Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 086 (The Holy Trinity descends on believers)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
C - Yuqori honadagi hayirlashish manzili (Yuhanno 14:1-31)

2. Muqaddas Uch Birlik Yupatuvchi orqali imonlilarga keladi (Yuhanno 14:12–25)


YUHANNO 14:12
12 Sizlarga rostini aytayin: Menga ishongan kishi Men qilayotgan ishlarni o'zi qiladi va hatto bundan kattarog'ini ham qiladi. Zero Men Otamning oldiga ketyapman.

Xudoning bilimi falsafa yoki mantiqiy sistema emas. Hamma bilimlar yo'q bo'lib ketadi, lekin bu Xudoning sevgi bilimidir va O'g'ilning najotidir. Saqlash uchu ozodlik ahamiyatli bo'ladi. Masih shogirdlariga yangi amrni berdi, "ish orqali hayotda iloyih sevgini amalda qilish va ibodat bilan harakat qilish."

Shogirdlar Iso ularni tark etishi kerakligini tushunishganda, ular Isodan himoyani Xudoning bilimini qo'shishini so'rashdi. Lekin Masih dunyoni xushxabarlashga bardam bo'lishlari uchun ularni Otada o'rnatdi.

Hayot o'zlari haqida o'tkinchi e'tiborlar emas edi, balki ularning tayorgarlik ko'rishlari ilohiy hizmat uchun edi. Ota va O'g'ilning bilimi bizlarni o'zini o'ylashlikdan asraydi va bizlarni kamtar hizmatga boshlaydi. Iso dedi: Kimki Mendagi ishlarga ishonsa, faqat gapirmaydi, balki qurbon bo'lish yo'liga ham ergashadi. Buning uchun imonli o'zidan kechadi va Masihni, unga samoving marhamatlarini beradigan va unda ishlaydigan, o'limdan tirilgan O'g'ilni ulug'laydi. Shunday imon bilan Havoriylar Ruh kelib tushgandan keyin Isoning nomidan o'likni tiriltirib, gunohlarni kechirib, va shofo berishga qobilyatli edilar. Ular o'zlaridan kechdilar va Masih ularda yashadi. Ular Isoni borliqlari bilan sevdilar, va harakatlarida Uni ulug'ladilar.

Bu muqaddas hizmatlardan tashqari, Masih ularga O'zi qisqa vaqt mobaynida yerda tugata olmagan topshiriqlarni ijro etish uchun ularni jo'natdi. Iso ko'tarilib ketgandan keyin, o'zlarining xushxabarlashlari orqali ko'plar yangilanishi uchun Muqaddas Ruhini jo'natdi. Quyosh chiqqanda shudring tushishidek, bolalar Otaga tug'iladi. Masih xochga qoqilishi va tirilishi haqida berilgan yaxshiroq shahodatimizdan boshqa shahodat yo'qdir. Bu shahodatga ishonish orqali, odamlar abadiy hayotga ega bo'ladilar. Muqaddas Ruh Masihga ergashganlarning ustlariga to'g'rilikda butun hayotlari bilan Otani ulug'lashlari uchun keladi va ularni Xudoning bolalari qiladi.

YUHANNO 14:13-14
13 Mening nomimdan Otadan biror narsa so'rasangizlar, uni bajo keltiraman, toki Ota O'z O'g'li orqali ulug'lansin. 14 Ha, Mening nomim uchun nima so'rasangizlar, Men uni bajo keltiraman.

Siz ibodat qilasizmi? Xavotirlanishlaringiz va gunohlaringiz bilan ibodatlaringizni nisbati qanday? Xudoni ulug'lashda va boshqalarga hizmat qilishda siz qancha oz vaqt o'tqazdirasiz? Siz ibodatingizda o'zingizni o'ylaysizmi yoki Xudo uchun va yo'qolganlar uchun sevgiga to'lasizmi?

Siz dushmanlaringizni duo qilishingiz uchun Xudoning sevgisi ibodatlaringizni o'zgartirdimi? Masihning najotkorligi sizni O'zining ismi bilan ko'pchilikni qutqaruvchisi qildimi? Sizning ibodatlaringiz Xudoning ibodatining murojatnomalari bilan to'g'ri keldimi? Yoki siz boshqalarni gunohlarini kechirmasdan nafratlanishni davom ettirasizmi?

Agar siz Masih nomi bilan ibodat qilsangiz, siz yashaysiz va U xohlagandek, Uning Ruhiga ko'ra o'ylaysiz, va yuragingiz mehrli fikrlar bilan to'ladi.

Masih osmon marhamatlarini va kuchlariga ega bo'lishni va'da beradi. U shunday aniq shart bilan bu va'dani aytadi, "Agar siz Mening so'zlarimga o'zingizni ochsangiz, ular sizni o'zgartiradi, Men sizda buyuk va kuchli bo'lib, sizning ibodatlaringiz va imoningiz orqali buzuqlikdan ko'plarni qutqaraman. Siz Ruhning boshqaruvuda tez-tez ibodat qilganingizda, siz Menga ishonasiz, va Men to'g'ridan to'g'ri javob beraman."

Do'stim, Iso sizning qo'llaringizga kalitni qo'yganligidan minnatdorchilik bilan o'ylang. Ibodatlaringizda osmonning qopqoqlarini ochib tashlang. "Men kechirim va yordam bilan birgalikda sizning qo'shnilaringizga, do'stlaringizga marhamatlar bilan, najot bilan va bilim bilan tushaman." Isoga ibodat qiling va sizning halqingizdan qullarni tanlashi uchun va ularni Xudoning bolalari qilishiga yalinib yolvoring. Ibodatda sulaymang; sizning imoningiz ko'plarni asrab qolish demakdir. Ibodatlaringizga javob olishga ishoning; oldin Uning javoblari uchun Unga shukurlar bildiring. Aka-ukalaringizdan va opa singillaringizdan sizning ibodatlaringizga va imoningizga qo'shilishlarini so'rang. Ulug'lashda va sajda qilishda charchamang. Sizga ibodat Ruhini yo'gdirishi uchun Unga ibodat qiling.

Agar Iso ibodatlaringizga javob bermasligini sezsangiz, kechirim so'rab, gunohlaringizni tan oling, ibodat to'siqlarini buzib tashlang, shunda U sizni tozalaydi. U sizga osmonning kamolotini yerga olib kelish uchun hokimyatni beradi. Siz imon bilan ibodat qilishni va guvohlik berishni boshlaganingizda, siz Otani, O'g'ilni va Muqaddas Ruhni ulug'laysiz.

IBODAT: Iso Tangrim, bizlarga ibodat qilish Ruhini bergin, o'zimizni birinchi o'ylamaylik, balki biz bilgan yoki bilmaganlar haqida o'ylaylik. Sen qarindosh-urug'larimizni asrab qolishing uchun, bizlarni ibodatchi imonlilar qilgin. Men Seni ulug'layman; Sen bizlarga mo'l-ko'lchiligingni va in'omlaringni berib, biz uchun osmonni ochib yubording. Ko'plab ruhiy bolalarning tug'ilishi orqali Otaning ismi ulug'lansin. Ularning muqaddaslikda va Ruhning kuchida hatti-harakatlari orqali Sening isming ulug'lansin.

SAVOL:

  1. Javob berilgan ibodat uchun boshlang'ich vaziyatni esla!

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)