Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 073 (The raising of Lazarus)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
4. Lazarning tirilishi va natijasi (Yuhanno 10:40 – 11:54)

c) Lazarning tirilishi (Yuhanno 11:34-44)


YUHANNO 11:34-35
34 -Uni qayerga qo'ydingizlar?-deb so'radi. -Borib ko'rgin!- dedilar. 35 Isoning ko'zi yoshlandi.

Iso javob barmadi. Hafachilikda bir kishi bilan suhbat foydasizdir. Harakat qilish gaplashishga qaraganda samaraliroq edi. Iso u yerdagilardan Uni qabr tomon boshlashlarini so'radi. Ular shunday dedi, "Borib ko'rgin." Bular xuddi Iso hizmatining boshlanishida shogirdlarini chaqirish uchun qo'llagan so'zlardek edi. Iso ularni hayotni ko'rish uchun chaqirgan edi; bu odamlar Isoni o'limga qarash uchun chaqirishdi. Iso insonlarni o'rganishga chaqqon emasligini, nodonliklarini va imonsizliklarini ko'rib ko'zi yoshlandi. Hatto Uning eng yaxshi izdoshlari ham haqiqiy imonni ko'rsatishga qobilyatsiz edilar. Tana yordam bermaydi, qalbga imon yetishmaydi. Muqaddas Ruh hali ularga tushmagan edi. Ruhiy o'lim boshchilik qilmadi va Xudoning O'g'li faqat insoniyatning ayanchli holatida yig'lay oldi holos.

Iso hursand bo'lganlar bilan hursand bo'lib va yig'laganlar bilan yig'laydigan haqiyqiy kishi edi. Uning Ruhi bezovtalandi. Uning nozik qalbi shogirdlaridagi o'lim vahimasini va barhayot Xudo uchun kam sevgilarini ko'rib harakatga keldi. Bugun Iso bizning jamoatlarimizda, o'zimizda, gunoh qilayotgan va ruhiy o'limdagi hamma uchun ko'z yosh to'kyapdi.

YUHANNO 11:36-38a
36 Yahudiylar:-Qarang, uni naqadar sevar ekan!- deyishdi. 37 Lekin ulardan ba'zilari:-Ko'rning ko'zlarini ochgan bu kishi nahot uning o'lmay qolishi uchun biror narsa qilolmagan bo'lsa?-dedilar. 38a Iso tag'in qattiq iztirob chekib, qabr oldiga keldi.

Yahudiylar Isoning ko'z yoshlarini va Lazar uchun Uning sevgisini ularga tushuntirganini ko'rdilar. Sevgi bu, sovuq qonli be'manilik yoki aqliy emas, balki u boshqa qalblarning his-hayajonlari bilan moslashadi. Masihning sevgisi bizning tushunchamizga va o'limdan uzoqda bo'lishimizga qaraganda buyukroqdir. Iso Lazarni uning muxrlangan qabrida ko'rdi va do'stining ustidan o'lim g'alaba qilqanini ko'rib yuragi o'rtanib ketdi. Lekin Uning yuragi toshni bo'lib tashladi va Uning chaqirishini eshitish uchun murdani tayyorladi.

O'sha yerdagilarning ba'zilari Isoni Uning o'tmas yo'llarini tanqid qilishdi va Uning hokimyati haqida muhokama qilishdi. Shunda Iso jahli chiqdi. Chunki imonning, sevgining va umid sharpasining kamchiligi Xudoning g'azabiga sabab bo'ladi. Iso bizni zulmatlikdan qutqarishni va tor ufqlarimizdan saqlashni maqsad qilgan, mana shunda biz Uning sevgisiga yopishib olishimiz mumkin va Uning imoni orqali ishontirilgan Uning umidida yashaymiz, endi insoniy saviyasiga boshqa qaytmaymiz, balki Uning qobilyatiga ishonamiz. U bizning atrof-muhidimizning gunohida o'lik bo'lganlarni tiriltirishni xohlaydi. Iso sizning ishonchsizligingiz orqali bezovtalikni sezadimi yoki sizning issiq sevgingizdan hursand bo'ladimi?

IBODAT: Iso Tangrim, Senga ishonmasdan va sevmasdan bu imkoniyatlarni bekor o'tqazib yuborganim uchun meni kechir. Mening yetishmagan imonimni kechir va o'zimni o'ylaganim uchun ham kechirgin. Men Seni ulug'lashim uchun va doim Senga o'zimni topshirishim uchun meni hayot umidi tomon yo'naltirgin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun bezovtalandi va yig'ladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:18 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)