Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 119 (Jesus appears to the disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)

2. Iso shogirdlariga yuqori xonada zuhr bo'ladi (Yuhanno 20:19-23)


YUHANNO 20:19
19 O'sha shanba kuni oqshomda shogirdlar to'plangan edilar. Ular yahudiy mansabdorlaridan qo'rqib, uyning eshiklarini qulflab qo'ygan edilar. Shu payit Iso kelib qoldi. U o'rtada turib shogirdlariga: - Sizlarga tinchlik bo'lsin! - dedi.

Eshiklarni berkitilgan xonada shogirdlar Yakshanbada yuz bergan daxshatli hodisalarni muhokama qilib o'tirishdi. Ular qabir bo'sh ekanligini Butrus va Yuhannodan bilishgan edi. Farishtalar Iso tirildi deb aytgan so'zlar bilan ayollar buni tasdiqladilar. Magdalalik Maryam Uni ko'rganini uzoqdan e'lon qildi. Bu o'lgan Iso tirik degan yangilik sodiq guruh bo'lgan ularga kelmagan, lekin Iso izdoshlarini gangiratib qo'ygandek keldi. Lekin Rabbiyni qo'lga olishganda ular uyqisirashgan edi; Butrus Isodan tongan, va hech kim Uni sud qilishganda Uning oldida turmagan, yoki Yuhannodan va ayollardan boshqa ulardan hech biri xochning oldida turmaganlar, yoki Unga moy surtish uchun xochdan Uni olishmagan. Ular bayram tugashibilanoq quvg'in boshlanadi deb o'ylab, Yahudiylardan qo'rqishar edi. Shu sabablar uchun ular eshikni berkitib, yuqori xonada tushkin ruhda to'planishdi.

Ular ayollarning aytganlarini safsatalar deb his qilishdi va bir-birlariga "Biz Isoga ergashdik, va U bizni O'zining hizmatchilari qilishi uchun Uning zafar qozonishini kutdik. Mana biz bunga erishmadik; ular bizni yo'q qilish uchun ta'qib qilishadi" – deyishdi.

Ularning imonlari kamligiga qaramay va alamlariga qaramay, shunday umidsizlik paytida, Iso ularning o'rtalarida turgan edi. Iso o'jarlarga mehribonlik ko'rsatish uchun va imonsizlarga inoyat ko'rsatish uchun ularning umidlari, sevgilari va zayifliklari tufayli kelmadi.

Ularning o'rtalaridagi Isoning jimjit ko'rinishi mo'jiza edi. Rad etilib o'lgan Iso ozod bo'lib, tirik namoyon bo'ldi. Toshdan bo'lgan hech qanday qabir yoki po'latdan bo'lgan darvoza Isoning tanlanganlarining o'rtasida Uning huzuriga halaqit berolmadi. Bu xonada Iso boshqa insonlarga o'xshab ko'rinadigan, eshitadigan va tegib ko'riladigan bo'lib, ularning o'rtalarida edi. Xuddi shu vaqtda Iso devor va eshiklar orqali kiroladigan ruh ham edi. Agar biz U bilan birga bo'lsak, Uning yangi vujudi bizga biz qanday bo'lishimizni ko'rsatadi. Uning tirilgan tanasi bizning umidimizdir.

Qanday yupanch! O'limdan tirilgan Iso shogirdlarini yetishmovchiliklari uchun koyimadi, balki U "Uyingizga tinchlik bo'lsin!" deb tirilishidan keyin butun bir guruhga aytgan birinchi so'zlarini aytib, ular bilan Tirilish bayramining salomlashishi bilan salomlashdi. Isoning xochi orqali bu salomlashish Iso Xudo bilan dunyoni yarashtirganligini anglatadi. Tinchlik osmondan yerga tarqalishni boshladi, va Masih orqali bizga taqdim etilgan Uni qabul qilish yoki Uni rad etadigan yangi davr boshlandi. Inson o'zining najoti uchun javobgardir. Isoga ishongan va gunohlari uchun tavba qilgan kishi Uning marhamatlaridan ulush oladi. Tinchlik Shaxzodasining lavozimlariga qo'shiladigan kishi Uning yagona qurbonligi orqali oqlanadi, Pavlus shunday degan, "Holbuki biz imon orqali oqlandik, Rabbimiz Iso Masih orqali bizda Xudo bilan tinchlik bor".

IBODAT: Tinchlik Shahzodasi bo'lgan va o'limdan tirilgan Rabbimiz Iso Masih, biz minnatdorchilik va hursandchilik bilan Sening oldingda bosh egamiz, chunki Sen bizni hukm qilish uchun va jazolash uchun emas balki Sen bizlarni Xudo bilan yarashtirish uchun va O'zingni tinchligingni bizga berish uchun va umidsizlikdan, ishonmaslikdan bizlarni saqlash uchun va O'zingni inoyatingni berish uchun kelding. Sening najoting bizning ishlarimizning natijasi emas, balki inoyat sovg'asidir. Sening inoyatli maqsadingni tushunishlari uchun bizning do'stlarimizni va dushmanlarimizni o'rgatgin; shunda ular Seni qabul qilishsin va Muqaddas Xudo bilan dushmanlikda bo'lishmasin.

SAVOL:

  1. Iso tirilishidan keyin shogirdlariga birinchi aytgan gapining ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:25 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)