Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 108 (The charge against Christ's royal claims)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
A - Dafn qilish uchun qo'lga olish hodisalar (Yuhanno 18:1 - 19:42)
3. Rim hokimining oldidagi sinov (Yuhanno 18:28 – 19:16)

a) Masihning shahona da'volariga qarshi ayiblash (Yuhanno 18:28-38)


YUHANNO 18:28-32
28 Tong yorishgan edi. Yahudiy mansabdorlari Isoni Kayafa oldidan mahkamaga olib bordilar. Ular Fisih bayram taomini yemaguncha harom bo'lishdan qo'rqib, mahkamaga kirmadilar. 29 Shu sababli Pilat tashqariga, ularning oldiga chiqdi.- Bu odamga qarshi qanday ayibni qo'ymoqchisizlar?-deb so'radi. 30- Agar U jinoyatchi bo'lmaganida, Uni sening qo'linga topshirmas edik,-deb javob berishdi ular. 31- Uni o'zlaring olinglar-da, o'z Qonuningiz bo'yicha hukm qilaveringlar,-dedi Pilat. - Bizga hech kimni qatl qilishga ijozat berilmagan,-deyishdi unga yahudiylar. 32 Bu gaplar esa Iso O'zining qanday o'lishi haqida aytganlarini tasdiqladi, Uning karomatlari bajo bo'lishi kerak edi.

Ba'zi Yahudiylar Iso Bayt-Hastada (5:18) shol odamga shifo berganida oldinroq Uni o'ldirishni o'ylashdi, holbuki Yahudiylarning ko'p yo'l boshchilari Lazar tirilgandan keyin Iso o'lishi kerak deb yashirincha qaror chiqarishdi (11:46).

Payshanba kuni tunda Kengashning ikta muhim o'rinlari band qilib qo'yilgan edi, buni Yuhanno eslatib o'tmagan (Matto 26:57-67 va 27:1). Bu Yahudiylar tafsilotlari Yunon kitobhonlariga ozgina xavotir edi, lekin Yuhanno ma'badni kuzatib turishga ta'minlanadigan harbiylarda Pilat va Rim huquqining vakili orqali o'tgan, Iso haqidagi adolatsiz gapni takidladi. Unda faqat ijro etishga yoki gunohni kechirishga huquq bor edi.

Bu Yahudiylar o'zlarini Rabbiylarini tanidilar, va nopoklikdan qo'rqib orqaga qaytdilar va ular Yunon qarorgohiga kirishlari kerak edi. Ular qarindoshlari bilan Pasxa Qo'zisida qatnashib o'zlarining muqaddas udumlarini saqlab qolishni xohladilar, chunki ular Xudoning haqiqiy Qo'zisini o'ldirgan edilar.

Bu muhim vaqt davomida, Iso qo'lga olinganda, Pilatning hayotida siyosiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Uning sheriklaridan biri bo'lgan Rim generali g'alayonni rejalashtirish uchun Qaysar orqali amaldan tushirildi. Bu general Yahudiylarga qarshi edi va bu ig'vo Yahudiylar orqali oshkor qilindi. Pilatning hokimligida ular uchun oldingi yoqimsiz nafrati va uning qattiq po'pisasi kuchsizlantirilgan edi.

Yahudiylar Isoni Pilatning oldiga olib kelishgandan keyin, hokim tezda ularning talablari haqida ulardan so'rash uchun tashqariga chiqdi. U muhokama qilish uchun vaqtini ko'p ketkazmadi, balki u ularning hasratlarining mohiyatini tushundi. Pilat Isoga bo'lgan munosabatini – armiyasiz va qo'shinsiz eshakda Quddusga kirib kelayotgan shoh Rimga hatar emasdek kulgi bilan ifodaladi. Lekin u Yahudiylarning talabchanliklariga yo'l qo'yib, ularning talablariga rozi bo'ldi. U allaqachon Isoni qo'lga olishga yordam berish uchun, o'zining jamoati bilan ularning ixtiyoriga bir hizmatkorni qo'ydi. Bu ish-harakat ishladi: Mahbus uning g'amho'rligida edi. Hanuz Pilat "U nima yomonlik qildi?" deb so'rar edi.

Yahudiylarning kattalari birato'lasiga e'lon qilishdi: Biz oldinroq U haqida nima degnimizni bilasan. Bu kishi isyon chiqarish maqsadlari bilan bo'lgan siyosiy jinoyatchidir. Biz boshqa qo'shimcha qilmaymiz. Biz Yahudiy odamlarini rasman tashrif vakili bo'lish uchun kelmaganmiz. Odamlar qo'zg'almasliklari uchun, Uning o'limini talab qilish uchun keldik.

Pilat Yahudiylarning o'jarligini va dushmanligini bilar edi, va u ular Masihning kuchini kutishlarini va qonunlari bilan qilishga to'g'ri kelgan talablarini bilar edi. Iso Rim qonuniga qarshi hech qanday harakat qilmadi va gap aytmagan. Shunda u yana ulardan o'zlarining qonunlariga ko'ra Uni hukm qilishni so'rab, Isoni ularga topshirdi.

O'sha vaqtda, Yahudiylarda Qonunga qarshi nato'g'ri ish qilganlarni tosh bo'ron qilishga huquqlari yo'q edi. Ular nopok deb hisoblagan Rimliklarning qo'llaridagi ommaviy udum orqali Isoga dushmanlik qilishni maqsad qilgan edilar. Shunda eng qattiq jazolar qullarga berilildi va jinoyatchilar "la'natlangan daraxt" ga osilishi uchun Unga yiqildilar. Bu Iso Xudoning O'g'li emasligini, Qudratli va Solih Xudo emasligini biroq U kuchsiz va shakkokdek ko'rsatadi. Kayafa Isoni Masih emas balki yolg'onchi va qonunbuzar deb isbotlash uchun Rimliklarning qo'lida xochda o'lishini xohladi.

