Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 106 (Jesus arrested in the garden)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
A - Dafn qilish uchun qo'lga olish hodisalar (Yuhanno 18:1 - 19:42)

1. Iso bog'da qo'lga olinadi (Yuhanno 18:1-14)


YUHANNO 18:1-3
1 Bu so'zlarni aytgandan so'ng, Iso O'z shogirdlari bilan u yerdan chiqib, Qidron soyining nargi bo'yiga o'tdi. O'sha yerda bir bo'g' bor edi. Iso shogirdlari bilan boqqa kirdi. 2 Isoning hoini Yahudo ham o'sha joyni bilar edi, chunki Iso shogirdlari bilan u yerda tez-tez uchrasib turar edi. 3 Shunday qilib, Yahudo bir to'da askarlarini hamda oliy ruhoniylar va farziylar tomonidan yuborilgan mirshablarni olib, u yerga keldi. Qo'llarida mash'alu fonuslar, qurol-yarog'lar bor edi.

Iso havoriylari va izdoshlari bilan birga O'zining hayotini Xudoning qo'llariga topshirib, ibodatda Otasiga gapirdi. Bu hayirlashuv ibodati bilan U so'zlarini, hizmatlarini va ibodatlarini amalga oshirdi. Keyin U Xudoning Qo'zisi bu dunyoning gunohini olishiga o'xshab, O'zining rolini bajarish uchun azoblanishning yangi bosqichiga kirdi.

Iso uzumdan vino qiladigan Kidron daryosini ko'ndalangidagi Zaytun Tog'idagi o'ralgan boqqa kirdi. Bu boshpana joyi edi va Iso va Uning shogirdlari tez-tez uhlab turadigan joy edi.

Yahudo bu yashirin joyni bilar edi, va u Isoning hokimyatlar joyini Yahudiylarga ma'lum qildi. Ular buni ma'qul ko'rdilar va Farziylarning vakillarini va ma'badning qo'riqchilarini to'pladilar. Ularda Rim qonunlarining bitimidan boshqa biror kimni tunda qo'lga olishga yoki qurollarni olib yurishga haqlari yo'q edi. Bu hokim ma'lum qilingan edi. Yahudiya boshchilari Yahudoning xabaridan qoniqishmagan edi, lekin ular uni Masihni qo'lga olish uchun oldiga boshlab borish uchun majburladilar. Mana shunda, Yahudo faqat hoin emas edi, balki u Isoni dushmanlariga topshirdi. Xudo hoinning o'xshashini yoki teskarisini olish uchun O'g'liga ruhsat berishi kerakligini taqiqladi. Xudo pastkashlikdan yuksakdir.

YUHANNO 18:4-6
4 Iso O'z boshiga keladigan hamma narsani bilar edi. U odamlarga peshvoz chiqiib, so'radi: - Kimni qidiryapsizlar? 5-Nosiralik Isoni,-deb javob berishdi ular. - U Menman,- dedi Iso. Isoning hoini Yahudo ularning o'rtasida turgan edi. 6 Iso "U Menman" deyishi bilanoq ular orqaga tislanib, yerga yiqilishdi.

Bizda hujumchilar qanday qilib boqqa kirganliklari haqida fikr yo'q. Ularda Uni topish uchun balki ko'p lampalar bo'lgan bo'lsa kerak, va mabodo U qochib ketishi mumkin deb o'ylagan. Iso qattiq ibodatda edi, Uning shogirdlari uxlab yotishgan edi. Iso ibodatda jamo bilan hoin birga ularga yaqinlashayotganini payqadi. U qochishga karakat qilmadi, hatto U qattiq hukmda va azobda Uni nima kutayotganini bilar edi. U hamma narsadan xabardor edi va Otasiga itoat qildi. U o'rnidan turdi va kelayotgan jamoning oldiga keldi; Uning olijanobligi va shon-shavkati butundir. Haqiqatda, u Isoga bo'ysungan Yahudo emas edi, balki u biz uchun O'zini topshirgan Rabbiydir.

