Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 091 (Abiding in Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

1. Masihda yashash ko'p hosil olib keladi (Yuhanno 15:1–8)


YUHANNO 15:5
5 Men-tok, sizlar -novdasizlar. Kim Men bilan aloqada bo'lib, Men u bilan aloqada bo'lsam, u ko'p hosil beradi. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar.

Iso O'zining yuragidan chiqayotgan novdalarga o'xshashimiz uchun bizlarga qanday ulkan sharafni berdi. U bizda ruhiy hayotni yaratdi. Tokda birinchi novda ko'ringanidek, bu novdada o'sayotgan o'simlik sog'lom va uzun bo'lishi uchun kengaytiriladi. O'xshashlik joyi shundaki, imonli hamma sifatlari bilan chiqadi va Masihiy Isoga minnatdorchiliklar keltiradi. Bu faqat imonimizning sharofati orqali emas balki inoyat ustiga unoyat orqalidir.

Biz xushxabardagi "Men bilan" degan so'zni 175 marta uchraydigan g'aroyib iborani va xushxabarda tez-tez "Biz bilan" degan bu so'zga munosib kam uchraydigan bu so'zni topamiz. Har bir imonli Yangi Ahd ostida Iso bilan birlashtirilish uchun ruhsat berilishi kerak. Bu birlik biz o'zimizni Iso bilan ulanganligimizni ko'radigan shunday mustahkamlikdir.

Bizning Tangrimiz sifatimiz ishonish orqali yo'qolmasligiga bizni ishontiradi. U sizning irodangizni kuchga kiritadi va O'zining Ruhi bilan hayotingizni to'ldiradi. Masih sizni kamolotga boshlashni xohlaydi va azaldan siz uchun sizda bu timsolni shakillantirishni maqsad qilgan. Uning imkoniyatlari va sifatlari imonlilarning yuraklariga kiradi. Bizning imonimiz va sevgimiz qayerda?

Insonzod bilan Xudoning O'g'lini birligining maqsadi nima? Nima uchun Iso xochda o'ldi va nima uchun imonlilarning yuraklariga Ruh tushdi? Xudo sizdan nimani talab qiladi? Ruhiy meva sizga Xudodan berilgan. Bular Ruhiy hosillardir: Muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr-toqat, lutfkorlik, xayrixohlik, sadoqat , muloyimlik va ibodir.

Biz o'zimiz bu hislatlarni birortasiga ham erisholmasligimizni o'rganishimiz kerak. Biz arang nafas olganda, yurganda va gaplashganda va imonda o'zimizning majburiyligimiz bilan kelolamiz. Bizda imonlilardek faqat Isodan kelib chiqayotgan ruhiy hayotdan hursand bo'lish uchun yorliq bor. Biz ruhiy mavjudotligimiz uchun va bizga ilohiy kuch berilgani uchun Unga shukronalar aytamiz. Bu hamma kuchlar va hizmatlar Xudodan bo'lgan sovg'alardir. Usiz biz hech narsa qilolmaymiz.

'''YUHANNO 15:6
6 Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni esa terib, o'tga uloqtirib yondirishadi.

Siz Masih bilan aloqada bo'lish uchun javobgarsiz. Bir tarafdan biz Ruhning hayotini va Masih bilan aloqada bo'lishni sovg'a deb izohlaymiz. Boshqa tarafdan biz Masih bilan jamoa qismlari bo'lgan odam qasd qilishga beriladigan insonga o'xshashligini topamiz. Bu darbadar bag'ri tosh bo'ladi va Xudoning g'azabining o'tiga tashlanishi kerak bo'ladi. Farishtalar Masihni rad etganlarni o'rinli paytda to'playdida ularni tashqaridagi qorong'ulikka uloqtiradi. Ularning vijdonlarining tanbex berishi ularga dam berishga ruhsat bermaydi. Hamma abadiylikni ulardan ajiratilgan Isoning muhabbatida ular Xudoni ko'radilar. Ular qanday qilib avval Uning sevgisi bilan saqlanganlarini tushunib yetadilar. Agar ular Isoni rad etsalar, ular Qutqaruvchilaridan nafratlangan bo'ladilar, va ular abadiy jaxannamda yonish uchun yuboriladilar.

