Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 121 (Jesus appears to the disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)

2. Iso shogirdlariga yuqori xonada zuhr bo'ladi (Yuhanno 20:19-23)


YUHANNO 20:21
21 Iso yana ularga dedi: - Sizlarga tinchlik bo'lsin! Otam Meni qanday yuborgan bo'lsa, Men ham sizlarni shunday yuboryapman.

Iso "Sizlarga tinchlik bo'lsin" degan so'zini qaytarganda, Undagi fikrda yarashtirish va gunohning kechirimi yo'q edi, balki U nopok insoniyatga to'la najotni taqdim etib, ularni tinchlik o'rnatuvchilar bo'lishlarini xohladi. Xudo xochda barcha insonlarning gunohini kechirdi. Bu yangi haqiqat jinoyatchilar uchun ular kechirilishlariga va imonlilar uchun hukm bo'lmasliklariga bo'lgan va'dani va halok bo'lmaslik uchun ozodlikning umidiga ishontiradi. Iso izdoshlarini gunohkorlarning oldiga Xudoning tinchligini aytish uchun bu dunyoga yubordi.

Xudoning inoyati orqali halos bo'lganlarning yuraklari o'zgaradi va dushmanlarini Xudo kechirganidek kechirishadi. U O'ziga nohaq harakatlarga qaraganda insofsizlikka toqat qilishni tanlaydi. Mana U O'zining qurshab olishida osmon hushboy hidlarini taratadi, Iso ifodalaganidek, "Tinchlik o'rnatuvchilar baxtlidir; chunki ular Xudoning o'g'illari deyilur." Bizning Xushxabardagi maqsadimiz vaziyatlarni o'zgartirish emas yoki halqlar o'rtasiga yuzaki tinchlikni olib kelish emas; balki biz fikrlar o'zgarilishi uchun va tosh yuraklar yumshog'likka o'zgarishi uchun ibodat qilamiz. Shunday o'zgarish orqali siyosiy o'zgarishlar yuzaga keladi.

Iso O'zining saviyasiga shogirdlari uchun xizmatning ro'lini ko'tardi, "Otam Meni jo'natgani kabi, Men ham sizlarni jo'nataman." Xop, qanday qilib Xudo O'g'lini jo'natdi? Birinchidan, O'g'il qilib jo'natdi, ikkinchidan, Xudoning otaligini e'lon qilish uchun va Uning muqaddasligini so'z orqali, hatti-harakat orqali va ibodat orqali e'lon qilish uchun jo'natdi. Uchinchidan, Iso abadiy sevgi bilan to'lib toshayotgan Xudoning so'zini egasi edi. Bu asoslarda biz Xushxabarning maqsadlarini va ma'nolarini topamiz. Isoning o'limi orqali, biz muqaddas hayotda yashashimiz uchun va sevgida Uning oldida ayibsiz bo'lishimiz uchun Iso bizni Xudoning bolalari qildi.

Masihiylar samoviy Otalarining sevgisini mohiyatini ifodalash uchun Masihning oqlangan va muqaddaslangan elchilaridir. Bu Ota, Masihning o'limi orqali ularni O'zining bolalari qilgan xabarlarining moddasidir. Xoch ularning yangi holatlaridir va imon tanlanish uchun yo'ldir.

Iso qurbon bo'lib o'lish uchun tug'ilganidek, Uning izdoshlari ham qurbonlikning mazmunidan yirog'da turishadi. Ular maqtanishmaydi, balki ular o'zlarini Oliy Janob Xudoni va hamma odamlarning hizmatkorlaridek hisoblashadi. Ularning Rabbiylari sevgandek sevish uchun ularning pasroq bo'lgan qulliklaridan ularni ozod qildi.

IBODAT: Iso Tangrimiz, biz Seniga shukur aytamiz, chunki Sen bizlarni chaqirding, biz Otani va o'zimizni fikrlarimiz, so'zlarimiz va hatti-harakatlarimiz orqali ismingni ulug'lash uchun noloyiqlarmiz. Bizning gunohlarimizni kechirganing uchun rahmat aytamiz. Sen bizlarni boshqa yuraklarga ular ruhlanishi uchun va haqiqatda yashashi uchun ularga Sening tinchligingni eshittirishimiz uchun bizni muqaddaslaysan. Ey Masih, Senga rahmat, chunki Sen bizni Sen mehribonchiligingda qilganingdek, biz ham sevishimiz va kechirishimiz uchun bizni sevging o'g'illari qilding.

SAVOL:

  1. Shogirdlarni jo'natish haqidagi ajablanarli narsa nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:27 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)