Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 111 (Crucifixion and the grave clothes; Dividing the garments and casting the lots)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
A - Dafn qilish uchun qo'lga olish hodisalar (Yuhanno 18:1 - 19:42)
4. Isoning xochga mixlanishi va o'limi (Yuhanno 19:16b-42)

a) Xochga mixlash va qabr-ustboshi (Yuhanno 19:16b-22)


YUHANNO 19:16b-18
16b ... Ular esa Isoni olib ketdilar. 17 Iso O'z xochini ko'tarib, Boshsuyagi (yahudiycha Go'lgota) degan joyga keldi. 18 U yerda Isoni xochga mixlab qo'ydilar. Iso o'rtada bo'lib, chap va o'ng tomoniga yana ikki kishini mixlab qo'ydilar.

Qo'shinlarning kompaniyasi tark etish arafasida va ikki qaroqchini xochga mixlash arafasida edilar, va Pilat ularni qo'lga olganda Iso uchunchi "jinoyatchi" dek bo'ldi. Askarlar har uchalasiga o'lim asboblari bo'lgan xochlarni o'zlari olib ketishlari uchun ularga berdi. Iso xochni rad etmadi va bu hodani tashlab yubormadi. Uchalalari halloslab qolushguncha shahar qatorlari tomon o'tib borishdi va ular shimoliy g'arbiy darvozasiga yetib borishdi. Keyin ular Go'lgota deb tanilgan tepalikka yetib kelishdi, chunki u shahar devorlaridan ozgina baland bo'lgan edi va u toshli bosh suyagiga o'xshar edi. Bu aholi shahar tashqarisida xochlariga mixlanish uchun hukm qilingan kishilarni tamosha qilolar edilar.

Yuhanno xoch to'g'risida batafsil tushuntirmaydi, uning ruchkasi bu qo'rqinchli tasvirni yozishdan bosh tortadi. Odamlar ilohiy sevgini rad etdilar va ularnng ustidagi do'zaxning nafratidan halos bo'lishdan bosh tortdilar. Ular vaxshiylarcha Ruhdan tug'ilgan Isodan uzoqlashdilar va gunohlari uchun to'lov to'lagan Masihning bajarilgan qurbonligidan gunohlar orqali uzoqlashdilar. Iso sharmandali xochda oltin tojni olib yurmadi, balki U juda kamtarliligi bilan sabr-toqati va O'zidan kechgan muqaddasligi orqali O'zining ulug'vorligini ochib berdi.

Iso ikki qaroqchilarning o'rtasida osilishi qanday sharmanda. Ular osilganlarida la'natlab egilib turar edilar.

Rahimdil va pok bo'lgan Iso gunohkorlarga safdosh bo'lib hatto hayotning oxirgi lahzalarida O'zini ochib berdi. Bu sabab uchun Xudoning O'g'li insonlarning o'jar bolalari Xudoning oqlangan bolalari bo'lishi uchun U Inson O'g'lidek tug'ilgan edi.

YUHANNO 19:19-20
19 Pilat shu mazmundagi lavhani yozib xochning tepasiga ostirib qo'ydi: "Yahudiylarning Podshohi Nosiralik Iso". 20 Iso xochga mixlangan joy shaharga yaqin bo'lgani uchun, bu lavhani anchagina yahudiylar o'qib o'tar edilar. Lavha yahudiy, yunon va lotin tillarida yozilgan edi.

Askarlar Isoni shohlikka Uning da'vosi uchun mazax qilishning belgisidek ikki jinoyatchining o'rtasiga osib qo'ydilar. Vaholanki, Pilat vijdonidan qat'iy nazar Isoni hukm qilish uchun uni majbur qilgan Yahudiy Kengashini masxara qilishda davom etdi. Xochga mixlanganlarning boshlarining ustiga Pilat Yahudiy aybini qaytaradigan nomni joylashtirdi.

Xudo Yahudiylarni hukm qilish uchun xochning boshida bu nomdan foydalandi, chunki Iso ularning haqiqiy shohi edi. Iso solihlikda, sevgida, yuvoshlukda va kamtarlikda keladigan haqiqiy Shohdir. U yerga jannatni o'rnatdi. Bu yahudiylar o'zlarining jamoatlari bo'lgan Isoni tashqariga haydab, ilohiy Shohlarini rad etib, do'zahni afzal ko'rdilar. Iso Halqlarning Shohi bo'ldi, lekin bugunlik kunda halqlar xochga mixlangan Shohni qabul qiladilarmi yoki ular yana sevgi Xudosini rad etadilarmi?

YUHANNO 19:21-22
21 Yahudiy oliy ruhoniylari esa Pilatga borib shunday dedilar: "Yahudiylarning Podshohi" deb yozma, balki O'zi aytganidek "Men Yahudiylarning Podshohiman", deb yozib qo'y. 22-Men nimaiki yozgan bo'lsam, shundayligicha qolsin,-dedi Pilat.

