Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 127 (Miraculous catch of fishes; Peter confirmed in the service of the flock)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)
5. Isoning ko'l bo'yida zohir bo'lishi (Yuhanno 21:1-25)

a) Baliq tutish mo'jizasi (Yuhanno 21:1-14)


YUHANNO 21:7-8
7 Shu payit Isoning sevikli shogirdi Butrusga: -Ana, Rabbimiz! - dedi. Simun bu Rabbimiz, deb eshitiboq, yechib tashlagan jomasini kiydi-yu, o'zini qo'lga oldi. 8 Boshqa shogirdlar esa baliq to'la to'rni sudragancha, qayiqda keldilar. Ular quriqlikdan yaqin taqriban ikki yuz gaz narida edilar.

Xushxabarchi bu ulkan baliq tutishni tasodif emas deb tushindi. U qayiqda edi va ko'lning bo'yida turgan kishi Isodan boshqa kishi emasligini tushundi. Yuhanno Isoning ismini aytmadi, lekin u hurmat bilan shunday dedi, "U Rabbimizdir!"

Masih baliq tutish orqali hayotiy darslikni ikkinchi marta o'rgatayotganini Butrus esga olganda bu uni ogohlantirdi. U Rabbisining oldiga yalong'och borishni xohlamasdan, kiyimini olib uni ustiga kiydi. Butrus suvga sakradi-da Iso tomon suzib bordi. U qayiqni, do'stlarini va yangi baliqlarni qoldirib ketdi. U hamma narsani unitdi, chunki uning yuragi Isoni tanladi.

Yuhanno, sevgisi hatto Butrusning sevgisidek samimiy bo'lsa ham qayiqda qoldi. Shunda bu yosh kishi sheriklari bilan 100 meter uzoqlikdagi qirg'oqqa qarab g'ayrat bilan suzib bordi. Oxiri ular tutilgan ko'p baliqlarni ehtiyotlab qirg'oqqa yetib bordilar.

YUHANNO 21: 9-11
9 Qirg'oqqa chiqqanlarida, yonib turgan ko'mirni va qovurilgan baliq bilan nonni ko'rdilar. 10 Iso ularga: - Sizlar hozir tutgan baliqlaringizni olib kelinglar,- dedi. 11 Simun Butrus borib, to'rni qirg'oqqa tortib chiqardi. To'rda bir yuz ellik uchta katta baliq bor edi. Baliqlar ko'pligiga qaramasdan, to'r yirtilmadi.

Shogirdlar qirg'oqqa yetib kelishganda, ular ustida baliq bilan yonib turgan ko'mirni ko'rdilar. Shunday qilib, alanga, baliq va non qayerdan keldi? Iso ularni yuz meter uzoqlikdan chaqirdi, chunki ularda yeyish uchun hech narsa yo'q edi. Yetib kelganlarida, ular pishgan baliqni topdilar va Iso ular yeyishlari uchun taklif berdi. U Rabbiydir va xuddi shu vaqtda mezmon hamdir. Iso ualrga ovqatni tayyorlab, rizqlarini berdi. Iso bizga O'zining ishida va hosilida qatnashishimizga ruhsat beradi. Agar shogirdlar Uning maslahatiga itoat qilmaganlarida, ular hech narsa tutmas edilar. Lekin shu joyda Iso ularga ovqatdan olishga taklif beryapdi. Ajablanarlisi shundaki, yerning ovqatiga muhtoj bo'lmagan Rabbiy mehribonchiligini ular sezishlari uchun, ular bilan ovqatlanishga egiladi.

O'sha payitda bilingan balig'larning turlarining soniga qadimgi rasmga ko'ra 153 ta baliqlar zikr etiladi. Iso shunday deb aytganidek "Faqat bir turdagi insonlarni tutmang, balki hamma xalqlardan shogird ortiring." Hamma Xudoning hayotiga kirishga ruhsat etiladi. Xuddi to'r og'irlikdan yirtilib ketmaganidek, Jamoat ham buzilib ketmaydi yoki Muqaddas Ruhning birligi yo'qolmaydi, hatto uning ba'zi a'zolari boshqalarni sevmasdan o'zlarini o'ylasalar ham. Haqiqiy Jamoat Uning O'ziniki bo'ladi va hayotiy bo'ladi.

YUHANNO 21:12- 14
12 Iso shogirdlariga: - Kelib ovqatlaninglar,-dedi. Ulardan hech biri: "Sen kimsan?" - deb so'rashga botinolmadi, chunki ular Bu bizning Rabbimiz, deb bilar edilar. 13 Iso yaqinroq kelib, nonni oldi va ularga berdi. Baliqni ham shunday bo'lib berdi. 14 Shu yo'sin Iso tirilganidan keyin uchunchu marta shogirdlariga zohir bo'ldi.

