Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 115 (Mary Magdalene at the graveside; Peter and John race to the tomb)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)
1. Erta tong Pasxadagi hodisalar (Ester) (Yuhanno 20:1-10)

a) Magdalalik Maryam qabr yonida (Yuhanno 20:1-2)


YUHANNO 20:1-2
1 Haftaning birinchi kuni erta saharda, hali qorong'u payitda, magdalalik Maryam qabirning oldiga kelib, qabir og'zidagi toshni ag'darilganini ko'rdi. 2 U yugurib Simun Butrus va Isoning sevgan boshqa shogirdi oldiga keldi-da: - Rabbimni qabirdan olib ketishibdi, Uni qayerga qo'yishganini bilmaymiz, -dedi.

Isoga ergashgan shogirdlar va ayollar Jumaning hodisalaridan vayron bo'lishgan edi. Uzoqdan ayollar Iso qabirga qanday qo'yilganini tomosho qildilar. Shogirdlar ham ayollar ham oqshom payti soat oltilar chamasi Juma kun boshlanib Dam olish kunini buzib ayibdor bo'lmasliklari uchun uylariga shoshilishdi.

Bu buyuk Dam olish kunida Fisih Bayramida kech kim qabirga borishga jur'at eta olmadi. Holbuki odamlar Xudo qo'zilarning so'yilib ramziy ma'noda xalq bilan yarashdi deb o'ylab hursand bo'lishyotgan edi lekin Masihiylar qo'rquvda va yig'lab to'planishdi. Ularning umidlari Rabbiylarining ko'milganida birga ko'milgan edi.

Dam olish kuni arafasida, ayollar shahardan tashqariga yoki ko'katlar sotib olish uchun va Isoning tanasiga surtish uchun boshqa ashyolar sotib olishga chiqishmadi. Ular Shanba kungi erta tongni umid bilan kutishar edi. Xushxabarchi Magdalalik Maryamning qabirga borishiga urg'u beradi, lekin u yerda "biz" deb ko'plikdan foydalangan Magdalalik Maryam boshqa sherik ayollarga shama qiladi. Yuhannoning onasi Salom va bir necha kishilar yog' surtish uchun yig'lab erta Shanba kunida birga bordilar.

Ular muhrlangan qabirni tahmin qilib siqilishda umitsizlanib va u yerga yaqinlashib qolishganda juda erta tong edi. Ularning umidlari umidsizlik bilan qorong'ulashib singan edi. Tirilish nuri hanuz ularda porlamagan va abadiy hayot ularning fikrlaridan ko'tarilmagan edi.

Ular qaytib kelib katta toshni ko'rib qaltirab qolishdi va qabirning og'zidan u qanday qilib olinganidan ajablandilar.

Bu kunda ochilgan qabir birinchi mo'jiza edi va Masih bizning yuraklarimizning hamma ogir toshlarini dumalatib tashlashga qodir ekanligini bizning havotirlarimizga va ishonmaydiganlarga guvoh bo'ldi. Unga ishongan kishi Xudoda yordam topadi; imon buyuk kelajakni ko'radi.

Iso bizga farishtalarning ko'rinishi haqida hech narsa aytmaydi. Hoynahoy, Magdalalik Maryam o'zining do'stlaridan ilg'or bo'lib, qabirga qarashga harakat qilgan. Maryam u yerda hech qanday jasad topmadi. O'takasi yorilib, u shogirdlarning oldiga shoshildi. Maryam havoriylarning boshlig'i, qolgan shogirdlar bilan bu mo'jizani bilishi kerakligiga ishongan edi. Magdalalik Maryam Butrus va uning sheriklarining oldiga yetib borganida "Isoning jasadi yo'qolibdi" deb baqirdi. Bu qo'shimcha jinoyatdir. Bu shogirdlar va Maryam ruhiy ko'r ekanligini ko'rsatadi, chunki ular kimdir bu jasadni o'g'irlab ketgan deb o'yladilar. Bu Iso Rabbiy bo'lgani uchun o'limdan tirilganligi ular bilan sodir bo'lmagan edi.


b) Butrus va Yuhanno qabirga yugurishadi (Yuhanno 20:3-10)


YUHANNO 20:3-5
3 O'sha zahoti Butrus va boshqa shogird qabir tomon jo'nashadi. 4 Ikkovi birga yugurib ketishdi. Ammo u shogird Butrusdan tezroq yugurib, qabirga birinchi bo'lib yetib keldi. 5 U engashib ichkariga ko'z tashladi, u yerda faqat kafan yotganini ko'rdi. O'zi qabirga kirmadi.

Bu sevgi uchun poyga edi. Ularning har biri Isoning orqasidan birinchi bo'lishni xohlagan. Yoshi kattaroq bo'lgan Butrus yosh Yuhannoning orqasidan unga yetolmasdan halloslab ketyotgan edi. Ularning ikkalasi ham josuslardan va qorovullardan qo'rqishni unutib shahar darvozasi orqali o'tib ketishdi. Yuhanno qabirga yetib borganda, u hurmat qilib ichkariga kirmadi. Qabirning chopilgan toshiga qarab u qorong'ulikda ipak qurti pilladan chiqib ketganidek o'ralgan oq qabir kiyimlarini ko'rdi. Bu qabir kiyimi tushib ketmagan, biroq u jasad yotgan yerni eslatdi. Bu tirilish bilan bog'langan uchunchi mo'jizadir. Iso kiyimni yirtib tashlamadi, lekin ulardan chiqib ketdi. Farishtalar Isoga yordam berish uchun toshni siljitishmadi, ammo ayollarga va shogirdlarga ichkariga kirishga ruhsat berish uchun yordam berishdi. Rabbiy yo'lida tosh orqali o'tib ketdi.

IBODAT: Rabbim Iso Tangrim, Sen o'limdan tirilganing uchun tashakkur. Sen hamma yovuzliklarning ustidan g'alaba qozonding va Xudoga bo'lgan yo'lni ochding. Sen o'lim vodiysida biz bilansan va bizdan yuz o'girmaysan. Sening hayoting biznikidir; Sening kuching bizning kuchsizlaiklarimizda komil qilinadi. Biz Sening oldingda bosh egamiz va Seni sevamiz, chunki Sen hamma imonlilarga g'alaba umidini baxshida etding.

SAVOL:

  1. Masihning tirilishi uchun isbodning uchta turlari qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:21 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)