Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 079 (The Father glorified amid the tumult)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
A - Muqaddas haftaga kirish (Yuhanno 11:55 - 12:50)

4. Qattiq shovqin o'rtasida Otaning ulug'langanligi (Yuhanno 12:27-36)


YUHANNO 12:27-28
27 Endi esa yuragim siqilyapti, Men nima ham desam ekan? "Ey Otam, Meni ushbu vaqt-soatdan qutqaz" deymi? Vaholanki, Men shu vaqt-soat uchun kelganman. 28 Ey Ota, O'z nomingni ulug'lagin! Iso shunday deyishi bilanoq osmondan:-Men Uni ulug'laganman va bundan keyin ham ulug'layman,-degan sado keldi.

Iso O'zining vujudining tubida azob chekdi. U Hayotning Shahzodasidir, lekin Uni o'lim yutish uchun O'zini o'lim uchun kamtar tutdi. U tangrilarni Tangrisidir, lekin U shaytonga o'zining hamma kuchi bilan Unga qarshi harakat qilishga va o'lim dunyosining boshqaruvchisi bo'lishga ruhsat berdi. Iso bizning gunohimizni bizning o'rnimizga Xudoning g'azabining olovida kuydirish uchun jon deb O'ziga oldi. U abadiylikdan O'zining Otasi bilan hardoim bir bo'lgan O'g'ildir. Bizning najodimiz uchun, Otasi Uni qoldirib ketdi, va shundan keyin biz U bilan inoyatda birlashdik. Hech kim to'la Otaning va O'g'ilning og'rig'ini va alamini his qilolmaydi. Bizning qutilishimiz uchun Uch Birlikning birligi azobda edi.

Masihning tanasi bu ezilish bosimiga chiday olmadi. U shunday deb yig'ladi, "Ota, bu soatdan Meni saqla." Shunda U yuragida shunday "Sen bu soat uchun tug'ilgansan deb aytgan Ruhning aniq javobini eshitdi. Bu soat abadiylikning maqsadidir. Insonzod Xudo bilan yarashganda va Yaratguvchi bilan ijodiyot yarashganda, bu paytni hamma Ijod Ota bilan kutadi. Bu qadamda najod rejasi amalga oshiriladi."

Shunda, Iso baland ovozda shunday deb baqirdi, "Ota, Sening noming ulug'lansin!" O'g'il tananing ovoziga quloq solmadi. U shunday deb Muqaddas Ruh bilan birgalikda ibodat qildi, Sening isming ulug'lansin. Shunda bu dunyo Sen qo'rqinchli, uzoqdagi va e'tiborsiz Xudo emasligingni, balki miskinlarni va halok bo'lyotganlarni saqlash uchun O'g'lida O'zini beradigan sevgi Otaligingni bilsin."

Xudo O'g'lining ibodatiga javob berishga ikkilanmadi. U samodan javob berdi. "Men Senda ismimni ulug'ladim. Sen Mening itoatkorli va kamtar O'g'limsan. Seni ko'rgan Meni ko'radi. Sen Mening suyukligimsan, Sendan Men mamnunman. Xochni olib yurganing uchun Sendan boshqa menda boshqa hursandchilik yo'q. Sening o'limingda, Men hayot fojealarining bo'ronlarining o'rtasida ulug'vorligimning mohiyatini ochib beraman. Sen xochda ulug'vorlikni va haqiqiy muqaddaslikni mazmunini e'lon qilasan. Bu sevgidan, qurbonlikdan va tosh yuraklarga va munosib bo'lmaganlarga o'zini topshirishga qaraganda kam emas."

Bu samoviy sado aniq gapirishni davom etdi, "Sen qabrdan tirilib, Mening oldimga ko'tarilganingda va ulug'vorlikda Men bilan o'tirib, Sening sevganlaringni ustiga Mening Ruhim yog'ilganda Men yana ismimni ulug'layman. Keyin Mening samoviy Nomim Muqaddas Ruh orqali son-sanoqsiz farzandlarning yangi tug'ilishi orqali ko'kka ko'tariladi. Ularning umurlari Meni ulug'laydi; ularning pok muomalalari Meni ulug'laydi. Seni xochdagi o'liming Xudoning bolalarining tug'ilishi uchun sababdir. Sening ulug'vorlikdagi homiyliging Ibodatxonaning g'alabasining kafolatidir. Faqat Senda Ota payonsiz ulug'lanadi."