Iso shogirdlarini sevgisining olovi atrofiga to'pladi. Hech kim gapirishga jur'at etmadi, chunki hamma bu begona odam Rabbiyni O'zi ekanligini bilishar edi. Ular Isoni quchoqlashni xohladilar, lekin qo'rquv va hayajon ularni aynitdi. Iso jimlikni buzib ovqatni taqsimlaganida ularni marhamatladi. Iso ularni kechirdi va yangiladi. Hamma shogirdlar doyim Rabbilarinig kechirimida yashashadi; bu ahdga Isoning sodiqligisiz, ular halok bo'lishar edi. Ular sekin ishonishadi va sekin umid qilishadi. Iso ularni koyimadi, lekin U O'zining mo'jizali rizq-ro'zi bilan ularni kuchlantirdi. Hatto shunday, Iso va Xudo sizning gunohingizdan va yuragingizning sekinligidan qat'iy nazar sizdan talab qiladi. Bu Tirilishdan keyingi ishlash mo'jizalaridagi Iso ergashadigan qolibdir.


b) Butrus qo'zilarga hizmat qilishni ma'qullaydi (Yuhanno 21:15-19)


YUHANNO 21:15
15 Nonushta qilib bo'lishgach, Iso Simun Butrusdan so'radi: - Yunus o'g'li Simun, sen Meni ulardan ko'proq sevasanmi? - Ha, Rabbim! Men Seni yaxshi ko'rishimni O'zing bilasan-ku, - dedi Unga Butrus. - Qo'zilarimni o'tlat,-dedi unga Iso.

Iso O'zining Tinchlik so'zi orqali, birinchi ko'rinishida Butrusning tonishi bilan birga shogirdlarining gunohlarini kechirdi. Lekin Butrusning tonishiga mahsus da'vo kerak edi. Uning mehribonchiligi yuraklarni sinaydigan Rabbiyning so'zlarida namoyon bo'ladi. Iso, Butrusga o'zini tekshirish uchun va o'zini fahmlash uchun unga imkoniyat berib, tonish to'g'risida birorta ham so'z aytmadi. Iso Butrusni eski yo'llariga qaytib kelishi uchun, Yunus o'g'li Simun deb uning haqiqiy ismini aytib chaqirdi.

Shunga o'xshab, Iso bugun sizdan so'raydi, "Siz Meni sevasizmi? Siz Mening so'zlarimni saqlab, Mening va'dalarimga ishondingizmi? Men nima demoqchiligimni sezib yaqin keldingizmi? Men uchun o'zingizning mol-mulkingizdan, vaqtingizdan va kuchingizdan voz kechib, Mening saflarimga qo'shildingizmi? Sizning fikrlaringiz doyim Men haqimdami va siz Men bilan bir bo'ldingizlarmi? Siz hayotingiz bilan Meni ulug'laysizmi?"

Iso Butrusdan so'radi, "Sen Meni ulardan ko'proq sevasanmi?" Butrus, "Yo'q, Rabbim, Men qolganlardan ko'ra yaxshiroq emasman; Men Sendan tondim" deb javob bermadi. Butrus hali ham o'ziga ishonar edi va ha deb javob berdi, lekin uning sevgisi, imon ishonchi va Muqaddas Ruhdan chiqayotgan ilohiy sevgi emas, mehribonlik uchun Yunon iborasidan foydalanish orqali chegaralangan edi.

Butrus kuchsiz sevgisi uchun tanbeh olmadi, biroq u izdoshlari uchun g'amho'rlik qilish orqali o'zining sevgisini ma'qullash uchun Rabbiy orqali qo'shildi. Iso O'zining imonda yosh kishilarini parvarish qilish uchun yana bu ikkilanayotgan shogirdiga yukladi. Xudoning Qo'zisi O'zining qo'zilarini sotib oldi. Siz shunday xalq bilan birga sabr-toqatlik bilan boshqarish uchun va ularning yetuk bo'lishlarini kutib, ularga hizmat qilishga tayyormisiz? Yoki siz ulardan chidash qobilyatlaridan ko'proq'ini kutasizmi? Yoki siz bu qo'zilarni tashlab ketdingizmi? Iso Butrusdan hammasidan ham ko'ra imonda yosh bo'lganlarni boqishni so'radi.

