Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 109 (The choice; The flogging of Jesus; Pilate awed by Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
A - Dafn qilish uchun qo'lga olish hodisalar (Yuhanno 18:1 - 19:42)
3. Rim hokimining oldidagi sinov (Yuhanno 18:28 – 19:16)

b) Iso va Barabbaning o'rtasidagi tanlov (Yuhanno 18:39-40)


YUHANNO 18:39-40
39 – Sizlarning bir odatingiz bor-ku, Sizlar uchun Fisih bayramida bir mahbusni ozod qilib kelar edim. Shunga ko'ra, sizlar uchun yahudiylarning Podshohini ozod qilishimni istaysizlarimi? 40-Uni emas, Barabbani ozod qil!-deb hamma baravariga baqirdi. Barabba esa qaroqchi edi.

Pilat Iso haqiqat ekanligiga va hatar yo'q ekanligiga ishonganini sezdi. U hovlida kutib turgan Yahudiylarning oldiga chiqdi, va ayiblangan Isoni ayibsizligiga shahodat berdi. Hamma to'rtta Xushxabar Iso dinsiz nizomlar bilan birgalikda diniy qonunga ko'ra gunohsiz ekanligini tasdiqlaydi. U Isoning ostiga birorta ayibni hokim to'g'nag'ichidek qo'yolmas edi. Shunda odobli hokimyatning ayg'oqchisi Isoning ayibsiz ekanligini tan oldi.

Pilat bu begona Odamdan o'zini halos qilishni istagan edi, lekin Yahudiylarni hushnud etish uchun besabr edi. U Bayram kunida bir mahbusni ozod qilishga taklif berdi. U mazah qilib Yahudiylarning shohi bo'lgan Isoni chaqirish orqali oliy ruhoniyni tinchlantirishga harakat qildi. Agar Pilat Uni ozod qilganida, Iso (Pilat tortishgan) O'zining mashhur chaqirig'ini yo'qotgan bo'lar edi, holbuki U Rimning bo'yinturug'idan halqini ozod qila olmas edi.

Biroq, ruhoniylar va halq "Yahudiylar Shohi" degan sarlovhada aqildan ozib qolishdi. Ular kuchli kishi bo'lgan jangavor bahodirni kutishgan edi. Shunda ular Xudoning muqaddas Biridan ko'ra gunohkor kishini afzal ko'rib, jinoyatchi bo'lgan Barabbani tanlashdi.

Faqat Kengash Isoga ters emas edi, balki xalq ham Undan nafratlangan edi. Siz haqiqatga, kamtarlikka va qurolsizlikka yondashasizmi, yoki siz haqiqat va mehrni qoldirib, zo'ravonlik va yolg'onga suyanadigan qonunchilarni yoqtirasizmi?


c) Iso O'zining ayiblovchilarining oldida kaltaklanishi (Yuhanno 19:1-5)


YUHANNO 19:1-3
1 Shundan keyin Pilat Isoga dast olib, Uni qamchilatdi. 2 Askarlar esa tikanlardan toj o'rab, Isoning boshiga qo'ydilar, tanasiga shahona to'n kiydirdilar. 3 Isoning oldida turganlaricha: - Yashavor, ey yahudiylar Podshohi!-deb, Uni tarsakilar edilar.

Bunda Isoni ozod qilish va Uning ayiblovchilarini hibsga olishga Pilatda huquq bor edi. Bu bunday bo'lmadi, balki u dalillarni o'girib, yon berishni qidirdi. Shunda u Isoni kaltaklashni buyurdi. Shunday jazo daxshatli va holdan toyish edi. Qamchilar suyagini chiqazib yubordi va terilari kesilib ketdi. Askarlar Isoni qo'rslik bilan sudraganlarida, ular Uni yalong'ochlab ustunga bog'lashdi. Uning tanasi va terisi so'zlab berolmaydigan og'riqda yirtilib ketgan edi. Ko'plar bu holatda azoblanganlar va halok bo'lganlar. Bizning ayibsiz Rabbimiz tanada va qalbdan shuncha ko'p azoblandi.