Iso ulardan "Kimni qidiryapsizlar?" deb so'radi. Ular Uning ismini aytishganda, Iso ilohiy terminlardagi, "U Menman" deb javob berdi. Xudo Musoga, "Menman" deb aytganini ularga aytib, Isoda Xudo odamlarning o'rtasida turganligini o'sha onda ruhiy zakovatning tuyg'usi bilan kimdir sezgan bo'lar edi. "Siz chin dildan Najotkoringizni o'ldirishni xohlarmidingiz? U Menman, nima qilsangiz extiyot bo'ling. Men sizning oldingizda turgan Najotkor va Qutqaruvchidirman."

Har doim Yahudo atrofda turar edi va bu so'zlar uning yuragini tig'nar edi. Bu Yuhannoning xushxabarida uni eslatilgan oxirgi daf'adir. Yuhanno Yahudoning bo'sasini eslatmagan yoki qanday qilib u o'zini o'zi o'ldirshga topshirganligi haqida eslatib o'tmaydi. Yuhannoning boshlang'ich xavotiri Isoning dushmanlarining oldidagi olijanob qarorida tasvirlaydigan Iso edi. Bu andishadagi ixtiyoriy bo'ysunish Yahudoning yuragini sanchdi, chunki Iso o'lish uchun tayyor edi. Bunda Yahudo va odamlar Olijanobning huzurida qaltirab yiqildilar. Ular urush uchun ayiblanganni qo'lga olish uchun taminlangan edilar. Shu yerda Iso ularga "Men sizlar istagan Masihman" deb aytib, kechirim kunida oliy ruhoniyning sha'ni bilan ularga yaqinlashayotgan edi. Ular yerga muk tushdilar, va Iso ularga chap bermadi, balki U ularning oldilarida turishda davom etdi.

YUHANNO 18:7-9
7 Iso ulardan yana so'radi: - Kimni qidiryapsizlar?- Nosiralik Isoni, - dedilar. 8- Sizlarga aytdim-ku, U Menman. Agar Meni qidirayotgan bo'lsangizlar, shularni qo'yib yuboringlar, ketaverishsin,- dedi ularga Iso. 9 Uning ilgari: "Sen Menga bergan kishilardan hech birini halok bo'lishiga yo'l qo'ymadim", degan so'zlari shu bilan bajo bo'ldi.

Masih O'ziga hujum qiluvchilarining diqqatini burdi. Ba'zilar Isoni shogirdlarini qo'lga olish uchun tashqarida turar edilar, lekin Iso ko'ksini ochib, dushmanlariga yuzlanib, shogirdlariga qalqon bo'lishga harakat qildi. U qo'ylari uchun O'z hayotini beradigan Yaxshi Cho'pondir, va U O'zining shogirdlarini yolg'iz qoldirishlari uchun mirshablarga buyrug' berdi. Uning shavkati ularni qaltiratib yubordi, va ular Uning buyrug'iga bo'ysundilar. U "Men Hayot Noniman, Men dunyoning Nuriman, Men Eshikman, Men Yaxshi Cho'ponman, Men Yo'lman, Men Haqiqat va Hayotdirman. Men belgilangan Qutqaruvchiman. Sizning oldingizda turgan Kishi Xudodandir" deb aytganiga o'xshab, yana U shunday dedi, "U Meman". "Iso" degani Xudo tayinlaydigan va qutqaradiganni anglatadi. Bu ilohiy yordamni Yahudiylar rad etishdi. Ular kamtar Nazariyalikni o'zlarining Masihlaridek qabul qilmadilar.

YUHANNO 18:10-11
10 Shu onda Simun Butrus yonidagi qilichini qinidan sug'irdi-da, oliy ruhoniyning qaroliga bir urib, o'ng qulog'ini uzib yubordi. Qarolning ismi Malik edi. 11 Iso Butrusga: -Qilichingni qiniga solib qo'y! Nahotki Menga Otam bergan taqdir sharobini ichmasam? - dedi.

