Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 081 (Jesus washes his disciples' feet)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
B - Tangrining qutlug' kechligiga ergashadigan hodisalar (Yuhanno 13:1-38)

1. Iso shogirdlarining oyoqlarini yuvishi (Yuhanno 13:1–17)


YUHANNO 13:1-5
1 Fisih bayramiga oz qolgan edi. Iso bu olamdan Otasi oldiga o'tish vaqt-soati kelganligini bilar edi. U bu olamdagi O'zinikilarni sevar edi, ularni oxirigacha sevdi. 2 Kechki ovqat payti edi. Simunning o'g'li Yahudo Ishqariyotning diliga iblis allaqachon Isoga xiyonat qilish niyyatini solgan edi. 3 Iso bo'lsa, Otasi hamma narsani Uning qo'liga berganini bilar edi, O'zi Xudo huzuridan chiqib, yana Xudo huzuriga qaytayotganini ham bilar edi. 4 Shunday qilib, Iso ovqatdan so'ng ustki kiyimini yechib tashladi, sochiqni olib beliga bog'ladi. 5 Keyin obdastaga suv quyib, shogirdlarining oyoqlarini yuvishga tushdi. Beliga bog'lagan sochiq bilan ularning oyoqlarini artib quritdi.

Bu bobdan boshlab, Yuhanno o'zining xushxabarining mavzusiga va yangi bosqichga o'tadi. Bunga oldingi, Iso yoppasiga halqni chaqiryotgan edi; achinarlisi shundaki "Nur zulmatda porlaydi, zulmat esa nurni qoplay olmadi" degan bu matn ularda tasdiqlandi. Shunda Iso muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganmidi? Yo'q! Chunki butun halq Uni qabul qilmaydi, lekin Xudo ba'zi tavba qilishga tayyorlarini tanladi va ularni shogirdlar davrasida to'pladi. Bu boblarda biz qanday qilib Iso kuyov o'zining kelini bilan gaplashadiganidek tanlashni so'radi. Iso ularniki va ular Isonikidirlar. Xudoning sevgisi bu gaplarning shiori bo'ladi. Bu sevgi oddiy o'zini o'ylaydigan fikrlar emas, u hizmatga bo'lgan chaqiriqni qo'llaydi. Kalomda sevgi noloyiq bo'lganlarda kamtar bo'lishni talab qiladi. Bu gaplarda Iso sevgisini hizmatkor timsolida tushuntirib va O'zining hayotini, o'limini va qayta tirilishiga ishora qilib, shogirdlariga O'zining hislatlarining eng yaxshisini ochib beradi.

Iso keyingi Fisih bayramidan oldin o'lishini o'rgatdi. U Otasining oldiga ketayotgan edi. Bu yo'nalish sizning ham yo'nalishingizmi? U bu dunyoda edi, lekin Uning ko'zlari har doim Otasiga qarab turar edi. Shunday nopok insonlarga chidashi uchun Undan kuch, rahbarlik va hursandchilik keldi. Xudo bilan birlikda U ham Shayton bir shogirdning yuragida yovuz fikirlarni pichirlab aytganini ko'rdi. Bu odam sekin-asta o'zini ochko'zlikka, mag'rurlikka va nafratga ochib berdi. Holbuki, Iso bu xoindan nafratlanmadi, balki uni ilohiy sevgi bilan oxirigacha sevdi.

Iso hodisa halokatlidek oddiygina hoinga tan bermayotgan edi. Yahudo, Qaysar, Hirod, Pilat yoki Yahudiylarning yo'lboshchilari va ularning ommalari nima kelish kerakligiga qaror qilishmaydi, balki Uning kamtarligi va itoatkorligi tufayli Ota hamma ruhlarni va insonlarni Unga berdi. U Xudoning Qo'zisi bo'lib o'lishga qaror qildi, va hodisalarning jadvalini tuzdi. Hamma hodisalarning bo'ronida U O'zining manbasining va maqsadining ko'rinishini yo'qotmadi. Iso tarix jarayoniga qaytadigan Xudodir.

