Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 113 (Piercing Jesus' side)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
A - Dafn qilish uchun qo'lga olish hodisalar (Yuhanno 18:1 - 19:42)
4. Isoning xochga mixlanishi va o'limi (Yuhanno 19:16b-42)

e) Isoning biqinini teshish (Yuhanno 19:31-37)


YUHANNO 19:31-37
31 O'sha kuni dam olish kuni arafasi – juma edi. Ertangi shanba juda tabarruk kun hisoblangani uchun, yahudiy mansabdorlari jasadlarni xochda qoldirishni istamadilar. Ular Pilatning oldiga borib, jasadlarning boldirlarini sindirib tashlab, xochdan tushirishni so'radilar. 32 Shunda askarlar borib, Iso bilan birga xochga mixlangan birinchi, so'ngra ikkinchi odamning boldirlarini sindirib tashladilar. 33 Isoning oldiga kelib, Uning allaqachon o'lganligini payqadilar, boldirlarini sindirmadilar. 34 Lekin askarlardan biri Isoning biqinini nayza bilan teshdi, shu zahoti Uning biqinidan qon bilan suv oqib chiqdi. 35 Bu hodisani ko'rgan kishi, sizlar ishoninglar deb, guvohlik berib kelmoqda. Uning guvohligi haqiqatdir, u haqiqatni so'zlayotganini biladi. 36 Ana shu bo'lib o'tgan hodisa:"Uning suyagi sinmaydi",- degan Zabur oyati bajo kelishi uchun ro'y berdi. 37 Boshqa bir oyatda shunday deyilgan: " Nayzalangan Odamga tikilib qaraydilar".

Yahudiylar o'zlarining Qonunlari haqidagi aqidaparastligi mehrli kechinmasidan maxrum edi. Nizom tasviri bu oqshom payti o'ldirilganlarning tanalari olinishi edi. Shunda Yahudiylar uchta xochga mixlanganlarga buni qo'lladilar. Ular o'zlarining tantanalari paytida bu hunuk manzaraga qarashdan nafratlanardilar. Ular Pilatdan uchalalarini tezda oyoq qo'llarini sindirib natijasiga yetqazdirishni so'radilar. Xochga mixlangan kishilar uch kun yashadilar. Oyoq qo'llar mixlanib hardoim ham ko'p qon yo'qotmaydi. Shunda askarlar tanalarning boldirlarini sindirish uchun chiqdilar.

Askarlar Isoni allaqachon o'lgan deb, Uning oldida to'xtashdi. Uning yumshoq tanasi savalanganidan kuchsiz bo'lib qolgan edi va Uning qalbi bizning gunohlarimizning og'irligidan va dunyoning ustidagi Xudoning g'azabining ostida o'rtangan edi. Iso Xudo bilan biz yarashishimiz uchun O'zi xohlab o'ldi. Ayniqsa diniy ishlar bilan Yahudiylar havotirlanishmadi, balki ular Iso o'lganiga ishonch hosil qilish uchun havotirda edilar. Askarlarning biri nayzani oldi-da Isoning yuragiga yaqin bo'lgan biqiniga sanchdi. Muqaddas Juma kunining oltinchi soatidan oldin Iso o'lganini isbotlab qon va suv oqib chiqdi.

Bu hodisalar Masihiylarga Xudo uch tomonlama g'alabadorligini aytadi. Birinchisi, Xochga Mixlangan ilohiy qurbonlik Qo'zisiligini hech kim ayta olmasdan Masihning suyaklarini sundirishga hujum qilish uchun Shayton orqali Yahudiylar majbur qilindilar. Fisih bayramining udumlari Qo'zi sindirilmagan boldirlar bilan butun bo'lishini talab qiladi (Chiqish 12:46). Shunda Xudo O'zining O'g'lini hatto o'limda himoya qildi va hech kim Xudoning Qo'zisidek Uning tayinlanganligini rad etolmaydi.

Ikkinchisi, askarlar orqali Isoning biqiniga nayza suqulishini Zakariyo 12:10 va Zakariyo 11:13 matnlarda o'zining isbotini topadi, va Eski Ahd odamlari atiga o'ttiz kumush tangaga o'zlarining Cho'ponlarini baholaganlarini payg'ambar ko'rgan. Bu kichik miqdordan qat'iy nazar, Xudo Dovud xonadoniga va Quddus xalqi xochga Mixlangan Isoni kimligini va Uning Otasining kimligini tushunishlari uchun ularning ko'zlari ochilishi uchun inoyat Ruhini yog'diradi. Bu ruhlanishsiz ular Xudoni va Uning najotini bilishmaydi. Biz "Ular nayza sanchigan Isoga tikilib qarab turishadi" deb o'qiganimizda xochga mixlangan Iso Xudoning Ruhiga ega bo'lishning yolg'iz vositasidir.

Uchinchisi, xochning yonida sodiqlik bilan qolgan shogirdi bu hamma gapirilganlarga va sodir bo'lganlarga guvoh edi. U askarlarning ko'z oldidan qochib ketmadi va o'zining Rabbisini o'limidan keyin ham tashlab ketmadi. U Isoning biqinini teshishganini ko'rdi va biz abadiy hayotning va Uch Birlikning birligida imonga ega bo'lishimiz uchun Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh va Xudoning sevgisi haqida bizga shahodat beradi.

IBODAT: Rabbim Iso Masih, Sen gunohlarning, Shaytonning va hukmning ustidan G'alabadorsan. Sen Ruhning birligidagi Ota bilan bir bo'lgan tirik Shohdirsan.

SAVOL:

  1. Biz Masihning suyaklari sindirilmaganidan nimani o'rganamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:19 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)