Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 123 (Jesus appears to the disciples with Thomas)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)

3. Iso To'ma bilan shogirdlariga ko'rinadi (Yuhanno 20:24-29)


YUHANNO 20:24-25
24 O'n ikki shogirddan biri, "Egiz" laqabli To'ma, Iso kelganda u yerda shogirdlar orasida yo'q edi. 25 Boshqa shogirdlar unga: - Biz Rabbimizni ko'rdik, - deyishdi. To'ma ularga shunday dedi: - Men Uning qo'llaridagi mix chandiqlarini ko'rmagunimcha, Uning mix chandiqlariga o'z barmog'imni tegizmagunimcha, qo'limni Uning biqiniga qo'ymagunimcha, ishonmayman.

Muqaddas Ruhga har bir tanqidchi qarshi deb o'ylamang; va sizning guvohligingizni rad etadigan har bir odam o'jar yoki halok bo'lyo'tgan odamlar emas. Shu joyda Yuhanno Masih tepaga chiqib ketishidan oldin qiriq kunda sodir bo'ladigan ko'p hodisalar orasidagi o'zgacha bir narsa borligini ko'rsatadi. Bu qanday qillib inoyat inson ko'ksida imonni yaratishini ishlar, aqil yoki mantiq orqali emas balki inoyat va faqat mehribonlik orqali ko'rsatadi.

Toma faqat hodisalarning zulmat tomonini ko'rib, umitsiz edi. U ochiq haqiqatni yetkazdirish uchun gapning eng chuqurigacha sinashiga to'g'ri kelgandi (Yuhanno 11:16; 14:5). U fikran masalalarni yechib o'ylar edi. U Masihning o'limida hayotda ma'no yo'qolganligini ko'rdi. U shogirdlarning doirasidan ajiralgan va Iso izdoshlarining o'rtasida paydo bo'lgan birinchi Yakshanbada Isoni ko'rmagan edi.

To'ma bu ko'rinishni Shaytonga hos tushunmovchilik yani yovuz ruh ularni adashtirish uchun Masihning shaklida bo'lgan deb ham tortishgan bo'lishi mumkin. U, Iso inson qiyofasida kelgan deb to'la isbot bilan turib olganligining ajablanarli joyi yo'q. Agar u mixlangan joylarning belgilarini sezmaganida edi, uni ishontirishmas edi. U bu yo'lda ishonishdan oldin ko'rishni istab, ishonish uchun Xudo bilan savdolashdi.

Shunda To'ma shogirdlarga Masih ko'ringani sababli juda hursand bo'lgan shogirdlarning davrasiga qaytib bordi. Biroq u tirilgan Isoga ishonch hosil qilishini xohlaganini aytib, hafa bo'ldi.

YUHANNO 20:26-28
26 Sakkiz kundan so'ng Isoning shogirdlari yana uyda to'plangan edilar, To'ma ham ular bilan birga edi. Uyning eshiklari qulf bo'lgan vaqtda Iso keldi va o'rtalarida turib: - Sizlarga tinchlik bo'lsin! - dedi. 27 Keyin To'maga qarab: - Barmog'ingni bu yoqqa tekkiz! Mening qo'llarimni ko'r, qo'lingni tekkizib biqinimga qo'y va imonsiz bo'lma, imonli bo'l!- dedi. 28 To'ma Isoga: - Ey, mening Rabbim va Xudoyim! - deb javob berdi.

Bir haftadan keyin, Iso shogirdlariga yana ko'rindi. Ular haligacha qo'rqar edilar va eshik yopiq edi. Masihning tanasi o'limdan tirildi va U ichkariga jimgina kirdi. Iso O'zining tinchligi bilan kuchsiz bo'lgan shogirdlariga kechirimni taqdim etib, ularni marhamatladi.

To'ma Rabbisining ovozini eshitib, ajablanib ko'zlarini katta-katta ochib ko'rdi. Iso ularning hammasini ko'rdi, Uning ko'zlari ilohiy qarash bilan To'maning shubhalarini parchalab yubordi. Iso, Magdalalik Maryamga "Menga qo'l tekkizma" deb aytgan edi, lekin shumshayyotgan To'maga tegib ko'rishiga ruhsat berdi va dedi, "Tegib ko'r, Men orangizdagi asl insonman. Iso faqat mixning joylarini ko'rishga ruhsat bermadi balki U yaqinroq kelib chandiqlarga barmog'larini qo'yib ishonishlariga ruhsat berdi.

Iso ikkilangan shogirdi hamma shubhalaridan ustun kelishiga talab qildi. Iso bizdan to'la ishonchni kutadi, chunki U O'zining xochini, tirilishini, Xudo bilan o'tirishini va ikkinchi kelishini hammasini bizning foydamiz uchun e'lon qildi. Bu haqiqatlarni rad etgan kishi Uni yolg'onchiga chiqaradi.

Rabbining mehribon munosabati To'mani qulatib qo'ydi, va u pichirladi (o'zining hayol va ibodatlarining yakunidek) Isoga, "MENING RABBIM VA XUDOYIM!" degan eng buyuk tan olish inson orqali qilindi. Iso Otasidan mustaqil bo'lgan Xudoning O'g'li edi, Isoning O'zi tanada Xudoligining to'laligiga ega bo'lgan Tangridir. Xudo bitta, ikta emas. To'ma Isoni Xudo deb chaqirdi va u Muqaddas Xudo uning ishonchsizligi uchun uni hukm qilmasligini balki Rabbiyni O'zini ko'rish inoyatini unga berganini bildi. To'ma Uni Rabbiy deb ham aytdi va u Isoning Xayirlashuv suxbatida Uning aytganlariga qattiq ishonib, Najotkorining qo'llariga butun o'tgan hayotini va kelajagini topshirdi. Birodar, siz nima deysiz? Siz To'maning tan olishiga qo'shilasizmi? Tirilgan Iso sizning shubhalaringiz va o'jarlaringizni yengdi va Uning olijanobligi orqali siz ajablanishingiz uchun siz tomonga keldimi? Uning mehr shavqatiga o'zingizni tashlang va Uni oldida Uni "Rabbim va Xudoyim" deb tan oling.

IBODAT: Rabbimiz Iso Masih, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen To'maning shubhalanishini rad etmading, balki unga O'zingni ochib berding. Bizning hayotimizni O'zingniki bo'lishi uchun qabul qilgin va barcha yolg'on tillarimizni to'g'irlagin.

SAVOL:

  1. To'maning tan olishining mohiyati nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:29 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)