ishlar ham bor. Bular birma-bir yozib chiqilganida edi, yozilgan kitoblar olamga ham sig'mas edi, deb o'ylayman.

Ba'zi odamlar to'rtta Xushxabarning borligini yiqilish to'sig'i deb biladilar. Agar biz Pavlusning maktublarini bu Xushxabarga qo'shsak (u buni ifodalaganidek), keyin bizda xuddi asl Masihiyning hayoti o'zidagi Xushxabar ekanligiga o'xshab beshta Xushxabar bo'ladi. Yuhannoning Xushxabarining yozuvchisi Isoning qilgan ishlarini va aytgan so'zlari haqida ko'p marta shogirdlardan eshitganligini tan oladi, u hammasini jamlashga qobilyatsiz edi. Xudoning barkamolligi unda yashaydi. Hatto bugun u o'zining Jamoatida yashaydi va u qadamlarida yurgan Jamoatiga yo'l ko'rsatadi. Agar biz Isoning o'limidan hozirgi kunimizgacha Isoning hamma ishlarini yozishga harakat qilganimizda, bu maqsad uchun hamma kitob va ishlar yetarli bo'lmas edi. Masihiylarga insonzodning tarihidagi ishlarda Masihning sevgisining kengligi, chuqurligi, balandligi va teranligini tushunish uchun abadiylik kerak bo'ladi.

Bizning barhayot Rabbimiz Yangi Ahdda yozilganidek O'zining so'zi orqali ishlaydi. Biz o'zimizni bahtli deb hisoblaymiz, chunki biz Uning ovozini eshitamiz, Uning fikrlarini tushunamiz va Uning chaqirig'iga ergashamiz. Yuhanno, "Biz haqiqat va inoyatga to'la bo'lgan Xudoning yagona O'g'lining ulug'vorligini ko'rdi. Inoyat ustiga inoy bo'lgan Uning kamolotiga biz hammamiz ega bo'ldik" deb hamma tan olgan Iso Masihning sevgisini tasvirlab beradi.

IBODAT: Rabbimiz Iso Masih, biz O'zingning hizmatkoring Yuhannoni sevging Xushxabarini yozish uchun ruhlantirganingdan minnatdirmiz. Sen bizlarga so'zlaring orqali gapirasan. Biz Sening mehribonchiliginga, aytgan gaplaringa, harakatlaringa, hayotinga, o'liming va tirilishing uchun minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Sen bizlarga Otani ochib berding va gunohlarimizni kechirding. Sen O'zingni Ruhing orqali bizga yangi hayot berding.

SAVOL:

  1. Muhokama qilganlar nimaga asoslanib Yuhannoning Xushxabariga dalolat beradilar?

7-SAVOL-JAVOB

Aziz kitobhon, bizga 24 savoldan 20 to'g'ri javob jo'nating. Agar siz bu kitoblarning oldingi oltitasining so'ralgan savollariga javob bergan bo'lsangiz, biz sizga Yuhanno Xushxabarini o'rganishdagi sizning tirishqoqligingizga dalolat berib yorliq jo'natamiz.

  1. Hananing oldida tergov paytida Iso va Butrusning o'rtasidagi munosabat nima edi?
  2. Iso qanday qilib va qanday ma'noda Shoh?
  3. Biz Isoning kaltaklanishidan va tikondan toj kiyishidan nimani o'rganamiz?
  4. Nima uchun Pilat Isoni hukm qilishda davom etdi?
  5. Xochning tepasiga qoqilgan yozuvning ma'nosi nima?
  6. Isoning uchta so'zlari qanaqa?
  7. Biz Masihning suyaklari sindirilganidan nimani o'rganamiz?
  8. Isoning dafn qilinishi bizga nimani o'rgatadi?
  9. Masihning tirilishi uchun isbotning uchta yo'llari qanday?
  10. Yuhanno bo'sh qabirning ichida bo'lgan payitdan boshlab nimaga ishondi?
  11. Nima uchun Maryam, Iso uning ismini aytib chaqirib, unga O'zini ochib bergunicha Rabbiy Isoning jasadini qidirishdan to'xtamadi?
  12. Bizga bo'lgan Magdalalik Maryamning og'zidagi Masihning xabari nima?
  13. Iso tirilishidan keyin shogirdlariga birinchi aytgan gapining ma'nosi nima?
  14. Nima uchun shogirdlar hursand bo'lishdi?
  15. Shogirdlarni jo'natish haqidagi ajablanarli narsa nima?
  16. Muqaddas Ruh kim? U sizning Masihga guvohligingiz orqali nima qiladi?
  17. To'maning tan olishining mohiyati nima?
  18. Nima uchun Isoni ko'rmasdan turib ishonganlarni "bahtlidir" deb aytadi?
  19. Yuhanno Xushxabarining yakunida nimani murakkablashtiradi?
  20. Nima uchun shogirdlarga ko'p baliq tutish uyalish uchun sabab bo'ladi?
  21. Iso va Butrusning o'rtasidagi suhbatda nima sizni ajablantiradi?
  22. Butrus qanday qilib Xudoni ulug'ladi?
  23. Bu Xushxabarda Masihning ohirgi so'zlarining ma'nosi nima?
  24. Muhokama qilganlar nimaga asoslanib, Yuhannoning Xushxabariga dalolat beradilar?

Ismingizni yozishni va savol javob sahifasidagi aniq manzilni yozishni unutmang, faqat konvertda emas. Quydagi manzilga jo'nating:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

P.S. Agar siz biz bilan Kalomni o'rganishda davom ettirishni xohlasangiz, biz Kalomning boshqa kitobida fikr yuritish bilan boshqa brashura kitobini sizga jo'natishga tayyormiz.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:36 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)