Keyin mazhara qiluvchi askarlar orqada qolib, Isoning yirtilgan tanasini olishdi. Bu askarlar tunda yurishga jur'at etmasdan Yahudiya terrorlarining qo'rquvi bilan yashar edilar. Bu O'zini Yahudiylar shohi deb ataganni azoblash orqali o'ch olishga ularning imkoniyati edi. Ular bu notinch xalq tomon sezgan hamma yovuzlik Uning ustiga quyilgan edi. Ulardan bittasi yugirib borib tikon butasidan bir shohini yulib keldi-da Masihning boshiga qo'yish uchun undan toj yasadi. Bu tikondan qilingan tojni bosib kiydirishganda, qon oqib chiqdi. Boshqalar hizmatkorga tegishli bo'lgan eski kiyimlar bilan kelishdi va uni Isoning atrofiga o'rashdi. Iso qonga belanib ketgunicha, qon pushti bo'yoq bilan aralashib ketgandi. Qo'shimchasiga, Uni tepishdi va vaxshilik bilan mushlashdi. Uni toj uchun tayyorlashyotganidek, Unga sajda qilishdi. Ehtimol bu imperiya qo'shinlari har hil Yevropalik halqlar, Xudoning Qo'zisida aytilgan mazah va kufrda mushtarak bo'lgan dunyoning qabilalarining ko'pini ifodalagan.

YUHANNO 19:4-5
4 Pilat yana tashqariga chiqib xaloyiqqa xitob qildi: -Mana, Uni oldingizga chiqaryapman, bilib qo'yinglar, men Undan hech qanday ayib topolmadim! 5 Shu payit boshida tikonli toj egnida shahona to'n bilan Iso tashqariga chiqdi. - Mana, u Odam! -dedi Pilat ularga.

Pilat Isoning xujjatiga qarab, U ayibsiz ekanligini topdi. U uch marotaba Yahudiy sardorlarining oldiga chiqib, yana "Men Undan hech qanday ayib topmadim" deb aytdi. Oxirida u yolg'on haqiqat va ko'rgazmani oshkor qilish uchun ularni birga yuzma-yuz olib kelishga harakat qildi.

U boshida tikondan qilingan toj kiygan va ustida qon va yoshlar oqayotgan Isoni tashqariga olib chiqdi. Uning yelkasida qon bilan jiqqa ho'l bo'lgan pushti to'n bor edi.

Siz bu dunyoning gunohini O'ziga olayotgan Xudoning Qo'zisining tasvirini ko'z oldingizga keltira olasizmi? Uning kamsitilishi yuksalish edi, chunki Uning beqiyos sevgisi Uning sabr-toqatida namoyon bo'ladi. U, Sharq va G'arbdan kelgan Uni mazharalab, ho'rlab va tikonli toj kiydirganlarning oldida turdi. Dunyoning yaraqlagan javharlari bilan hamma tojlari U gunohni kechirish uchun O'zining qonli va tikonli toji bilan solishtirilib bo'lmaydi.

Hatto Pilat bunga burungi kishilarning eng qo'rsi edi, u bu tasvir orqali harakatlantirilgan. Isoning yuzidagi nafratdan yoki og'zidagi la'natdan iz ham qolmagan. U, Uni lanatlaganlarning gunohlarini olib, dushmanlarini marhamatlash uchun Otasiga jimgina ibodat qildi. Hokim yorqin so'zlar bilan "Mana, u Odam!" deb aytdi. U bu Odamning shavkatini va oliyjanobligini his qildi. U "Bu Xudoning timsolini olib yuradigan yagona kishidir" deb Masih haqida aytadi. Hatto tanaviy hafli soatlarda, Uning mehri tovlandi; Uning muqaddasligi kuchsizlikda va Uning kuchsizlangan tanasida porladi. U O'zining nato'g'ri ishlari uchun azoblanmayotgan edi, balki U mening va sizning gunohingiz uchun, insonzodning ayblari uchun azoblanyotgan edi.


