Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 090 (Abiding in Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

1. Masihda yashash ko'p hosil olib keladi (Yuhanno 15:1–8)


YUHANNO 15:1-2
1 Men haqiqiy tokman, Otam esa Bog'bondir. 2 Mendagi hosil bermaydigan har bir novdani esa, yana ko'proq hosil bersin deb, xomtok qilib tozalaydi.

Iso shogirdlari bilan kechki ovqatdan keyin uzumzor orqali Zaytun Tog'i tomon chiqib, Kidron vodiysida shahar devorlarining darvozasidan o'tib, Muqaddas Tog'dan pastga tushishdi. Ular safar qilishganda, Iso shogirdlariga uzumzordan o'tganlarida tokni misol qilib olib, ularning imonlarini va sevgilarining ma'nosini aniqlab berdi.

Iso Xudoni dunyo bo'ylab tokni barpo qilgan bog'bondek tasvirlab berdi. Biz Zabur 79:8-16 va Ishayo 5:1-7 da o'qiganimizda ularning biri Eski Ahdning xalqi edi. Xudo yaxshi hosil olib kelmagan bunday tokdan quvonmadi. Shunda Xudo mo'l-ko'lchilikda ruhiy hosil bo'lishi uchun yangi turdagi va yangi xalqni olib kelish uchun haqiqiy Tok bo'ladigan, Ruhdan tug'ilgan yangi nihol bo'lgan O'zining O'g'lini yerda undirdi. Iso shogirdlariga ko'rsatgan bu mavzu ruhiy yaxshilikning qimmat baho hosili bo'lgan insonzotdagi Muqaddas Ruhning hosili edi. Iso insoniy o'rgatish, insonda yashaydigan hayvon boshqalarni oyoq osti qilish uchun va ularni yutib yuborish uchun kimdirni qo'zg'alishini poylab turadigan buni yolg'onligini bilar edi. Iso, U Jamoatning quruvchisiligini va tinchlik o'rnatuvchi ekanligini, Xudoning oldida faqat U Xudoga ma'qul keladigan hosilni keltirishligini O'zining talimotining oldingi bosqichida aytib o'tgan edi.

Iso birinchi sevgining majburyatlariga o'zini ochmaydigan yoki ruhiy meva olib kelmaydigan va o'zi uchun tokdan shirin sharbat oqishiga yo'l qo'yishni rad etadigan va Xudo uni hosilsiz novdaga o'xshab tokdan kesib olib tashlashlaydigan kishi to'g'risidagi bu ramzning salbiy tomonlarini ko'rsatib berdi. Agar Xudo sizda Xushxabarning mevasini topmasa yoki sizda natijadagidek va tasirchan Masihning o'limini va Uning tirilishini ko'rmasa, U sizni O'zining O'g'lining tokidan kesib olib tashlaydi.

Shunga qaramasdan, U Muqaddas Ruhning sharbatini ko'rgan zahotiyoq tokda bo'lgan shoxga o'xshab, sizda o'sish belgilarini o'rnatadi. U barg yozish uchun va meva berish uchun keladi. Bog'bon siz ko'proq hosil bering deb hosil bermaydigan qismini kesib tashlaydi. Bu meva sizniki emas, balki sizdagi Masihnikidir. Bizlar hosil bermaydigan hizmatkorlarmiz, U esa hosildordir. Siz keyingi yilga ko'p hosil keltirish uchun tokni har kuzda butalishi kerakligini bilasizmi? Xudo ham hamma insonni mag'lubiyatlarini, sizning o'jarligingiz yo'q bo'lishini va gunohga o'lishingizni kesib olib tashlaydi. Shunda sizdagi Masihning hayoti kamolot sari aniq bo'ladi. Xudoda sizni o'zingizdan saqlash uchun ko'p qo'llari bor. Hodisalar, mag'lubiyatlar va dardlar sizni qulashingiz uchun hujm qiladi. Siz o'zingiz uchun yashamang, balki Xudo bilan Unda yashang; siz Uning kuchi orqali sevimli inson bo'lasiz.