Masih Otasining oldiga qaytishni xohlamadi, lekin O'zining shogirdlarini Xudoning yaxshi halovatining do'stonaligiga tortdi. U amaliy terminlarda ilohiy sevgini ularning oldilarida ifodalab, kamtarlik uchun turgan mo'jiza bilan ularni o'rgatdi. Shunda U hizmatkor bo'ldi; Iso suvni olib kelib shogirdlarining oyoqlarini tagiga o'tirib, ularning oyoqlarini yuvib, quritdi. U hammadan kichik bo'ldi, shunda ularning oralaridagi eng oddiysi Xudo insonzotga hizmat qilishini o'rgandi. Xudo sovuqqonlilik bilan va befarqlilik bilan hukmronlik qilmaydi, lekin ularni tozalash uchun tizza cho'kadi va ularni O'zining muloyimliligining timsoliga o'zgartiradi.

Iso bizning to'la namunamizdir. Bizlar qachon Uning oldida bosh egamiz va sajda qilamiz? Biz qachon fikrlarimizni o'zgartiramiz va to'g'ri va egilmagan bellarimizni qachon egamiz?

Do'stim siz birodarlaringizga hizmat qilmas ekansiz yoki dushmaningizni sevmas ekansiz va yaralangan yarasini bog'lamas ekansiz, siz haqiqiy masihiy emassiz. Siz hizmatkormisiz yoki boshliqmisiz? Eslab qoling Iso hamma insonzotning hizmatkori va U sizga hizmat qilish uchun egiladi. Siz bu hizmatni qabul qilasizmi yoki siz yaxshiman va Xudoning hizmatidan muhtojlikdamasman deb, o'zingizni keragidan ortiq deb hisoblaysizmi?

YUHANNO 13:6-11
6 Iso Simun Butrusning oldiga keldi.-Rabbim, nahot oyoqlarimni Sen yuvsang?!-dedi Butrus. 7-Men hozir nima qilishimni sen bilmaysan. Keyinchalik tushunasan,-dedi Iso unga javoban. 8-Mening oyoqlarimni ikki dunyoda ham yuvmaysan!-dedi Butrus.-Agar seni yuvmasam, Men bilan ulushing bo'lmaydi,-dedi Iso. 9 Shunda Simun Butrus:-Rabbim faqat oyoqlarimnigina emas, qo'llarimni, boshimni ham yuvib qo'y!-dedi. 10 Iso unga: Cho'milgan odam tamoman pokdir, endi uning oyog'ini yuvsa bas. Sizlar ham poksizlar, ammo hammangiz emas,-dedi. 11 Iso O'ziga hoinlik qiladigan odamni bilar edi, shuning uchun "Hammangiz pok emassizlar",dedi.

Shogirdlar Ustozlari ularning oyoqlarini yuvganidan uyatda edilar. Ular "Qutluq Kechlikdan" keyin Iso nima qilishini bilib, ular o'z oyoqlarini o'ylamasdan yuvishdi. Ularning Tangrilari faqat Xudo va ular o'rtalarida Yangi Ahdni yaratmadi, balki bu Ahdning mazmunini ularga ko'rsatdi: bu mehribonlikdan va amaliy hizmatdan kam emas.

Butrus eng mag'rur va g'ayratli edi. U Isoni hizmat qilishini xohlamadi; shunda u uning oyog'ini yuvishni to'xtatishini va o'zining Xudosining so'zlariga kirmaslikka harakat qildi. Iso bizga, "Poklanmasdan Shohlikka ega bo'lolmaysizlar va gunohning kechirimisiz Menda yasholmaysizlar" deb murojat qilganidek, U hamma shogirdlariga oyoq-yuvishning sirini tushuntirdi. Uning qonida yuvinish doimiydir va bu poklanishda bo'lish doimiylik rivojlanishdadir. Xudoning O'g'li bilan hamrohlikda sizni saqlab, inoyatda qo'riqlaydigan Udir.

