Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 120 (Jesus appears to the disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)

2. Iso shogirdlariga yuqori xonada zuhr bo'ladi (Yuhanno 20:19-23)


YUHANNO 20:20
20 Shunday deb, qo'l oyoqlarini va biqinini ularga ko'rsatdi. Shogirdlar Rabbimizni ko'rdik, deb juda sevindilar.

Masihning tirilishi Xudo bilan yarashishning isbotidir va bunga erishildi. Xudo O'g'lini qabirda qoldirmadi, yoki U olgan bizning gunohlarimiz uchun Uni haydab chiqarmadi. Xudo beg'ubor qurbonlikni qabul qildi va Iso O'tasi bilan mukammal birlikda yashadi va qabir ustudan g'alaba bilan qo'zg'aldi. U boshqa narsani emas Otasining irodasi bo'lgan xochni qabul qildi. Bu xoch Uning kelishining maqsadi edi va bu dunyoni ozod bo'lishini anglatadi. Shunday bo'lsa Qanday qilib boshqalar Iso xochda o'lmagan deb aytishadi?

Masih, U ruh yoki yashiringan ruh emasligini ko'rsatdi. U qo'lidagi mixlangan joyini shogirdlariga ko'rsatdi. Iso nayza bilan Uning biqinini teshishgan joyini ham ularga ko'rsatdi. Ular mixlangan joyni ko'rdilar va ular bilan bo'lgan Iso boshqa emas, balki Uning O'zi xochga mixlanganligini tushunib yetdilar. Xudoning qo'zisi Yenguvchidir. Bo'g'izlangan Qo'zi o'limni ustidan g'alaba qozondi.

Sekin, sekin shogirdlar Iso ruh yoki sharpa bo'lmaganligini, balki ular bilan birga bo"lgan haqiqiy Kishi ekanligini tushunishni boshladilar. Uning yangi vujudining usuli ularning hursandchiliklarining manbayi edi. Biz ishonadigan va his qiladigan Iso o'limdan tirilgan barhayot Xudodir. Bizlar loyiq bo'lgan yetimlar emasmiz. Otasi bilan va Muqaddas Ruh bilan bo'lgan bizning Birodarimiz Iso doimo bu olamni boshqaradi.

Shogirdlarning hursandchiliklari o'limning ustidan Masihning g'alabasining natijasidek o'sib bordi. Biz halok bo'layotganlar uchun Iso umid bo'ldi. Ochiq qabir bizning oxiratimiz emas, balki Isoning hayoti biznikidir. Ulug'vorlikka loyiq bo'lgan Iso, "Men Tirilish va Hayotdirman. Menga ishongan kishi, o'lsa ham yashaydi. Menga ishonib yashaydigan kishi, hech qachon halok bo'lmaydi" deb aytgan.

Shogirdlar Iso bizning gunohimizni kechirishini tushunishganda, ular juda hursand bo'lishdi. Iso biz uchun gunohlardan o'tishiga bizni ishontiradi. Uning yaralari orqali bizda Xudo bilan tinchlik bor.

Siz Tirilish bayramida ularning hursandchiligi bilan bo'lishasizmi? Tirilgan Iso borligi uchun, va umid bergani uchun va sizning kechirilganingizga kafolot bergani uchun Uning oldida bosh egasizmi? Iso tirikdir va hursandchilik bizning ulushimizdir. Havoriy Pavlus Jamoatga shunday deb murojat qiladi, "Xudoda hardoyim hursand bo'ling, va yana aytaman hursand bo'ling. Sizning muloyimligingiz hammaga tanilsin. Rabbiy yaqindir."

IBODAT: Rabbimiz Iso, biz Seni ulug'laymiz va rahmat aytamiz, chunki faqat Sen bizning umidimizsan, Sen bizning hayotimizga ma'no ato etding. Sening yaralaring bizni oqlaydi va Vujuding bizga hayot beradi. Sening Shohliging kelsin va ko'plar gunoh o'limidan tirilishlari uchun va Sening Tirilishingni ulug'lab yashashlari uchun, Seni g'alabangni tushunib yetishsin.

SAVOL:

  1. Nima uchun shogirdlar hursand bo'lishdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:26 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)