YUHANNO 15:7
7 Agar siz Men bilan aloqada bo'lib, so'zlarimni qalbingizga jo qilsangizlar, istaganingizni so'ranglar, erishasizlar.

Masih bilan aloqada bo'lgan kishi U bilan fikrli muloqotda yashaydi. Xuddi er-hotin ko'p yashab bir birlarining fikrlarini va maqsadlarini biladaganidek, u ham xuddi shunga o'xshaydi. Yana Masihni sevgan kishi Uning irodasi nima ekanligini biladi va Tangrisi bilan birga aloqada bo'ladi. Kunda Kalomga chuqur kirib, biz hamma yaxshi majburiyatlar bilan to'lamiz, va biz U nima xohlasa biz shuni xohlaymiz, chunki bizning ichki tuyg'ularimiz Uning so'zlari bilan to'ldiriladi.

Keyin biz o'zimizning xohishlarimizga ko'ra ibodat qilmaymiz, balki Uning Shohligidagi rivojlarni intizorlik bilan eshitamiz. Biz ruhiy kelishmovchilikda sharafli homiylar bo'lamiz. Keyin bizning yuragimiz ulug'vorlik va minnatdorchilik bilan to'lib toshadi va biz havotirni, muxtojlikni va Muqaddas Ruh bizning diqqatimizga olib keladigan mubtolo bo'lgan odamlar haqidagi ishlarni Muqaddas Xudoga taqdim etamiz. Iso bizning dunyomizda bizning ishonish ibodatlarimizning asosida ishlaydi. U O'zining qutqarish ishida bo'lishish uchun bizga ruhsat beradi. Siz ibodat qilasizmi? Qanday qilib ibodat qilasiz? Siz Muqaddas Ruhda ibodat qilasizmi? Xudoning irodasida har-hil maqsadlar bor. Bittasi sizning muqaddasligingiz; boshqasi esa Xudo hammani qutqarishni xohlaydi va ularni haqiqat bilimiga olib kelishni xohlaydi. Agar biz kamtarlik hatti-harakatida yursak, Xudoning ismi bu uchun ulug'lanadi. Xudoyingizdan sizning yuragingizga ibodat Ruhini solish uchun Undan so'rang, shunda siz ko'p hosillar keltirasiz va boshqaruvchingiz bo'lgan samoviy Otangizni va Masihni ulug'laysiz.

YUHANNO 15:8
8 Sizlar ko'p hosil bersangiz, Otam ulug'lanadi, sizlar esa Mening shogirdlarim bo'lasizlar.

Iso seizdan ko'p hosil olib kelishingizni xohlaydi. U sizning hayotingizda ozgina muqaddaslik bilan yoki ozgina sodiq halqning yutug'ini yoki sizning razil minnatdorchiligingizdan qoniqmaydi. Yo'q! U hamma saqlanib qolishi uchun Ota barkamol bo'lganidek siz ham barkamol bo'lishingiz uchun sizning muqaddasligingizni xohlaydi. O'zingizni o'ylamang.

IBODAT: Iso Tangrimiz, biz Seni sevamiz, chunki Sen bizlarni O'zingning a'zolaringdek bizlarni qabul qilishga uyalmaysan. Biz Senga kelishga chorlagan hamma bilan suhbatlashishni so'raymiz. Biz ularning ismlarini birma bir eslatib o'tamiz. Biz Sen xoching orqali ularni saqlab qolganinga ishonamiz. Ularning najoti ularga Muqaddas Ruhning tushishi orqali tasdiqlaniladi. Muqaddas Ruhda Sening isming va Otaning ismi ulug'lansin. Sensiz biz hech narsa qilolmaymiz.

SAVOL:

  1. Nima uchun biz Isodamiz va U bizda?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:54 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)