YUHANNO 15:3-4
3 Mening sizga aytgan so'zim orqali sizlar hozirdan tozzasizlar. 4 Men bilan aloqada bo'linglar, shunda Men sizlar bilan aloqada bo'laman. Tokda qolmagan novda o'z-o'zidan hosil berolmaydi; shu singari agar sizlar Men bilan aloqada qolmasangizlar, hosil berolmaysizlar.

Iso sizlarga dalda beradi. Xudo bizning tabiy buzuqligimiz uchun va ko'pgina gunohlarimiz tufayli bizlarni Tokdan kesib olib tashlamaydi. Iso har birimizga ishonchimizda bu bilan bizni joylab, tubdan tozalanishga taklif beradi. "Biz kelajakda marosimlarimiz orqali va ibodatning simolari orqali poklanamiz deb aytmang." U bizni bir qismda pokladi; U bizlarni kechirgan va xochda bizni muqaddaslagan Xudodir. Xushxabar poklanish uchun kuchni chiqaradi. U bizning urunishlarimiz emas, na azoblanishimiz emas, yoki bizni tozalaydigan barkamolligimiz emas, balki Xudoning so'zidir. Yaratguvchi boshida so'z orqali dunyoni yaratganidek, Masih ham Uning so'ziga o'zimizni ochsak, bizda poklikni yaratadi. Faqat suvga cho'mish urf-odatlari yoki Qutlug' kechlik bizni poklamaydi, balki Isoning so'ziga ishonish va so'zi haqida chuqur fikr yuritish poklaydi. Kunda hech bo'lmaganda Kalomning bir qismidan doimo o'qing, bo'lmasa ruhiy oziqasiz siz yiqilasiz.

Iso bizning o'sish va hosilldorligimizga bog'liq bo'lgan bir terminga diqqatini qaratdi. Bu ALOQADA BO'LISH dir. Bu so'z 15 Bobda o'n marotaba uchraydi. Ko'plab mazmunlar bu termindan shunday hulosa chiqarad - biz U bilan aloqada bo'lamiz va U esa biz bilan aloqada bo'ladi; biz aloqa qilishda muqaddaslanamiz; Uning kuchi bizlar orqali oqadi. Hamma narsa Undan keladi, shunda biz U bilan aloqa qilishimiz kerak. Agar biz Uning qismidan bo'lsak, Uning sevgi kuchining oqimi bizda to'xtamaydi. Hatto agar bir daqiqaga novda sinsa, u quriydi. Qanday hunik qurigan tasvir va o'lik jamoat. Imonlilar uchun eng muhim ibodatchi biz U bilan aloqadamizmi deb so'rashi kerak. Shunda Xudo o'sishimiz uchun, hosil keltirishimiz uchun va harakat qilishimiz uchun doim bizda ishlasin va kunu tun O'zining ismi bilan bizni saqlasin. Aloqada bo'lish bizdan emas, u Muqaddas Ruhdan keladigan inoyatdir. Hech kim o'zicha Masih bilan aloqa qila olmaydi, lekin biz bu sovg'a uchun Unga rahmat aytishimiz mumkin va boshqalar ham aloqa qilishi uchun aloqada bo'lganda asrashini Undan so'raymiz.

IBODAT: Iso Tangrim, Sen yerimizdagi Xudoning muqaddas Tokidirsan. Biz Sendan hamma yaxshiliklarni keltirib chiqaramiz. Bizning yuraklarimiz hamma yomonliklarning tomiridir. Xushxabar orqali bizlarni poklaganing uchun Sendan minnatdormiz. Sening Muqaddas Ruhingni kuchi doimiylik sevgining mevasini olib kelishi uchun bizlarni O'zingning noming bilan ushlab turgin. Sensiz biz hech narsa qilolmaymiz. Bizning birodarlarimiz o'zlari uchun yashamasdan balki Sen bilan aloqada bo'lishlari uchun ularga kuch bergin.

SAVOL:

  1. Qanday qilib Iso haqiqiy Tok bo'ladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)