YUHANNO 21:16
16 Ikkinchi marta Iso Butrusdan yana so'radi:-Yunus o'g'li Simun, sen Meni sevasanmi? -Ha, Rabbim! Seni yaxshi ko'rishimni O'zing bilasan-ku, - dedi Butrus Unga – Qo'ylarimni boq, - dedi unga Iso.

Iso Butrusga "Men Seni sevaman deb aytganingda Menga shoshilib javob bermadingmi? Seni sevging insoniy va nuqsonlimi? Seni sevging his-hayajonlimi yoki u chinko'ngildanmi? deb ossonlikcha so'ramadi.

"Rabbim, Sen hammasini bilasan, Sen mening nuqsonlarimni va qobilyatlarimni bilasan. Mening sevgim sendan yashirinmagan. Men Seni haqiqatdan sevaman va Sen uchun hayotimni topshirishga tayyorman. Men qulab tushdim va yana qulayman. Lekin Sening tugamas sevging meni ruhlantirdi."

Iso Butrusning talabini rad etmadi, balki shunday dedi, "Sen Meni sevganing kabi, Mening Jamoatimning yetuk a'zolarini ham sevgin. Ularning cho'pon bo'lib g'amho'rlik qilishlari osson emas. Ularning ko'plari o'jar va yo'ldan toyishadi, va har biri o'zining yo'liga yuradi. Sen Mening qo'zilarimni yelkangda olib yurishni xohlaysanmi va bundan charchaysanmi? Sen ular uchun javobgarsan."

YUHANNO 21:17
17 So'ng uchinchi marta Butrusdan so'radi: - Yunus o'g'li Simun, sen Meni yaxshi ko'rasanmi? O'zidan uch marta: "Meni yaxshi ko'rasanmi", deb so'raganiga Butrus hafa bo'ldi. - Rabbim! Sen hammasini bilasan, men Seni yaxshi ko'rishimni ham bilasan, -dedi Butrus. Iso unga shunday dedi: - Qo'ylarimni o'tlat!

Butrus uch marta Rabbiysidan tondi, shunda Iso uch marta uning yuragining eshigini taqillatdi va shunda uning sevgisini chinakkamligini tekshirdi. U Muqaddas Ruhdan ilohiy sevgi kelishi kerakligiga urg'u berdi. Elliginchi kunda unga Muqaddas Ruh kelib qo'nmagunicha Butrus buni qabul qilmagan. Iso so'rashda davom etdi, "Sen haqiqatdan ham dunyoning najoti uchun hayotingni berish darajasigacha boshqa insoniy aloqadan ko'ra Menga bog'lanasanmi?" Butrus uchinchi martasiga mahzunlikda va uyalib javob berdi va u Rabbiy uning yuragini bilishligini ham qo'shib qo'ydi.

Iso, Butrus Undan uch marta tonishini oldindan to'g'ri aytganini tan oldi va bu Masih hamma narsani bilar edi. Shunda Butrus Isoni insonning ichida bo'layotgan narsalarni biladigan haqiqy Xudo deb atadi. Bu qo'zilar uchun g'amho'rlik qilishga Butrusga berilgan cho'ponlik topshirig'dir.

Siz Xudoning qo'ylariga ko'z-quloq bo'lib turadigan cho'ponmisizlar? Siz yaqinlashayotgan bo'rilarni va yovuz ruhlarni ko'rasizmi? Shuni esda tuting, biz hammamiz gunohkormiz, xoch orqalisiz biz Xudoning xalqqa yo'l ko'rsatish bilan obro'li bo'lishga noloyiqmiz. Shubhasiz, cho'ponlarga yar kuni qo'zilarga qaraganda ko'proq kechirim kerak; ular tez-tez o'zlarining asosiy javobgarliklariga parvo qilishmaydi.

IBODAT: Rabbim Iso Masih, Sen Buyuk Cho'ponsan. Sen meni cho'pon bo'lishim uchun chaqirding, men bunga loyiq emasman. Men Senga ergashyapman va buni kechiktiryapman. Sen menga O'zingni sevimli qo'zilaringni topshirding. Men Sendan O'z qo'llaringda ularni saqlab, ularga abadiy hayotni ato etib va ularni boqishing uchun Sendan o'tinib so'rab, Senga ularni topshiraman; shunda hech kim ularni tortib olmasin. Ularni muqaddasla, va Sening sevgingda bo'lishimiz uchun bizga sabr-toqat, kamtarlik, ishonch, imon va umid bergin. Sen meni tashlab ketmaysan, balki meni qattiq sevasan.

SAVOL:

  1. Iso va Butrusning o'rtasidagi suhbatda nima sizni ajablantirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:33 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)