Shunda, Xudoning rejasini tushunishda uning sekin ishlaydigan miyyasini o'ylab va yomon ishlagan qo'llariga qarab Butrus nurni ko'rdi. U uyatda qolgandi va u Isodan butun badanini yuvib qo'yishini so'radi. Iso uni shunday deb qayta ishontirdi, "Kimki Mening oldimga kelsa, pok bo'ladi va imonining asosida tugal bo'ladi." Shunda bizga mahsus tozalanish yoki qo'shimcha muqaddaslik kerakmasligini o'rganamiz, chunki Masihning qoni bizlarni hamma gunohdan poklaydi. Uning qoni orqali gunohning kechirimidan ko'ra buyuk muqaddaslik yoki takomillik yo'qdir. Biz kuniga yurib chang to'plaganimizda, doim shunday deb ibodat qilamiz, "Gunohlarimizni kechir". Xudoning bolalariga faqat kunda oyoqlarini yuvish kerak bo'lgan payitda, dunyo bolalariga hamma yoqni yuvish kerak bo'ladi.

Iso shogirdlariga qarab shunday dedi,"Sizlar tozzasizlar." U ularni Xudo bilan ahdga kirishga taklif qildi. Qo'zi ilohiy do'stlikda qolish uchun ularni qutqarish uchun, O'zing shogirdlari uchun o'ldi. Hech kim pok emas, lekin Masihning qoni bizlarni hamma gunohdan poklaydi.

Achinirlisi shundaki, Uning hamma izdoshlari muqaddas emasdilar, bugunlik kunda ham shundaydir. Ularning ba'zilari bu asosiy poklanish uchun hizmatni og'izlarida aytishadi va Masihning qoniga ishonishadigandek o'zlarini tutishadi, lekin Muqaddas Ruh ularni to'ldirmaydi. Ularda Shaytonning ruhi nafratni, xasadni, mag'rurlikni va zinokorlikni chaqiradi. Shunday qilib siz dindorlarning orasida tez-tez nokas ruhlar orqali qamrab olinganlarni va pulga ruju qo'yganlarni topasiz. Iso kunda sizning oyoqlaringizni yuvishni va har turli gunohdan sizni ozod qilishni va Xudo bilan do'stlashish uchun sizni poklashni xohlaydi. O'zingizni tekshiring, siz hizmatkormisiz yoki ustozmisiz?

IBODAT: Tangrimiz Iso, Sen O'zingni ulug'ligingdan kechib, nopok bo'lgan bizlarning oldimizga kelganing uchun minnatdormiz. Sen shogirdlaringni oyog'ini yuvish uchun engashding va gunohdan bizning yuraklarimizni poklading. Biz Senga bizlarning mag'rur fikrlarimizdan ozod qilishingni o'tinib so'rab, sajda qilamiz, va shunda bizlar bosh egib, Sening hizmatkorlaring bo'laylik. Men hammaning kichigi bo'lishimga va ibodatxonamda va oilamda Senga hizmat qilishga tayyor bo'lishimga yordam ber.

SAVOL:

  1. Iso shogirdlarining oyoqlarini yuvishining ma'nosi nima?

YUHANNO 13:12-17
12 Shogirdlarning oyoqlarini yuvib bo'lgach, Iso tag'in ustki kiyimini kiyib, yonboshladi. Shogirdlariga aytdi:-Men sizlarga nima qilganimni angladinglarmi? 13 Sizlar Meni Rabbimiz va Ustozimiz deb aytasizlar va to'g'ri qilasizlar, chunki Men xuddi shundayman. 14 Shunday qilib, agar Men Rabbingiz va Ustozingiz bo'la turib oyoqlaringizni yuvgan bo'lsam, sizlar ham bir-biringizning oyoqlaringizni yuvishingiz qarzdir. 15 Men sizlarga nima qilgan bo'lsam, sizlar ham o'shani qilishingiz kerak. Men sizlarga o'rnak ko'rsatdim. 16 Sizlarga rostini aytayin: qul o'zining ho'jayinidan yuqori turmas, elchi ham uni yuborganidan ulug' bo'lmas. 17 Agar gapimni uqqan bo'lsangiz, bunga amal qilinglar va baxtli bo'lasizlar.