YUHANNO 12:29-33
29 U yerda turgan omma buni eshitib, momaqaldiroq deb o'yladi.-Yo'q, Unga farishta gapirdi!-deyishdi boshqalar. 30 Bunga javoban Iso aytdi:-Bu sado Men uchun emas, sizlar uchun bo'ldi. 31 Hozir bu dunyo hukm qilinadi, hozir bu dunyoning hokimi tashqariga chiqarib haydaladi. 32 Men yerdan yuqoriga ko'tarilganimda, hammani O'zimga jalb qilaman. 33 Ushbu so'zlarning Iso o'zining qay yo'l bilan o'lishini bildirish maqsadida aytgan edi.

Isoni atrofidagi odamlar U Xudo bilan gaplashayotgani haqida bilmadilar, lekin ular bu momaqaldiroqning ovozi deb o'yladilar. Ular Xudo sevgi Xudosi ekanligining farqiga borisha olmasdi va payqasha olmasdilar, ular na Uning muloyim ovozini eshitdilar, na O'g'ildagi Xudoning ulug'vorligining vahiysi orqali dunyoning hukm qilinishi boshlanganligini sezdilar.

Shayton o'zining qullarini yo'qotdi, chunki Masih xochga mixlanib, O'zining o'limi orqali bizlarga hayot berdi. O'g'il Otaning irodasiga bo'ysunishi orqali, Shayton o'z kuchlaridan maxrum qilindi. Iblisni butun dunyo uning yerida joylashgan degan dalil nazarida, Iso uni bu dunyoning Shaxzodasi deb atadi. Bu og'riqli va achchiq haqiyqatning dalilida Iso ikkilanmadi, balki U Shaytonni O'zining solihlik qilichi bilan urdi. Hozir bizlar Isoning nomidan ozod bo'lgan bolalarmiz.

Biz Uning xochiga jalb etilamiz. Shayton Isoni uning yerida va joyida o'lishiga ruhsat bermasdan qanchalik Undan nafratlandi va Uni xochda uyatdan o'lishi uchun ko'tardi. Lekin Muso yashagan payitda ilon cho'lda ko'tarilganidek, u imonlilar uchun Xudoning jazosining oxiri ekanligiga guvohlik berdi, va xoch hamma hukmni Masihning yelkalarida to'playdi. Xudo xochga Mihlanganga qaraydiganlarni hukm qilmaydi. Masihga bo'lgan bizning imonimiz bizni U bilan xochga mixlaydi va bizni O'zining o'limida birlashtiradi. Biz gunoh uchun o'ldik va solihlik uchun yashaymiz.

Masih bilan bizning birligimiz bizlarni O'zining kuchiga va ulug'vorligiga qo'shadi. U muqaddaslikda gunohni va o'limni yenganidek, shunday U bizlarni O'zining orqasidan ergashtiradi va O'zining ulug'vorligiga jalb qiladi. Unga ishongan hamma hech qachon halok bo'lmaydi, balki abadiy hayotga ega bo'ladi.

YUHANNO 12:34
34 Biz Tavrotda, Masih abadiy turadi, deb eshitganmiz. Qanday qilib Sen: Inson O'g'li yuqoriga ko'tarilishi kerak, deb aytyapsan?Kim bu Inson O'g'li?

Yahudiylar Isoni, ular Uning asli haqida surishtirmasdan aniq isbotini va mantiqni so'rab, Uni majbur qilishga harakat qildilar. Ular Masih Inson O'g'li deb atalganligini va dunyodagi hammani Hukmdori deb yozilgan Donyor Kitobining 7 bobidagi ilohiy izohini bilishar edi. Lekin hanuz ular Isodan ilohiy O'g'illik da'vosini eshitishni xohlashardi. Ular o'zlarini urintirmadilar va ishonishga jur'at etmadilar, Iso O'zi da'vo qilgan Zod ekanligini isbotladimi yo'qmi deb, ular yuzaki ishonchni taqdim qildilar. Ularning ba'zilari yomon niyyatlar bilan, U aniq Ison O'g'li ekanligini ayttimi deb, Uni shakkoklikda ayiblab qo'lga tushirishni xohlagan dushmanlar edilar. Iso O'zini mantiyqan yo'llar bilan qidiruvchilaga ochib bermaydi, balki U Muqaddas Ruhning yuziga javob beradigan oddiy ishonuvchilarga va ular mantiqiy ko'rsatmani qabul qilishlaridan oldin, Inson O'g'lini Xudoning O'g'li deb tan oluvchilarga O'zini ochib beradi.

