Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 078 (The Greeks seek Jesus' acquaintance)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
A - Muqaddas haftaga kirish (Yuhanno 11:55 - 12:50)

3. Yunonlar Isoning do'stini qidirishadi (Yuhanno 12:20-26)


YUHANNO 12:20-24
20 Sig'inish uchun bayramga kelganlar orasida ba'zi yunonlar bor edi. 21 Ular jalilaning Baytsayda shahridan bo'lgan Filipning oldiga borib o'tindilar:-Taqsir, biz Isoni ko'rmoqchi edik. 22 Filip borib bu haqda Idrisga aytdi; keyin Idris bilan Filip ikkalasi Isoning oldiga borib, Unga aytishdi. 23 Iso ularga shunday javob qaytardi:-Inson O'g'li ulug'lanadigan vaqt-soat keldi. 24 Sizlarga rostini aytay: agar bug'doyning doni yerga tushib o'lmasa, u bir donligicha qoladi. Agarda o'lsa, ko'p hosil beradi.

Yunonlar Quddusda to'plangan Yahudiylarga da'vat etadi; ular Yunon tarihiy dunyosidan Fisih bayrami uchun keldilar. Isoni odamlar Sxohlaridek hursandchilik bilan kutib olishganda, Yunonlar ham qoyil qolishgan edi. Shunda ular Uni yaxshiroq bilib olishdi. Halqning xohishi bu so'rovnomada mujassamlangan edi. Grekcha gapirgan Filipni topib, u ularning orniga do'sti Idris bilan gaplashishga rozi bo'ldi. Ikki shogirdlar Isoga yaqinlashib, chuqur harakatlanishdi chunki ular G'ayriyahudiyadan Isoning oldiga keladiganlarning birinchi mevalarini ko'rishgan edi. Ular Yunonlarning yerlariga qochish, qiziquvchan Yahudiylarning orasida ularni o'rab olib hatardan holi bo'ladigan yo'l deb his qilishgandir.

Iso, Yunonlar tomonidan qilingan so'rovda halqning armonlarini jamlaganidek, Iso ularning fikrlarini sezdi. Iso aniq tushunib bo'lmaydigan hayotiy chaqirig'ni jo'natdi, hanuz u g'alaba chaqirig'idir va u Yuhannoning xushxabarining, "Hozir Inson O'g'li ulug'lanadi" degan shiori bo'lishi kerak edi. Ulug'lanishi uchun Isoning vaqt-soati keldi, va shu paytni osmon umid qilgandi va yer yaqinlashayotgandi.

Hali ajoybotlarning ajoyboti; urushdagi g'alabalar, va siyosiy kuchning vasvasasi Isoning ulug'vorligining mo'jizalari emas edi. Yuhanno baland tog'dagi o'zgarishni yozmaydi, chunki u buni jiddiy ulug'vorlik deb fikrlamaydi. U Masihning ulug'vorligi O'zining o'limi bilan bog'lanishini eslatadi. Biz xochda sevgi bo'lgan Isoning ilohiylik o'zagini ko'ramiz.

Iso O'zini bo'shatish uchun solihlikni va ulug'vorlikni ko'rsatish uchun samoviy urug' yerga tushayotgan bug'doyning doni deb atadi. Iso toabad ulug' edi. Uning o'limi bizlarni va buzilgan odamlarni muqaddas qiladi, shundan keyin biz Uning ulug'vorligidan ulush olishga loyiq bo'lamiz. Yunonlarning qaytib kelishi u hamma halqlardan Iso odamlarni chaqirishini ko'rsatgandek, yuksak chaqiriqni olib keldi. Iso O'zining asl ulug'vorligini ularda yangilaydi. Bu ulug'vorlik faqat xoch orqali bunyodga keladi.

YUHANNO 12:25-26
25 Kim o'z jonini sevsa, uni yo'qotadi. Kim bu dunyoda o'z jonini ayamasa, uni abadiy hayot uchun saqlab qoladi. 26 Agar kim Menga xizmat qilsa, Mening izimdan yursin. Men qayerda bo'lsam, xizmatchim ham u yerda bo'ladi. Kim Menga hizmat qilsa, Otam uni hurmat qiladi.