Butrus Rabbiysini tushunmadi, yoki Uning so'zlariga kirmadi. U uxlayotgan edi va o'yg'ondi, u haligacha mudrayotgan edi. U mirshablarni payqadi va Iso unga olib yurishga ruhsat bergan qilichini qinidan sug'irib jahli chiqqan edi. U turdi-da Rabbiysining buyrug'isiz oliy ruhoniyning hizmatkorining qulog'ini kesdi. Faqat Yuhanno Butrus o'lganidan keyin bizga buni aytadi.

Yuhanno Iso bosh shogirdiga qilichni joyiga qo'yishiga buyrug' berishini va qon to'kilishidan yirog'da bo'lishiga va birorta shogirdlarini qo'lga olmasligiga buyrug' berganini ko'rsatib beradi.

Keyin Iso shogirdlariga U ibodat qilganida ilohiy zavqum kosasini qabul qilganini aytdi. Mana, biz Rabbiy qo'lga olinishidan oldin Uning qalbida davom etayotgan ruhiy kurash hususida aytilmagandek buni o'qiymiz. Biz Uning shaxsida biz uchun hamma hukmlarni O'zida olib yurib, bu g'azabga azoblanish uchun tayyor ekanligini tushunamiz. Bu kosa Otasining qo'lidan to'g'ri keladi. U O'zining eng Yaqinidan eng achchiq azobni oladi. U sevgisiz buni olib yurolmaydi, chunki Ota va O'g'ilning insoniyatni qutqarilish uchun maqsadi birdir. Zero Xudo olamni shunchalar sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi.

IBODAT: Ey Ota, biz Senga sajda qilamiz, Sening sevging tufayli bizning tushunchamiz narida. Sen bizlarga O'zingni O'g'lingni berding. Ey O'g'il, o'lish uchun Sening mehring, olijanobliging va tayyorliging uchun biz Senga sajda qilamiz. Sen bog'da qochib ketmading lekin shogirdlaringni qo'riqlading va duchmanlaring oldiga bording. Biz Sening mehribonliging uchun va to'g'riliging uchun, O'zingdan kechganing uchun minnatdormiz.

SAVOL:

  1. Bog'ning kirovrishidagi Isoning dushmanlariga O'zi haqidagi vahiysining ma'nosi nima?

6-SAVOL-JAVOB

Aziz kitobhon, 17 savollarning 15 ga to'g'ri javobni bizga jo'nating. Biz sizga o'qish kitobining chop etilgan birini jo'natamiz.

  1. Qanday qilib Iso haqiqiy Tok bo'ladi?
  2. Nima uchun biz Isodamiz va U bizda?
  3. Qanday qilib Iso gunohga qul bo'lganlarni O'zining sevganlari qildi?
  4. Nima uchun bu dunyo Masihdan va Uning sevganlaridan nafratlanadi?
  5. Qanday qilib Xudo Masihni xochga mixlagan dunyo bilan yuzma-yuz keladi?
  6. Nima uchun Masihga ishonganlardan bu dunyo nafratlanadi?
  7. Dunyoda Muqaddas Ruh qanday ish qiladi?
  8. Qanday qilib Muqaddas Ruh bu dunyoning taraqqiyotida ishlaydi?
  9. Qanday qilib Ota Xudo Iso nomi bilan bizning ibodatlarimizga javob beradi?
  10. Nima uchun va qanday qilib Ota bizni sevadi?
  11. Isoning ibodatining birinchi qismidagi asosiy fikr nima?
  12. Iso orqali Otaning nomini ochib berishning mihiyati nima?
  13. Otaning ismidagi bizning himoyamiz nimani anglatadi?
  14. Iso qanday qilib Otasidan bizni yovuzlikdan saqlashni so'radi?
  15. Iso bizning foydamiz uchun Otasidan nimani so'radi?
  16. Iso aytgan Oliy Ruhoniylik ibodatining hulosasi nima?
  17. Bog'ning kirovrishidagi Isoning dushmanlariga O'zi haqidagi vahiysining ma'nosi nima?

Ismingizni yozishni va savol-javob sahifasidagi aniq manzilni yozishni unutmang. Quydagi manzilga uni jo'nating:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:10 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)