Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 082 (The traitor exposed and disconcerted)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
B - Tangrining qutlug' kechligiga ergashadigan hodisalar (Yuhanno 13:1-38)

2. Xoyin oshkor bo'ladi va dovdirab qoladi (Yuhanno 13:18-32)


YUHANNO 13:18-19
18-Men hammanigiz haqingizda aytmayapman,-davom etdi Iso,-Men tanlagan kishilarni bilaman. Zaburda: Nonnamagimni egan do'stim Menga qarshi tovonini ko'tardi,-deb yozilgan. BU oyat bajo bo'lishi kerak. 19 Hozirdan, bu voqealar sodir bo'lmasidan oldin, Men sizlarga aytyapman, toki bu voqealar sodir bo'lganda, Men-Osha ekanligimga ishoninglar.

Yahudo hizmatni va kamtarlikni sevmasdan, achinarli kun kechirdi. U zo'ravonlikni, hokilikni va xoinlikni tanladi. U yolg'on orqali Iso haqidagi buyruqni xohladi. U kuchni ushlab qolish uchun Masihning qo'lini majburlashda maqsad qilgandir. Holbuki u yurakda Isoni oyoq osti qilishni va Uning ijrochiligini ig'vo qilishni xohlagan Uning raqibi edi. U sevgi talab qilgan narsani va u g'ururli ekanligini sezmadi, chunki Iso O'zi kamtar bo'ldi. Iso yuvosh va kamtar hizmatkorni qolishi uchun tanlaganda, Yahudo mag'rurlikni hokimlikni va zo'rovonlikni maqsad qilgandi.

Iso hoinlik soati uchun shogirdlarini ular Uning Xudoligiga ikkilanmasliklari uchun xatto U G'ayriyahudiylarga topshirilganda ham ikkilanmasliklariga tayyorlab bordi. U hatti-harakatidagi kuchsizlik soatiga guvohlik beradigan va O'zini "Bu Menman" deb aytgan insondagi Xudodir. Bu iborada Xudo Musoning oldidagi yonayotgan butada O'zini ochib berdi. U shogirdlari ikkilanmasliklari uchun va vasvasaga tushmasligi uchun O'zining shunday ilohiy ishonch orqali ularning imonlarini aniqlashni xohladi.

YUHANNO 13:20
20 Sizlarga rostini aytay: Men yuborgan kishini qabul qilgan Meni qabul qilgan bo'ladi. Meni qabul qilgan esa, Meni Yuborganni qabul qilgan bo'ladi.

Iso shogirdlarini hurmat bilan O'zining xibsga olinish uchun va o'limi uchun ularni qo'rquvdan ozod qildi. Ular haqidagi Isoning topshirig'i va himoyasi ularni asraydi. Iso O'zining izdoshlarini tashqariga jo'natadi va O'zi ham ular bilan birga boradi. Uning hizmatkorlari o'zlarining nomlaridan bormaydilar balki yuksalgan Xudolarining nomlaridan boradilar. Kimki ularni qabul qilsa, Muqaddas Uch Birlikni qabul qilgan bo'ladi. Kimki ularning so'zlariga ishonsa, Xudoning bolasi bo'ladi. Bu topshiriq qiyin topshiriqdir: u o'zidan kechishni, dushmanlarini sevishni va yo'qchilikda va undan nafratlanganlarida mustaxkam bo'lib qolishlikka chorlaydi. Shunga qaramay, Xudo ularda yashayotganini biladilar. Ular qayerga borishsa U ular bilan birga boradi va qayerda bo'lsa ham U ularni hizmat qilishlarini xohlaydi, Uning Ruhi ularni O'zining maqsadi sari boshqaradi va shunda Uning topshirig'i bajariladi.

IBODAT: Tangrim Iso Masih, men agar Sening hizmatkoring bo'lmasam ,Senda qololmasligimni sezishimga yordam ber. Men oilamizga hizmat qilib, yig'ilishimizda kamtar bo'lib, hayotim uchun namuna bo'lgan Seni doim ko'rishni xohlayman. Men yuragimdan Shaytonga joy bermayin. Men faqat hizmat qilishni gapirmasligimga, balki Sening kuchingda va donoligingda uni amalda qilishimga yordam ber.

SAVOL:

  1. Biz Masihning misolidan nima o'rganamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)