YUHANNO 12:35
35 Iso ularga aytdi:-Yana qisqa bir muddat nur sizlar bilan bo'ladi. Nur borida yuringlar, tag'in zulmat sizlarni qamrab olmasin. Zulmatda yuradigan kishi qayerga ketayotganini bilmaydi.

Iso batafsil bo'lmagan izohlarni so'raydigan nurni sezadigan dunyoning Nuridir. U seziladi chunki oddiy odamlar nurni ko'roladi va uni zulmatlikdan ajratoladi. Kunduzi odam sayohat , sayir yoki yugura oladi, lekin Tunda odam yurolmaydi ham. Quyosh chiqqan payitda, ishlash va harakat qilish vaqtidir. Iso Yahudiylarga, agar ular xohlasalar ular uchun Isoning Nur olamiga kirishlari uchun ozgina vaqt qolganligini aytdi. Bu vaqt qarorni, bo'yunishni va mustahkamlikni talab qiladi.

Shunday qilib, kimki nurni rad qilsa, zulmatlikda qoladi va Isoning yo'lini bilmaydi. Iso Yahudiylarga, ular zulmatda yo'lsiz, maqsadsiz va umidsiz tentirab yurishlarini oldindan aytib berdi. Shunday zulmatlik bizdan tashqaridagi ko'rinib turadigan qorong'ulikdek emas. U insonda yovuz ryh orqali bo'ladigan ichki zulmatlikdir. Bu odam o'zining butun hayotida g'amgin bo'ladi. Kimki Masihga o'zini topshirmasa, shu odamni qorong'ulik qamrab oladi. Siz dunyoda nima uchun ba'zi "Masihiy" halqlar qorong'ulik manbasi bo'lganligini ko'ra olasizmi?Masihiy bo'lib tug'ilgan hamma odam ham Masihga o'zining hayotini topshirmagan. U yerda kamdan-kam qayta yangilangan Masihiylar bordir. Nur olamiga kirmaydigan har bir kishini zulmat qoplab oladi. Siz tezda ota-onangizdan xushxabar barakalariga ega bo'lolmaysiz. Masihni qabul qilish, Unga javob berish va Unga o'zingizni topshirish sizga bog'liq.

YUHANNO 12:36
36 Hozircha nurga egasizlar, nurga ishoninglar, toki nur ahli bo'linglar. Bularni aytib bo'lgach, Iso uzoqlashib ketdi va xalqning ko'zidan yashirindi.
Imon orqali bo'lgan sizning Masih bilan bog'lanishingiz sizni tubdan o'zgartiradi. Xushxabar atom nurlariga qaraganda kuchli bo'lgan Xudoning ulug'vorlik nurini sochadi. Lekin yadro nurlari parchalab tashlaydi, Masihning nuri esa bizda abadiy hayotni yaratadi, shunda Unga ishonuvchi nurning bolasi va ko'plarga nurli uy bo'ladi. Siz haqiqat, softlik va sevgi bilan to'lgan Masihning quchog'ining shahodatiga kirdingizmi? Iso sizni O'zining ajoyib nuriga o'zingizni zulmatingizdan kirishingizni va muqaddas bo'lishingizga chorlayapdi.

Uning Quddusga kirishi uchun oldingi va'zni yetkazib bo'lgandan keyin, U qurollar bilan Hirodga yoki Rimliklarga hujm yoki majburlash orqali kuch ishlatmadi. Uning kurashi tugagan edi va dunyoning hukm qilinishi yaqin edi. Nur zulmatda porlaydi; imonlilar qutqariladi, va ishonmaganlar yo'qotadi. Osmon va yerning o'rtasidagi qarama-qarshilik o'zining avjiga yetib bordi. Xudo insonlarni ishonish uchun majbur qilmaydi. Siz nur bolasi bo'ldingizmi yoki zulmat quli bo'lib qoldingizmi?

IBODAT: Iso Tangrim, O'zingni dunyoning Nuridek ochib berganing uchun tashakkur aytamiz. Bizni rahim shavqatli qil va O'zingni shavqating nuriga yetakla. Bizni pulga, hurmat e'tiborga, dunyoviy g'alabalarga qarashlarimizni o'zgartir, shunda biz amalda Senga ergashaylik va Sening nuringni bolalaridek bo'laylik.

SAVOL:

  1. Biz nur o'g'illari bo'lishimizning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)