d) Pilat Masihning ilohiy tabiati orqali ajablandi (Yuhanno 19:6-12)


YUHANNO 19:6-7
6 Oliy ruhoniylar va mirshablar Isoni ko'rib, baqirib ketishdi: -Uni xochga mixlab qo'y, xochga! - Uni sizlar olib xochga mixlab qo'yinglar! Men Undan hech qanday ayib topolmadim,- dedi Pilat ularga. 7 Yahudiylar unga javoban: -Bizda Qonun bor, Qonunimiz bo'yicha U o'lishi kerak, chunki U O'zini Xudoning O'g'li qilib ko'rsatdi,-dedilar.

Azob soatlari uzoq cho'zildi, va ko'p odamlar hokimning darvozasiga kelishdi. Yahudiy rahbarligi ularning munosabatlarini yumshatishga va fikrlarini o'zgartirishga noiloj edilar, lekin ular Isoning o'limining talabiga o'shandayoq baqirib rozi bo'lishdi. Kechirilish uchun egilganlarni umitsiz bo'lishlari uchun po'pisa qilishdi va Xudo Isodan yuz o'girdi deb taxmin qilishdi. Iso ularga qutqarish mo'jizasini bermadi, shunda ijro etilish uchun talablar kuchliroq o'sdi va ular Pilatdan eng qattiq hukmni chiqarishni kutishdi. Shunday qilib, ular Isoni haydadilar va eng og'ir uyatga Uni topshirdilar.

Bu payitda, Pilat notinchlikning belgilaridan extiyotkor edi, u hanuz noqonuniy yo'l bilan bir kishini o'ldirish uchun noiloj edi. Shunda u Yahudiylarga shunday dedi, "Men Uning begunoh ekanligiga ishondim, Uni O'zingiz xochga mixlang" – uning ruhsatining uchunchi daf'asida u Isoning ayibsiz ekanligini ayti. Bu bilan, Pilat o'zida Gunohsizni savalash uchun huquq yo'q deb, ayibdor bo'lish uchun o'zini hukm qildi. Yahudiylar kimnidir o'ldirishlari haqida Rim Qonuni taqiqlaganidan habardor edilar va Pilat o'zining qayta ishontirish so'zlaridan qat'iy nazar, ular shunday qilgan bo'lsalar ham u ularni qaytargan bo'lar edi. Yahudiy qonunida xochga mixlash uchun ruhsat yo'q edi, lekin faqat tosh bo'ron qilish uchun ruhsat bor edi. Iso "shakkok" bo'ldi va shunda toshbo'ron qilish uchun loyiq bo'ldi.

Yahudiylarning kattalari Masihning ilohiy O'g'illigiga bo'lgan da'volar to'g'riligini bilishar edi, ular Isoga egilishlari kerak edi. Xochga mixlanish U azob tortgan hamma azob bilan ilohiy emas deb "isbot" qiladi. Shunda U qon to'kish uchun emas, balki Xudoning ma'qullashi bilan duch kelgan oddiy xochga mixlanishi orqali va o'lishi orqali ularni oqladi.

IBODAT: Iso Tangrim, biz Sening og'riq va azoblaring uchun shukur aytamiz, Sen bizlarni gunohlarimizni O'zinga olding. Biz Sening sabr-toqating uchun sevging uchun va oliyjanobliging uchun Seni ulug'laymiz. Sen bizning Shohimizsan. Senga itoat qilishimiz uchun yordam ber; biz dushmanlarimizni marhamatlashimiz uchun va nafratlanadiganlarga mehr ko'rsatishimiz uchun bizlarni o'rgat. Sening qoning bizning gunohimizni tozalagani uchun Seni ulug'laymiz. Ey Xudoning O'g'li bizlar Senikimiz. Bizlarni inoyatda yurishimiz uchun va Sening azoblaring uchun shukr aytishimiz uchun O'zingni muqaddasliginga bizlarni joylashtir.

SAVOL:

  1. Biz Isoning kaltaklanishidan va tikondan toj kiyishidan nimani o'rganamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:13 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)