Iso bizlarga O'zining o'limini yo'lini va ulug'vorlik uchun o'lishini ko'rsatadi va O'zining shogirdlarini ham qo'lab quvvatlaydi. O'g'il insonzodni saqlash uchun ulug'vorligini qoldirib va U ilohiy hislatlaridan kechganiga o'xshab, xuddi shunday bizning maqsadlarimiz buyuk va ko'zga korinadigan emas, balki doim o'zimizdan kechishimiz kerak. O'zingizni tekshirib ko'ring, siz o'zingizni sevasizmi yoki o'zingizdan nafratlanasizmi? Masih shunday deydi, agar o'zingizni unitsangiz, va Uning Shohligiga sadoqatlilik bilan hizmat qilsangiz, siz ilohiy hayotga erishasiz. Siz abadiy hayotgacha o'zingizning qalbingizni qutqarasiz. Iso bu so'zlar bilan sizga haqiqiy ulug'vorligining yorlig'ini ko'rsatadi. O'zingizni xohishlaringizni bajarish uchun yashamang, dangasa va mag'rur bo'lmang, lekin Iso zinokoru, o'g'irilar bilan bitta honda o'tirib, O'zining ulug'vorligidan kechgandek, siz ham Xudoning buyruqlariga quloq solib va miskin va nochorlarga hizmat qilishni qidirib, Xudoga qayting. Xushxabar uchun shunday gunohkorlar bilan bo'lishishda, Xudoning ulug'vorligi sizning hayotingizda nomoyon bo'ladi. Siz boshqalardan yaxshiroqman deb tasavvur qilmang. Faqat Iso sizning muvofaqqiyatsizligingizga qaramasdan tiniq qiloladi. Bu o'zgarish faqat o'zidan kechish orqali keladi.

Iso, Unga ergashish uchun va ba'zan U chidagan nafratda tushish uchun bizning Unga hizmat qilishimizning ma'nosini tushuntirib berganida, U bu aniq asosni qo'yib qo'ydi. Bu yo'l hashamatli va mag'rurlik bilan yashash uchun emas; bu Masihning izdoshlari kutishi kerak bo'lmagan narsadir. Ularni rad etishlari, ularga husumat o'tkazdirishlari va hatto o'limga ta'qib qilishlari mumkin. Siz Uning nomi uchun azob chekishga tayyormisiz? U shunday deb va'da beradi, "Men qayerda bo'lsam, Mening hizmatkorim ham o'sha yerda bo'ladi." Iso azob chekish yo'lida sizdan oldin bordi, U siz bilan birga azob chekadi. Bu safarda ulug'vorlik, Masihning hizmatkorlarining mavzusi emas. Bizning hursandchiligimiz o'zimizni hursand qilishda emas, balki u muhtojlarga hizmat qilishdir. Masihning ismi shogirdlari o'zini bag'ishlash ruhida ulug'lanadi. Biz Xudoning O'g'liga o'xshash bo'lganimizda, Otaning ismi ulug'lanadi.

Masih bugun to'la birlikda Xudo bilan yashab, Otasining taxtida o'tirganiga o'xshab, huddi shundek bugunlik kunda U uchun quvg'in qilinayotganlar samoviy Otalariga qo'shilib birga yashaydilar. Buyuglik bu sirdir. Nima deb o'ylaysiz, Ota O'zininig sevimli O'g'lining hizmatkorlariga taqdim etadigan hurmat bo'ladimi? U ijodiyotdagidek O'zining timsolini ularda yangilaydi. Ko'proq bunga qaraganda, U O'zining to'la Ruhida shogirdlariga tushadi. Ular Iso uchun koplab birodarlar orasida birinchi tug'ilgan bo'lib Uning O'g'liga o'xshab bolalari bo'lishadi. Ular osmondagi Isoning Otasi bilan bir umir bo'lishadi (Rimliklar 8:29; Vahiy 21:3-4).

IBODAT: Iso Tangrimiz, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen O'zingni ulug'vorligingdan hursand bo'lish uchun qoniqmading, lekin O'zingni buyukligingdan O'zingni chetlatding. Biz o'zimizni o'zimiz qondirishimizdan va mag'rurligimizdan bizlarni ozod qilishinga ibodat qilib, shunday kamtarlik uchun Senga sajda qilamiz, va shunda bizning hayotimizda Sening sevgingni bilish uchun va Senga hizmat qilish uchun Sening Ruhing beradigan ozodlikni bizlar bilamiz.

SAVOL:

  1. Nima uchun Masihning o'limini haqiqatning shuxrat qozonishidek hisoblaniladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)