Oliy ruhoniylar Pilatning yashiringan nafratini va do'q-po'pisasining ma'nosini tushinishdi. Ular o'zlarining Shohlarini rad etishdi va Uning kuchsizligida Pilat da'vo qilgan qarshilikni ko'rdilar. Ular yana ko'proq xochga Mixlangandan nafratlandilar.

Pilat Qaysarning xohish-istaklari bilan bu nom bitimda ekanligiga ishonchni his qildi, shunda u buni savodli xalq uchun, fuqorolar uchun va tashrif buyuruvchilar uchun Rimga qarshi qo'zg'olon qiladiganlar shunday kunga tushushlarini o'qib va tushunishlari uchun, buni uchda tillarda yozdi. Eramizdan 70 keyin Yahudiylar Rim qonuniga qarshi g'alayon qilganlar, minglab odamlar Quddus devori etrofida xochga osilganlar.


b) Isoning kiyimini bo'lib qur'a tashlaydilar (Yuhanno 19:23-24)


YUHANNO 19:23-24
23 Askarlar Isoni mixlab bo'lib, Uning kiyimini oldilar. Har askarga bir parchadan tekkudek qilib, kiyimni to'rt bo'lakka bo'ldilar. Ichki ko'ylagini ham oldilar. Ichki ko'ylak boshdan-oyoq choksiz bir to'qima edi. 24 Askarlar bir-biriga: -Buni yirtmaylik, bu uchun qur'a tashlaymiz, kimga tushsa, o'shaniki bo'lsin,-deyishdi. Shu tariqa quydagi Zabur oyati bajo bo'ldi: "Kiyimlarimni o'zaro bo'lishib olib, Libosim uchun qur'a tashlaydilar". Askarlar xuddi shunday qildilar.

Masihnin xochga mixlagan to'rtta askarlarda Uning kiyimini bo'lib olish uchun huquq bor edi. Biroq, yuzboshi bu tanazzul vazifada ularga qo'shilish uchun pas ketmadi. Shunday qilib bu to'rtta askarlar Isodan Uning oxirgi narsasini ham olib qo'yishdi. Ular xochga mixlangan jinoyatchilar umuman horlash uchun kiyimlarini olib ularni yalong'och qilib qo'yishdi.

Bu kamtarli Isoning oliyjanobligini e'lon qiladi. Uning choksiz kiyimi oliy ruhoniynikiga o'xshar edi. Isoning O'zi hamma insonlar uchun shafoat qiladigan ilohiy Oliy Ruhoniydir. Bu uchun Iso azoblandi.

Ming yillar oldin Muqaddas Ruh xochga mixlanish haqida batafsil bashorat qilgan va u Zabur 21 da shunday deyilgan,"Kiyimlarimni o'jaro bo'lishib oldilar", bu ish askarlarga tanish edi. Ular kiyim uchun qur'a tashlashlarini Ruh oldindan aytib bergan edi. Isoning xochga mixlanishi Xudoning irodasi bo'lganligini e'lon qilib, xochning aniq dalilini Ruh ochib berdi. Iso aytganidek: Sizning sochingizning bir tolasi ham samoviy Otangizning ruhsatisiz to'kilmaydi. Kimdir bu xoch faqat tarixiy dalillarni rad etish uchun emas, balki oldinroq bu hodisani Xudoning Ruhiga qarshi bo'lish uchun sodir bo'lgan deb aytadi. Askarlar nodonlik qildilar va xochning oyoqlaridagi yo'lni sezmadilar.

Birodarim, siz Isoning o'limidagi birlikda U bilan xochga mixlandingizmi? Yoki siz boylik va mashxurlik orqasidan yugurasizmi? Siz xochga Mixlanganni sevasizmi? Siz Uning o'limi orqali haqiqiy muqaddaslikni va ilohiy solihlikni qabul qildingizmi? Yoki siz xochga Mixlanganga qarab turadigan iltifotsiz yuzaki kuzatuvchimisiz? Biz Isoning o'limida, ko'milishida va qurbonlik hayotida baham ko'rishimiz uchun, Muqaddas Ruh imonda va sevgida Xudoning O'g'li bilan birlashadi.

IBODAT: Rabbim Iso Masih, Sen xochni ko'tarib yurganing uchun minnatdormiz. Sening sabring, sevging va marhamatlaring uchun biz Senga sajda qilamiz. Bizning gunohlarimizni va dunyoning gunohlarini kechirganing uchun biz Seni ulug'laymiz. Sen xochga osilganingda meni gunohlarimni olib tashlading va Xudo bilan odamzodni yarashtirding. Sen bizning qutqaruvchimiz va shafoatchimizsan.

SAVOL:

  1. Xochning tepasiga qoqilgan yozuvning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:17 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)