YUHANNO 18:33-36
33 Shunday qilib, Pilat yana mahkamaga kirdi va Isoni chaqirdi: - Sen Yahudiylarning Podshohimisan?- deb so'radi. 34- Bu gap O'zingdan chiqdimi yoki boshqalar senga Men to'g'rimda aytishdimi?-deb so'radi Iso. 35- Nima, men Yahudiymanmi? Axir, O'z halqing, O'z oliy ruhoniylaring Seni menga topshirishdi. Sen nima ish qilib qo'yding?- dedi Pilat. 36 Iso javob berdi: - Mening Shohligim bu dunyodan emas. Agar Shohligim bu dunyodan bo'lganida edi, yahudiy mansabdorlari qo'liga tushmasligim uchun Mening qarollarim kurashar edilar. Biroq endi Mening Shohligim bu yerdan emas.

Mirshablar Isoni ichkariga qo'yishdi. Pilat Yahudiylarning ayiblashlarini eshitganida, u ham Isoning himoyasini O'zidan eshitishni xohladi. Pilat Yahudiylarning aytganlariga ishonmadi, lekin qonuniy yo'l bilan Masihdan "Sen Yahudiylar Shohimisan? Men chaqnagan ko'zlar va qora soqollar va tishlar bilan quroldosh bo'lgan boshqa Masihiylarni ko'rganman. Sen esa urushqoq yoki terror emas ekansan. Sen ayanchli, mo'min-qobil va kamtar bo'lib tuyulyapsan,qanday qilib Sen Shohlikka intila olasan? Shoh hokimlikni, kuchni va shavqatsizlikni talab qiladi " deb so'rashda davom etdi.

Iso Pilat Uning shohlikka bo'lgan davosidan shubhalanganini sezdi va shunday deb so'radi, "Sening qo'shinlaring Senga Meni shogirdlarim ular bilan tunda ular biz bilan urushdi deb aytdimi yoki sening habarchilaring Meni siyosat haqida gapirayotganimni eshitishibdimi, yoki sening savoling faqat Yahudiylarning yolg'onlariga asosanmi?"

Pilat, "Men tunu kun dinning ko'rsatmalari haqida tortishib, bu o'jar aqidaparaslar bilan teng bo'lmayman" deganiga o'xshab, "Men Yahudiymanmi?"-deb jahl bilan javob berdi.

Shunda Pilat Isoni qo'lga olgan u emasligini, balki Yahudiy xalqi, ularning yo'l boshchilari va millatchilari ekanligini bo'yniga oldi. Keyin, u qisqacha qilib "Sen nima qilib qo'yding? Men Seni ayiblayotganlarning oldiga dadil borishim uchun menga Seni javobing kerak. Gapir, bo'lmasa Seni kaltaklashadi; butun haqiqatni ayt."-deb so'radi.

Shunda Iso shogordlari bilan kamdan-kam qilganlarining yo'lidagi butun haqiqatni tan oldi. U shunday dedi, "Xudoning Shohligi faqat Unikidir, boshqalar foydalanish uchun tortiqlarni, qurollarni yoki ishlarni kengaytirmagan." Masihning shohligi boshqalarnikiga o'xshab yo'qolib ketmaydi. Iso izdoshlarini hanjar bilan urmaslikka yoki bo'mba otishga yoki o'q yondirishga o'rgatmagan. Uning Shohligi yerdagi hamma Shohliklarda umuman farq qiladi.

YUHANNO 18:37-38
37 -Demak, Sen podshoh ekansan-da?-dedi Pilat. -Podshoh ekanimni o'zing aytding,-dedi Iso. -Men haqiqat to'g'risida shohidlik qilmoq uchun tug'ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Kimki haqiqat tarafida bo'lsa, Mening ovozimni eshitadi. 38 -Haqiqat nima? - so'radi Pilat. Buni aytdi-yu, yana tashqariga yahudiylarning oldiga chiqdi. - Men Undan hech qanday ayib topolmayapman,- dedi ularga.

Pilat Isoning talabining mag'zini tushunmadi, lekin u ayiblangan Iso shohlikning importini aniqlamasdan Shoh ekanligini tan olganini tushundi. Iso " Sen Mening sirlarimni bilib olding va so'zlarimga tushunding. Shoh o'zining shohligining egasidir; Mening Shohligim yo'lg'onlar bilan to'la bo'lgan bu dunyodan emas, chunki Men Haqiqat Shohidirman" -deb javob berdi.

Keyin Iso, Bokira Maryamdan tug'ilib, shu payitdan yashashni boshlamaganligini, balki U bizning dunyomizga kelishidan oldin ham borligiga dalolat berdi. U asrlar oldin Otasidan bo'lgan edi. U ilohiy haqiqatlarni biladi. Iso Xudoning Haqiqatiga guvohlik qiladi. U abadiylikdan bo'lganidek, U sodiq guvohdir. Lekin Pilat kulib, so'radi, "Haqiqat nima?" Hokim shuncha ko'p ikkiyuzlamachilikni va yolg'onchilikni ko'rgan ediki, u haqiqatga ishonmadi. Lekin Iso samoviy haqiqatlarga qattiq turgan va bizga Otasining ismini ochib bergan sodiq guvohdir.

IBODAT: Iso Tangrim, Sen mening Shohimsan; men Senga tegishliman. Meni O'zingni kamtar quling qilgin; O'zingni haqiqating bilan meni mustaxkam ushlagin.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib va qanday ma'noda Shoh?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:12 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)