Iso o'zining vidolashishini oddiy so'zlar bilan gapirishni boshlamadi. Shunday so'zlar agar harakatda bajarilmasa tez-tez foydalaniladi. U izdoshlaridan Uning ramziy ishining ovozini tushunishganini bilish uchun so'radi, "Ko'zlaringizni oching va ko'ring, sizlarning biringizdek Men sizlar bilanman. Men qullarga o'xshab Mening oldimda sajda qilishingiz uchun sizdan tepada taxtga o'tirib olganim yo'q. Yo'q! Men ulug'vorlikdan kechib, sizlardan biringiz bo'ldim. Bundan tashqari, Men hizmatkor bo'lish uchun muallim va ustozdek O'z uyimni qoldirib keldim. Endi ilohiy sevgini olish yo'lini tushundingmi? Mag'rur odam o'zi bilan mag'rurlanadi, lekin o'zini kamtar tutishni sevgan odam, hamma narsaga chidaydi, va o'zidan kechib, tanaviy va amaliy hizmat qiladi.

"Sizlar Mening shogirdlarim bo'lishni xohlaysizlar, Men sizlarga namuna bo'lganimdek, Men sizlarga faqat gapirmayman, balki talimlarimdan tashqari harakat qilaman. Menga qarang: Men hizmatkorman. Agar Menga ergashishni istasangiz, bosh egib, o'zaro hizmatni amalda qiling. Sizning orangizdagi birinchi bo'lishni xohlagan kishi eng kuchsizidir. Lekin boshqalarga o'zini past olib hizmat qiladigan kishi haqiqatdan ham buyukdir."

Ibodatxona mukammal bo'lgan azizlarning to'plami deb tassavvur qilmang. Ulaning hammasi komil bo'lish jarayonida. Men ularning hammasini pokladim va ular qonun-qoidadagi azizlardir. Lekin har bir a'zoga sabr-toqat va ruhan o'sish uchun vaqt kerak bo'ladi. Har bir odam yiqiladi va qoqiladi. Bu Mening buyrug'im: Bir biringizning hatolaringizni va gunohlaringizni kechiringlar. Bir biringizni hukm qilmanglar, balki bir biringizga yordam beringlar .Boshqalaning boshlarni yuvmang balki oyoqlarini yuvinglar. Hech kim boshqalarning ustidan ho'jayin bo'lmasin; sizlar birodarlarsizlar. Agar shunday qilgan bo'lsangiz, Menga hizmat qilishlari uchun emas, Men hizmat qilish uchun keldim,-deb allaqachon aniq qilib aytganlarimni tushunasizlar. Mening hayotim hizmat, qurbon bo'lish va hamma uchun O'zimni topshirishdir."

"Men sizlarni sevgi havoriylari qilib dunyoga jo'nataman. Jo'natilgan kishi, Jo'natadigan Zotga o'xshab buyukdir. Sizning birinchi burchingiz Menga o'xshab hizmatkor bo'lishdir. Agar buni tushunsangiz, sizlar Masihiylikning shiyorini va yo'l yo'riqlarni tushunasizlar."

"Ikkinchi qoidam: agar buni bilib shuni bajarsangiz, sizlar baxtlisizlar. Men sevgi haqida shunchaki so'zlar bilan gapirmadim; Men uni amalda bajardim." Hizmat qilish faqat so'zlar, ibodat qilishlar va his qilishlar emas, balki mehnat va qurbonlik qilishdir. Hizmat qilish uchun majburiyat bu imonlining tabiatidagidir. Sevgining har hil ishlari bu muhim joydan davom etadi. Hizmat qilmaydigan kishi, bag'ri tosh imonlidir. Ko'maklashishda hatti-harakat qilmasdan ibodat qiladiganlar ikkiyuzlamachidir. Sizlar savob ishlar orqali qutulmadingizlar; sizni qutqazadigan Mening qonimdir. Lekin sizlar ayanchli va miskinlarga egilib ularga doim hizmat qilsangiz, sizlar Xudoning hursandchiligiga to'lasizlar. Xudoning ajoyib hursandchiligi Masihning hizmatkorlarini o'rab oladi.

Do'stim, ustoz bo'lishni xohlaysizmi yoki muallim bo'lishnimi? Isoga qarang. U yaxshi o'qituvchidir. U sizning oldingizda hizmatkor bo'lib turadi. Siz Uning talimlarini amalda qilib ko'rishni xohlaysizmi? Bugundan boshlang va hizmat qiling. Ibodatdagi qayerda, qanday qilib va kimga degan iltimosni U sizdan hizmat qilishingizni xohlaydi. Agar buni bilsangiz va bajarsangiz, siz baxtlisiz.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)